Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti
Download 491.04 Kb. Pdf ko'rish
|
hukmiga havola etdi. Yangi avto- mobil o‘zining tashqi ko‘rinishi va ichki imkoniyatlari bilan tez orada nafaqat yurtimiz, balki xorijiy iste’molchilarning ko‘nglidan joy olishga ulgurdi. Jahonda uzoq vaqt hukm surgan iqtisodiy inqiroz ko‘plab avtomobil ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning iqtisodiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. O‘zbek avtosanoati ushbu qiyin davrda ishlab chiqarish jarayoni davomiyligini ta’minlabgina qolmay, balki raqobatchilik bozorida mavqeini mustahkamlash bo‘yicha o‘z strategiyasini ishlab chiqdi. Buning natijasi o‘laroq, Yevropa Tadbirkorlar uyushmasi hisobotiga ko‘ra, Neksiya va Matiz rusumli avtomobillarimiz Rossiyada eng xaridorgir xorijiy avtomobillar safidan o‘rin oldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2009 — 2014-yil- larda avtomobil sanoati korxona- larini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida»gi qarori va «Navoiyda Erkin industrial-iqtisodiy zona: koreyalik hamkorlar uchun yangi investitsion imkoniyatlar» xalqaro konferensiya yakunlari bo‘yicha imzolangan investitsion kelishuv- larni amalga oshirish bo‘yicha choralar to‘g‘risida»gi Farmoniga binoan avtomobil elektr simlarini ishlab chiqarish bo‘yicha «UzEraeCable» MCHJ, mexanik ishlov berish usuli bilan avtomobil qismlarini ishlab chiqarish bo‘yicha «O‘zEraeAlternator» MCHJ, avtomobil spidometrlarini ishlab chiqaruvchi «O‘zMinda» MCHJ kabi qo‘shma korxonalarni tashkil BARCHA BOZORLARDA XARIDORGIR O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUSTAQILLIGINING 20 YILLIGI OLDIDAN I
11 qilish to‘g‘risida bitim imzolandi. Bulardan ko‘zlangan asosiy maq- sad, import o‘rnini bosuvchi mahalliy xom ashyo ishlab chiqaruvchi korxonalar sonini oshirish, yangi ishchi o‘rinlarini yaratishdan iboratdir. Bugungi kunda «O‘zavto- sanoat» AKda ishchi mutaxassis- larning malakalarini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Doimiy ravishda, ularni Janubiy Koreya, Hindiston, Germaniya, Yapo- niya, Chexiya, Polsha, AQSHda o‘qitish tashkil qilinmoqda. «O‘zavtosanoat» AK yordamida ochilgan Asaka avtomobilsozlik kolleji, Samarqand avtomobilsozlik kolleji, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ham zavod uchun kadrlar tayyorlanadi. Ushbu jabhada Toshkent shahridagi Turin politexnika univer- sitetini haqli ravishda hamda faxr bilan mamlakatimizda ta’lim tizimining eng yaxshi oliy ta’lim muassasalaridan biri deb atash mumkin. Mazkur dargohda avto- mobilsozlik, energetika va mashina- sozlik sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi. Hozirgi davrda bu universitetda «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar» va «Tabiiy-matematika fanlari» kafedralariga ega bo‘lgan umumiy texnika fakulteti, shuningdek, tayyorlov bo‘limi hamda axborot- resurs markazi faoliyat yuritmoqda. Mashg‘ulotlar zamonaviy, keng va shinam, komputerlash- tirilgan auditoriyalarda o‘tkaziladi. Talabalar uchun qulaylikni ko‘zda tutib, bu yerda eng ilg‘or o‘quv texnikasi: multimediya tizimlari, simsiz internetga ulanish imko- niyati, qudratli komputerlar va interaktiv elektron sinf taxtasi o‘rnatilgan, ular vositasida tala- balar matn (ma’ruza)ni yozib o‘tirmay, balki o‘qituvchi-peda- goglarning ma’ruzalarini tinglashga bor e’tiborlarini jalb etgan holda ma’lumotlarni osongina elektron axborot tashuvchi moslamalarga joylashtirib olishlari mumkin. Tala- balar on-line rejimida italiyalik va boshqa chet ellik o‘qituvchilardan ma’ruza kurslarini tinglaydilar, ularga o‘z savollari bilan murojaat etadilar, bahs hamda munozaralarda qatnashadilar. Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ta’lim jarayoni — zavod sharoitidagi kabi, — to‘liq ishlab chiqarish uskunalaridan foydalangan holda, amaliyot bilan bog‘lab olib boriladi. “O‘zavtosanoat” AK mamla- katimiz sportchilarining dovrug‘ini oshirishda, barkamol avlodning sport o‘yinlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda. 2010-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha XI Osiyo chempionatining asosiy homiylari- dan biri sifatida “O‘zavtosanoat” AK qatnashdi. “GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasi har yili o‘tka- zilayotgan avtopoygalarning ho- miysi bo‘lib kelmoqda. Kamol XOLMURODOV QADAMINGIZDAN GUL UNGAY... Hamdam SHORAHMEDOV suvratga tushirdi. Shodliklari, sho‘xliklari o‘zlariga yarashgan... 12 ARIXIY
taraqqiyotning hal qiluvchi kuchi hisob- langan xalq ommasi folk- lor an’analari hamda marosimiy qadriyatlarning ham ijodkori deb qaraladi. Ajdodlarimiz o‘z ota- bobolari tomonidan yaratilgan folklor an’analarini yanada rivoj- lantirib kelganlari uchun ham xalqimizning milliy an’analari avloddan-avlodga o‘tib, takomilla- shib kelgan. Hozirgacha bu mavzuga tegishli tadqiqotlarda Xorazm, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Qashqa- daryo viloyatlarida istiqomat qiluvchi aholi orasidan to‘plangan materiallar faktik asos vazifasini o‘tagani holda Surxondaryo viloyati oilaviy-maishiy marosimlar tizimidagi bola tug‘ilishi va beshik davri udumlari folklori yetarli darajada to‘plab, o‘rganilmagan. Lekin, Surxon vohasida O‘rta Osiyoning boshqa hududlarida mavjud bo‘lgan urf-odat va maro- simlardan farqlanadigan o‘ziga xos etnofolkloristik materiallar mavjudki, bunda homilador ayol eson-omon ko‘zi yorishi hamda chaqaloqni turli ziyon-zahmatlar- dan asrash maqsadida bajariladigan har xil irim-sirim va inonchlar alohida o‘rin tutadi. Bu amallarning aksariyati animistik qarashlar va magik tasavvurlar bilan bog‘liq bo‘lib, kayvoni ayol, qushnoch yoki doya momolar tomonidan bajariladi. Ma’lumki, bola tug‘ilishi bilan bog‘liq milliy udum va marosim- larimizda muhim o‘rin tutadigan mifologik personajlardan biri homiy-momo obrazidir. Xalq qarashlariga ko‘ra, momo obrazi homilador ayollarni ziyon- zahmatdan himoya qiluvchi va doyalarga ko‘maklashuvchi afso- naviy homiy sifatida tasavvur qilinadi. O‘rta Osiyo xalqlarida mavjud bo‘lgan momolar kultining tarixiy-genetik asoslari qadimiy mifologik inonchlar tizimining muhim uzvlaridan biri — shomon ayollar ruhiga ixlos qilish va undan madad tilash rituallariga aloqador bo‘lib, xalq qarashlariga ko‘ra, ular ayollarga ko‘z yorishda, nasl qoldirishda homiylik qilganlar. Etnograf olima O.A.Suxarevaning XX asrning 20-yillarida Samarqand viloyati atrofidagi qishloqlardan to‘plagan etnofolkloristik material- laridan ma’lum bo‘lishicha, O‘rta Osiyo xalqlari mifologiyasida momolar o‘zining tashqi ko‘ri- nishi, bajaradigan vazifasi, ya’ni odamlarga yaxshilik yoki yomonlik qilishiga ko‘ra bir necha xil nomlar bilan atalar ekan. Masalan, Sharpar momo, Shaloyim momo kabi momolar turli xil kasallik- larning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, Doya momo ayollarning ko‘zi yorishi va chaqaloq dunyoga kelishida homiylik qiluvchi ezgu kuch timsoli sanalgan. Homiladorlik davri va chaqaloq tug‘ilishi bilan bog‘liq urf-odat va irim-sirimlarda momolar kultidan madad tilash an’anasi o‘zbeklar yashaydigan barcha hududlarda mavjud. Folkloristik materiallar asosida bu mifologik obraz mohiyati bir muncha keng yoritilgan. Milliy folklorimizda Anbar ona, Bibi Fotima va Anaka momo kabi personajlar doya momolar homiysi deb talqin qilinadi. Oy- kuni yetib, homilador ayolning ko‘zi yoriyotganida, doya momo- lar: «Mening qo‘lim emas, Anbar onamning qo‘li, Anbar ona qo‘l- lasin!» — deb homiy kuchlardan madad so‘raganlar. Anbar ona kulti va u bilan bog‘liq xalq qa- rashlari G.P.Snesarev, V.N.Basi- lov, O.Safarov kabi olimlarning asarlarida atroflicha tahlil qilin- gan.
Umumo‘zbek marosim folklori an’analari muhitida olib qaral- ganda, Surxon vohasida homila- dor ayollarning mushkulini oson qiladigan mifologik personaj — boshqa hududlarimizda hozir- gacha qayd etilmagan Tuvgich momo haqidagi asotiriy qarashlar e’tiborni tortadi. Denov, Qum- qo‘rg‘on, Sherobod tumanlarida olib borilgan izlanishlarimiz natijasida Tuvgich momoning mifologik tabiatiga doir xalq qarashlari yozib olindi. Xususan, Qumqo‘rg‘on tumanidagi «Besh qahramon» jamoa xo‘jaligida istiqomat qiluvchi 82 yashar Chuchuk momo Hamroyevaning aytishicha, Tuvgich momo qadim- da yashagan serfarzand va katta oilaning momosi bo‘lib, umr bo‘yi doyalik qilib o‘tgan. Uning qo‘li tekkan homilador ayol eson-omon Surxon vohasida yozib olingan bola tug‘ilishi va beshik davri marosimlari folklori materiallari asosida «GURILLAB YONGAN CHIROG‘INGIZDAN AYLANAY...» T
13 o‘z farzandini qo‘liga olar va momo o‘z qo‘li bilan kindigini kesgan bola kelgusida serfarzand bo‘lib yetishar ekan. Shuning uchun doya momolar har safar ayolning dardi tuta boshlaganida, Tuvgich momo ruhidan madad so‘rashar, shunda go‘yoki oppoq kiyingan momo ayolning boshi uzra namoyon bo‘lib, chaqaloq sog‘-salomat tug‘ilarmish. Surxon vohasi bo‘ylab olib borgan izlanishlarimizdan ma’lum bo‘lishicha, homilador ayol o‘z farzandini eson-omon qo‘liga olish uchun Tuvgich momoga ixlos qilgan. Odatda, qushnoch momo paxta, yetti dona tanga (yoki yetti so‘m pul)ni homilador ayolning boshidan silab olgan. Keyin ana shu silangan paxtadan pilik eshib, Tuvgich momoga atab chiroq yoqishgan. Bundan tashqari, ko‘zi yoriydigan ayolning mushkuli yengil bo‘lsin, degan ma’noda Bibi Mushkulga ixlos qilib, maxsus marosim o‘tkazganlar. Har ikkala marosim ham homilaning uch oyligida qushnoch momo tomoni- dan amalga oshirilgan. Qumqo‘rg‘onlik Bo‘rixol Xudoyqulovadan yozib olingan dala materiallariga ko‘ra, Tuvgich momoga atab quyidagicha maro- sim o‘tkazilgan: Marosimni o‘tkazadigan qush- noch momo bir siqim oq paxtani olib, uni uch bo‘lakka ajratgan. So‘ngra mevali daraxt shoxidan sindirib tayyorlangan yetti dona toza cho‘pga oq paxta o‘rab, pilik yasagan. Ana shu piliklardan har birining o‘z nomi bo‘lib, ular Sariq momo, Qora momo, Titti momo, Ochil momo, Gulsun momo, Yozil momo va Tuvgich momo deb atalgan. Nazarimizda, xalq orasida ikkiqat ayollarning asotiriy homiysi sifatida tasavvur qilingan ana shu yetti momo haqidagi qadimgi inonchlar unutilib ketgan. Hozirgi kunda yetti momodan faqat bittasi — Tuvgich momoning mifologik tabiati va funksiyasiga doir ayrim qarashlargina qadimgi kult mif- larining reliktlari sifatida saqlanib qolgan, xolos. Demak, «o‘zbek mifologiyasida doya kampirlarning homiysi, piri sifatida e’tirof etilgan «yetti momo» obrazi mavjud bo‘lgan. Genetik ildizlariga ko‘ra matriarxat davriga oid e’tiqodiy qarashlar asosida kelib chiqqan bu obrazda serfarzandlik g‘oyasi aks etgan bo‘lib, «muqaddas ona» haqidagi mifik tasavvurlarni ham o‘zida mujassamlashtirgan”. 1 Qushnoch kampir yetti momo haqiga yettita pilikni eshgandan keyin ortib qolgan paxtani homilador ayolning boshi ustidan aylantirib olgan va silab olingan paxtadan pilik yasagan. Bu pilik «cho‘pchiroq» deyilgan. Paxtaning uchinchi bo‘lagidan esa chiltanlarga atab qirqta pilik tayyorlangan. Uyning bir xonasiga supra yoki ohorli oq mato yozilib, uning ustiga chiltan toshi va loydan dumaloq shaklda tayyorlangan kulcha qo‘yilgan. Qushnoch Sariq momo, Qora momo, Titti momo, Ochil momo, Gulsun momo, Yozil momo va Tuvgich momoga atab eshilgan piliklarni yoqib, homilador ayolning boshi uzra aylantirgan. Pilik aylantirish jarayonida yetti momo haqiga duo qilingan va homilador ayolni momolar qo‘llab-quvvatlasin, deb paxtani toshning ustiga qo‘yishgan. Keyin chiltanlarga atalgan qirqta pilikni loy kulchaga qadab qo‘yib, uni homilador ayolning boshiga, ikki yelkasiga, qo‘llariga, ikki tizzasiga va oyoq uchlariga qo‘yib turib, chiltanlardan madad tilash- gan. Marosimda ishtirok etayotgan ayollarning barchasi qushnoch momoning niyatiga qo‘shilib, pirlarga, momolarga sig‘inib turishgan. Chiltan tosh ustiga qo‘yilgan va loy kulchaga suqilgan pilik-chiroqlar yonayotganda, marosim qatnashchilari hamda qushnoch momo: «Ha, ha, ha, ha!» — deb ikki kaftlarini bir-biriga Muhammad AMIN suvratga tushirdi. 1 Jo‘rayev M., Tohirov Yo. Ostonasi tillodan. — Toshkent: Moziydan sado, 2003. – B.66.
Shugina jonim, shu jonim, Boshimdagi gultojim... 14 urib, dam chapga, dam o‘ngga qaratib qarsak chalib turishgan. Marosim oxiriga yetganda esa qushnoch kampir: «Ochil momo, Yozil momo, Sariq momo, Tuvgich momo, ochilib keting, yozilib keting, quvnab keting. Mana shu qulingiz sizni eslab, sizga sig‘i- nayapti, yo‘lini ochiq qiling, yuzini yorug‘ qiling, bolasini eson-omon qo‘liga olishda o‘zingiz madad bering!» — deb iltijo qilgan. Qushnoch chiroq yoqish jarayonida momolarga ixlos qilib turib, quyidagi aytimni ijro etgan: Gulsun momo, kulib keting, Yozil momo, yozilib keting. Ochil momo, ochilib keting, Sariq momo, sochilib keting, Titti momo, titilib keting. Qora momojonim, ochib yuboring. Yozib yuboring, titib yuboring, Tuvgich momojonim, tuvdirib keting, Yo‘llarini ochib ul berib keting. Yuqoridagi magik xarakterdagi aytim matnida yetti momodan ikkitasi — Qora momo hamda Tuvgich momo ismiga «jonim» so‘zi qo‘shib aytilishining ham muayyan sabablari bor. Axbo- rotchimiz Bo‘rixol Xudoyqulova- ning aytishicha, Qora momo — momolar orasida eng qattiqqo‘li, qahrlisi deb tasavvur qilinganligi uchun uni jahlidan tushirish va homiylikka undash maqsadida «momojonim» deb murojaat qilinar ekan. Tuvgich momo esa ikkiqat ayolning ko‘zi yorishida asosiy rol o‘ynaydigan homiy kuch timsoli deb qaralganligi tufayli uning nomiga ham «jonim» so‘zi qo‘shib aytilgan. Bundan tashqari, bola tug‘il- gunga qadar homilador ayolni suv bo‘yiga borishdan saqlaganlar. Chunki, xalq qarashlariga ko‘ra, suv parilar hamda ayrim yovuz kuchlar (masalan, ubba, aranglar kabi)ning makoni bo‘lib, ular kech kirganda kuchga to‘lishi va suvga yaqin borgan kishilarga daxl qilib, ziyon yetkazishi mumkin, deb qaralgan. B.Hamroqulovaning ma’lumot berishicha, sho‘rchi- liklar orasida «homilador ayol suvning oldiga borganda: «Salom, Sulaymon ota!» — deyishi kerak, shunda unga zararli kuchlar ta’sir qilmaydi, chunki Sulaymon ota ayollarni devlardan qo‘riqlab turadi», degan ishonchlar mavjud bo‘lgan.
Sherobodliklar esa homilador ayolni shu tumanda joylashgan Taxti Sulaymon ota ziyoratgohiga (xalq orasida bu ziyoratgohning nomi «Toq Sulaymon bobo» deb ham yuritiladi) olib borib, qo‘y yoki tovuq so‘yib qon chiqarganlar va ziyorat qilganlar hamda o‘sha pirlarga atab chiroq yoqib ixlos qilganlar. Go‘yo shunday qilinsa, suv bo‘yiga borgan homilador ayolga ziyon yetmas va homila sog‘lom tug‘ilar emish. Ziyoratga borishga imkoniyat topa olmaganlar esa qushnoch momolar tomonidan uyda Sulaymon otaga atab paxta silatganlar va chiroq yoqtirganlar. Chiroq yoqib bo‘lingandan keyin homilador ayol uyidan tashqariga chiqib, yetti qadam qo‘yib yurgan. Shunday qilinsa, go‘yoki homila- dor ayol ziyoratga borib kelgandek bo‘ladi, deb tasavvur qilingan. Chiroq yoqish amali quyidagicha amalga oshirilgan: dastlab Sulay- mon otaga bag‘ishlab uzun pilik eshilgan, momolarga atab esa cho‘pchiroq tayyorlangan. Qush- noch momo tomonidan o‘tkazil- gan bu marosimda shu xonadon egalari ishtirok etishgan. Sulaymon otaga atalgan uzun pilikni mevali daraxt cho‘piga o‘rab, paxta yog‘iga botirib moylaganlar. O‘ralgan paxta cho‘pni oftobaning jo‘mragiga qistirib qo‘yib, yoqishgan. Yonib turgan pilikni homilador ayolning boshi ustidan aylantirayotganda: Sharqillab oqqan suvingizdan aylanay, Gurillab yongan chirog‘ingizdan aylanay, Dardning boshi taxti Sulaymon otajon, Ezilib turgan etingizdan, Qaqshab turgan suyagingizdan, Suv ichida Sulaymon, Sulaymonga jilayman, So‘lda yurgan Sulaymon, Sizdan shifo tilayman, Qoningizga qon berdik, Joningizga jon berdik, Sizdan shifo tilayman, — degan aytim takrorlab turilgan. — Oilaviy turmush, bola parvarishi mas’uliyati tibbiy ma’rifat egasi bo‘lishingizni zaruriyatga aylantiradi. Shuning uchun oilaviy hayotga har taraflama tayyorgarlik ko‘rishingiz — baxt kalitini qo‘lga kiritishingiz demakdir.
15 So‘ngra yonayotgan pilik yerga tushib ketmasin uchun uni oftobaning jo‘mragiga qistirib, tagiga suv to‘ldirilgan kosa qo‘yilgan. Yuqoridagi matnda nutq tovushlarining evfoniyasi (yaxshi ovoz), ya’ni ohangdosh va ohangdorligi mazkur aytimda «s» tovushining takrori orqali yuzaga chiqqan, u tufayli qo‘shiq ritmi izchillashgan, poetik fikr latiflik, yoqimlilik kasb etgan, hissiy ta’sirni kuchaytirgan: Suv ichida Sulaymon, Sulaymonga jilayman, So‘lda yurgan Sulaymon, Sizdan shifo tilayman. E’tibor berilsa, misralarda tovushlar takrori orqali so‘zlar ohangdoshligi, so‘zlar ohang- doshligi orqali misralar ohang- doshligi yuzaga kelgan; ohang- doshlik, pirovardida, zaruriy musiqiylikni yuzaga keltirgan. Homilador ayolni yovuz kuchlar ta’siridan saqlash maqsa- dida Sulaymon otaga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur marosimda ham chiltontosh qo‘llanilgan. Etnograf B.Hamroqulova keltirgan ma’lumotga ko‘ra, bu marosim chog‘ida «chiltonlarga deb atalgan chiroq yoqish» uchun paxtadan uzunligi barmoqcha keladigan 40 ta pilik eshib tayyorlanadi va ular «chiltontosh» deb nomla- nuvchi maxsus toshning ustiga qo‘yib yondiriladi. Qushnoch toshni oldin homilador xotinning boshi ustiga, so‘ng yelkasiga, ikki kaftiga va ikki oyog‘iga qo‘yadi va «Zubay-zubay qirq chilton, sizdan madad tilayman!» — degan so‘z- larni aytadi. Surxon vohasidan musiqa folk- loriga oid materiallarni to‘plagan san’atshunos M.Naimov tomoni- dan Denov tumanining Sh.Xudoy- nazarov nomli jamoa xo‘jaligida istiqomat qiluvchi Muqaddas Muhammadiyevadan yozib olingan alas marosimi esa quyidagicha o‘tkazilgan: qushnoch momo o‘rtaga supra yozib, uning ustiga un bilan suv to‘ldirilgan chovgumni qo‘ygan. Chovgumning ichiga bitta cho‘pni ham tiqib, uning uchiga paxtadan eshilgan pilik boylagan. Shu pilikni moyga botirib, yoqib turib, quyidagi aytimni ijro etgan: Toq Sulaymon bobo, Taxtingizdan aylanay. Suvda yurgan Sulaymon bobojonim, Suvingizdan aylanay. Toqa kunda, toqa oyda, Hazil-huzul qilmangizlar, Zalal-zabit qilmangizlar. Aylanayin toq Sulaymon bobojonim, Taxtingizdan aylanayin. Suvda yurgan Sulaymon bobojonim, Sharqiragan suvingiz bor, Turqiragan tuvingiz bor. Hazrati toq Sulaymon bobojonim, Sizdan madad tilayman. Pirpiragan tutuningizdan, Sharqiragan suvingizdan, Pirillagan shamolingizdan aylanay. O‘tgan bo‘lsa, o‘tin qiling, Ketgan bo‘lsa, keyin qiling! Mazkur marosimda Sulaymon kultiga murojaat an’anasi ustuvorlik qilishi bejiz emas. Bu folklorimiz- ning an’anaviy xususiyatlaridan biri bo‘lib, so‘z magiyasiga aloqador afsun-avrash janrida ham Sulaymon obrazi ishtirok etadi. Chunki «Sulaymon hazrati Dovud payg‘ambarning o‘g‘li bo‘lib, otasi kabi payg‘am- bar va podshoh bo‘lgan, ins- jinslar, dev va parilar, vahshiy hayvonlar va qushlar, ilon va hasharotlar, shamol va suv ham uning amriga tobe bo‘lgan». Shuning uchun homilador ayolni suv parilari va suvda bo‘ladigan boshqa ziyonlardan saqlash maqsadida o‘tkazila- digan ritual marosimlarda Sulaymon kultiga murojaat qilingan. Voha marosim folklorida «Sulaymon ota» yoki «Toq Sulay- mon ota» kultining mavjudligiga sabab, Sherobod tumanida joylash- gan Taxti Sulaymon ota ziyoratgohi bilan bog‘liq xalq qarashlari keng ommalashganligidadir. Shuningdek, yuqoridagi maro- sim qo‘shig‘ining matnida xalq og‘zaki badiiy ijodiga xos she’riy mahoratning ba’zi jihatlari o‘z ifodasini topganligini ham qayd qilish joiz. Bu o‘rinda qo‘llanilgan alliteratsiya misralar tarkibidagi undosh tovushlarning ohang jihatidan o‘zaro mosligi asosida yuzaga kelgan bo‘lib, misralararo ohangdoshlikni keltirib chiqargan bu badiiy hodisa «s» tovushining takrori orqali yuz bergan. Ma’lumki, xalqimiz orasida mavjud bo‘lgan tasavvurlarga ko‘ra, homilador ayolning 9 oy, 9 kun Download 491.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling