Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti


Download 491.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana27.07.2017
Hajmi491.04 Kb.
#12127
1   2   3   4   5   6   7

va 9 soatda ko‘zi yoriydi. Agar ayol

ana shu muddatda «yengil

bo‘lmasa», «oyidan o‘tgan» hisob-

lanib, turli irim-sirimlarni baja-

rishgan. Jumladan, homila davri

cho‘zilganda o‘ziga xos irim

bajarilgan: qaynona o‘z ko‘ylagi-

ning etagi bilan kelinining orqasiga

uch marta sekin urib: «Momolari

yo‘l bersin, Bibi Fotima, Bibi

Zuhralar qo‘llasin, tush-tush»

Vladimir GRANKIN suvratga tushirdi.

Go‘dak bilgay: nedir olamning sehri,

Bilgay: jonga jondir el-u yurt mehri.



16

Muhammad AMIN suvratga tushirdi.

yahudiylarda ham mavjudligi ilmiy

adabiyotlardan ma’lum; farqi

shundaki, ularda ayolning eri tomga

chiqib, tarnovdan tuxum tash-

laydi.

Ayol tug‘ayotganda qiynal-



masligi uchun uloq so‘yib xudoyi

qilishni niyat qilib qo‘yishgan va u

eson-omon ko‘zi yorib, chaqaloqli

bo‘lgandan so‘ng o‘sha jonliqni

so‘yib, xudoyini o‘tkazishgan. Agar

homilador ayol tug‘uruq paytida

qattiq qiynalib qolsa, ko‘zi yorishi

oson, yengil bo‘lsin, deb darhol

qaynotasiga ko‘ylak, to‘n, ko‘rpa,

ko‘rpacha va kiyim hadya etishgan.

Bu udum «o‘t o‘choq» deb atalgan.

Shuningdek, erining qarindosh-

lariga ham bir sidradan sarpo berib,

ularning ham roziligi olingan. Xalq

qarashlariga ko‘ra, shunday qilinsa,

homilador ayolni «chiltanlar tut-

mas» va u osongina tug‘ar emish.

Xuddi shu odat Samarqand va

Jizzax viloyatida ham mavjudligi

qayd qilingan. Muhammad Iso

Ernazar o‘g‘li tomonidan 1926—

1927-yillarda to‘plangan etnografik

materiallarning guvohlik beri-

shicha, homilador ayol tug‘uruq

paytida qiynalib qolsa, mushkuli

oson bo‘lsin uchun qaynotasiga

biror narsani «o‘t-o‘choq» deb

hadya etgan.

Sariosiyo tumanida esa ayol

tug‘ayotganda qiynalsa, mulla

chaqirib, uning yelkalari qoqtiril-

gan. Er esa bir tovuqni tug‘ayotgan

xotiniga atagan va uni etaklari bilan

qoqib, qushnoch momoga bergan.

Bundan tashqari, tug‘ayotgan ayol

oson ko‘zi yorisin uchun qo‘yning

kallasini ham atab qo‘yishgan.

Qushnoch Momo Havoga atab

uchta chiroq yoqqan. Chiroq yoqish

uchun toza qamishdan bir qarich

uzunlikda cho‘p sindirib olib,

uning uchiga paxta o‘rashgan hamda

sariyog‘ yoki zig‘ir yog‘iga botirib

yoqishgan. Qushnoch momo

chiroq yonayotganda quyidagi

aytimni aytib turgan:

Mehmon  kelgan  uydan  baraka  arimas.

degan va ayolni yotqizib, yog‘ bilan

qornini tepadan pastga qaratib

silagan.


Qumqo‘rg‘onda «palakat nari

ketsin» degan niyatda oshxonadagi

katta qora qozonni to‘nkarib

qo‘yishgan, shunday qilinsa,

homilali ayolni «qora bosmaydi»

deb umid qilganlar.

Sho‘rchi tumanida ayolning

oy-kuni to‘lib, to‘lg‘oq boshlan-

ganda ayolning boshidan momolarga

atab paxta silab olingan va isiriqqa

ilonning po‘stini qo‘shib tutatish-

gan. Jonivor ko‘rinishida tasavvur

qilingan ruhlardan madad tilash

bilan aloqador bu irim ham magik

xarakterda bo‘lib, «ilon po‘st

tashlaganday chaqaloq osongina

tug‘iladi» deb o‘ylashgan.

Denov tumanida doya momo-

lar to‘lg‘oq tutgan ayolning soch-

larini yoyib, barcha tugmalarini

yechishgan. Shuningdek, homila-

dor ayol istiqomat qiladigan uydagi

hamma tugunlarni ham yechib

qo‘yishgan. Ko‘zi yoriydigan ayol

yotgan xonada    tugunli ip,  arqon,

arg‘amchi kabi narsalarni saqla-

maganlar. Chunki tugun — bog‘-

langanlik, bekilganlik timsoli bo‘lib,

homilador ayolning yo‘lini bog‘-

laydi, deb irim qilingan.

Ma’lumki, tuxum — O‘rta

Osiyo xalqlarining marosim folk-

lorida serpushtlik, serfarzandlik va

hosildorlik g‘oyalari bilan bog‘liq

timsoliy ashyo sifatida tasavvur

qilinadi. Surxon vohasida ham

«ayolning dardi cho‘zilganda» o‘zi

yoki yaqin kishisi bitta tuxumni

tegirmonning do‘liga tashlashi lozim

bo‘lgan. To‘lg‘oq tutganda, ayolga

issiq shirin choy berilgan. Ba’zi

joylarda esa ayol tik turgan holatda

ko‘ylagining yoqasidan tuxumni

pastga tashlaganlar, go‘yo tuxum-

ning chaqilishi bilan bolaning

tug‘ilishi ham tezlashadi deb

o‘ylashgan. Ona qornidagi bolani

tuxum bilan bog‘liq holda tasavvur

qilish kabi afsungarlik qarashlar

MEHR  SASI —

HAYOT  OHANRABOSI


17

Aylanayin, Momo Havo,

Yanglishmoq mendan,

Yorqin qilmoq sizdan.

Yodga olmoq mendan,

Yorlaqash sizdan.

Momo Havom qo‘llasin.

Men bir mushtipar bo‘lsam,

Qo‘lim hech qayerga yetmasa,

Men sizga sig‘indim.

Kuchim yetsa aytgan-boylagan

Xudoyilarimni o‘tkazib beray!

— deb Momo Havoga ixlos

qilinadi.

Bu aytim matnida badiiy-estetik

nuqtai nazardan ohangdorlikni

yuzaga chiqarib, murojaat qili-

nayotgan shaxsning diqqatini

tasvirlanayotgan voqea-hodisa yoki

holatga qaratish maqsadida

«yanglishmoq», «yorqin qilmoq»,

«yodga olmoq», «yorlaqamoq» kabi

so‘zlardan o‘rinli foydalanilgan.

Yuqorida ta’kidlangan irim-

sirimlardan keyin farzandni

dunyoga keltirish uchun doya

momo kalima qaytarib, momolarga

yolvorgan. Doya momo ayolni

tug‘dirayotganda isiriq tutatgan va

quyidagi aytimni ijro etgan:

Hazorispand hazori,

Qildim xudoga zori.

Hazorispand senmisan,

Kuymurtlarga yemmisan.

Emi dumi shul bo‘lsin,

Haromdan ham, haloldan ham,

O‘tgandan ham, ketgandan ham

O‘zing saqla...

Uzoq asrlar davomida paydo

bo‘lgan va shakllangan bunday

poetik matnlarda xalq she’riyatiga

xos badiiy san’atlarga tegishli

xususiyatlar u yoki bu ko‘rinishda

o‘z aksini topgan. Keltirilgan aytimda

ham doya momoning bevosita

isiriqqa murojaat qilishi apostrofa

deb nomlangan uslubiy vositani

yuzaga chiqargan. Unga ko‘ra, jonsiz

narsa va hodisaga xuddi jonliday

murojaat qilinadi.

Bundan keyin «yov-yov keldi»

deb, sekingina ayolning yelkasiga

Burxon RIZOQULOV suvratga tushirdi.

3 «Sog‘lom avlod uchun», 2011-yil, 3-son.

El  bilan  o‘ynaganing-kulganing —

Haqqast  rost, baxti  bekam  bo‘lganing.

urib, «balo-qazolardan o‘zing

saqla» degan. O.A.Suxarevaning

yozishicha, Samarqand atrofidagi

qishloqlarda tug‘uruq paytida ayol

qiynalib qolsa, tashqaridan birov

hovliga bir poy kalishni otib yubor-

gan. Momolardan biri kalishni olib

ichkariga kirgan va «El ko‘chdi, yov

keldi!» — deb kalishning o‘kchasi

bilan tug‘ayotgan ayolning yelkasiga

uch marta urib qo‘ygan. So‘ngra

o‘sha kalishni eshikdan tashqariga

otib yuborganlar. Xuddi shu aytim

Surxon vohasida ham qayd qilingan.

Denov tumanining Xolchayon

qishlog‘ida yashovchi doya momo

«to‘lg‘oq tutayotgan xotinning

tug‘ishini tezlatish maqsadida kalish

bilan bir ostonaga, bir ayolning

orqasiga urib, «El keldi — jov

qoch!» — degan so‘zlarni uch marta

qaytarish irimini bajargan. Boshqa

joylarda bu irim supra yordamida

amalga oshirilgan. Bunda «el» deb

bolani, «jov», ya’ni «yov» deb esa

ins-u jinslarni nazarda tutishgan».

Homilador ayol tug‘ayotgan

xonada suv solingan idish bo‘lsa,

uni tashqariga chiqarib qo‘yishgan,

chunki quduq yoki ariqdan suv

olinganda, unga jin-ajinalar, qora

momolar ergashib kelgan bo‘lsa,

ayolga ziyon yetkazishi mumkin,

deb o‘ylashgan. Shuning uchun

doya momolar: «Ey xudo! Ollo-yu

taolo, o‘zing madad bergin, Tuv-

gich momojon, Sariq momojon,

Ochil momojon, Yozil momojon,

o‘zingiz qo‘llang. Xo‘jai xidir,

payg‘ambarlar, taxti Sulaymon

otajon, hazrati Dovud pirim

qo‘llasin», deb iltijo qilishgan.

Shundan keyin tuqqan ayol va

uning chaqalog‘ini momolar yetti

kecha-yu kunduz davomida

qo‘riqlaganlar, shu kunlar ichida

xonada chiroq o‘chirilmagan.

Ayrim ayollarning farzandi

parda bilan tug‘ilgan. Bunday

tug‘ilgan bolaning pardasi tumor

qilib saqlab qo‘yilgan. Bu tumor

(Davomi 26-betda).

HAR TUN QADR BO‘LSIN,

HAR KUN — NAVRO‘Z...



18

MUHBIR: — Onalik  baxti...

Hozirgina tug‘ilgan chaqaloqning

zo‘rg‘a  ochilgan, tip-tiniq ko‘z-

lari qalbingizni  tamomi g‘ubor-

lardan forig‘  etadi. Uning  birinchi

“inga”sidan ko‘nglingiz yorishadi.

Olam  go‘yo kaftingizda turgandek

baxtdan entikasiz. Murg‘akkina shu

jonni to qo‘lingizga olguncha

chekkan azoblaringiz eng shirin

azoblar  ekanini  his  etasiz. Uning

jajjigina burun, lab, dahaniga

qarab,  yaqinlaringizning suratini

izlaysiz.

“Ilohim, umri uzun, to‘rt

muchasi  to‘kis  bo‘lsin”, — deya

niyat qilasiz.

Saida Sobirovna, garchi  mat-

buotda tez-tez takrorlanib tursa-

da, suhbatimizni “perinatal” so‘zi-

ning izohidan  boshlasak...

S.HASANOVA: — Ilohim,

har bir ayolga onalik baxti nasib

etsin, — deb duo qilamiz biz ham.

Siz-u bizning — ikki onaning

suhbatida bunday lirik chekinishlar

bo‘lishi tabiiy. Endi savolingizga

qaytsak... Perinatalogiya yunoncha

“peri” — “oldidan”, “natus” —

“tug‘uruq va tug‘uruqdan keyingi

davr” degani. Bu davr homilaning

22-haftasidan boshlab tug‘uruq

davri va chaqaloq hayotining

dastlabki 7-kunigacha bo‘lgan

oraliqni o‘z ichiga oladi. Ona-bola

kasalxonadan  barvaqtroq chiqib

ketgan taqdirda ham 40 kungacha

bo‘lgan davrda doimiy nazorati-

mizda bo‘ladi. Og‘rib-netib qolsa,

o‘zimiz davolaymiz. Maqsadimiz

homiladorlikning turli asoratlari,

ENG  SHIRIN  TUYG‘U —

BU, ONALIK  BAXTI

Respublika Perinatal markazi direktori o‘rinbosari,

tibbiyot fanlari nomzodi Saida Hasanova bilan suhbat

muddatidan oldingi tug‘uruq,

tug‘uruqdan oldingi qog‘ono-

g‘idan suv ketib qolgan barcha

homilador ayollarni tug‘dirish va

shu onalarning chaqaloqlarini

asrab-avaylab, dunyoga keltirib,

chala yoki kasallanib tug‘ilgan

chaqaloqlarga zarur — yuqori

malakali tibbiy yordam ko‘rsatish,

tug‘ma nuqson bilan dunyoga

kelgan chaqaloqlarni jarrohlik

usulida  davolash va keyinchalik

parvarish qilishdan iborat.

Demak, Perinatal  markazning

boshqa  tug‘uruqxonalardan yana

bir farqi — ayolning qandaydir

ekstragenital kasalligi bo‘la turib,

homiladorlik  jarayonini boshidan

kechirishi  sababli bizning nazora-

timizda bo‘lishidir. Yunoncha —

“genitaliya” — “jinsiy a’zo”,

“ekstro” esa “tashqari”, degan

ma’noni  anglatadi. Jinsiy a’zolarga

bog‘liq bo‘lmagan, — ya’ni jigar,

buyrak, yurak yoki boshqa a’zolari

turli kasalliklarga chalinib, alohida

mutaxassis parvarishiga muhtoj

bo‘lgan onalar bizning markazi-

mizga murojaat qilishadi.

Respublika  bo‘yicha, homila

bo‘lganiga 32 hafta to‘lmasdan ro‘y

beradigan tug‘uruqlar aynan biz-

ning markazimizda qabul qilinishi-

ning yana bir  sababi — ayollari-

mizning kasalliklari dastlab qishloq

vrachlik punktlari, keyin tuman

yoki shahar tibbiyot markazlarida

tekshirilib, tashxis  qo‘yilgach, eng

yuqori malakali shifokorlar  ko‘-

magi va  eng ilg‘or tibbiy uskunalar

yordamida  davolanish zarurati

yuzaga kelganda, bizning markazi-

mizga murojaat etishadi. Marka-

zimizda ona va bola salomatligini

tiklash va uni himoya qilish

maqsadida  barcha  sharoitlar  jahon

standartlari darajasida yaratilgan.

Mutaxassislarimiz — o‘z  ishining

chinakam  ustalari.

Shuningdek, chaqaloqlarni

jonlantirish hamda jarrohlik  bo‘-

limlarimiz bor. Bu bo‘limga  homila-

sida tug‘ma nogironligi yoki kasal-

ligi aniqlangan  ayollar keltiriladi.

Ularni, chuqur tekshiruvlardan

keyin,  lozim bo‘lsa, tug‘uruq vaqti-

gacha davolaymiz. Zaruriyat  bo‘l-

ganda esa ayrimlarini  muddatidan

oldin tug‘dirib olamiz. Ba’zan

yangi tug‘ilgan  chaqaloqni zudlik

bilan operatsiya qilib, hayotini

asrab  qolish  choralarini  ko‘ramiz.

M.: —  Ayting-chi, chaqaloq-

larda qanday kasallik bo‘lsa,

jarrohlik yo‘li bilan davolaysizlar?

S. H. — Masalan, qizilo‘ngach

otreziyasi, ya’ni qizilo‘ngach bilan

oshqozon o‘rtasidagi uzilish hola-

tini aniqlaganimizda... Yanayam

sodda qilib aytganda, qizil-

o‘ngachning oshqozonga yetmay

tugashi va hech  qanday bog‘liqlik

bo‘lmagan  holatda  oshqozonning

boshlanishi... Bunaqa nuqson bilan

tug‘ilgan chaqaloq darhol

operatsiya qilinadi. Ilgari shu  kabi

xastaligi bo‘lgan bolalar  uzoq

yashamagan. Bugungi tibbiyot

ularga sog‘lom turmushni  hadya

qilmoqda.

M.: — O‘tgan yili Perinatal

markaz o‘z oldiga qanday  maq-



19

sadlarni qo‘ygan edi va u

qanchalik amalga oshdi?

S.H.: — Prezidentimizning

2009-yil 13-apreldagi  “Ona va bola

salomatligini  muhofaza qilish,

sog‘lom avlodni  shakllantirishga

doir qo‘shimcha  chora-tadbirlar

to‘g‘risida”gi  PQ-1096-sonli

qarorini hayotga tatbiq etish

borasidagi vazifalarimizni rejali

tarzda bajarib boramiz. Sirdaryo

viloyati aholisi bilan doimiy tarzda

ishlash bizning mas’uliyatimizda.

Har oyning ma’lum haftasida

markazimizning malakali shifo-

korlari — ikki akusher-ginekolog,

bir pediatr bu viloyatning chekka

tuman va  qishloq vrachlik punkt-

lariga  borib, u yerda tug‘ish

yoshidagi  ayollar hamda o‘smir

qizlarni  tibbiy tekshiruvdan o‘tka-

zadilar. Tug‘ish mumkin bo‘lma-

gan va  vaqtincha tug‘ish mumkin

bo‘lmagan ayollarni  mutaxassislar

xulosasiga ko‘ra davolanishga jalb

etamiz. Yoki vaqtincha tug‘ish

mumkin bo‘lmaganlariga turli

kontratseptiv vositalar tavsiya eta-

miz. Kasalligi aniqlangan bolalarni

davolash choralarini ko‘ramiz.

Turli  ekstrogenital  kasalliklari

aniqlangan homilador ayolga

Perinatal markazimizda davola-

nishni tavsiya etamiz. Bundan

tashqari, yosh onalar uchun

maslahatlar, mahalla va xotin-

qizlar tashkilotlari faollari ishtiro-

kida qaynona va kelin, er-u xotin,

yosh kelin va yangi xonadon

mavzularida tadbirlar uyushtirdik.

Kasal va sog‘lom bolalarning

ovqatlari o‘rtasidagi farqlar, parhez

taomlari, qo‘shimcha ovqat, dar-

mondorilardan foydalanish tartib-

lari haqida suhbatlashamiz. Bu,

aholi tibbiy madaniyatini oshi-

rishga yordam beradi, deb o‘ylay-

man.

Barkamol avlodni voyaga



yetkazish — bir yoki ikki yillik

ish emas, albatta. Farzandlar salo-

matligini himoya  qilish har biri-

mizning ish-faoliyatimiz mazmu-

nidir.

M.: — Ayting-chi, tajriba



almashish yoki malaka oshirish

maqsadida xorijlik tibbiyot xodim-

lari bilan ham hamkorliklar yo‘lga

qo‘yilganmi?

S.H.: — Markazimizga  2003 —

2004-yilda Germaniyadagi mash-

hur “Sharite” klinikasining o‘sha

paytdagi direktori, professor

Roland Vauyer keldi. U ishlarimiz

samaralari bilan tanishgach,

o‘zbek shifokorlari “Sharite” klini-

kasi bilan eng mas’uliyatli hamkor

bo‘lishi mumkinligini e’tirof etdi.

Shundan keyin kelishuvga ko‘ra,

o‘zaro munosabatlarimiz kuchaydi.

Har 2 yilda professorning o‘zi

markazimizga kelib, ma’ruzalar

o‘qiydi, birgalikda ilmiy-amaliy

konferensiyalar o‘tkazamiz. O‘zim

ikki  marta Germaniyada malaka

oshirib keldim.

Shuningdek, Litva, Latviya,

Turkiya, Rossiya, Moldova,

Armaniston, Ukraina mamlakat-

laridagi shifokor-ekspertlar bilan

ham hamkorligimiz mustahkam.

Ular ishtirokida seminar-tre-

ninglar  tashkil etamiz, monito-

ringlar o‘tkazamiz. Tajriba alma-

shamiz. Qozog‘iston, Turkman-

iston, Qirg‘iziston, Tojikiston,

Ozarboyjon, Albaniya kabi

mamlakatlarining tug‘uruq muas-

sasalaridan kelgan akusher-gine-

kolog, neonatolog, akusher-

hamshiralar bilan hamkorlikda

turli dasturlar bo‘yicha nazariy,

shuningdek, bemor ayollarni

davolash jarayonida o‘quv-amaliy

kurslari ham olib  boradilar.

M.: — Respublika  Skrining

markazi bilan hamkorliklaringiz

haqida ham ikki og‘iz gapirib

bersangiz.

S. H.: — Skrining markazi

faoliyati deyarli bizning  ishimizga

uzviy bog‘lanib ketgan, desam,

yanglishmayman. Chunki skrining

markazida  aniqlangan va gumon

qilingan homila nuqsonlari bo‘lgan

bemorlar bizga yuboriladi va  bizda

ularni perinatologlar yordamida

(akusher-ginekolog, nanatolog,

xirurg birgalikda) aniq tug‘ish

davri, tug‘ish usuli va chaqaloq

muhtoj bo‘lgan tekshirish va

davolash  jarayoni aniqlanadi va

amaliy  choralar ko‘riladi.

M.: — Perinatal markaz

xodimlarining kelgusi rejalari

qanday? Shu haqda ham to‘xtalib

o‘tsangiz.

S.H.: — Bu yil har bir  vilo-

yatda Respublika Perinatal

markazining filiallari  ishini yo‘lga

qo‘yishni rejalashtirganmiz. Va u

yerlarda  uslubiy va amaliy yordam

berishni maqsad qilganmiz. Bun-

dan tashqari, hukumatimiz  g‘am-

xo‘rligi bilan markazimiz  qoshida

neonatal korpus  qurilishi boshlab

yuborilgan. Bu kabi barcha ishlar-

ning negizini yagona g‘oya tashkil

etadi. Ya’ni barkamol avlodni

voyaga yetkazish va tarbiyalash

g‘oyasi. Bu go‘zal maqsad, o‘ylay-

manki, har bir odam avvalo o‘zi,

yonidagi jigarporasi va atrofidagi

yaqinlarining  salomatligi haqida

qayg‘ursagina ro‘yobga chiqadi.

Niyatimiz: xalqimiz, farzandla-

rimiz sog‘ bo‘lsin!

M.: — Ana shu ezgu tilak-

laringiz o‘zingizga ham yo‘ldosh

bo‘lsin! Samimiy suhbatingiz

uchun tashakkur!

Qanoatxon BOYXON qizi

 suhbatlashdi.



20

NSON 


go‘zalligi haqida

gap borganda, ko‘p holda,

ayolni eslaymiz. Chunki

yapon maqolida aytilganidek: «Ayol

go‘zalligi shunday jozibali kuchki,

uning oldida hatto fil ham to‘xtab

qoladi». Abdulhamid Cho‘lponni

bir ko‘rishdayoq maftun qilgan go‘-

zallik — bu, ayolning chehrasidir:

Bir ko‘rdim men uni,

shunchalar go‘zal,

Oydan-da go‘zaldir,

kundan-da go‘zal!

Ayol bo‘lmasa, hech qachon

biz go‘zallikni mukammal his qila

olmagan, estetik didimizni to‘liq

kamol toptira olmagan bo‘lardik.

Atoqli adiblardan biri aytganidek:

«Erdagi barcha go‘zalliklar ayolga

muhabbat tufayli yuzaga kelgan».

Darhaqiqat, ayolni e’zozlash

inson axloqining gultojidir. Bu

e’zoz esa cheksiz va sarhad bil-

maydi.


Qiz tug‘ilishi bilanoq, bu

yorug‘ olamga go‘zallikning

ko‘rkam timsolini olib keladi va

dunyoga tortiq qiladi. Shu sababli

qiz tug‘ilsa, uni halvoga, totli

narsaga qiyoslanadi, onaning

chehrasi gul-gul ochiladi. Qizaloq

bu yorug‘, musaffo olamni o‘ziga

maftun va mahliyo qilib balog‘atga

yeta boradi va unda qizlarga xos

barcha go‘zal fazilatning maftun-

kor ko‘rinishi va qirralari mujas-

samlashadi hamda u o‘z tengini

topib, unga noyob nafosat sirlarini

taqdim etishga intiladi. Ayol ona

I

O‘ZI  HAM, ISMI  HAM



GO‘ZALLIK  TIMSOLI

21

bo‘lar ekan, onalik mehr chash-

malari ochila boshlaydi, beshik

oldida u shoiraga, baxshiga,

notiqaga, barcha insoniy fazilat-

larni go‘dagiga ato qiluvchi,

tilovchi, uni baxtli kelajakka tay-

yorlovchi mo‘tabar zotga aylanadi.

Ayol qarilik yoshida nevaralariga

eng qadrdon, eng g‘amxo‘r

kishiga, hatto nevarasini 70-80

yoshida ham opichlab, orqalab

yurib suyadigan, ularga ertaklar,

rivoyat va afsonalar aytib, insoniy

hislarga, yaxshilikka undab, ularga

mardlik, jasorat, odamiylik,

avlodni, ona-yurt, elni sevuvchi

qilib tarbiyalashga undaydigan

mo‘tabar farishta — buviga

aylanadi. Buvining og‘ushi qan-

chalar iliq, bag‘ri esa mehrga to‘la

ekanini yoshlikda barchamiz ham

his qilganmiz. Demak, ayol — bu,

go‘zallik, beg‘ubor yoshlik timsoli

bo‘lmish qiz, sevimli rafiqa, bizni

yorug‘ olamga keltirib, oq sut berib

voyaga yetkazgan ona, mehridaryo

buvidir. Ayol — bu, bizning ona-

miz, singlimiz, xolamiz, ammamiz-

dir. Shoir N.A.Nekrasov aytgani-

dek: “Ayol — buyuk so‘z. Unda

qizlik musaffoligi, do‘stga xos

fidoyilik, ona jasorati mavjud”.

Yoki adib Stendal: “Ayolni seva

bilmagan odam dunyoning eng

go‘zal sirlaridan bexabar o‘tadi”,

— deganda, haqqoniy gapni aytgan.

Ayolni tushunish, uning inso-

niy fazilatlarini qadrlay olish

inson ma’naviyati va madaniyati-

ning, odamiylikning asosiy

mezonlaridan biridir. Ayolni

e’zozlash shaxsning qalban

pokligi, mardlik va jasoratidan,

estetik didi va tarbiyasining

yuksakligidan darak beradi.

Olam sirlarini hali inson to‘la-

to‘kis bilolmagani kabi, ayolning

tuganmas sir-u fazilatlarini, ayol

zotining mohiyatini hech qachon

oxirigacha kashf qila olmasak kerak.

Ammo bir narsa ayonki, ayol

oldida shoh-u gado, buyuk zotlar,

olim-u faylasuflar, shoirlar —

barcha-barcha doimo bosh eggan,

qadrlagan.

Bizning buyuk ajdodlarimiz

ayolni doimo boshga ko‘tarib

e’zozlab o‘tishgan. Ulug‘ bobomiz

sohibqiron Amir Temur: “Ayol-

larga imkon qadar iliq munosa-

batda bo‘lishga harakat qildim”,

— deya e’tirof etsa, shoh va shoir

Zahiriddin Muhammad Bobur:

Sen gulsen-u men haqir

 bulbuldurmen,

Sen shu’lasan-u, ul shu’laga

 men quldurmen.

Nisbat yo‘qdur deb ijtinob

 aylama kim,

Shohmen elga, vale senga

quldurmen,  —

deya ruboiy bitgan.

Ayol go‘zallik va nafosatni,

munislik va mehribonlikni, vafo va


Download 491.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling