Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti


Download 491.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana27.07.2017
Hajmi491.04 Kb.
#12127
1   2   3   4   5   6   7

qurish, rekonstruksiya qilish va

kapital ta’mirlash dasturini

amalga oshirish yakunlari

to‘g‘risida.

1. O‘zbekiston Respublikasi

Bosh vaziri o‘rinbosari B.Xo‘ja-

yevning 2010-yilda bolalar sporti

obyektlari va suzish havzalarini

qurish, rekonstruksiya qilish va

kapital ta’mirlash dasturini amalga

oshirish yakunlari to‘g‘risidagi

axboroti ma’lumot uchun qabul

qilinsin.

2. Andijon (A.Usmonov),

Samarqand (Z.Mirzayev) va

Surxondaryo (T.Jo‘rayev) vilo-

yatlari hokimlarining quyidagi

murojaatlari qabul qilinsin:

Samarqand viloyati Past-

darg‘om tumanidagi professional

futbol klubi qoshidagi bolalar va

o‘smirlar futbol maktabining

«Dinamo» stadionini rekon-

struksiya qilish 2011-yil fevral

oyida yakunlangani to‘g‘risida;

Andijon shahridagi professi-

onal futbol klubi qoshidagi

bolalar va o‘smirlar futbol mak-

tabining yangi «Andijon» stadioni

qurilishi 2011-yil sentabr oyida

yakunlanishi to‘g‘risida;

«Barkamol avlod — 2011»

sport musobaqalarini o‘tkazishga

mo‘ljallab Termiz shahrida qurila-

yotgan ikkita sport inshooti yagona

kompleks sifatida joriy yilning

15-martigacha topshirilishi to‘g‘ri-

sida.

O‘zbekiston Respublikasi



Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev komis-

siya tashkil etsin va joriy yilning

mart oyida Termiz shahridagi

sport obyektlari va zarur infra-

tuzilmaning «Barkamol avlod —

2011» sport musobaqalarini o‘tka-

zishga tayyorgarligi holatini

tekshirsin. Tekshiruv natijalari

haqida 2011-yilning 1-apreligacha

Prezident Devoniga ma’lumot

bersin.

3. O‘zbekiston Respublikasi



Bosh vaziri o‘rinbosari B.Xo‘ja-

yevga:


komissiya tashkil etsin va bir

oy muddatda joylarga chiqib,

avval  bunyod etilgan suzish

havzalarining holati va ularning

foydalanish xavfsizligi bo‘yicha

xalqaro standartlar va talablarga

muvofiqligini o‘rgansin. Tekshi-

ruv natijalari bo‘yicha aniqlangan

kamchiliklarni bartaraf etish chora-

tadbirlar rejasini 2011-yilning 1-

apreligacha tasdiqlasin;

2011-yilda bolalar sporti

obyektlarini qurish, rekon-

struksiya qilish va kapital ta’-

mirlash bo‘yicha manzilli dasturga

Urganch shahrida ikkita suzish

havzasi qurilishini kiritsin;

bolalar sporti obyektlarida,

ayniqsa, suzish havzalarida na-

munaviy loyihalar, shuningdek,

qurilish-montaj ishlarini amalga

oshirishda tasdiqlangan qurilish

me’yorlari va qoidalariga qat’iy

rioya qilinishini ta’minlash bora-

sida qattiq nazorat o‘rnatsin va

ularning qat’iy belgilangan mud-

datlarda foydalanishga topshiri-

lishini ta’minlasin.

4. Iqtisodiyot vazirligi

(R.G‘ulomov), Moliya vazirligi

(J.Qo‘chqorov), Xalq ta’limi

vazirligi (A.Ochilov) Qora-

qalpog‘iston Respublikasi

Vazirlar Kengashi, viloyatlar va

Toshkent shahar hokimliklari

bilan birgalikda bir hafta mud-

datda bolalar sporti obyektlari

qurilishining 2011-yil uchun

hududiy manzilli ro‘yxatlarini

tasdiqlasin hamda joriy yilning 15-

martigacha obyektlar qiymatining

30 foizi miqdorida bo‘nak ajratish

hisobidan moliyalashtirilishini

ta’minlasin.

6


7

II. 2010-yilda Bolalar sportini

rivojlantirish jamg‘armasi mab-

lag‘larini respublika va hududiy

manbalar hisobidan shakllan-

tirish va ulardan maqsadli foyda-

lanish holati to‘g‘risida.

5. Vazirlar Mahkamasi

(Sh.Mirziyoyev), Bolalar sportini

rivojlantirish jamg‘armasi

(A.Ochilov) Bolalar sportini rivoj-

lantirish jamg‘armasi mablag‘la-

rining respublika va hududiy

manbalar hisobidan o‘z vaqtida va

to‘liq hajmda shakllanishi ustidan

qat’iy tizimli nazorat o‘rnatsin.

O‘zbekiston Respublikasi

Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev Yog‘-

moy va oziq-ovqat sanoati

uyushmasi raisi R.Bo‘riyevning

2010-yilda bolalar sportini rivoj-

lantirishni moliyalashtirishga

homiylik mablag‘larini o‘z

vaqtida o‘tkazib bermagani uchun

javobgarligi masalasini ko‘rib

chiqsin.


6. Qoraqalpog‘iston Respubli-

kasi Vazirlar Kengashi raisi,

viloyatlar va Toshkent shahar

hokimlari Bolalar sportini rivoj-

lantirish jamg‘armasi mablag‘la-

rining o‘z vaqtida to‘liq hajmda

shakllanishi va maqsadli sarf-

lanishi, bolalar sporti obyektlari

qurilishi, kapital ta’mirlanishi va

belgilangan muddatlarda foydala-

nishga topshirilishi hamda ularni

saqlash xarajatlari to‘liq moliya-

lashtirilishi va sport inshootlari

quvvatidan samarali foydalanish

uchun shaxsan javobgar ekan-

liklari to‘g‘risida ogohlantirilsin.

7. Vazirlar Mahkamasi

(Sh.Mirziyoyev)ga:

2011-yilda Bolalar sportini

rivojlantirish jamg‘armasining

daromadlar va xarajatlar ko‘rsat-

kichlari hamda bolalar sporti

obyektlari va suzish havzalari

qurilishi, rekonstruksiya qilinishi

va kapital ta’mirlanishining man-

zilli dasturlarini tasdiqlash to‘g‘ri-

sidagi Hukumat qarori loyihasini

o‘rnatilgan tartibda bir hafta

muddatda tasdiqlash uchun

kiritsin;

bolalar sporti obyektlari,

suzish havzalari qurilishi, rekon-

struksiya qilinishi va kapital

ta’mirlanishining tasdiqlangan

manzilli dasturlari ijrosining

borishini, obyektlarning o‘z vaqti-

da foydalanishga topshirilishi

hamda ularning zarur anjom va

inventarlar bilan jihozlanishi

ustidan qattiq nazorat o‘rnatgan

holda har chorakda ko‘rib chiqsin.

Moliya vazirligi (R.Azimov)

Bolalar sportini rivojlantirish

jamg‘armasi mablag‘larining

qat’iy maqsadli va samarali

sarflanishi ustidan tizimli nazorat

o‘rnatsin.

III. Bolalar sportini rivoj-

lantirish jamg‘armasi va mahalliy

hokimliklar tomonidan qizlarni

sport bilan muntazam shug‘ulla-

nishga keng jalb qilish borasidagi

ishlar to‘g‘risida.

8. Xalq ta’limi vaziri A.Mara-

himov, Bolalar sportini rivojlan-

tirish jamg‘armasi ijrochi direktori

A.Ochilovlarning hisobotlari,

shuningdek, viloyat hokimlari

hamda vazirlik va idoralar rahbar-

larining qizlarni sport bilan munta-

zam shug‘ullanishga keng jalb

qilish borasida amalga oshirilgan

ishlar to‘g‘risidagi axborotlari

ma’lumot uchun qabul qilinsin.

9. Qoraqalpog‘iston Respubli-

kasi Vazirlar Kengashi, Andijon,

Navoiy, Toshkent, Xorazm

viloyatlari va Toshkent shahar

hokimliklarining qizlarni sport

bilan shug‘ullanishga jalb etish

bo‘yicha masalalarni hal qilish

borasidagi ijobiy ishlari qayd

etilsin.

O‘zbekiston Milliy tele-

radiokompaniyasi (A.Xadjayev),

Matbuot va axborot agentligi

(B.Alimov), Xalq ta’limi vazirligi

(A.Marahimov) Qoraqalpog‘is-

ton Respublikasi Vazirlar Ken-

gashi, viloyatlar va Toshkent

shahar hokimliklari bilan bir-

galikda:


sportni yosh avlodning sog‘-

lom turmush tarzi shakllanishi-

ning muhim omili sifatida keng

targ‘ib qilishni hisobga olgan

holda, yuqorida qayd etilgan

hududlarda qizlarni sport bilan

shug‘ullanishga jalb qilish bo‘yicha

amalga oshirilgan ishlar tajribasini

ommalashtirishga oid materiallarni

tizimli ravishda yoritib borsin;

xalqaro maydonda O‘zbek-

istonning yorqin timsolini namo-

yon etayotgan, xalqaro sport

musobaqalarida mamlakatimiz

sha’nini ulug‘layotgan sportchi-

larimiz, ayniqsa, qizlarimizning

yuksak muvaffaqiyatlari haqida

videomateriallar (reklama rolik-

lari) tayyorlasin.

10. Vazirlar Mahkamasi

(Sh.Mirziyoyev) Qoraqalpo-

g‘iston  Respublikasi Vazirlar

Kengashi, viloyatlar va Toshkent

shahar hokimliklari, Xalq ta’limi

vazirligi (A.Marahimov), Bolalar

sportini rivojlantirish jamg‘armasi

(A.Ochilov), Madaniyat va sport

ishlari vazirligi (J.Akramov) bilan

birgalikda bir hafta muddatda

bolalar sportini rivojlantirish

hamda bolalar, ayniqsa, qizlarni

sport bilan shug‘ullanishga jalb

qilishga salmoqli hissa qo‘shgan

rahbar va mutaxassislarni rag‘bat-

lantirish to‘g‘risidagi taklifni

o‘rnatilgan tartibda kiritsin.

11. Jizzax (S.Ismoilov), Qash-

qadaryo (N.Zayniyev), Samar-

qand (Z.Mirzayev), Surxondaryo

(T.Jo‘rayev) va Sirdaryo (O.Ashur-

7


8

matov) viloyatlari hokimlarining

qizlarni sport bilan shug‘ulla-

nishga keng jalb qilish bo‘yicha

olib  borayotgan ishlari yetarli

emas, deb topilsin va ulardan

mazkur kamchiliklarni bartaraf

etish yuzasidan ta’sirchan

choralar ko‘rish talab etilsin.

12. Xalq ta’limi vazirligi

(A.Marahimov), Oliy va o‘rta

maxsus ta’lim vazirligi (B.Xodi-

yev), Madaniyat va sport ishlari

vazirligi (J.Akramov), Qora-

qalpog‘iston Respublikasi Vazir-

lar Kengashi, viloyatlar va

Toshkent shahar hokimlikla-

riga:


qishloq joylarda bolalar

sportini rivojlantirishga alohida

e’tibor qaratgan holda, o‘sib kela-

yotgan yosh avlodni, ayniqsa,

qizlarni ommaviy jismoniy tarbiya

va sportga keng jalb etish bo‘yicha

ishlar samaradorligini tubdan

oshirish;

qizlarning salomatligi va

to‘laqonli jismoniy rivojlanishiga

ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan yangi

sport turlari sonini oshirib, qo‘-

shimcha sport seksiyalarini ochish

bo‘yicha aniq chora-tadbirlar

kompleks rejasini ishlab chiqish

va uni tatbiq etish;

ta’lim muassasalaridagi va

alohida joylashgan bolalar sporti

obyektlaridan samarali foyda-

lanish va ularni talab darajasida

saqlash ustidan ta’sirchan nazorat

o‘rnatish vazifasi yuklatilsin.

Vazirlar Mahkamasiga 2011-

yil I yarim yillik yakunlari bo‘yicha

amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

ma’lumot kiritsin.

13. Bosh vazirning birinchi

o‘rinbosari R.Azimov «O‘zbek-

yengilsanoat» AK (I.Haydarov),

Xalq ta’limi vazirligi (A.Marahi-

mov), O‘rta maxsus, kasb-hunar

ta’limi markazi (U.Toshken-

boyev), Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar

hokimliklari bilan birgalikda joriy

yilning 21-martigacha bo‘lgan

muddatda umumta’lim maktab-

lari, akademik litsey va kasb-

hunar kollejlarida o‘qiydigan

barcha qizlarga sovg‘a tariqasida

sport formalari taqdim etilishini

tashkil etsin.

IV. Bolalar sportini yosh

avlod salomatligini mustahkam-

lashning eng muhim omili sifatida

rivojlantirish to‘g‘risida.

14. Sog‘liqni saqlash vaziri

A.Ikromovning sport bilan

shug‘ullanish maktab yoshidagi

bolalar salomatligi va jismoniy

o‘sishiga ijobiy ta’sirining barqaror

tendensiyalari to‘g‘risidagi axbo-

roti tinglanib va muhokama etilib,

Homiylik kengashi Sog‘liqni

saqlash vazirligi va uning hududiy

bo‘linmalari tomonidan sport

bilan shug‘ullanishning bolalar

salomatligi va jismoniy o‘sishiga

ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olib

borilayotgan ishlarini ma’qullash

to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A.Ikromov)ga:

sport bilan shug‘ullanishning

bolalar salomatligiga ta’sirini

o‘rganish bo‘yicha ishlarni yuqori

darajada yo‘lga qo‘ygan hududiy

tuzilmalar va ularning rahbarlarini

alohida qayd etish;

O‘zbekiston matbuot va

axborot agentligi (B.Alimov),

O‘zbekiston Milliy teleradio-

kompaniyasi (A.Xadjayev) bilan

birgalikda sport hamda jismoniy

tarbiya bilan muntazam shug‘ul-

lanishning bolalar salomatligini

mustahkamlash va sog‘lom

turmush tarzini shakllantirishdagi

ahamiyati haqida yetakchi jurna-

listlarni jalb etgan holda aholini

keng xabardor qilishni doimiy

asosda tashkil etish;

2011-yil 1-iyulgacha foydala-

nilayotgan tadqiqot indikatorlarini

har tomonlama tahlil qilish

asosida  sport bilan shug‘ulla-

nishning bolalar rivojlanishiga

jinsi va yoshi inobatga olingan

holda ta’sir ko‘rsatishining

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti

standartlari va xalqaro mezonlarga

mos keladigan ilmiy asoslangan

uslubini ishlab chiqish hamda

tasdiqlash vazifasi topshirilsin.

15. Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A.Ikromov)ga:

Qoraqalpog‘iston Respubli-

kasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari,

Xalq ta’limi vazirligi (A.Mara-

himov) bilan birgalikda Andijon,

Buxoro, Farg‘ona va Surxondaryo

viloyatlarida jismoniy tarbiya va

sport bilan shug‘ullanishga jalb

etish orqali maktab yoshidagi

bolalar, ayniqsa, qizlarning

sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanish

ko‘rsatkichlari yaxshilanishi bo‘-

yicha erishilgan ijobiy tajribasini

keng targ‘ib qilish, tushuntirish

yo‘llari orqali ommalashtirilsin;

ikki oy muddatda Xalq ta’limi

vazirligi (A.Marahimov) hamda

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi

markazi (U.Toshkenboyev) bilan

birgalikda Sog‘liqni saqlash vazir-

ligi tomonidan Xalq ta’limi

vazirligi va Madaniyat va sport

ishlari vazirligi bilan hamkor-

likda  ishlab chiqilgan bolalarni

jismoniy tarbiya va sport

mashg‘ulotlariga jalb etish bo‘yi-

cha yo‘riqnomaning umumta’-

lim maktablari, akademik litsey

va kasb-hunar kollejlari, sport

federatsiyalariga yetkazilishini

8


9

ta’minlash hamda unga rioya

etilishi ustidan qat’iy nazorat

o‘rnatsin.

16. Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A.Ikromov) hamda Qoraqal-

pog‘iston Respublikasi Vazirlar

Kengashi, viloyatlar va Toshkent

shahar hokimliklariga Oliy va

o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(B.Xodiyev.), Madaniyat va sport

ishlari vazirligi (J.Akramov), Xalq

ta’limi vazirligi (A.Marahimov)

bilan birgalikda:

sport bilan shug‘ullanishning

maktab yoshidagi bolalar,

akademik litsey va kasb-hunar

kollejlari o‘quvchilariga ta’sirini

tuman va shaharlar kesimida,

antropometrik ko‘rsatkichlar

dinamikasi hamda yosh va jins

guruhlari bo‘yicha kasallanish

darajasining pasayishini o‘z ichiga

olgan ma’lumotlar bazasini

shakllantirgan holda chuqur

o‘rganishni tizimli ravishda da-

vom ettirsin;

bir oy muddatda Vazirlar

Mahkamasiga sport bilan munta-

zam ravishda shug‘ullanishning

maktab yoshidagi bolalarning

jismoniy rivojlanishi va salomatlik

ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri va

ularning Jahon sog‘liqni saqlash

tashkiloti standartlariga mos

kelishi, hududlar kesimida tizimli

monitoring o‘rnatishni ta’minlash

bo‘yicha takliflar kiritsin.

17. Vazirlar Mahkamasi

(Sh.Mirziyoyev) Sog‘liqni saqlash

vazirligi (A.Ikromov), Xalq ta’limi

vazirligi (A.Marahimov), Davlat

statistika qo‘mitasi (B.To‘rayev)

bilan birgalikda respublika hudud-

lari kesimida sport bilan shug‘ul-

lanishning bolalar rivojlanishiga

jinsi va yoshini inobatga olgan holda

ta’sir ko‘rsatish natijalari haqidagi

tahliliy materiallarning ommaviy

axborot vositalarida keng yoriti-

lishini, yillik statistika bulleten-

lari va risolalar shaklida chop

etilishini ta’minlasin.

V. Bolalar sporti obyektlari

va sport zallarining mahalliy

korxonalar tomonidan ishlab

chiqarilgan zarur sport anjom va

inventarlari bilan jihozlanish

holati.

18. Iqtisodiyot vaziri R.G‘ulo-



movning bolalar sporti obyekt-

lari va sport zallarini mamla-

katimizda ishlab chiqarilayotgan

zarur sport anjom va inventarlari

bilan jihozlash bo‘yicha amalga

oshirilayotgan ishlar holati

to‘g‘risidagi ma’lumoti axborot

uchun qabul qilinsin.

Qat’iy ko‘rsatib o‘tilsin:

Navoiy (E.Turdimov),

Sirdaryo (O.Ashurmatov), Tosh-

kent (R.Xolmatov), Farg‘ona

(H.Ne’matov) viloyatlari va

Toshkent shahar (R.Usmonov)

hokimlariga bolalar sporti

obyektlarining sport anjom va

inventarlarini o‘z vaqtida yangi-

lash, almashtirish va qo‘shimcha

jihozlash bo‘yicha amalga oshira-

yotgan ishlari qoniqarsiz ekan-

ligi;

xalq ta’limi vaziri A.Mara-



himovga bolalar sporti obyekt-

laridan samarali foydalanish va

ularni zarur sport anjom va inven-

tarlari bilan jihozlash masalala-

ridan o‘zini chetga olayotgani.

19. Vazirlar Mahkamasi

(Sh.Mirziyoyev) ikki oy mud-

datda joylarga chiqib, avval

foydalanishga topshirilgan bola-

lar sporti obyektlarining ahvo-

lini o‘rganishni tashkil etsin va

besh yilga mo‘ljallangan hamda

quyidagilarni o‘z ichiga olgan

bolalar sporti obyektlarini jihoz-

lash dasturini tasdiqlash bo‘-

yicha Hukumat qarorini tayyor-

lasin:

yangitdan foydalanishga top-



shirilayotgan obyektlarni xalq-

aro standartlarga javob beradi-

gan zamonaviy sport anjom va

inventarlari bilan jihozlash;

avval foydalanishga topshi-

rilgan bolalar sporti obyekt-

larining eskirgan sport anjom va

inventarlarini yangilash, shu-

ningdek, ularni qo‘shimcha

jihozlash bo‘yicha to‘ldirib

boruvchi jadvalni tasdiqlash;

anjom va inventarlarni yangi-

lashga Bolalar sportini rivojlan-

tirish jamg‘armasidan alohida

satr ostida mablag‘ ajratish.

20. Xalq ta’limi vazirligi

(A.Marahimov), Bolalar sportini

rivojlantirish jamg‘armasi (A.Ochi-

lov) 2011-yilda foydalanishga

topshiriladigan bolalar sporti

obyektlari va suzish havzalarini

zarur anjom va inventarlar bilan

belgilangan me’yor va standartlar

bo‘yicha o‘z vaqtida ta’minlasin

hamda o‘quvchilarga, ayniqsa,

ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga

muhtoj bo‘lgan oilalar qizlariga

sport formalari va anjomlari xarid

qilinsin.

21. Iqtisodiyot vazirligi

(R.G‘ulomov), Monopoliyadan

chiqarish va raqobatni rivojlan-

tirish davlat qo‘mitasi (J.Ismo-

ilov), «O‘zstandart» agentligi

(A.Abduvaliyev), Madaniyat va

sport ishlari vazirligi (J.Akramov)

respublikada ishlab chiqarila-

yotgan sport anjom va inventar-

larining sifatini qattiq nazoratga

olsin.


22. Ushbu bayon ijrosini

nazorat qilish O‘zbekiston

Respublikasi Bosh vaziri

Sh.Mirziyoyev zimmasiga yukla-

tilsin.

9

2 «Sog‘lom avlod uchun», 2011-yil, 3-son.



10

S T I Q L O L N I N G

dastlabki kunlaridanoq,

yaqin kelajakdagi eng

muhim vazifalar qatorida, mam-

lakat iqtisodiyotidagi lokomotiv-

lardan biri — xususiy avtomobil

sanoatini yaratish belgilab olingan

edi. Gap butkul yangi tarmoqni

yaratish ustida borar ekan, aniq,

puxta reja asosida izchillik va

qat’iyat bilan ish olib borilganini

ta’kidlash joiz. Davlatimiz rahba-

riyati avtomobil sanoatini tashkil

etishni rejalashtirayotganida, uni

yaratish bilan birga, mamlakatda

zamonaviy texnologiyalar va mala-

kali mutaxassislar, ya’ni milliy iqti-

sodiyotimizni yangi bosqichga

ko‘tarish imkoniyati paydo bo‘li-

shini ko‘zda tutgandi.

1994-yilning 17-marti respub-

likamiz avtosanoatining tug‘ilgan

kuni sifatida tarixga kirdi. “O‘zavto-

sanoat” AK ishga tushganidan

buyon milliy avtomobillarimiz

savdosi bo‘yicha puxta ishlab

chiqilgan va samarali amal qiluvchi

chet el dilerlik tarmog‘iga ega bo‘l-

gan bir necha qo‘shma korxonalar

tashkil etildi. Asaka avtozavodi

konveyeridan birinchi mashina

chiqarilishidan ikki yilga yaqin vaqt

o‘tishi bilan — 1998-yilda

«O‘zavtosanoat» AK Xalqaro avto-

mobilsozlar tashkiloti (OICA)

a’zosi etib qabul qilindi, bu esa

O‘zbekiston avtomobillarining sifati

va muvaffaqiyatli istiqbolining tan

olinishini anglatardi.

Asaka avtomobil zavodi kon-

veyeridan chiqayotgan avtomobil-

lar  chet el bozorlarini tezda zabt

eta oldi. Bunga — MDH mamla-

katlarining 104 shahrida dilerlik

tarmoqlari rivojlantirilganligi hamda

O‘zbekiston avtomobillari 10 dan

ziyod mamlakatga eksport qilinishi

fikrimizning tasdig‘idir.

Avtomobilsozlik sohasi O‘zbek-

iston iqtisodiyotining ildam qadam

tashlashiga  imkon berdi. Texnologik

jarayonlarning kompleks rivojla-

nishi mashinasozlik bilan bir

qatorda  metallurgiya, radioelektro-

nika, elektroximiya, neftni qayta

ishlash, kimyo, to‘qimachilik kabi

boshqa sohalarning rivojlanishini

rag‘batlantiradi. Jahon tajribalari

avtomobil sanoatida bir ish o‘rnini

yaratish zamirida shu soha bilan

bog‘liq ishlab chiqarish sohalarida

kamida yettita ish o‘rnini yaratishga

olib kelishini tasdiqlaydi.

2009-yildan boshlab,

«SamAvto» ishlab chiqarish liniya-

larida MAN yuk mashinalarini

yig‘ish  boshlandi. Bu «O‘zavto-

sanoat» AK va Germaniyaning

«MAN Nutsfarsoyge AG» konserni

tomonidan, O‘zbekiston  va Germa-

niya hamkorligida  ta’sis etilgan

«JV MAN Auto — Uzbekistan»

qo‘shma korxonasida yaratilgan

birinchi mahsulot hisoblanadi.

Jahon moliyaviy-iqtisodiy

inqiroziga qaramay, korxonada

birinchi bosqichdayoq ishlab chi-

qarish jadal sur’atlarda rivojlanishi,

infratuzilmaning kengayishi va avto-

mobil parkini yangilashga ehtiyoj

o‘sib borishi kuzatilayotganini

hisobga olgan holda, neft va gaz,

avtomobil yo‘llari, tog‘ konlari va

iqtisodiyotning boshqa sohalari

ehtiyojiga javob beradigan shatakli,

bortli avtomobillar hamda turli

og‘irlikda yuk ko‘taruvchi samosval-

larni ishlab chiqarish rejalashtiril-

gan.


2010-yilda Vatanimizning eng

aziz bayrami bo‘lmish  Mustaqillik

kuni arafasida “GM Uzbekistan”

qo‘shma korxonasi yangi Spark

rusumli avtomobilini xaridorlar


Download 491.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling