Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti
Download 491.04 Kb. Pdf ko'rish
|
qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash dasturini amalga oshirish yakunlari to‘g‘risida. 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari B.Xo‘ja- yevning 2010-yilda bolalar sporti obyektlari va suzish havzalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash dasturini amalga oshirish yakunlari to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Andijon (A.Usmonov), Samarqand (Z.Mirzayev) va Surxondaryo (T.Jo‘rayev) vilo- yatlari hokimlarining quyidagi murojaatlari qabul qilinsin: Samarqand viloyati Past- darg‘om tumanidagi professional futbol klubi qoshidagi bolalar va o‘smirlar futbol maktabining «Dinamo» stadionini rekon- struksiya qilish 2011-yil fevral oyida yakunlangani to‘g‘risida; Andijon shahridagi professi- onal futbol klubi qoshidagi bolalar va o‘smirlar futbol mak- tabining yangi «Andijon» stadioni qurilishi 2011-yil sentabr oyida yakunlanishi to‘g‘risida; «Barkamol avlod — 2011» sport musobaqalarini o‘tkazishga mo‘ljallab Termiz shahrida qurila- yotgan ikkita sport inshooti yagona kompleks sifatida joriy yilning 15-martigacha topshirilishi to‘g‘ri- sida. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev komis- siya tashkil etsin va joriy yilning mart oyida Termiz shahridagi sport obyektlari va zarur infra- tuzilmaning «Barkamol avlod — 2011» sport musobaqalarini o‘tka- zishga tayyorgarligi holatini tekshirsin. Tekshiruv natijalari haqida 2011-yilning 1-apreligacha Prezident Devoniga ma’lumot bersin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari B.Xo‘ja- yevga:
komissiya tashkil etsin va bir oy muddatda joylarga chiqib, avval bunyod etilgan suzish havzalarining holati va ularning foydalanish xavfsizligi bo‘yicha xalqaro standartlar va talablarga muvofiqligini o‘rgansin. Tekshi- ruv natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora- tadbirlar rejasini 2011-yilning 1- apreligacha tasdiqlasin; 2011-yilda bolalar sporti obyektlarini qurish, rekon- struksiya qilish va kapital ta’- mirlash bo‘yicha manzilli dasturga Urganch shahrida ikkita suzish havzasi qurilishini kiritsin; bolalar sporti obyektlarida, ayniqsa, suzish havzalarida na- munaviy loyihalar, shuningdek, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda tasdiqlangan qurilish me’yorlari va qoidalariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash bora- sida qattiq nazorat o‘rnatsin va ularning qat’iy belgilangan mud- datlarda foydalanishga topshiri- lishini ta’minlasin. 4. Iqtisodiyot vazirligi (R.G‘ulomov), Moliya vazirligi (J.Qo‘chqorov), Xalq ta’limi vazirligi (A.Ochilov) Qora- qalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir hafta mud- datda bolalar sporti obyektlari qurilishining 2011-yil uchun hududiy manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlasin hamda joriy yilning 15- martigacha obyektlar qiymatining 30 foizi miqdorida bo‘nak ajratish hisobidan moliyalashtirilishini ta’minlasin. 6
7 II. 2010-yilda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mab- lag‘larini respublika va hududiy manbalar hisobidan shakllan- tirish va ulardan maqsadli foyda- lanish holati to‘g‘risida. 5. Vazirlar Mahkamasi (Sh.Mirziyoyev), Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi (A.Ochilov) Bolalar sportini rivoj- lantirish jamg‘armasi mablag‘la- rining respublika va hududiy manbalar hisobidan o‘z vaqtida va to‘liq hajmda shakllanishi ustidan qat’iy tizimli nazorat o‘rnatsin. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev Yog‘- moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi R.Bo‘riyevning 2010-yilda bolalar sportini rivoj- lantirishni moliyalashtirishga homiylik mablag‘larini o‘z vaqtida o‘tkazib bermagani uchun javobgarligi masalasini ko‘rib chiqsin.
6. Qoraqalpog‘iston Respubli- kasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Bolalar sportini rivoj- lantirish jamg‘armasi mablag‘la- rining o‘z vaqtida to‘liq hajmda shakllanishi va maqsadli sarf- lanishi, bolalar sporti obyektlari qurilishi, kapital ta’mirlanishi va belgilangan muddatlarda foydala- nishga topshirilishi hamda ularni saqlash xarajatlari to‘liq moliya- lashtirilishi va sport inshootlari quvvatidan samarali foydalanish uchun shaxsan javobgar ekan- liklari to‘g‘risida ogohlantirilsin. 7. Vazirlar Mahkamasi (Sh.Mirziyoyev)ga: 2011-yilda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining daromadlar va xarajatlar ko‘rsat- kichlari hamda bolalar sporti obyektlari va suzish havzalari qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va kapital ta’mirlanishining man- zilli dasturlarini tasdiqlash to‘g‘ri- sidagi Hukumat qarori loyihasini o‘rnatilgan tartibda bir hafta muddatda tasdiqlash uchun kiritsin; bolalar sporti obyektlari, suzish havzalari qurilishi, rekon- struksiya qilinishi va kapital ta’mirlanishining tasdiqlangan manzilli dasturlari ijrosining borishini, obyektlarning o‘z vaqti- da foydalanishga topshirilishi hamda ularning zarur anjom va inventarlar bilan jihozlanishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatgan holda har chorakda ko‘rib chiqsin. Moliya vazirligi (R.Azimov) Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larining qat’iy maqsadli va samarali sarflanishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin. III. Bolalar sportini rivoj- lantirish jamg‘armasi va mahalliy hokimliklar tomonidan qizlarni sport bilan muntazam shug‘ulla- nishga keng jalb qilish borasidagi ishlar to‘g‘risida. 8. Xalq ta’limi vaziri A.Mara- himov, Bolalar sportini rivojlan- tirish jamg‘armasi ijrochi direktori A.Ochilovlarning hisobotlari, shuningdek, viloyat hokimlari hamda vazirlik va idoralar rahbar- larining qizlarni sport bilan munta- zam shug‘ullanishga keng jalb qilish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axborotlari ma’lumot uchun qabul qilinsin. 9. Qoraqalpog‘iston Respubli- kasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Navoiy, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklarining qizlarni sport bilan shug‘ullanishga jalb etish bo‘yicha masalalarni hal qilish borasidagi ijobiy ishlari qayd etilsin. O‘zbekiston Milliy tele- radiokompaniyasi (A.Xadjayev), Matbuot va axborot agentligi (B.Alimov), Xalq ta’limi vazirligi (A.Marahimov) Qoraqalpog‘is- ton Respublikasi Vazirlar Ken- gashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan bir- galikda:
sportni yosh avlodning sog‘- lom turmush tarzi shakllanishi- ning muhim omili sifatida keng targ‘ib qilishni hisobga olgan holda, yuqorida qayd etilgan hududlarda qizlarni sport bilan shug‘ullanishga jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tajribasini ommalashtirishga oid materiallarni tizimli ravishda yoritib borsin; xalqaro maydonda O‘zbek- istonning yorqin timsolini namo- yon etayotgan, xalqaro sport musobaqalarida mamlakatimiz sha’nini ulug‘layotgan sportchi- larimiz, ayniqsa, qizlarimizning yuksak muvaffaqiyatlari haqida videomateriallar (reklama rolik- lari) tayyorlasin. 10. Vazirlar Mahkamasi (Sh.Mirziyoyev) Qoraqalpo- g‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi (A.Marahimov), Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi (A.Ochilov), Madaniyat va sport ishlari vazirligi (J.Akramov) bilan birgalikda bir hafta muddatda bolalar sportini rivojlantirish hamda bolalar, ayniqsa, qizlarni sport bilan shug‘ullanishga jalb qilishga salmoqli hissa qo‘shgan rahbar va mutaxassislarni rag‘bat- lantirish to‘g‘risidagi taklifni o‘rnatilgan tartibda kiritsin. 11. Jizzax (S.Ismoilov), Qash- qadaryo (N.Zayniyev), Samar- qand (Z.Mirzayev), Surxondaryo (T.Jo‘rayev) va Sirdaryo (O.Ashur- 7
8 matov) viloyatlari hokimlarining qizlarni sport bilan shug‘ulla- nishga keng jalb qilish bo‘yicha olib borayotgan ishlari yetarli emas, deb topilsin va ulardan mazkur kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ta’sirchan choralar ko‘rish talab etilsin. 12. Xalq ta’limi vazirligi (A.Marahimov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (B.Xodi- yev), Madaniyat va sport ishlari vazirligi (J.Akramov), Qora- qalpog‘iston Respublikasi Vazir- lar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlikla- riga:
qishloq joylarda bolalar sportini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan holda, o‘sib kela- yotgan yosh avlodni, ayniqsa, qizlarni ommaviy jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish bo‘yicha ishlar samaradorligini tubdan oshirish; qizlarning salomatligi va to‘laqonli jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan yangi sport turlari sonini oshirib, qo‘- shimcha sport seksiyalarini ochish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar kompleks rejasini ishlab chiqish va uni tatbiq etish; ta’lim muassasalaridagi va alohida joylashgan bolalar sporti obyektlaridan samarali foyda- lanish va ularni talab darajasida saqlash ustidan ta’sirchan nazorat o‘rnatish vazifasi yuklatilsin. Vazirlar Mahkamasiga 2011- yil I yarim yillik yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot kiritsin. 13. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari R.Azimov «O‘zbek- yengilsanoat» AK (I.Haydarov), Xalq ta’limi vazirligi (A.Marahi- mov), O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (U.Toshken- boyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda joriy yilning 21-martigacha bo‘lgan muddatda umumta’lim maktab- lari, akademik litsey va kasb- hunar kollejlarida o‘qiydigan barcha qizlarga sovg‘a tariqasida sport formalari taqdim etilishini tashkil etsin. IV. Bolalar sportini yosh avlod salomatligini mustahkam- lashning eng muhim omili sifatida rivojlantirish to‘g‘risida. 14. Sog‘liqni saqlash vaziri A.Ikromovning sport bilan shug‘ullanish maktab yoshidagi bolalar salomatligi va jismoniy o‘sishiga ijobiy ta’sirining barqaror tendensiyalari to‘g‘risidagi axbo- roti tinglanib va muhokama etilib, Homiylik kengashi Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan sport bilan shug‘ullanishning bolalar salomatligi va jismoniy o‘sishiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarini ma’qullash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.Ikromov)ga: sport bilan shug‘ullanishning bolalar salomatligiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha ishlarni yuqori darajada yo‘lga qo‘ygan hududiy tuzilmalar va ularning rahbarlarini alohida qayd etish; O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (B.Alimov), O‘zbekiston Milliy teleradio- kompaniyasi (A.Xadjayev) bilan birgalikda sport hamda jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ul- lanishning bolalar salomatligini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi ahamiyati haqida yetakchi jurna- listlarni jalb etgan holda aholini keng xabardor qilishni doimiy asosda tashkil etish; 2011-yil 1-iyulgacha foydala- nilayotgan tadqiqot indikatorlarini har tomonlama tahlil qilish asosida sport bilan shug‘ulla- nishning bolalar rivojlanishiga jinsi va yoshi inobatga olingan holda ta’sir ko‘rsatishining Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti standartlari va xalqaro mezonlarga mos keladigan ilmiy asoslangan uslubini ishlab chiqish hamda tasdiqlash vazifasi topshirilsin. 15. Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.Ikromov)ga: Qoraqalpog‘iston Respubli- kasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi (A.Mara- himov) bilan birgalikda Andijon, Buxoro, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish orqali maktab yoshidagi bolalar, ayniqsa, qizlarning sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari yaxshilanishi bo‘- yicha erishilgan ijobiy tajribasini keng targ‘ib qilish, tushuntirish yo‘llari orqali ommalashtirilsin; ikki oy muddatda Xalq ta’limi vazirligi (A.Marahimov) hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (U.Toshkenboyev) bilan birgalikda Sog‘liqni saqlash vazir- ligi tomonidan Xalq ta’limi vazirligi va Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan hamkor- likda ishlab chiqilgan bolalarni jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga jalb etish bo‘yi- cha yo‘riqnomaning umumta’- lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, sport federatsiyalariga yetkazilishini 8
9 ta’minlash hamda unga rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin. 16. Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.Ikromov) hamda Qoraqal- pog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (B.Xodiyev.), Madaniyat va sport ishlari vazirligi (J.Akramov), Xalq ta’limi vazirligi (A.Marahimov) bilan birgalikda: sport bilan shug‘ullanishning maktab yoshidagi bolalar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga ta’sirini tuman va shaharlar kesimida, antropometrik ko‘rsatkichlar dinamikasi hamda yosh va jins guruhlari bo‘yicha kasallanish darajasining pasayishini o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasini shakllantirgan holda chuqur o‘rganishni tizimli ravishda da- vom ettirsin; bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga sport bilan munta- zam ravishda shug‘ullanishning maktab yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanishi va salomatlik ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri va ularning Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti standartlariga mos kelishi, hududlar kesimida tizimli monitoring o‘rnatishni ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritsin. 17. Vazirlar Mahkamasi (Sh.Mirziyoyev) Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.Ikromov), Xalq ta’limi vazirligi (A.Marahimov), Davlat statistika qo‘mitasi (B.To‘rayev) bilan birgalikda respublika hudud- lari kesimida sport bilan shug‘ul- lanishning bolalar rivojlanishiga jinsi va yoshini inobatga olgan holda ta’sir ko‘rsatish natijalari haqidagi tahliliy materiallarning ommaviy axborot vositalarida keng yoriti- lishini, yillik statistika bulleten- lari va risolalar shaklida chop etilishini ta’minlasin. V. Bolalar sporti obyektlari va sport zallarining mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan zarur sport anjom va inventarlari bilan jihozlanish holati. 18. Iqtisodiyot vaziri R.G‘ulo- movning bolalar sporti obyekt- lari va sport zallarini mamla- katimizda ishlab chiqarilayotgan zarur sport anjom va inventarlari bilan jihozlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati to‘g‘risidagi ma’lumoti axborot uchun qabul qilinsin. Qat’iy ko‘rsatib o‘tilsin: Navoiy (E.Turdimov), Sirdaryo (O.Ashurmatov), Tosh- kent (R.Xolmatov), Farg‘ona (H.Ne’matov) viloyatlari va Toshkent shahar (R.Usmonov) hokimlariga bolalar sporti obyektlarining sport anjom va inventarlarini o‘z vaqtida yangi- lash, almashtirish va qo‘shimcha jihozlash bo‘yicha amalga oshira- yotgan ishlari qoniqarsiz ekan- ligi; xalq ta’limi vaziri A.Mara- himovga bolalar sporti obyekt- laridan samarali foydalanish va ularni zarur sport anjom va inven- tarlari bilan jihozlash masalala- ridan o‘zini chetga olayotgani. 19. Vazirlar Mahkamasi (Sh.Mirziyoyev) ikki oy mud- datda joylarga chiqib, avval foydalanishga topshirilgan bola- lar sporti obyektlarining ahvo- lini o‘rganishni tashkil etsin va besh yilga mo‘ljallangan hamda quyidagilarni o‘z ichiga olgan bolalar sporti obyektlarini jihoz- lash dasturini tasdiqlash bo‘- yicha Hukumat qarorini tayyor- lasin: yangitdan foydalanishga top- shirilayotgan obyektlarni xalq- aro standartlarga javob beradi- gan zamonaviy sport anjom va inventarlari bilan jihozlash; avval foydalanishga topshi- rilgan bolalar sporti obyekt- larining eskirgan sport anjom va inventarlarini yangilash, shu- ningdek, ularni qo‘shimcha jihozlash bo‘yicha to‘ldirib boruvchi jadvalni tasdiqlash; anjom va inventarlarni yangi- lashga Bolalar sportini rivojlan- tirish jamg‘armasidan alohida satr ostida mablag‘ ajratish. 20. Xalq ta’limi vazirligi (A.Marahimov), Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi (A.Ochi- lov) 2011-yilda foydalanishga topshiriladigan bolalar sporti obyektlari va suzish havzalarini zarur anjom va inventarlar bilan belgilangan me’yor va standartlar bo‘yicha o‘z vaqtida ta’minlasin hamda o‘quvchilarga, ayniqsa, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan oilalar qizlariga sport formalari va anjomlari xarid qilinsin. 21. Iqtisodiyot vazirligi (R.G‘ulomov), Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlan- tirish davlat qo‘mitasi (J.Ismo- ilov), «O‘zstandart» agentligi (A.Abduvaliyev), Madaniyat va sport ishlari vazirligi (J.Akramov) respublikada ishlab chiqarila- yotgan sport anjom va inventar- larining sifatini qattiq nazoratga olsin.
22. Ushbu bayon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yukla- tilsin. 9
10 S T I Q L O L N I N G dastlabki kunlaridanoq, yaqin kelajakdagi eng muhim vazifalar qatorida, mam- lakat iqtisodiyotidagi lokomotiv- lardan biri — xususiy avtomobil sanoatini yaratish belgilab olingan edi. Gap butkul yangi tarmoqni yaratish ustida borar ekan, aniq, puxta reja asosida izchillik va qat’iyat bilan ish olib borilganini ta’kidlash joiz. Davlatimiz rahba- riyati avtomobil sanoatini tashkil etishni rejalashtirayotganida, uni yaratish bilan birga, mamlakatda zamonaviy texnologiyalar va mala- kali mutaxassislar, ya’ni milliy iqti- sodiyotimizni yangi bosqichga ko‘tarish imkoniyati paydo bo‘li- shini ko‘zda tutgandi. 1994-yilning 17-marti respub- likamiz avtosanoatining tug‘ilgan kuni sifatida tarixga kirdi. “O‘zavto- sanoat” AK ishga tushganidan buyon milliy avtomobillarimiz savdosi bo‘yicha puxta ishlab chiqilgan va samarali amal qiluvchi chet el dilerlik tarmog‘iga ega bo‘l- gan bir necha qo‘shma korxonalar tashkil etildi. Asaka avtozavodi konveyeridan birinchi mashina chiqarilishidan ikki yilga yaqin vaqt o‘tishi bilan — 1998-yilda «O‘zavtosanoat» AK Xalqaro avto- mobilsozlar tashkiloti (OICA) a’zosi etib qabul qilindi, bu esa O‘zbekiston avtomobillarining sifati va muvaffaqiyatli istiqbolining tan olinishini anglatardi. Asaka avtomobil zavodi kon- veyeridan chiqayotgan avtomobil- lar chet el bozorlarini tezda zabt eta oldi. Bunga — MDH mamla- katlarining 104 shahrida dilerlik tarmoqlari rivojlantirilganligi hamda O‘zbekiston avtomobillari 10 dan ziyod mamlakatga eksport qilinishi fikrimizning tasdig‘idir. Avtomobilsozlik sohasi O‘zbek- iston iqtisodiyotining ildam qadam tashlashiga imkon berdi. Texnologik jarayonlarning kompleks rivojla- nishi mashinasozlik bilan bir qatorda metallurgiya, radioelektro- nika, elektroximiya, neftni qayta ishlash, kimyo, to‘qimachilik kabi boshqa sohalarning rivojlanishini rag‘batlantiradi. Jahon tajribalari avtomobil sanoatida bir ish o‘rnini yaratish zamirida shu soha bilan bog‘liq ishlab chiqarish sohalarida kamida yettita ish o‘rnini yaratishga olib kelishini tasdiqlaydi. 2009-yildan boshlab, «SamAvto» ishlab chiqarish liniya- larida MAN yuk mashinalarini yig‘ish boshlandi. Bu «O‘zavto- sanoat» AK va Germaniyaning «MAN Nutsfarsoyge AG» konserni tomonidan, O‘zbekiston va Germa- niya hamkorligida ta’sis etilgan «JV MAN Auto — Uzbekistan» qo‘shma korxonasida yaratilgan birinchi mahsulot hisoblanadi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qaramay, korxonada birinchi bosqichdayoq ishlab chi- qarish jadal sur’atlarda rivojlanishi, infratuzilmaning kengayishi va avto- mobil parkini yangilashga ehtiyoj o‘sib borishi kuzatilayotganini hisobga olgan holda, neft va gaz, avtomobil yo‘llari, tog‘ konlari va iqtisodiyotning boshqa sohalari ehtiyojiga javob beradigan shatakli, bortli avtomobillar hamda turli og‘irlikda yuk ko‘taruvchi samosval- larni ishlab chiqarish rejalashtiril- gan.
2010-yilda Vatanimizning eng aziz bayrami bo‘lmish Mustaqillik kuni arafasida “GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasi yangi Spark rusumli avtomobilini xaridorlar Download 491.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling