Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti
Download 491.04 Kb. Pdf ko'rish
|
va 9 soatda ko‘zi yoriydi. Agar ayol ana shu muddatda «yengil bo‘lmasa», «oyidan o‘tgan» hisob- lanib, turli irim-sirimlarni baja- rishgan. Jumladan, homila davri cho‘zilganda o‘ziga xos irim bajarilgan: qaynona o‘z ko‘ylagi- ning etagi bilan kelinining orqasiga uch marta sekin urib: «Momolari yo‘l bersin, Bibi Fotima, Bibi Zuhralar qo‘llasin, tush-tush» Vladimir GRANKIN suvratga tushirdi. Go‘dak bilgay: nedir olamning sehri, Bilgay: jonga jondir el-u yurt mehri. 16 Muhammad AMIN suvratga tushirdi. yahudiylarda ham mavjudligi ilmiy adabiyotlardan ma’lum; farqi shundaki, ularda ayolning eri tomga chiqib, tarnovdan tuxum tash- laydi. Ayol tug‘ayotganda qiynal- masligi uchun uloq so‘yib xudoyi qilishni niyat qilib qo‘yishgan va u eson-omon ko‘zi yorib, chaqaloqli bo‘lgandan so‘ng o‘sha jonliqni so‘yib, xudoyini o‘tkazishgan. Agar homilador ayol tug‘uruq paytida qattiq qiynalib qolsa, ko‘zi yorishi oson, yengil bo‘lsin, deb darhol qaynotasiga ko‘ylak, to‘n, ko‘rpa, ko‘rpacha va kiyim hadya etishgan. Bu udum «o‘t o‘choq» deb atalgan. Shuningdek, erining qarindosh- lariga ham bir sidradan sarpo berib, ularning ham roziligi olingan. Xalq qarashlariga ko‘ra, shunday qilinsa, homilador ayolni «chiltanlar tut- mas» va u osongina tug‘ar emish. Xuddi shu odat Samarqand va Jizzax viloyatida ham mavjudligi qayd qilingan. Muhammad Iso Ernazar o‘g‘li tomonidan 1926— 1927-yillarda to‘plangan etnografik materiallarning guvohlik beri- shicha, homilador ayol tug‘uruq paytida qiynalib qolsa, mushkuli oson bo‘lsin uchun qaynotasiga biror narsani «o‘t-o‘choq» deb hadya etgan. Sariosiyo tumanida esa ayol tug‘ayotganda qiynalsa, mulla chaqirib, uning yelkalari qoqtiril- gan. Er esa bir tovuqni tug‘ayotgan xotiniga atagan va uni etaklari bilan qoqib, qushnoch momoga bergan. Bundan tashqari, tug‘ayotgan ayol oson ko‘zi yorisin uchun qo‘yning kallasini ham atab qo‘yishgan. Qushnoch Momo Havoga atab uchta chiroq yoqqan. Chiroq yoqish uchun toza qamishdan bir qarich uzunlikda cho‘p sindirib olib, uning uchiga paxta o‘rashgan hamda sariyog‘ yoki zig‘ir yog‘iga botirib yoqishgan. Qushnoch momo chiroq yonayotganda quyidagi aytimni aytib turgan: Mehmon kelgan uydan baraka arimas. degan va ayolni yotqizib, yog‘ bilan qornini tepadan pastga qaratib silagan.
Qumqo‘rg‘onda «palakat nari ketsin» degan niyatda oshxonadagi katta qora qozonni to‘nkarib qo‘yishgan, shunday qilinsa, homilali ayolni «qora bosmaydi» deb umid qilganlar. Sho‘rchi tumanida ayolning oy-kuni to‘lib, to‘lg‘oq boshlan- ganda ayolning boshidan momolarga atab paxta silab olingan va isiriqqa ilonning po‘stini qo‘shib tutatish- gan. Jonivor ko‘rinishida tasavvur qilingan ruhlardan madad tilash bilan aloqador bu irim ham magik xarakterda bo‘lib, «ilon po‘st tashlaganday chaqaloq osongina tug‘iladi» deb o‘ylashgan. Denov tumanida doya momo- lar to‘lg‘oq tutgan ayolning soch- larini yoyib, barcha tugmalarini yechishgan. Shuningdek, homila- dor ayol istiqomat qiladigan uydagi hamma tugunlarni ham yechib qo‘yishgan. Ko‘zi yoriydigan ayol yotgan xonada tugunli ip, arqon, arg‘amchi kabi narsalarni saqla- maganlar. Chunki tugun — bog‘- langanlik, bekilganlik timsoli bo‘lib, homilador ayolning yo‘lini bog‘- laydi, deb irim qilingan. Ma’lumki, tuxum — O‘rta Osiyo xalqlarining marosim folk- lorida serpushtlik, serfarzandlik va hosildorlik g‘oyalari bilan bog‘liq timsoliy ashyo sifatida tasavvur qilinadi. Surxon vohasida ham «ayolning dardi cho‘zilganda» o‘zi yoki yaqin kishisi bitta tuxumni tegirmonning do‘liga tashlashi lozim bo‘lgan. To‘lg‘oq tutganda, ayolga issiq shirin choy berilgan. Ba’zi joylarda esa ayol tik turgan holatda ko‘ylagining yoqasidan tuxumni pastga tashlaganlar, go‘yo tuxum- ning chaqilishi bilan bolaning tug‘ilishi ham tezlashadi deb o‘ylashgan. Ona qornidagi bolani tuxum bilan bog‘liq holda tasavvur qilish kabi afsungarlik qarashlar MEHR SASI — HAYOT OHANRABOSI
17 Aylanayin, Momo Havo, Yanglishmoq mendan, Yorqin qilmoq sizdan. Yodga olmoq mendan, Yorlaqash sizdan. Momo Havom qo‘llasin. Men bir mushtipar bo‘lsam, Qo‘lim hech qayerga yetmasa, Men sizga sig‘indim. Kuchim yetsa aytgan-boylagan Xudoyilarimni o‘tkazib beray! — deb Momo Havoga ixlos qilinadi. Bu aytim matnida badiiy-estetik nuqtai nazardan ohangdorlikni yuzaga chiqarib, murojaat qili- nayotgan shaxsning diqqatini tasvirlanayotgan voqea-hodisa yoki holatga qaratish maqsadida «yanglishmoq», «yorqin qilmoq», «yodga olmoq», «yorlaqamoq» kabi so‘zlardan o‘rinli foydalanilgan. Yuqorida ta’kidlangan irim- sirimlardan keyin farzandni dunyoga keltirish uchun doya momo kalima qaytarib, momolarga yolvorgan. Doya momo ayolni tug‘dirayotganda isiriq tutatgan va quyidagi aytimni ijro etgan: Hazorispand hazori, Qildim xudoga zori. Hazorispand senmisan, Kuymurtlarga yemmisan. Emi dumi shul bo‘lsin, Haromdan ham, haloldan ham, O‘tgandan ham, ketgandan ham O‘zing saqla... Uzoq asrlar davomida paydo bo‘lgan va shakllangan bunday poetik matnlarda xalq she’riyatiga xos badiiy san’atlarga tegishli xususiyatlar u yoki bu ko‘rinishda o‘z aksini topgan. Keltirilgan aytimda ham doya momoning bevosita isiriqqa murojaat qilishi apostrofa deb nomlangan uslubiy vositani yuzaga chiqargan. Unga ko‘ra, jonsiz narsa va hodisaga xuddi jonliday murojaat qilinadi. Bundan keyin «yov-yov keldi» deb, sekingina ayolning yelkasiga Burxon RIZOQULOV suvratga tushirdi. 3 «Sog‘lom avlod uchun», 2011-yil, 3-son. El bilan o‘ynaganing-kulganing — Haqqast rost, baxti bekam bo‘lganing. urib, «balo-qazolardan o‘zing saqla» degan. O.A.Suxarevaning yozishicha, Samarqand atrofidagi qishloqlarda tug‘uruq paytida ayol qiynalib qolsa, tashqaridan birov hovliga bir poy kalishni otib yubor- gan. Momolardan biri kalishni olib ichkariga kirgan va «El ko‘chdi, yov keldi!» — deb kalishning o‘kchasi bilan tug‘ayotgan ayolning yelkasiga uch marta urib qo‘ygan. So‘ngra o‘sha kalishni eshikdan tashqariga otib yuborganlar. Xuddi shu aytim Surxon vohasida ham qayd qilingan. Denov tumanining Xolchayon qishlog‘ida yashovchi doya momo «to‘lg‘oq tutayotgan xotinning tug‘ishini tezlatish maqsadida kalish bilan bir ostonaga, bir ayolning orqasiga urib, «El keldi — jov qoch!» — degan so‘zlarni uch marta qaytarish irimini bajargan. Boshqa joylarda bu irim supra yordamida amalga oshirilgan. Bunda «el» deb bolani, «jov», ya’ni «yov» deb esa ins-u jinslarni nazarda tutishgan». Homilador ayol tug‘ayotgan xonada suv solingan idish bo‘lsa, uni tashqariga chiqarib qo‘yishgan, chunki quduq yoki ariqdan suv olinganda, unga jin-ajinalar, qora momolar ergashib kelgan bo‘lsa, ayolga ziyon yetkazishi mumkin, deb o‘ylashgan. Shuning uchun doya momolar: «Ey xudo! Ollo-yu taolo, o‘zing madad bergin, Tuv- gich momojon, Sariq momojon, Ochil momojon, Yozil momojon, o‘zingiz qo‘llang. Xo‘jai xidir, payg‘ambarlar, taxti Sulaymon otajon, hazrati Dovud pirim qo‘llasin», deb iltijo qilishgan. Shundan keyin tuqqan ayol va uning chaqalog‘ini momolar yetti kecha-yu kunduz davomida qo‘riqlaganlar, shu kunlar ichida xonada chiroq o‘chirilmagan. Ayrim ayollarning farzandi parda bilan tug‘ilgan. Bunday tug‘ilgan bolaning pardasi tumor qilib saqlab qo‘yilgan. Bu tumor (Davomi 26-betda). HAR TUN QADR BO‘LSIN, HAR KUN — NAVRO‘Z... 18 MUHBIR: — Onalik baxti... Hozirgina tug‘ilgan chaqaloqning zo‘rg‘a ochilgan, tip-tiniq ko‘z- lari qalbingizni tamomi g‘ubor- lardan forig‘ etadi. Uning birinchi “inga”sidan ko‘nglingiz yorishadi. Olam go‘yo kaftingizda turgandek baxtdan entikasiz. Murg‘akkina shu jonni to qo‘lingizga olguncha chekkan azoblaringiz eng shirin azoblar ekanini his etasiz. Uning jajjigina burun, lab, dahaniga qarab, yaqinlaringizning suratini izlaysiz. “Ilohim, umri uzun, to‘rt muchasi to‘kis bo‘lsin”, — deya niyat qilasiz. Saida Sobirovna, garchi mat- buotda tez-tez takrorlanib tursa- da, suhbatimizni “perinatal” so‘zi- ning izohidan boshlasak... S.HASANOVA: — Ilohim, har bir ayolga onalik baxti nasib etsin, — deb duo qilamiz biz ham. Siz-u bizning — ikki onaning suhbatida bunday lirik chekinishlar bo‘lishi tabiiy. Endi savolingizga qaytsak... Perinatalogiya yunoncha “peri” — “oldidan”, “natus” — “tug‘uruq va tug‘uruqdan keyingi davr” degani. Bu davr homilaning 22-haftasidan boshlab tug‘uruq davri va chaqaloq hayotining dastlabki 7-kunigacha bo‘lgan oraliqni o‘z ichiga oladi. Ona-bola kasalxonadan barvaqtroq chiqib ketgan taqdirda ham 40 kungacha bo‘lgan davrda doimiy nazorati- mizda bo‘ladi. Og‘rib-netib qolsa, o‘zimiz davolaymiz. Maqsadimiz homiladorlikning turli asoratlari, ENG SHIRIN TUYG‘U — BU, ONALIK BAXTI Respublika Perinatal markazi direktori o‘rinbosari, tibbiyot fanlari nomzodi Saida Hasanova bilan suhbat muddatidan oldingi tug‘uruq, tug‘uruqdan oldingi qog‘ono- g‘idan suv ketib qolgan barcha homilador ayollarni tug‘dirish va shu onalarning chaqaloqlarini asrab-avaylab, dunyoga keltirib, chala yoki kasallanib tug‘ilgan chaqaloqlarga zarur — yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish, tug‘ma nuqson bilan dunyoga kelgan chaqaloqlarni jarrohlik usulida davolash va keyinchalik parvarish qilishdan iborat. Demak, Perinatal markazning boshqa tug‘uruqxonalardan yana bir farqi — ayolning qandaydir ekstragenital kasalligi bo‘la turib, homiladorlik jarayonini boshidan kechirishi sababli bizning nazora- timizda bo‘lishidir. Yunoncha — “genitaliya” — “jinsiy a’zo”, “ekstro” esa “tashqari”, degan ma’noni anglatadi. Jinsiy a’zolarga bog‘liq bo‘lmagan, — ya’ni jigar, buyrak, yurak yoki boshqa a’zolari turli kasalliklarga chalinib, alohida mutaxassis parvarishiga muhtoj bo‘lgan onalar bizning markazi- mizga murojaat qilishadi. Respublika bo‘yicha, homila bo‘lganiga 32 hafta to‘lmasdan ro‘y beradigan tug‘uruqlar aynan biz- ning markazimizda qabul qilinishi- ning yana bir sababi — ayollari- mizning kasalliklari dastlab qishloq vrachlik punktlari, keyin tuman yoki shahar tibbiyot markazlarida tekshirilib, tashxis qo‘yilgach, eng yuqori malakali shifokorlar ko‘- magi va eng ilg‘or tibbiy uskunalar yordamida davolanish zarurati yuzaga kelganda, bizning markazi- mizga murojaat etishadi. Marka- zimizda ona va bola salomatligini tiklash va uni himoya qilish maqsadida barcha sharoitlar jahon standartlari darajasida yaratilgan. Mutaxassislarimiz — o‘z ishining chinakam ustalari. Shuningdek, chaqaloqlarni jonlantirish hamda jarrohlik bo‘- limlarimiz bor. Bu bo‘limga homila- sida tug‘ma nogironligi yoki kasal- ligi aniqlangan ayollar keltiriladi. Ularni, chuqur tekshiruvlardan keyin, lozim bo‘lsa, tug‘uruq vaqti- gacha davolaymiz. Zaruriyat bo‘l- ganda esa ayrimlarini muddatidan oldin tug‘dirib olamiz. Ba’zan yangi tug‘ilgan chaqaloqni zudlik bilan operatsiya qilib, hayotini asrab qolish choralarini ko‘ramiz. M.: — Ayting-chi, chaqaloq- larda qanday kasallik bo‘lsa, jarrohlik yo‘li bilan davolaysizlar? S. H. — Masalan, qizilo‘ngach otreziyasi, ya’ni qizilo‘ngach bilan oshqozon o‘rtasidagi uzilish hola- tini aniqlaganimizda... Yanayam sodda qilib aytganda, qizil- o‘ngachning oshqozonga yetmay tugashi va hech qanday bog‘liqlik bo‘lmagan holatda oshqozonning boshlanishi... Bunaqa nuqson bilan tug‘ilgan chaqaloq darhol operatsiya qilinadi. Ilgari shu kabi xastaligi bo‘lgan bolalar uzoq yashamagan. Bugungi tibbiyot ularga sog‘lom turmushni hadya qilmoqda. M.: — O‘tgan yili Perinatal markaz o‘z oldiga qanday maq- 19 sadlarni qo‘ygan edi va u qanchalik amalga oshdi? S.H.: — Prezidentimizning 2009-yil 13-apreldagi “Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1096-sonli qarorini hayotga tatbiq etish borasidagi vazifalarimizni rejali tarzda bajarib boramiz. Sirdaryo viloyati aholisi bilan doimiy tarzda ishlash bizning mas’uliyatimizda. Har oyning ma’lum haftasida markazimizning malakali shifo- korlari — ikki akusher-ginekolog, bir pediatr bu viloyatning chekka tuman va qishloq vrachlik punkt- lariga borib, u yerda tug‘ish yoshidagi ayollar hamda o‘smir qizlarni tibbiy tekshiruvdan o‘tka- zadilar. Tug‘ish mumkin bo‘lma- gan va vaqtincha tug‘ish mumkin bo‘lmagan ayollarni mutaxassislar xulosasiga ko‘ra davolanishga jalb etamiz. Yoki vaqtincha tug‘ish mumkin bo‘lmaganlariga turli kontratseptiv vositalar tavsiya eta- miz. Kasalligi aniqlangan bolalarni davolash choralarini ko‘ramiz. Turli ekstrogenital kasalliklari aniqlangan homilador ayolga Perinatal markazimizda davola- nishni tavsiya etamiz. Bundan tashqari, yosh onalar uchun maslahatlar, mahalla va xotin- qizlar tashkilotlari faollari ishtiro- kida qaynona va kelin, er-u xotin, yosh kelin va yangi xonadon mavzularida tadbirlar uyushtirdik. Kasal va sog‘lom bolalarning ovqatlari o‘rtasidagi farqlar, parhez taomlari, qo‘shimcha ovqat, dar- mondorilardan foydalanish tartib- lari haqida suhbatlashamiz. Bu, aholi tibbiy madaniyatini oshi- rishga yordam beradi, deb o‘ylay- man. Barkamol avlodni voyaga yetkazish — bir yoki ikki yillik ish emas, albatta. Farzandlar salo- matligini himoya qilish har biri- mizning ish-faoliyatimiz mazmu- nidir. M.: — Ayting-chi, tajriba almashish yoki malaka oshirish maqsadida xorijlik tibbiyot xodim- lari bilan ham hamkorliklar yo‘lga qo‘yilganmi? S.H.: — Markazimizga 2003 — 2004-yilda Germaniyadagi mash- hur “Sharite” klinikasining o‘sha paytdagi direktori, professor Roland Vauyer keldi. U ishlarimiz samaralari bilan tanishgach, o‘zbek shifokorlari “Sharite” klini- kasi bilan eng mas’uliyatli hamkor bo‘lishi mumkinligini e’tirof etdi. Shundan keyin kelishuvga ko‘ra, o‘zaro munosabatlarimiz kuchaydi. Har 2 yilda professorning o‘zi markazimizga kelib, ma’ruzalar o‘qiydi, birgalikda ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazamiz. O‘zim ikki marta Germaniyada malaka oshirib keldim. Shuningdek, Litva, Latviya, Turkiya, Rossiya, Moldova, Armaniston, Ukraina mamlakat- laridagi shifokor-ekspertlar bilan ham hamkorligimiz mustahkam. Ular ishtirokida seminar-tre- ninglar tashkil etamiz, monito- ringlar o‘tkazamiz. Tajriba alma- shamiz. Qozog‘iston, Turkman- iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarboyjon, Albaniya kabi mamlakatlarining tug‘uruq muas- sasalaridan kelgan akusher-gine- kolog, neonatolog, akusher- hamshiralar bilan hamkorlikda turli dasturlar bo‘yicha nazariy, shuningdek, bemor ayollarni davolash jarayonida o‘quv-amaliy kurslari ham olib boradilar. M.: — Respublika Skrining markazi bilan hamkorliklaringiz haqida ham ikki og‘iz gapirib bersangiz. S. H.: — Skrining markazi faoliyati deyarli bizning ishimizga uzviy bog‘lanib ketgan, desam, yanglishmayman. Chunki skrining markazida aniqlangan va gumon qilingan homila nuqsonlari bo‘lgan bemorlar bizga yuboriladi va bizda ularni perinatologlar yordamida (akusher-ginekolog, nanatolog, xirurg birgalikda) aniq tug‘ish davri, tug‘ish usuli va chaqaloq muhtoj bo‘lgan tekshirish va davolash jarayoni aniqlanadi va amaliy choralar ko‘riladi. M.: — Perinatal markaz xodimlarining kelgusi rejalari qanday? Shu haqda ham to‘xtalib o‘tsangiz. S.H.: — Bu yil har bir vilo- yatda Respublika Perinatal markazining filiallari ishini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz. Va u yerlarda uslubiy va amaliy yordam berishni maqsad qilganmiz. Bun- dan tashqari, hukumatimiz g‘am- xo‘rligi bilan markazimiz qoshida neonatal korpus qurilishi boshlab yuborilgan. Bu kabi barcha ishlar- ning negizini yagona g‘oya tashkil etadi. Ya’ni barkamol avlodni voyaga yetkazish va tarbiyalash g‘oyasi. Bu go‘zal maqsad, o‘ylay- manki, har bir odam avvalo o‘zi, yonidagi jigarporasi va atrofidagi yaqinlarining salomatligi haqida qayg‘ursagina ro‘yobga chiqadi. Niyatimiz: xalqimiz, farzandla- rimiz sog‘ bo‘lsin! M.: — Ana shu ezgu tilak- laringiz o‘zingizga ham yo‘ldosh bo‘lsin! Samimiy suhbatingiz uchun tashakkur! Qanoatxon BOYXON qizi suhbatlashdi. 20 NSON
go‘zalligi haqida gap borganda, ko‘p holda, ayolni eslaymiz. Chunki yapon maqolida aytilganidek: «Ayol go‘zalligi shunday jozibali kuchki, uning oldida hatto fil ham to‘xtab qoladi». Abdulhamid Cho‘lponni bir ko‘rishdayoq maftun qilgan go‘- zallik — bu, ayolning chehrasidir: Bir ko‘rdim men uni, shunchalar go‘zal, Oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal! Ayol bo‘lmasa, hech qachon biz go‘zallikni mukammal his qila olmagan, estetik didimizni to‘liq kamol toptira olmagan bo‘lardik. Atoqli adiblardan biri aytganidek: «Erdagi barcha go‘zalliklar ayolga muhabbat tufayli yuzaga kelgan». Darhaqiqat, ayolni e’zozlash inson axloqining gultojidir. Bu e’zoz esa cheksiz va sarhad bil- maydi.
Qiz tug‘ilishi bilanoq, bu yorug‘ olamga go‘zallikning ko‘rkam timsolini olib keladi va dunyoga tortiq qiladi. Shu sababli qiz tug‘ilsa, uni halvoga, totli narsaga qiyoslanadi, onaning chehrasi gul-gul ochiladi. Qizaloq bu yorug‘, musaffo olamni o‘ziga maftun va mahliyo qilib balog‘atga yeta boradi va unda qizlarga xos barcha go‘zal fazilatning maftun- kor ko‘rinishi va qirralari mujas- samlashadi hamda u o‘z tengini topib, unga noyob nafosat sirlarini taqdim etishga intiladi. Ayol ona I O‘ZI HAM, ISMI HAM GO‘ZALLIK TIMSOLI 21 bo‘lar ekan, onalik mehr chash- malari ochila boshlaydi, beshik oldida u shoiraga, baxshiga, notiqaga, barcha insoniy fazilat- larni go‘dagiga ato qiluvchi, tilovchi, uni baxtli kelajakka tay- yorlovchi mo‘tabar zotga aylanadi. Ayol qarilik yoshida nevaralariga eng qadrdon, eng g‘amxo‘r kishiga, hatto nevarasini 70-80 yoshida ham opichlab, orqalab yurib suyadigan, ularga ertaklar, rivoyat va afsonalar aytib, insoniy hislarga, yaxshilikka undab, ularga mardlik, jasorat, odamiylik, avlodni, ona-yurt, elni sevuvchi qilib tarbiyalashga undaydigan mo‘tabar farishta — buviga aylanadi. Buvining og‘ushi qan- chalar iliq, bag‘ri esa mehrga to‘la ekanini yoshlikda barchamiz ham his qilganmiz. Demak, ayol — bu, go‘zallik, beg‘ubor yoshlik timsoli bo‘lmish qiz, sevimli rafiqa, bizni yorug‘ olamga keltirib, oq sut berib voyaga yetkazgan ona, mehridaryo buvidir. Ayol — bu, bizning ona- miz, singlimiz, xolamiz, ammamiz- dir. Shoir N.A.Nekrasov aytgani- dek: “Ayol — buyuk so‘z. Unda qizlik musaffoligi, do‘stga xos fidoyilik, ona jasorati mavjud”. Yoki adib Stendal: “Ayolni seva bilmagan odam dunyoning eng go‘zal sirlaridan bexabar o‘tadi”, — deganda, haqqoniy gapni aytgan. Ayolni tushunish, uning inso- niy fazilatlarini qadrlay olish inson ma’naviyati va madaniyati- ning, odamiylikning asosiy mezonlaridan biridir. Ayolni e’zozlash shaxsning qalban pokligi, mardlik va jasoratidan, estetik didi va tarbiyasining yuksakligidan darak beradi. Olam sirlarini hali inson to‘la- to‘kis bilolmagani kabi, ayolning tuganmas sir-u fazilatlarini, ayol zotining mohiyatini hech qachon oxirigacha kashf qila olmasak kerak. Ammo bir narsa ayonki, ayol oldida shoh-u gado, buyuk zotlar, olim-u faylasuflar, shoirlar — barcha-barcha doimo bosh eggan, qadrlagan. Bizning buyuk ajdodlarimiz ayolni doimo boshga ko‘tarib e’zozlab o‘tishgan. Ulug‘ bobomiz sohibqiron Amir Temur: “Ayol- larga imkon qadar iliq munosa- batda bo‘lishga harakat qildim”, — deya e’tirof etsa, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur: Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen, Sen shu’lasan-u, ul shu’laga men quldurmen. Nisbat yo‘qdur deb ijtinob aylama kim, Shohmen elga, vale senga quldurmen, — deya ruboiy bitgan. Ayol go‘zallik va nafosatni, munislik va mehribonlikni, vafo va Download 491.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling