Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti


Download 491.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana27.07.2017
Hajmi491.04 Kb.
#12127
1   2   3   4   5   6   7
32

dastasi ustida yong‘oq chaqilgan.

Bitta idishda suv to‘ldirilib, olovda

kuchli qizdirilib qizartirilgan kapgir

ana shu suvga botirilgan va «jiz-

jiz»  etgan kuchli ovoz vositasida

bolani «qo‘rquv-qo‘rquv» qilishgan.

Bu amallar bajarilayotgan paytda

momolar:

Otang onangni urushsa — qo‘rqma,

Eshikda pishaklar miyovlasa — qo‘rqma,

Ko‘chada kuchuklar vovillasa — qo‘rqma,

Hangi eshak hangillasa — qo‘rqma! —

deganlar.

Bola tug‘ilishi va uning beshik-

dalik davri marosimlari folklorining

o‘ziga xosligini ko‘rsatuvchi jihat-

laridan yana biri «sog‘ bo‘lsin»

udumi hisoblanadi. Bu udum «Be-

shik to‘yi» marosimining nihoyasida

momolar tomonidan amalga oshi-

rilgan, ya’ni chaqaloq yotgan

beshikning ustiga qo‘y terisi

yopilgan. Bola «qo‘yday yuvosh

bo‘lsin» degan niyatda beshikning

ustiga po‘stak to‘shalgan.

Qadimgi ajdodlarimiz qo‘yni

mo‘tabar jonivor deb bilganliklari

uchun ko‘pincha qo‘y so‘yilganda

uning kuragi, kalla suyagi, shu-

ningdek, qo‘chqor shoxini olib,

ko‘zga ko‘rinadigan joyga osib

qo‘yishgan. Chunki bu narsalar

ins-jinslarni quvish xususiyatiga ega,

deb qaralgan. O‘rta Osiyo xalqlari

mifologiyasida «qo‘y — qut-baraka

va omad timsoli» deb tasavvur

qilingan. Shuning uchun bu joni-

vor ko‘rinishidagi tumor va haykal-

chalarni uyda saqlash ezgulik

alomati hisoblangan. Qadimgi

Yerqo‘rg‘ondan topilgan bo‘yniga

lenta bog‘langan qo‘y haykalchasi

ham shu maqsadda yasalgan».

2

Baqaloq beshikka ilk bor belan-



gandan keyin momolar uning

onasini beshikning o‘ng tomoniga

olib o‘tib, bolani emizdiradilar. Ona

bolasiga ko‘krak tutishidan avval

kayvoni momo unga bir non tish-

latadi. Ma’lumki, non tishlatish

ramziy ma’noga ega bo‘lib, bu

ajdodlarimizning nonni muqaddas

deb e’zozlashlari, uni insonga

yo‘ldosh sifatida tushunishlaridan

va non rizq-nasiba ramzi ekanligidan

dalolatdir. Shu ma’noda beshikdagi

chaqaloq ham katta bo‘lib, ko‘chada

o‘ynab yurgan bolalar singari sog‘-

lom bo‘lib o‘ssin degan niyatda ona

tishlagan nonni yosh bolalarga

bo‘lib beradilar. Shundan keyin

bolani uxlatish uchun kayvoni

momolar  yoki ona tomonidan alla

aytilgan.

Chaqaloqni beshikka solgach,

isiriq tutatib, beshikning tevaragini

uch marta aylantiradilar va quyidagi

aytimni ijro etadilar:

Isiriq, isiriq,

Chatnasin isiriq,

Tutasin isiriq,

Bolamga ko‘z tegmasin,

Kim qo‘zimni ko‘z qilsa,

Ko‘zlari oqib tushsin!

Ajdodlarimizdan bizgacha yetib

kelgan bola tug‘ilishi va uning chilla

davri bilan bog‘liq urf-odatlar ham

oilaviy-maishiy marosimlar

folklorining qadimiy qatlamini

tashkil etadi. Chunki bola tug‘ilishi

bilan aloqador marosimlar tarki-

bida qadimgi mifologik tasavvurlar,

magik inonchlar, animistik va

totemistik qarashlar bilan bir

qatorda ajdodlar homiyligiga isho-

nish an’anasining izlari ham

saqlanib qolgan. Xalqimiz tomoni-

dan yaratilgan marosim folklori

janrlari tizimida bola tug‘ilishi va

beshik to‘yi bilan aloqador udum-

lar, irim-sirimlar, rasm-rusumlar,

aytimlar, qo‘shiqlar, olqish va magik

tasavvurlar muhim o‘rin tutadi.

Oilaviy-maishiy marosimlar folk-

loridagi bunday rasm-rusumlar,

urf-odatlar, xalqning qarashlari

hamda e’tiqodiy inonchlari  etno-

graf va folklorshunoslar tomonidan

tobora teran ilmiy o‘rganilishda

davom etadi, deb umid qilamiz.

Latifa XUDOYQULOVA

Jo‘rayev M. Yerqo‘rg‘onning «muqaddas»



jonivorlari // Fan va turmush. – Toshkent, 2006.

– 5-6-sonlar. – B.11.

Jamoatchilik

kengashi:

Turg‘unpo‘lat DAMINOV,

Svetlana INOMOVA,

Turobjon JO‘RAYEV,

Tatyana KARIMOVA,

Abdulla ORIPOV,

Gulnora YO‘LDOSHEVA

Bosh muharrir:

Muhammadali QO‘SHMOQBOY

Tahrir

hay’ati:


Muxtabar ALIMTAYEVA,

Hidoyat OLIMOVA,

Otabek OTAYOROV,

Abdulla OCHILOV,

Shomirza TURDIMOV,

Dilorom SHARIPOVA,

Anvar SHEROV

Manzilimiz: 100170. Toshkent,

I.Mo‘minov ko‘chasi, 9.

Telefon: 262-30-44 (faks), 262-30-11.

E-mail: jlsaumt@mail.ru

“Sog‘lom avlod uchun”,

2011-yil, 3-son.

“Sog‘lom avlod uchun” jurnali

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi

tomonidan 2007-yil 3-yanvarda 0102-

tartib raqami bilan ro‘yxatdan  o‘tkazilgan.

“Sog‘lom avlod uchun” jurnali matbaa

(komputer) bo‘limi O‘zbekiston Matbuot

va axborot agentligi tomonidan 2004-yil

17-may kuni 10 — 0654-tartib raqami

bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Biror asar yoki undan parcha ko‘chirib

bosilganda, “Sog‘lom avlod uchun” jurna-

lidan olindi” deb izohlanishi shart.

Muallif tahririyatga yo‘llayotgan qo‘l-

yozmasiga o‘z soliq to‘lovchining identi-

fikatsiya raqami (STIR)ni, shaxsiy jam-

g‘arib boriladigan pensiya daftarchasi

nusxasini ilova qilishi so‘raladi.

Jurnal maketi tahririyatning matbaa

(komputer) bo‘limida tayyorlandi.

Navbatchi muharrir:

Shomirza TURDIMOV.

Matbaa (komputer) ishlari bo‘yicha mas’ul:

Feruza NURITDINOVA.

Matnni teruvchi:

Ulug‘bek  ASROROV.

Korrektor: Nigora YODGOROVA.

Bosmaxonaga  2011-yil  18-mart

kuni topshirildi. Ofset usulida

chop  etildi. Qog‘oz  bichimi  60x84 

1

/

8



.

Qog‘oz hajmi 4,0 bosma tabaq.

Nashriyot hisobida 3,8 bosma tabaq.

Tiraji  3782 nusxa. 11-571-buyurtma.

“O‘zbekiston” NMIUda bosildi.

100129, Toshkent,



Navoiy ko‘chasi, 30-uy.

Download 491.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling