Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti
Download 491.04 Kb. Pdf ko'rish
|
32
dastasi ustida yong‘oq chaqilgan. Bitta idishda suv to‘ldirilib, olovda kuchli qizdirilib qizartirilgan kapgir ana shu suvga botirilgan va «jiz- jiz» etgan kuchli ovoz vositasida bolani «qo‘rquv-qo‘rquv» qilishgan. Bu amallar bajarilayotgan paytda momolar: Otang onangni urushsa — qo‘rqma, Eshikda pishaklar miyovlasa — qo‘rqma, Ko‘chada kuchuklar vovillasa — qo‘rqma, Hangi eshak hangillasa — qo‘rqma! — deganlar. Bola tug‘ilishi va uning beshik- dalik davri marosimlari folklorining o‘ziga xosligini ko‘rsatuvchi jihat- laridan yana biri «sog‘ bo‘lsin» udumi hisoblanadi. Bu udum «Be- shik to‘yi» marosimining nihoyasida momolar tomonidan amalga oshi- rilgan, ya’ni chaqaloq yotgan beshikning ustiga qo‘y terisi yopilgan. Bola «qo‘yday yuvosh bo‘lsin» degan niyatda beshikning ustiga po‘stak to‘shalgan. Qadimgi ajdodlarimiz qo‘yni mo‘tabar jonivor deb bilganliklari uchun ko‘pincha qo‘y so‘yilganda uning kuragi, kalla suyagi, shu- ningdek, qo‘chqor shoxini olib, ko‘zga ko‘rinadigan joyga osib qo‘yishgan. Chunki bu narsalar ins-jinslarni quvish xususiyatiga ega, deb qaralgan. O‘rta Osiyo xalqlari mifologiyasida «qo‘y — qut-baraka va omad timsoli» deb tasavvur qilingan. Shuning uchun bu joni- vor ko‘rinishidagi tumor va haykal- chalarni uyda saqlash ezgulik alomati hisoblangan. Qadimgi Yerqo‘rg‘ondan topilgan bo‘yniga lenta bog‘langan qo‘y haykalchasi ham shu maqsadda yasalgan». 2 Baqaloq beshikka ilk bor belan- gandan keyin momolar uning onasini beshikning o‘ng tomoniga olib o‘tib, bolani emizdiradilar. Ona bolasiga ko‘krak tutishidan avval kayvoni momo unga bir non tish- latadi. Ma’lumki, non tishlatish ramziy ma’noga ega bo‘lib, bu ajdodlarimizning nonni muqaddas deb e’zozlashlari, uni insonga yo‘ldosh sifatida tushunishlaridan va non rizq-nasiba ramzi ekanligidan dalolatdir. Shu ma’noda beshikdagi chaqaloq ham katta bo‘lib, ko‘chada o‘ynab yurgan bolalar singari sog‘- lom bo‘lib o‘ssin degan niyatda ona tishlagan nonni yosh bolalarga bo‘lib beradilar. Shundan keyin bolani uxlatish uchun kayvoni momolar yoki ona tomonidan alla aytilgan. Chaqaloqni beshikka solgach, isiriq tutatib, beshikning tevaragini uch marta aylantiradilar va quyidagi aytimni ijro etadilar: Isiriq, isiriq, Chatnasin isiriq, Tutasin isiriq, Bolamga ko‘z tegmasin, Kim qo‘zimni ko‘z qilsa, Ko‘zlari oqib tushsin! Ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan bola tug‘ilishi va uning chilla davri bilan bog‘liq urf-odatlar ham oilaviy-maishiy marosimlar folklorining qadimiy qatlamini tashkil etadi. Chunki bola tug‘ilishi bilan aloqador marosimlar tarki- bida qadimgi mifologik tasavvurlar, magik inonchlar, animistik va totemistik qarashlar bilan bir qatorda ajdodlar homiyligiga isho- nish an’anasining izlari ham saqlanib qolgan. Xalqimiz tomoni- dan yaratilgan marosim folklori janrlari tizimida bola tug‘ilishi va beshik to‘yi bilan aloqador udum- lar, irim-sirimlar, rasm-rusumlar, aytimlar, qo‘shiqlar, olqish va magik tasavvurlar muhim o‘rin tutadi. Oilaviy-maishiy marosimlar folk- loridagi bunday rasm-rusumlar, urf-odatlar, xalqning qarashlari hamda e’tiqodiy inonchlari etno- graf va folklorshunoslar tomonidan tobora teran ilmiy o‘rganilishda davom etadi, deb umid qilamiz. Latifa XUDOYQULOVA 2 Jo‘rayev M. Yerqo‘rg‘onning «muqaddas» jonivorlari // Fan va turmush. – Toshkent, 2006. – 5-6-sonlar. – B.11. Jamoatchilik kengashi: Turg‘unpo‘lat DAMINOV, Svetlana INOMOVA, Turobjon JO‘RAYEV, Tatyana KARIMOVA, Abdulla ORIPOV, Gulnora YO‘LDOSHEVA Bosh muharrir: Muhammadali QO‘SHMOQBOY Tahrir hay’ati:
Muxtabar ALIMTAYEVA, Hidoyat OLIMOVA, Otabek OTAYOROV, Abdulla OCHILOV, Shomirza TURDIMOV, Dilorom SHARIPOVA, Anvar SHEROV Manzilimiz: 100170. Toshkent, I.Mo‘minov ko‘chasi, 9. Telefon: 262-30-44 (faks), 262-30-11. E-mail: jlsaumt@mail.ru “Sog‘lom avlod uchun”, 2011-yil, 3-son. “Sog‘lom avlod uchun” jurnali O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan 2007-yil 3-yanvarda 0102- tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. “Sog‘lom avlod uchun” jurnali matbaa (komputer) bo‘limi O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan 2004-yil 17-may kuni 10 — 0654-tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Biror asar yoki undan parcha ko‘chirib bosilganda, “Sog‘lom avlod uchun” jurna- lidan olindi” deb izohlanishi shart. Muallif tahririyatga yo‘llayotgan qo‘l- yozmasiga o‘z soliq to‘lovchining identi- fikatsiya raqami (STIR)ni, shaxsiy jam- g‘arib boriladigan pensiya daftarchasi nusxasini ilova qilishi so‘raladi. Jurnal maketi tahririyatning matbaa (komputer) bo‘limida tayyorlandi. Navbatchi muharrir: Shomirza TURDIMOV. Matbaa (komputer) ishlari bo‘yicha mas’ul: Feruza NURITDINOVA. Matnni teruvchi: Ulug‘bek ASROROV. Korrektor: Nigora YODGOROVA. Bosmaxonaga 2011-yil 18-mart kuni topshirildi. Ofset usulida chop etildi. Qog‘oz bichimi 60x84 1 /
. Qog‘oz hajmi 4,0 bosma tabaq. Nashriyot hisobida 3,8 bosma tabaq. Tiraji 3782 nusxa. 11-571-buyurtma. “O‘zbekiston” NMIUda bosildi. 100129, Toshkent, Navoiy ko‘chasi, 30-uy. Download 491.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling