Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti


Download 478.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana31.12.2017
Hajmi478.24 Kb.
#23444
  1   2   3   4   5   6   7

Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal

Barkamol avlod — Vatanning baxti

BU SONDA:

11 ( 175)- son

2 0 1 0 - y i l ,

n o y a b r

Muqovamizda:

B i r i n c h i     —

t o‘r t i n c h i   b e t :

Muassislar:

  O‘zbekiston Respublikasi

  Xalq ta’limi vazirligi

«Sog‘lom avlod uchun»

Xalqaro xayriya jamg‘armasi

«Sog‘lom avlod uchun» jurnali

O‘zbekiston  Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining

1995-yil 13-aprel 127-sonli

qaroriga asosan

«Maktabgacha tarbiya» jurnali

negizida tashkil etilgan.

1996-yil yanvardan

chiqa boshlagan.

©

 



«Sog‘lom avlod uchun»

Poytaxtimiz — Toshkentda

futbol bo‘yicha o‘n olti yosh-

gacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rta-

sidagi XIV Osiyo chempiona-

tidan fotoreportaj.

Abdug‘ani JUMA

 suvratga tushirdi.

Mustaqillik ufqlari

El-yurt manfaati, vatan ravnaqi va kelajagi uchun

                              2

Karvon qo‘ng‘irog‘i

Aslida maqsadimiz ham shunday

                                                 4

2010-yil — Barkamol avlod yili

Olimpiada o‘yinlari sari

                                                           6

Ko‘ngil ko‘zgusi

Ijodkorlik — muvaffaqiyat garovi

                                                 7

Xizr suvi

Tomchi suvda hayot jilvasi

                                                       9

  Toza suv — sog‘lom avlod demakdir                                                  

11

  Suv ham ona sutiday hayotbaxsh



                                             18

  Toshni siqqan bilan suv chiqmas  

                                            20

  Toma-toma ko‘l bo‘lur           

                                                 22

Alpomish avlodlari

Sport zavqi she’r shavqi kabi ko‘ngillarni yashnatadi

                              14

Ibn Sino darsxonasi

Mikronutriyentlar va sog‘lom avlod

                                              24

O‘zbek mifologiyasi

«Ikki sandiq ro‘baro‘...»

                                                         28

Barkamol avlod — mamlakat kelajagi

Qo‘sha-qo‘sha to‘ylar buyursin elimizga

                                        30

Sog‘lom oila

Chin ko‘ngil bilan

                                                                 32



2

EJALI


 ishning oxiri

xursandchilik bo‘ladi.

Ayniqsa butun bir xalq-

ning, mamlakatning taqdiriga bog‘-

liq ulkan ishlarning oqilona o‘yla-

nib, amalga oshirilishida hikmat

ko‘p. Bugungi kunga kelib, res-

publikamizning har jabhada ulug‘

muvaffaqiyatlarga erishayotganiga

guvoh bo‘layotgan dunyo ahli bizda

har bir natija dono siyosat va tadbir

bilan yuzaga chiqayotganiga tan

berishmoqda, ulgu olishmoqda.

Mamlakatimizning bugungi

muvaffaqiyatlari, erishgan yuksak

natijalarini — tub islohotlar jarayo-

nida yangilanib borayotganini yaqqol

his qilib, aniq ko‘rib turar ekanmiz,

bu ijobiy o‘zgarishlarning mohiyati

to‘g‘risida yana bir marta fikr-

mulohaza yuritishimiz tabiiy. Ana

shunda O‘zbekiston Respublikasi-

ning Konstitutsiyasi, uning barcha

bo‘limlari, boblari, moddalari,

albatta, uning falsafiy ruhini va

mazmun yo‘nalishini mujassam

etgan “Muqaddima”si  yodga  keladi:

“O‘zbekiston xalqi:

inson huquqlariga va davlat

suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini

tantanali ravishda e’lon qilib,

hozirgi va kelajak avlodlar oldi-

dagi yuksak mas’uliyatini anglagan

holda,


o‘zbek davlatchiligi rivojining

tarixiy tajribasiga tayanib,

demokratiya va ijtimoiy adolatga

sadoqatini namoyon qilib,

xalqaro huquqning umum

e’tirof etilgan qoidalari ustunligini

tan olgan holda,

respublika fuqarolarining mu-

nosib hayot kechirishlarini ta’min-

lashga intilib,

insonparvar demokratik huqu-

qiy davlat barpo etishni ko‘zlab,

fuqarolar tinchligi va milliy

totuvligini ta’minlash maqsadida,

o‘zining muxtor vakillari siy-

mosida O‘zbekiston Respublikasi-

ning mazkur Konstitutsiyasini

qabul qiladi”.

1

Qadimiy va navqiron tarix



guvohki, niyatga yarasha uni

ro‘yobga chiqara oluvchi, uzoqni

ko‘zlagan reja, rejani amalga oshi-

rishga qobil kuch-g‘ayrat, bunyod-

korlik mehnati talab etiladi.

O‘zbekiston Respublikasining

Konstitutsiyasida mujassam topgan

ulug‘ maqsadlarni amalga oshirish,

butun xalqimizni ular atrofida bir-

lashtirib, og‘ishmay, qat’iyat bilan

doimo olg‘a yurish uchun imko-

niyat yaratildi  — taraqqiyotning

eng to‘g‘ri yo‘li tanlandi va butun

jahon uni “o‘zbek modeli” deb

atamoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezi-

denti Islom Karimov 2010-yil 12-

noyabr kuni O‘zbekiston Respubli-

kasi Oliy Majlisi Qonunchilik

palatasi va Senatining qo‘shma

majlisida “Mamlakatimizda demok-

ratik islohotlarni yanada chuqur-

lashtirish va fuqarolik jamiyatini

rivojlantirish konsepsiyasi” deb

qilgan ma’ruzasida “o‘zbek modeli”

sharofati bilan qo‘lga kiritilgan

natijalarni sarhisob qilib, jumla-

dan, shunday dedi:

“Biz ishlab chiqqan va bugungi

kunda hayotga tatbiq etayotgan

ushbu modelning ma’no-mazmuni

— davlat qurilishi va konstitutsiya-

viy tuzumni tubdan o‘zgartirish va

yangilash, iqtisodiyotni mafkuradan

xoli etish, uning siyosatdan ustun-

ligini ta’minlash, davlatning bosh

islohotchi vazifasini bajarishi, ya’ni

islohotlar tashabbuskori bo‘lishi va

ularni muvofiqlashtirib borishi,

qonun ustuvorligini ta’minlash,

kuchli  ijtimoiy siyosat yuritish,

islohotlarni bosqichma-bosqich va

izchil olib borish tamoyillariga asos-

lanadigan siyosiy, iqtisodiy va

ijtimoiy islohotlarni amalga oshi-

rishdan  iboratdir.

Biz islohotlarni inqilobiy usul-

da, ya’ni “shok terapiyasi” yo‘li

bilan amalga oshirishdan ongli

ravishda voz kechib, tadrijiy taraq-

qiyot yo‘lini tanlab olganimiz

tufayli xalqimizni qanday og‘ir

oqibatlarga olib kelishi mumkin

bo‘lgan iqtisodiy va ijtimoiy  to‘fon-

lardan asrab qolishga muvaffaq

bo‘lganimizni bugun hayotning

o‘zi tasdiqlab bermoqda.

Izchil yuqori o‘sish sur’atlari,

yurtimizda barpo etilgan bank-

moliya tizimining barqaror va

ishonchli faoliyat yuritishi, iqtiso-

diyotda amalga oshirilayotgan yangi-

lanish va o‘zgarishlar, umuman,

mamlakatimizni modernizatsiya

qilish yo‘lidagi dadil qadamlarimiz

dunyo jamoatchiligi, shuningdek,

Xalqaro valuta jamg‘armasi, Jahon

banki, Osiyo taraqqiyot banki sin-

gari nufuzli xalqaro moliya tashkilot-

lari tomonidan e’tirof etilmoqda”.

 2

EL-YURT MANFAATI, VATAN



RAVNAQI VA KELAJAGI UCHUN

R

1



 O‘zbekiston Respublikasining Konsti-

tutsiyasi. — T.: O‘zbekiston, 2003.—B.3.

2

 Mamlakatimizda demokratik islohotlar-



ni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiya-

tini rivojlantirish konsepsiyasi. O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonun-

chilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi-

dagi ma’ruzasi. “Xalq so‘zi” gazetasi, 2010-

yil 13-noyabr. Keyingi ko‘chirmalar ham shu

manbadan olinadi.



3

Bu samaralar respublikamiz

hayotining barcha sohalarida,

barcha vatandoshlarimiz taqdirida

ijobiy tasdig‘ini topmoqda. Prezi-

dentimizning ushbu tarixiy ma’-

ruzasida yaqqol ifodalab berildiki:

“Haqiqatan ham, qariyb yigir-

ma yillik mustaqil taraqqiyotimiz

mobaynida O‘zbekistonda yalpi

ichki mahsulotning o‘sishi 3,5

barobarni, aholi jon boshiga hisob-

laganda esa 2,5 barobarni, aholining

real  daromadlari 3,8 barobarni

tashkil etgani e’tiborga sazovordir.

Ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar sohada

erishilgan marralar — aholini ijti-

moiy himoya qilish uchun yo‘nal-

tirilgan davlat xarajatlarining 5 baro-

bar ko‘paygani, turmush darajasi-

ning sezilarli ravishda yaxshilangani

va buning natijasida onalar o‘limi

2 barobardan ko‘proq, bolalar

o‘limi 3 barobar kamaygani, odam-

larning o‘rtacha umr ko‘rishi 67

yoshdan 73 yoshga, jumladan,

ayollarning o‘rtacha umr ko‘rishi

75 yoshga yetganini mamnuniyat

bilan ta’kidlasak arziydi, deb o‘y-

layman.


2008 — 2010-yillarda, ya’ni

dunyoning aksariyat mamlakat-

larida iqtisodiy o‘sish sur’atlari

sezilarli ravishda tushib ketgan,

ishlab chiqarish pasaygan bir

vaqtda O‘zbekistonda yalpi ichki

mahsulotning o‘sish sur’atlari

2008-yilda 9 foizni, 2009-yilda 8,1

foizni tashkil  etgani, 2010-yilda

bu ko‘rsatkich  8,5 foizga  yetishi

kutilayotgani, kelgusi  2011-yilda

esa 8,3 foiz darajasida bo‘lishi

belgilab berilayotgani ko‘pgina

xalqaro tuzilmalar, ekspert va

mutaxassislarda katta qiziqish

uyg‘otmoqda.

Dunyoda, ayniqsa, rivojlan-

gan mamlakatlarda davlatning

tashqi qarzlari ko‘payib  borayot-

gani jiddiy xavotir tug‘dirayotgan

bir paytda O‘zbekistonning tashqi

qarzi yalpi ichki mahsulotning 10

foizidan oshmaydi, davlat budjeti

esa so‘nggi besh yilda profitsit bilan

bajarilmoqda”.

Davlatimiz rahbari mustaqillik

davrida mamlakatimiz taraqqiyotiga

xos bo‘lgan jihatlarni va bu taraq-

qiyotni ta’minlagan “o‘zbek mo-

deli”ning ma’no-mazmunini

teran tahlil qilib berar ekan, eri-

shilgan marralar “biz o‘z oldi-

mizga qo‘ygan yuksak maqsadga

qaratilgan uzoq va murakkab

yo‘lning bir qismi, xolos” deb

uqtirdi.


Yurtboshimiz “barqaror rivoj-

lanib borayotgan iqtisodiyotga

asoslangan, ochiq demokratik

huquqiy davlat qurish, inson,

uning manfaatlari, huquq va erkin-

liklari so‘zda emas, amalda oliy

qadriyat darajasiga ko‘tarilgan,

jahon miqyosida obro‘-e’tibor

qozongan jamiyat barpo etish”

mas’uliyatini alohida ta’kidladi:

“Bu yo‘lda biz duch kelishimiz

mumkin bo‘lgan shunday bir xavf

borki, u ham bo‘lsa, avvalambor,

erishilgan yutuqlarga mahliyo

bo‘lib, xotirjamlik kayfiyatiga

berilish, real voqelikdan uzilib

qolish xavfidir. Bu esa mamlaka-

timiz taraqqiyotining samarador-

ligi va istiqboliga salbiy ta’sir

ko‘rsatishi mumkin.

Jahon miqyosida globallashuv

va raqobat tobora kuchayib bora-

yotgan bugungi zamonda biz

dunyoda yuz berayotgan tub

o‘zgarishlar jarayonida egallab

turgan o‘rnimizni xolisona va

tanqidiy baholashimiz, tobora

oshib borayotgan hayot talablariga

javob berishimiz, kechayotgan

davr bilan hamqadam bo‘lishimiz

shart.

Ma’lumki, hayot hech qachon



bir joyda to‘xtab turmaydi. Shu

bois avvalambor ro‘y berishi

mumkin bo‘lgan turli falokatlar,

jahon iqtisodiyotining yuksalishi

va inqirozini oldindan ko‘rish

imkonini beradigan, har tomon-

lama chuqur o‘ylangan, aniq

maqsad va ustuvor yo‘nalishlarni

o‘z ichiga olgan taraqqiyot dasturi

va uni amalga oshirish strategiyasiga

ega bo‘lgan mamlakat va xalq

pirovard natijada muvaffaqiyatga

erishadi”.

Prezidentimiz mamlakatimizda

demokratik islohotlarni yanada

chuqurlashtirish va fuqarolik jami-

yatini rivojlantirish konsepsiyasini

to‘liq bayon qilib bergan ma’ruza-

sida: I. Davlat hokimiyati va

boshqaruvini demokratlashtirish.

II. Sud-huquq tizimini isloh etish.

III. Axborot sohasini isloh qilish,

axborot va so‘z erkinligini ta’-

minlash. IV. O‘zbekistonda saylov

huquqi erkinligini ta’minlash va

saylov qonunchiligini rivojlan-

tirish. V. Fuqarolik jamiyati insti-

tutlarini shakllantirish va rivojlan-

tirish. VI. Demokratik bozor islohot-

larini va iqtisodiyotni liberallash-

tirishni yanada chuqurlashtirish

masalalarini qamrab oldi.

Davlatimiz rahbari yana bir

muhim masalaga e’tiborni qaratdi:

«Mamlakatimiz iqtisodiy ta-

raqqiyotining eng muhim istiqbol-

lari va ustuvor yo‘nalishlarini

belgilab olar ekanmiz, biz ichki

ehtiyojning o‘sishiga alohida

e’tibor qaratishimiz kerak bo‘ladi.

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi

oqibatlarini yumshatishga qaratilgan

Inqirozga qarshi choralar dasturida

ana shunday yondashuv asosida

ish tutganimiz o‘tgan yillarda o‘zini

to‘la oqladi. Ta’kidlash kerakki,

bugungi kunda Osiyodagi ko‘plab

mamlakatlar aynan shunday

pozitsiyaga amal qilib kelmoqda.

Shundan kelib chiqqan holda,

bizning yaqin istiqboldagi eng


4

muhim vazifamiz boshlagan

ishlarimizni izchil davom ettirish

—  iste’mol talabini kengaytirish

maqsadida sotsial sohani rivoj-

lantirish, mehnatga haq to‘lashni

yanada oshirish, xizmat ko‘rsatish

sektorini, infratuzilma obyektlarini

rivojlantirishga, transport va

kommunikatsiya loyihalari amalga

oshirilishiga alohida e’tibor

berishdir».

Prezidentimiz o‘z ma’ruzasi

yakunida shunday dedi:

“So‘zimni yakunlar ekan-

man, mamlakatimizda demokratik

islohotlarni yanada chuqurlash-

tirish va fuqarolik jamiyatini rivoj-

lantirishning taklif etilgan Kon-

sepsiyasi O‘zbekistonni isloh etish

va modernizatsiya qilish borasida

biz qariyb 20 yil oldin boshlagan

jarayonni davom ettirish bo‘yicha

Oliy Majlis tomonidan uzoq

muddatli aniq harakat dasturini

ishlab chiqish va amalga oshirish

uchun asos bo‘ladi, deb ishona-

man.


Mening sizlarga murojaatim,

da’vatim shuki, bugungi kunda

amalga oshirilayotgan islohot va

yangilanishlar jarayoni butun

jamiyatimiz, saxovatli zaminimizda

yashayotgan har qaysi insonni

amaliy ishlarga safarbar etadigan

umumiy maqsadga aylanishi uchun

barcha imkoniyatlarni ishga solay-

lik, el-yurtimiz manfaati, ona-

Vatanimizning ravnaqi va kelajagi

uchun bir yoqadan bosh chiqa-

rib  mehnat  qilaylik”.

“Mamlakatimizda demokratik

islohotlarni yanada chuqurlash-

tirish va fuqarolik jamiyatini rivoj-

lantirish konsepsiyasi” Respubli-

kamiz o‘z shonli tarixining nav-

batdagi — yangi sifat bosqichiga

IM SPORTGA

 oshno

bo‘lsa, bilingki, uning tani



— sihat, ruhida — faro-

g‘at. Futbol, voleybol, boks, tennis,

kurash, xullas, sportning barcha

turlari hayotimiz yanada maz-

munli, qiziqarli bo‘lishini ta’min-

lab, sog‘lom turmush tarzini

shakllantirishga yordam beradi.

Jizzax viloyatida bolalar sporti

inshootlarini qurish, rekon-

struksiya qilish manzilli dasturiga

asosan, 13 ta umumta’lim mak-

tabida sport zallari qurish, shu-

ningdek, Jizzax shahridagi tennis

kortini rekonstruksiya qilish ko‘zda

tutilgan edi. Bu yilning avgusti-

gacha mazkur qurilish va rekon-

struksiya  ishlari poyoniga yetib,

O‘zbekiston Bolalar sportini rivoj-

lantirish jamg‘armasi hisobidan

unga 1 milliard 745 million so‘m,

viloyatdagi homiylar tomonidan

860 million so‘m, jami 2 milliard

722 million so‘m mablag‘ moliya-

lashtirildi. «Manzilli dastur»ga

asosan esa 6 ta inshoot, jumladan,

2 ta san’at va musiqa maktabini

rekonstruksiya qilish, Jizzax shahri-

dagi Olimpiya zaxiralari kollejining

ochiq suzish havzasini kapital

ta’mirlash, hamda 3 ta umumta’lim

maktabida sport zallari qurilish

ishlari bajarildi.

Mazkur sport inshootlaridan

foydalanish samaradorligini oshi-

rish — hamisha e’tiborda. Mirza-

cho‘l, Yangiobod, Paxtakor tu-

manlari va Jizzax shahridagi 1-TIP,

Jizzax tumanidagi 5-TIP loyihasiga

mansub bolalar sporti majmua-

lariga xalq ta’limi bo‘limlariga

qarashli bolalar va o‘smirlar sport

maktablari joylashtirildi. Bu sport

majmualarida hozirgi kunda jami

2966 nafar o‘quvchi shug‘ullan-

moqda. Shularning 400 nafardan

ziyodrog‘ini qiz bolalar tashkil etadi.

120 ta sport to‘garagi foyda-

lanish uchun qulay tarzda kengay-

tirildi. Badiiy gimnastika to‘garak-

larini tashkil etish, shuningdek,

ularga yuqori malakali murab-

biylarni jalb etish maqsadida,

ASLIDA  MAQSADIMIZ  HAM

SHUNDAY


K

ko‘tarilishi uchun imkoniyat

yaratuvchi dasturulamaldir.

Sidqidildan, mehr bilan baja-

rilgan ishning natijasi barakatli

bo‘ladi. Yurtboshimiz rahbarligida

xalqimiz amalga oshirayotgan

barcha ishlar el-yurt manfaati,

Vatan ravnaqi va kelajagi uchun

xizmat qilayotganligi hammamizni

quvontiradi.

Avlodlar ajdodlardan kelayot-

gan merosga faqat ega emas, balki

uni yanada yangi sifat bosqichlariga

olib chiqib, kelajakka tuhfa eta

bilishi kerak bo‘lgan davomchidir.

Shunda u o‘z oliy vazifasi —

missiyasini uddalagan hisobla-

nadi. Shunday ekan, bugungi xatti-

harakatlar faqat bugun doirasida

qolmaydi, balki kelajagimizning

buyuk bo‘lishiga xizmat qiladi.

TAHRIRIYAT


5

Respublika gimnastika federatsiyasi

bilan hamkorlikda seminar tashkil

qilindi va uning yakunida mak-

tabgacha ta’lim muassasalari

tarbiyalanuvchilari hamda umum-

ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rta-

sida viloyat birinchiligi o‘tkazildi.

Bugungi kunda viloyatimizda

109 689 nafar o‘quvchi jismoniy

tarbiya va sport bilan shug‘ullanadi,

shundan 39 734 nafari doimiy

sport to‘garaklariga qatnaydi.

Shahar va  tumanlarda, yozgi dam

olish oromgohlariga jalb etilma-

gan o‘quvchilar o‘rtasida «Yoz —

2010»  musobaqalari  o‘tkazildi.

Shuningdek, vohaning asosiy

qismini tog‘li hudud egallaganligini

— Zomin, Forish, Jizzax tuman-

larida joylashgan yozgi bolalar

oromgohlari o‘quvchilar bilan

gavjum bo‘lganini ham unutmang.

Masalan, Forish tumanidagi «Zan-

gori olov» oromgohi mavsumning

birinchi va ikkinchi bosqichida 200

nafarga yaqin o‘quvchining miriqib

dam olishi uchun qulay imkoniyat

yaratib berdi. Bu yerda ular turli

sport to‘garaklariga qatnashib,

chiniqdilar, qiziqarli o‘yinlarda ishti-

rok etdilar, bunda sport mutasad-

dilari, «Kamolot» YOIH, ta’lim

tizimi xodimlari va shifokorlar ham

o‘z yordamini ayamadilar.

Mana, bir necha yildirki,

yurtimizda Bolalar sportini rivoj-

lantirish jamg‘armasi sovrini uchun

maktab o‘quvchilari o‘rtasida

muntazam ravishda musobaqalar

tashkil etilmoqda. Ushbu bellashuv-

larda toblangan sport-sevarlarni

endilikda har bir viloyat terma

jamoalari safida uchratish mumkin.

Bizda o‘tkazilayotgan musobaqalar

ham bundan mustasno emas.

Biz ham, boshqa viloyatlardagi

hamkasblarimiz kabi, «Barkamol

avlod yili» Davlat dasturidan kelib

chiqqan holda, turli sport fede-

ratsiyalari bilan hamkorlikda

musobaqalar tashkil etayapmiz.

Jumladan, 1994 — 1995-yillarda

tug‘ilgan qizlar o‘rtasida uyushti-

rilgan voleybol bo‘yicha viloyat

birinchiligida har bir shahar va

tumandan bittadan jamoa g‘oliblik

uchun bahs olib bordi. Unda

Zarbdor tumani vakillari bosh

sovringa ega bo‘lishdi. Bu tumanda

voleybol ancha yaxshi rivojlan-

moqda, «Umid nihollari» sport

o‘yinlarida voleybol bo‘yicha

ishtirok etadigan viloyat terma

jamoasi tarkibini aynan mazkur

tuman qizlari tashkil etadi. Viloyat

birinchiligidagi boshqa sovrinli

o‘rinlar Paxtakor va Zomin tu-

mani jamoalariga nasib qildi.

Futbol bo‘yicha bellashuvlar

esa Paxtakor tumanida bunyod

etilgan bolalar sporti majmuasida

o‘tkazildi. Unda 13 ta jamoa ikki

guruhga bo‘lingan holda Bolalar

sportini rivojlantirish jamg‘armasi

sovrini uchun o‘zaro kuch sinashdi.

Bundan tashqari, yengil atle-

tika, qo‘l to‘pi, boks, kurash

turlari bo‘yicha ham muntazam

musobaqalar uyushtirilib, g‘olib

va sovrindorlar rag‘batlantirib

borilmoqda.

Sport majmualari tobora gav-

jum bo‘lmoqda, boshqacha ayt-

ganda, yurtimizda jismoniy tarbiya

sohasiga berilayotgan e’tibor o‘z

samaralarini bermoqda. Masalan,

Jizzax tumani, Uchtepa qishloq

fuqarolar yig‘ini hududida 2005-

yilda qurib foydalanishga top-

shirilgan bolalar sporti majmua-

sini olaylik. Ushbu inshoot ochil-

guniga qadar shu hududda istiqo-

mat qiluvchi atigi 450 nafar bola

sport bilan shug‘ullangan, bugunga

kelib, bu ko‘rsatkich 1050 nafarni

tashkil qiladi. Boksdagi dastlabki

qadamini mazkur sport majmua-

sida boshlagan Bobur Aytboyevni

endilikda nafaqat yurtimizda, balki

chet ellarda ham yaxshigina tanib

borishayapti. U bugungacha uch

karra yoshlar o‘rtasida mamlakat

chempionligini qo‘lga kiritib,

kattalar o‘rtasidagi nufuzli bella-

shuvlarda ham shov-shuvli natija-

larga erishmoqda. Xususan, u

Ozarboyjonda, Ukrainada, Ros-

siyada o‘tkazilgan xalqaro turnirlar

g‘olibi va sovrindori, Osiyo  va jahon

chempionatlari ishtirokchisi bo‘ldi.

Bobur Aytboyevga o‘xshagan

iqtidorli sportchilar viloyatimizda

ko‘pchilikni tashkil qiladi. Boks,

kurash va boshqa sport turlari

bo‘yicha viloyat hamda mamlakat

terma jamoalariga nomzodlarning

aynan shu kabi sport majmuala-

ridan yetishib chiqayotganligini

birinchi navbatda mazkur sport

inshootlaridagi shart-sharoit,

imkoniyatlar va  murabbiylarning

mehnati bilan izohlash mumkin.

2003-yilgacha Jizzax viloyatida

6 yoshli bolalarning o‘rtacha bo‘yi

1,15 metrni, vazni 19 kilogrammni

tashkil etgan bo‘lsa, 2010-yilga

kelib, bu ko‘rsatkich sezilarli

darajada oshgan. Ya’ni ularning


Download 478.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling