Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti


Download 491.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana27.07.2017
Hajmi491.04 Kb.
#12127
1   2   3   4   5   6   7

hukmiga havola etdi. Yangi avto-

mobil o‘zining tashqi ko‘rinishi va

ichki imkoniyatlari bilan tez orada

nafaqat yurtimiz, balki xorijiy

iste’molchilarning ko‘nglidan joy

olishga ulgurdi.

Jahonda uzoq vaqt hukm

surgan iqtisodiy inqiroz ko‘plab

avtomobil ishlab chiqaruvchi

mamlakatlarning iqtisodiga jiddiy

ta’sir ko‘rsatdi. O‘zbek avtosanoati

ushbu qiyin davrda ishlab chiqarish

jarayoni davomiyligini ta’minlabgina

qolmay, balki raqobatchilik bozorida

mavqeini mustahkamlash bo‘yicha

o‘z strategiyasini ishlab chiqdi.

Buning natijasi o‘laroq, Yevropa

Tadbirkorlar uyushmasi hisobotiga

ko‘ra, Neksiya va Matiz rusumli

avtomobillarimiz Rossiyada eng

xaridorgir xorijiy avtomobillar

safidan  o‘rin oldi.

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining «2009 — 2014-yil-

larda avtomobil sanoati korxona-

larini modernizatsiyalash, texnik va

texnologik qayta jihozlash dasturi

to‘g‘risida»gi qarori va «Navoiyda

Erkin industrial-iqtisodiy zona:

koreyalik hamkorlar uchun yangi

investitsion imkoniyatlar» xalqaro

konferensiya yakunlari bo‘yicha

imzolangan investitsion kelishuv-

larni amalga oshirish bo‘yicha

choralar to‘g‘risida»gi Farmoniga

binoan avtomobil elektr simlarini

ishlab chiqarish bo‘yicha

«UzEraeCable» MCHJ, mexanik

ishlov berish usuli bilan avtomobil

qismlarini ishlab chiqarish bo‘yicha

«O‘zEraeAlternator» MCHJ,

avtomobil spidometrlarini ishlab

chiqaruvchi «O‘zMinda» MCHJ

kabi  qo‘shma korxonalarni tashkil

BARCHA BOZORLARDA

XARIDORGIR

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT

MUSTAQILLIGINING 20 YILLIGI OLDIDAN

I


11

qilish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Bulardan ko‘zlangan asosiy maq-

sad, import o‘rnini bosuvchi

mahalliy xom ashyo ishlab

chiqaruvchi korxonalar sonini

oshirish, yangi ishchi o‘rinlarini

yaratishdan iboratdir.

Bugungi kunda «O‘zavto-

sanoat» AKda  ishchi mutaxassis-

larning  malakalarini oshirishga katta

e’tibor qaratilmoqda. Doimiy

ravishda, ularni Janubiy Koreya,

Hindiston, Germaniya, Yapo-

niya, Chexiya, Polsha, AQSHda

o‘qitish tashkil qilinmoqda.

«O‘zavtosanoat» AK yordamida

ochilgan Asaka avtomobilsozlik

kolleji,  Samarqand avtomobilsozlik

kolleji,  Toshkent shahridagi Turin

politexnika universitetida ham zavod

uchun kadrlar tayyorlanadi.

Ushbu jabhada Toshkent

shahridagi Turin politexnika univer-

sitetini haqli ravishda hamda faxr

bilan mamlakatimizda ta’lim

tizimining eng yaxshi oliy ta’lim

muassasalaridan biri deb atash

mumkin. Mazkur dargohda avto-

mobilsozlik, energetika va mashina-

sozlik sohasida yuqori malakali

mutaxassislar tayyorlanadi.

Hozirgi davrda bu universitetda

«Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar» va

«Tabiiy-matematika fanlari»

kafedralariga ega bo‘lgan umumiy

texnika fakulteti, shuningdek,

tayyorlov bo‘limi hamda axborot-

resurs markazi faoliyat yuritmoqda.

Mashg‘ulotlar zamonaviy,

keng va shinam, komputerlash-

tirilgan auditoriyalarda o‘tkaziladi.

Talabalar uchun qulaylikni ko‘zda

tutib, bu yerda eng ilg‘or o‘quv

texnikasi: multimediya tizimlari,

simsiz internetga ulanish imko-

niyati, qudratli komputerlar va

interaktiv elektron sinf taxtasi

o‘rnatilgan, ular vositasida tala-

balar matn (ma’ruza)ni yozib

o‘tirmay, balki o‘qituvchi-peda-

goglarning ma’ruzalarini tinglashga

bor e’tiborlarini jalb etgan holda

ma’lumotlarni osongina elektron

axborot tashuvchi moslamalarga

joylashtirib olishlari mumkin. Tala-

balar on-line rejimida italiyalik va

boshqa chet ellik o‘qituvchilardan

ma’ruza kurslarini tinglaydilar,

ularga o‘z savollari bilan murojaat

etadilar, bahs hamda munozaralarda

qatnashadilar.

Toshkent shahridagi Turin

politexnika universitetida ta’lim

jarayoni — zavod sharoitidagi

kabi, — to‘liq ishlab chiqarish

uskunalaridan foydalangan holda,

amaliyot bilan bog‘lab olib boriladi.

“O‘zavtosanoat” AK mamla-

katimiz sportchilarining dovrug‘ini

oshirishda, barkamol avlodning

sport o‘yinlariga o‘zining munosib

hissasini qo‘shmoqda. 2010-yilda

Toshkentda bo‘lib o‘tgan badiiy

gimnastika bo‘yicha XI Osiyo

chempionatining asosiy homiylari-

dan biri sifatida  “O‘zavtosanoat”

AK qatnashdi. “GM Uzbekistan”

qo‘shma korxonasi har yili o‘tka-

zilayotgan avtopoygalarning ho-

miysi bo‘lib kelmoqda.

Kamol XOLMURODOV

QADAMINGIZDAN

GUL  UNGAY...

Hamdam SHORAHMEDOV suvratga tushirdi.

Shodliklari, sho‘xliklari  o‘zlariga  yarashgan...



12

ARIXIY


 taraqqiyotning

hal qiluvchi kuchi hisob-

langan xalq ommasi folk-

lor an’analari hamda marosimiy

qadriyatlarning ham ijodkori deb

qaraladi. Ajdodlarimiz o‘z ota-

bobolari tomonidan yaratilgan

folklor an’analarini yanada rivoj-

lantirib kelganlari uchun ham

xalqimizning milliy an’analari

avloddan-avlodga o‘tib, takomilla-

shib kelgan.

Hozirgacha bu mavzuga tegishli

tadqiqotlarda Xorazm, Toshkent,

Buxoro, Samarqand, Qashqa-

daryo viloyatlarida istiqomat

qiluvchi aholi orasidan to‘plangan

materiallar faktik asos vazifasini

o‘tagani holda Surxondaryo viloyati

oilaviy-maishiy marosimlar

tizimidagi bola tug‘ilishi va beshik

davri udumlari folklori yetarli

darajada to‘plab, o‘rganilmagan.

Lekin, Surxon vohasida O‘rta

Osiyoning boshqa hududlarida

mavjud bo‘lgan urf-odat va maro-

simlardan farqlanadigan o‘ziga

xos etnofolkloristik materiallar

mavjudki, bunda homilador ayol

eson-omon ko‘zi yorishi hamda

chaqaloqni turli ziyon-zahmatlar-

dan asrash maqsadida bajariladigan

har xil irim-sirim va inonchlar

alohida o‘rin tutadi. Bu amallarning

aksariyati animistik qarashlar va

magik tasavvurlar bilan bog‘liq

bo‘lib, kayvoni ayol, qushnoch

yoki doya momolar tomonidan

bajariladi.

Ma’lumki, bola tug‘ilishi bilan

bog‘liq milliy udum va marosim-

larimizda muhim o‘rin tutadigan

mifologik personajlardan biri

homiy-momo obrazidir. Xalq

qarashlariga ko‘ra, momo obrazi

homilador ayollarni ziyon-

zahmatdan himoya qiluvchi va

doyalarga ko‘maklashuvchi afso-

naviy homiy sifatida tasavvur

qilinadi. O‘rta Osiyo xalqlarida

mavjud bo‘lgan momolar kultining

tarixiy-genetik asoslari qadimiy

mifologik inonchlar tizimining

muhim uzvlaridan biri — shomon

ayollar ruhiga ixlos qilish va undan

madad tilash rituallariga aloqador

bo‘lib, xalq qarashlariga ko‘ra, ular

ayollarga ko‘z yorishda, nasl

qoldirishda homiylik qilganlar.

Etnograf olima O.A.Suxarevaning

XX asrning 20-yillarida Samarqand

viloyati atrofidagi qishloqlardan

to‘plagan etnofolkloristik material-

laridan ma’lum bo‘lishicha, O‘rta

Osiyo xalqlari mifologiyasida

momolar o‘zining tashqi ko‘ri-

nishi, bajaradigan vazifasi, ya’ni

odamlarga yaxshilik yoki yomonlik

qilishiga ko‘ra bir necha xil nomlar

bilan atalar ekan. Masalan,

Sharpar momo, Shaloyim momo

kabi momolar turli xil kasallik-

larning kelib chiqishiga sabab

bo‘lsa,  Doya momo ayollarning

ko‘zi yorishi va chaqaloq dunyoga

kelishida homiylik qiluvchi ezgu

kuch timsoli sanalgan. Homiladorlik

davri va chaqaloq tug‘ilishi bilan

bog‘liq urf-odat va irim-sirimlarda

momolar kultidan madad tilash

an’anasi o‘zbeklar yashaydigan

barcha hududlarda mavjud.

Folkloristik materiallar asosida bu

mifologik obraz mohiyati bir

muncha keng yoritilgan.

Milliy folklorimizda Anbar

ona, Bibi Fotima va Anaka momo

kabi personajlar doya momolar

homiysi  deb talqin qilinadi. Oy-

kuni yetib, homilador ayolning

ko‘zi yoriyotganida, doya momo-

lar: «Mening qo‘lim emas, Anbar

onamning qo‘li, Anbar ona qo‘l-

lasin!» — deb homiy kuchlardan

madad so‘raganlar. Anbar ona

kulti va u bilan bog‘liq xalq qa-

rashlari G.P.Snesarev, V.N.Basi-

lov, O.Safarov kabi olimlarning

asarlarida atroflicha tahlil qilin-

gan.


Umumo‘zbek marosim folklori

an’analari muhitida olib qaral-

ganda, Surxon vohasida homila-

dor ayollarning mushkulini oson

qiladigan mifologik personaj —

boshqa hududlarimizda hozir-

gacha  qayd etilmagan Tuvgich

momo haqidagi asotiriy qarashlar

e’tiborni tortadi. Denov, Qum-

qo‘rg‘on, Sherobod tumanlarida

olib borilgan izlanishlarimiz

natijasida Tuvgich momoning

mifologik tabiatiga doir xalq

qarashlari yozib olindi. Xususan,

Qumqo‘rg‘on tumanidagi «Besh

qahramon» jamoa xo‘jaligida

istiqomat qiluvchi 82 yashar

Chuchuk  momo  Hamroyevaning

aytishicha, Tuvgich momo qadim-

da yashagan serfarzand va katta

oilaning momosi bo‘lib, umr bo‘yi

doyalik qilib o‘tgan. Uning qo‘li

tekkan homilador ayol eson-omon

Surxon vohasida yozib olingan bola tug‘ilishi va

beshik davri marosimlari folklori materiallari asosida

«GURILLAB  YONGAN

CHIROG‘INGIZDAN  AYLANAY...»

T


13

o‘z farzandini qo‘liga olar va momo

o‘z qo‘li bilan kindigini kesgan

bola kelgusida serfarzand bo‘lib

yetishar ekan. Shuning uchun doya

momolar har safar ayolning dardi

tuta boshlaganida, Tuvgich momo

ruhidan madad so‘rashar, shunda

go‘yoki oppoq kiyingan momo

ayolning boshi uzra namoyon

bo‘lib, chaqaloq sog‘-salomat

tug‘ilarmish.

Surxon vohasi bo‘ylab olib

borgan izlanishlarimizdan ma’lum

bo‘lishicha, homilador ayol o‘z

farzandini eson-omon qo‘liga olish

uchun Tuvgich momoga ixlos

qilgan. Odatda, qushnoch momo

paxta, yetti dona tanga (yoki yetti

so‘m pul)ni homilador ayolning

boshidan silab olgan. Keyin ana shu

silangan paxtadan pilik eshib,

Tuvgich momoga atab chiroq

yoqishgan. Bundan tashqari, ko‘zi

yoriydigan ayolning mushkuli

yengil bo‘lsin, degan ma’noda Bibi

Mushkulga ixlos qilib, maxsus

marosim o‘tkazganlar.  Har ikkala

marosim ham homilaning uch

oyligida qushnoch momo tomoni-

dan amalga oshirilgan.

Qumqo‘rg‘onlik Bo‘rixol

Xudoyqulovadan yozib olingan

dala materiallariga ko‘ra, Tuvgich

momoga atab quyidagicha maro-

sim o‘tkazilgan:

Marosimni o‘tkazadigan qush-

noch momo bir siqim oq paxtani

olib, uni uch bo‘lakka ajratgan.

So‘ngra mevali daraxt shoxidan

sindirib tayyorlangan yetti dona

toza cho‘pga oq paxta o‘rab, pilik

yasagan. Ana shu piliklardan har

birining o‘z nomi bo‘lib, ular Sariq

momo, Qora momo, Titti momo,

Ochil momo, Gulsun momo,

Yozil momo va Tuvgich momo deb

atalgan. Nazarimizda, xalq orasida

ikkiqat ayollarning asotiriy homiysi

sifatida tasavvur qilingan ana shu

yetti momo haqidagi qadimgi

inonchlar unutilib ketgan. Hozirgi

kunda  yetti momodan faqat bittasi

— Tuvgich momoning mifologik

tabiati va funksiyasiga doir ayrim

qarashlargina qadimgi kult mif-

larining reliktlari sifatida saqlanib

qolgan, xolos. Demak, «o‘zbek

mifologiyasida doya kampirlarning

homiysi, piri sifatida e’tirof etilgan

«yetti momo» obrazi mavjud

bo‘lgan. Genetik ildizlariga ko‘ra

matriarxat davriga oid e’tiqodiy

qarashlar asosida kelib chiqqan bu

obrazda serfarzandlik g‘oyasi aks

etgan bo‘lib, «muqaddas ona»

haqidagi mifik tasavvurlarni ham

o‘zida mujassamlashtirgan”.

1

Qushnoch kampir yetti



momo haqiga yettita pilikni

eshgandan keyin ortib qolgan

paxtani homilador ayolning boshi

ustidan aylantirib olgan va silab

olingan paxtadan pilik yasagan. Bu

pilik «cho‘pchiroq» deyilgan.

Paxtaning uchinchi bo‘lagidan esa

chiltanlarga atab qirqta pilik

tayyorlangan. Uyning bir xonasiga

supra yoki ohorli oq mato yozilib,

uning ustiga chiltan toshi va loydan

dumaloq shaklda tayyorlangan

kulcha qo‘yilgan. Qushnoch Sariq

momo, Qora momo, Titti momo,

Ochil momo, Gulsun momo,

Yozil momo va Tuvgich momoga

atab eshilgan piliklarni yoqib,

homilador ayolning boshi uzra

aylantirgan. Pilik aylantirish

jarayonida yetti momo haqiga

duo qilingan va homilador ayolni

momolar qo‘llab-quvvatlasin, deb

paxtani toshning ustiga qo‘yishgan.

Keyin chiltanlarga atalgan qirqta

pilikni loy kulchaga qadab qo‘yib,

uni homilador ayolning boshiga,

ikki yelkasiga, qo‘llariga, ikki

tizzasiga va oyoq uchlariga qo‘yib

turib, chiltanlardan madad tilash-

gan. Marosimda ishtirok etayotgan

ayollarning barchasi qushnoch

momoning niyatiga qo‘shilib,

pirlarga, momolarga sig‘inib

turishgan. Chiltan tosh ustiga

qo‘yilgan va loy kulchaga suqilgan

pilik-chiroqlar yonayotganda,

marosim qatnashchilari hamda

qushnoch momo: «Ha, ha, ha,

ha!» — deb ikki kaftlarini bir-biriga

Muhammad AMIN suvratga tushirdi.

1

 Jo‘rayev M., Tohirov Yo. Ostonasi



tillodan. — Toshkent: Moziydan sado, 2003.

– B.66.


Shugina jonim, shu jonim,

Boshimdagi gultojim...



14

urib, dam chapga, dam o‘ngga

qaratib qarsak chalib turishgan.

Marosim oxiriga yetganda esa

qushnoch kampir: «Ochil momo,

Yozil momo, Sariq momo,

Tuvgich  momo, ochilib keting,

yozilib keting, quvnab keting. Mana

shu  qulingiz sizni eslab, sizga sig‘i-

nayapti, yo‘lini ochiq qiling, yuzini

yorug‘ qiling, bolasini eson-omon

qo‘liga olishda o‘zingiz madad

bering!» — deb iltijo qilgan.

Qushnoch chiroq yoqish

jarayonida momolarga ixlos qilib

turib, quyidagi aytimni ijro etgan:

Gulsun momo, kulib keting,

Yozil momo, yozilib keting.

Ochil momo, ochilib keting,

Sariq momo, sochilib keting,

Titti momo, titilib keting.

Qora momojonim, ochib yuboring.

Yozib yuboring, titib yuboring,

Tuvgich momojonim, tuvdirib keting,

Yo‘llarini ochib ul berib keting.

Yuqoridagi magik xarakterdagi

aytim matnida yetti momodan

ikkitasi — Qora momo hamda

Tuvgich momo ismiga «jonim»

so‘zi qo‘shib aytilishining ham

muayyan sabablari bor. Axbo-

rotchimiz Bo‘rixol Xudoyqulova-

ning aytishicha, Qora momo —

momolar orasida eng qattiqqo‘li,

qahrlisi deb tasavvur qilinganligi

uchun uni jahlidan tushirish va

homiylikka undash maqsadida

«momojonim» deb murojaat

qilinar ekan. Tuvgich momo esa

ikkiqat ayolning ko‘zi yorishida

asosiy rol o‘ynaydigan homiy kuch

timsoli deb qaralganligi tufayli

uning nomiga ham «jonim» so‘zi

qo‘shib aytilgan.

Bundan tashqari, bola tug‘il-

gunga qadar homilador ayolni suv

bo‘yiga borishdan saqlaganlar.

Chunki, xalq qarashlariga ko‘ra,

suv parilar hamda ayrim yovuz

kuchlar (masalan, ubba, aranglar

kabi)ning makoni bo‘lib, ular

kech kirganda kuchga to‘lishi va

suvga yaqin borgan kishilarga daxl

qilib, ziyon yetkazishi mumkin,

deb qaralgan. B.Hamroqulovaning

ma’lumot berishicha, sho‘rchi-

liklar orasida «homilador ayol

suvning oldiga borganda: «Salom,

Sulaymon ota!» — deyishi kerak,

shunda unga zararli kuchlar ta’sir

qilmaydi, chunki Sulaymon ota

ayollarni devlardan qo‘riqlab

turadi», degan ishonchlar mavjud

bo‘lgan.


Sherobodliklar esa homilador

ayolni shu tumanda joylashgan

Taxti Sulaymon ota ziyoratgohiga

(xalq orasida bu ziyoratgohning

nomi «Toq Sulaymon bobo» deb

ham yuritiladi) olib borib, qo‘y

yoki tovuq so‘yib qon chiqarganlar

va ziyorat qilganlar hamda o‘sha

pirlarga atab chiroq yoqib ixlos

qilganlar. Go‘yo shunday qilinsa,

suv bo‘yiga borgan homilador

ayolga ziyon yetmas va homila

sog‘lom tug‘ilar emish. Ziyoratga

borishga imkoniyat topa olmaganlar

esa qushnoch momolar tomonidan

uyda Sulaymon otaga atab paxta

silatganlar va chiroq yoqtirganlar.

Chiroq yoqib bo‘lingandan keyin

homilador ayol uyidan tashqariga

chiqib, yetti qadam qo‘yib yurgan.

Shunday qilinsa, go‘yoki homila-

dor ayol ziyoratga borib kelgandek

bo‘ladi, deb tasavvur qilingan.

Chiroq yoqish amali quyidagicha

amalga oshirilgan: dastlab Sulay-

mon otaga bag‘ishlab uzun pilik

eshilgan, momolarga atab esa

cho‘pchiroq tayyorlangan. Qush-

noch momo tomonidan o‘tkazil-

gan bu marosimda shu xonadon

egalari ishtirok etishgan. Sulaymon

otaga atalgan uzun pilikni mevali

daraxt cho‘piga o‘rab, paxta yog‘iga

botirib moylaganlar. O‘ralgan paxta

cho‘pni oftobaning jo‘mragiga

qistirib qo‘yib, yoqishgan. Yonib

turgan pilikni homilador ayolning

boshi ustidan aylantirayotganda:

Sharqillab oqqan suvingizdan

  aylanay,

Gurillab yongan chirog‘ingizdan

 aylanay,

Dardning boshi taxti

Sulaymon otajon,

Ezilib turgan etingizdan,

Qaqshab turgan suyagingizdan,

Suv ichida Sulaymon,

Sulaymonga jilayman,

So‘lda yurgan Sulaymon,

Sizdan shifo tilayman,

Qoningizga qon berdik,

Joningizga jon berdik,

Sizdan shifo tilayman, —

degan aytim takrorlab turilgan.

— Oilaviy turmush, bola parvarishi mas’uliyati tibbiy ma’rifat egasi

bo‘lishingizni zaruriyatga aylantiradi. Shuning uchun oilaviy hayotga har

taraflama tayyorgarlik ko‘rishingiz — baxt kalitini qo‘lga kiritishingiz demakdir.


15

So‘ngra yonayotgan pilik yerga

tushib ketmasin uchun uni

oftobaning jo‘mragiga qistirib,

tagiga suv to‘ldirilgan kosa

qo‘yilgan.

Yuqoridagi matnda nutq

tovushlarining evfoniyasi

(yaxshi ovoz), ya’ni ohangdosh

va ohangdorligi mazkur aytimda

«s» tovushining takrori orqali

yuzaga chiqqan, u tufayli

qo‘shiq ritmi izchillashgan,

poetik fikr latiflik, yoqimlilik

kasb etgan, hissiy ta’sirni

kuchaytirgan:

Suv ichida Sulaymon,

Sulaymonga jilayman,

So‘lda yurgan Sulaymon,

Sizdan shifo tilayman.

E’tibor berilsa, misralarda

tovushlar takrori orqali so‘zlar

ohangdoshligi, so‘zlar ohang-

doshligi orqali misralar ohang-

doshligi yuzaga kelgan; ohang-

doshlik, pirovardida, zaruriy

musiqiylikni yuzaga keltirgan.

Homilador ayolni yovuz

kuchlar ta’siridan saqlash maqsa-

dida Sulaymon otaga bag‘ishlab

o‘tkazilgan mazkur marosimda

ham chiltontosh qo‘llanilgan.

Etnograf B.Hamroqulova keltirgan

ma’lumotga ko‘ra, bu marosim

chog‘ida «chiltonlarga deb atalgan

chiroq yoqish» uchun paxtadan

uzunligi barmoqcha keladigan

40 ta pilik eshib tayyorlanadi va

ular  «chiltontosh» deb nomla-

nuvchi maxsus toshning ustiga

qo‘yib yondiriladi. Qushnoch

toshni oldin homilador xotinning

boshi ustiga, so‘ng yelkasiga, ikki

kaftiga va ikki oyog‘iga qo‘yadi va

«Zubay-zubay qirq chilton, sizdan

madad tilayman!» — degan so‘z-

larni aytadi.

Surxon vohasidan musiqa folk-

loriga oid materiallarni to‘plagan

san’atshunos M.Naimov tomoni-

dan Denov tumanining Sh.Xudoy-

nazarov nomli jamoa xo‘jaligida

istiqomat qiluvchi Muqaddas

Muhammadiyevadan yozib olingan

alas marosimi esa quyidagicha

o‘tkazilgan: qushnoch momo

o‘rtaga supra yozib, uning ustiga un

bilan suv to‘ldirilgan chovgumni

qo‘ygan. Chovgumning ichiga bitta

cho‘pni ham tiqib, uning uchiga

paxtadan eshilgan pilik boylagan.

Shu pilikni moyga botirib, yoqib

turib, quyidagi aytimni ijro etgan:

Toq Sulaymon bobo,

Taxtingizdan aylanay.

Suvda yurgan Sulaymon bobojonim,

Suvingizdan aylanay.

Toqa kunda, toqa oyda,

Hazil-huzul qilmangizlar,

Zalal-zabit qilmangizlar.

Aylanayin toq Sulaymon bobojonim,

Taxtingizdan aylanayin.

Suvda yurgan Sulaymon bobojonim,

Sharqiragan suvingiz bor,

Turqiragan tuvingiz bor.

Hazrati toq Sulaymon bobojonim,

Sizdan madad tilayman.

Pirpiragan tutuningizdan,

Sharqiragan suvingizdan,

Pirillagan shamolingizdan aylanay.

O‘tgan bo‘lsa, o‘tin qiling,

Ketgan bo‘lsa, keyin qiling!

Mazkur marosimda Sulaymon

kultiga murojaat an’anasi ustuvorlik

qilishi bejiz emas. Bu folklorimiz-

ning an’anaviy xususiyatlaridan

biri bo‘lib, so‘z magiyasiga

aloqador afsun-avrash janrida

ham Sulaymon obrazi ishtirok

etadi. Chunki «Sulaymon

hazrati Dovud payg‘ambarning

o‘g‘li bo‘lib, otasi kabi payg‘am-

bar va podshoh bo‘lgan, ins-

jinslar, dev va parilar, vahshiy

hayvonlar va qushlar, ilon va

hasharotlar, shamol va suv ham

uning amriga tobe bo‘lgan».

Shuning uchun homilador

ayolni suv parilari va suvda

bo‘ladigan boshqa ziyonlardan

saqlash maqsadida o‘tkazila-

digan ritual marosimlarda

Sulaymon kultiga murojaat

qilingan. Voha marosim folklorida

«Sulaymon ota» yoki «Toq Sulay-

mon ota» kultining mavjudligiga

sabab, Sherobod tumanida joylash-

gan Taxti Sulaymon ota ziyoratgohi

bilan bog‘liq xalq qarashlari keng

ommalashganligidadir.

Shuningdek, yuqoridagi maro-

sim qo‘shig‘ining matnida xalq

og‘zaki badiiy ijodiga xos she’riy

mahoratning ba’zi jihatlari o‘z

ifodasini topganligini ham qayd

qilish joiz. Bu o‘rinda qo‘llanilgan

alliteratsiya misralar tarkibidagi

undosh tovushlarning ohang

jihatidan o‘zaro mosligi asosida

yuzaga kelgan bo‘lib, misralararo

ohangdoshlikni keltirib chiqargan

bu badiiy hodisa «s» tovushining

takrori orqali yuz bergan.

Ma’lumki, xalqimiz orasida

mavjud bo‘lgan tasavvurlarga ko‘ra,

homilador ayolning 9 oy, 9 kun


Download 491.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling