Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti


Download 465.06 Kb.
bet1/7
Sana08.07.2018
Hajmi465.06 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7

Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal

Barkamol avlod — Vatanning baxti

BU SONDA:

6 ( 182)- son

2 0 1 1 - y i l ,

i y u n


Muqovamizda:

B i r i n c h i     b e t :

Muassislar:

  O‘zbekiston Respublikasi

  Xalq ta’limi vazirligi

«Sog‘lom avlod uchun»

Xalqaro xayriya jamg‘armasi

«Sog‘lom avlod uchun» jurnali

O‘zbekiston  Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining

1995-yil 13-aprel 127-sonli

qaroriga asosan

«Maktabgacha tarbiya» jurnali

negizida tashkil etilgan.

1996-yil yanvardan

chiqa boshlagan.

©

 

«Sog‘lom avlod uchun»



Yozgi  ta’til  davrida o‘quv-

chilar faol dam olishlari, sport

bilan shug‘ullanishlari, mada-

niy-ma’naviy tadbirlarda ishti-

rok etishlari uchun, mamlakati-

miz miqyosida barcha sharoitlar

yaratilgan.

Suvratda: «Sog‘lom avlod

uchun» xalqaro xayriya jamg‘ar-

masi  Tibbiy-ijtimoiy patronaj

markazi qoshida tashkil etilgan

«Sog‘lom avlod» bolalar yozgi

oromgohida.

 

Baxtiyor AKRAMOV



 suvratga tushirdi.

Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli,

dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart!

                                           2

Mustaqillik ufqlari

Xalq ilhomi — daryo, xalq dahosi — dengiz

                                    4

Karvon qo‘ng‘irog‘i

Madaniyatdagi  evrilishlar  yoxud  sog‘lom  avlod  shakllanishida

ma’naviy  omillarning  o‘rni

                                                        7

Mushoira

Vatanim — bor, ko‘ksim — baland, ko‘nglim — butun

                       10

Ibn Sino darsxonasi

Inson ruhiyati — sirli olam

                                                        12

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatidan

Ravnaq — uyg‘unlikda

                                                          17

Huquqiy ma’rifat

Ekologik-huquqiy ta’lim: uning yoshlarni tarbiyalashdagi o‘rni

va o‘ziga xos xususiyatlari

                                                      18

Ko‘ngil ko‘zgusi

Yoshlik — safarbar, uniki — zafar

                                             22

Jamg‘arma faoliyati

Mehr va muruvvat — bir-biriga quvvat

                                         23

Sog‘lom oila

Onalikka tayyor bo‘lish kerak

                                                  24

«Nafosat» sirtqi to‘garagi

Yangi oy


                                                                          25

Vatannoma

Minoralar qoshidagi o‘ylar...

                                                     26

Oq yomg‘ir

Bir tomchi yoshning badiiy tarixi

                                               26

Maktabgacha ta’lim

Istiqbolga yo‘nalgan jarayon

                                                   29



2

* * *


Biz bugun o‘tish davrining qiyinchiliklariga qaramasdan, ertaga o‘rnimizga keladigan yoshlar,

farzandlarimiz to‘g‘risida o‘ylashimiz, ularning ma’naviy kamoloti va jismoniy sog‘ligi, odamlarning

sog‘ligi, millatning sog‘ligi to‘g‘risida qayg‘urishimiz kerak.

Sog‘lom avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish eng mas’uliyatli vazifadir.

(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasida

so‘zlangan nutqdan, 1995-yil 21-dekabr).

* * *

Yuksak ma’rifatli, har tomonlama salohiyatli avlodni tarbiyalashdek muqaddas vazifa oldimizda



turibdi.

Barkamol insonni voyaga yetkazish uchun, eng avvalo, oila, mahalla, maktab, butkul

jamiyat va davlatning uzviy hamkorligini yuqori pog‘onaga ko‘tarish lozim.

Bizning farzandlarimiz nihoyatda iste’dodli, aql-u zakovat bobida hech kimdan qolishmaydi.

Ularning iqtidorini qadrlash, imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, Vatanning mard va fidoyi farzandlari

etib tarbiyalash uchun shart-sharoit yaratib berish har birimizning sharafli burchimizdir.

(Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining

navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlangan nutqdan,

1997-yil 17-iyul).

* * *


Ota-onaning farzand oldidagi burchlari, o‘zlarining oxiratini obod etuvchi qarzlari bor.

Din-u diyonatli xonadon oqsoqollaridan so‘rasangiz, ularni lo‘nda qilib sanab beradi: yaxshi

nom qo‘yish, yaxshi muallim qo‘liga topshirib, savodini chiqarish, ilmli, kasbli-hunarli qilish,

boshini ikki, uyli-joyli qilish.

Bugun ana shunday olijanob an’analar qaytadan mustahkam qaror topishi va rivojlanishi

uchun istiqlol sharofati tufayli eng qulay muhit yaratildi. Bu, shubhasiz, biz, ota-onalar va

mustaqil, buyuk kelajakka intilayotgan davlatimiz zimmasiga juda katta vazifalar va mas’uliyat

yuklaydi.

(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida

so‘zlangan nutqdan, 1997-yil  29-avgust).

Islom KARIMOV

(Prezidentimizning sog‘lom va

barkamol avlod haqidagi fikr-mulohazalaridan)

FARZANDLARIMIZ  BIZDAN  KO‘RA

KUCHLI, BILIMLI, DONO  VA  ALBATTA

BAXTLI  BO‘LISHLARI  SHART!



3

* * *


Yangi o‘sib kelayotgan avlodlarimiz o‘z tarixini, yurtini, aziz-avliyolarini, osori atiqalarini

boshiga ko‘tarib, shu tariqa milliy tuyg‘u, milliy g‘urur, milliy iftixor hissiyotini ko‘kka ko‘tarib,

umumbashariy qadriyatlar xazinasiga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shadilar.

(Buxoro shahrining 2500 yilligiga bag‘ishlangan tantanali

marosimdagi tabrik so‘zidan, 1997-yil 19-oktabr).

* * *


Farzandlarimiz bizdan ko‘ra bilimli, kuchli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart. Takror

aytaman: mana shu ezgu maqsad bugungi kunda har birimizning hayotimiz mazmuniga aylanishi

darkor.

Farzandlarimiz — bizning g‘ururimizdir. Bu har bir inson uchun tushunarli, albatta. Biz



haqiqatan ham o‘z farzandlarimiz va nabiralarimiz bilan faxrlanishni istasak — ular zamonaviy

bilim va tajribaga ega, iymonli-e’tiqodli bo‘lishlariga, Vatanimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan

buyuk ajdodlarimizning ishlarini davom ettirishlariga erishishimiz lozim.

(Viloyatlar, shahar va tumanlarning hokimlari bilan uchrashuvda

so‘zlangan nutqdan, 1998-yil 23-dekabr).

* * *


Sohibqiron Amir Temur bobomiz: “Askarlari baquvvat el qudratli bo‘lur, qudratli elning

askarlari baquvvat bo‘lur”, degan. Shu fikrni davom ettirib, men “Farzandlari sog‘lom yurt

qudratli bo‘ladi, qudratli yurtning farzandlari sog‘lom bo‘ladi”, deb aytmoqchiman.

Menimcha, bu gap, bu shior bugungi hayotimizga, bugungi maqsadlarimizga to‘la mos

keladi.

Takror aytaman, sog‘lom avlodni, sog‘lom naslni birdaniga tarbiyalab bo‘lmaydi, albatta.



Buning uchun keng miqyosdagi ko‘pdan-ko‘p vazifalarni bajarishimiz, uzoqni ko‘zlab ish

tutishimiz kerak. Eng avvalo, har bir odam o‘z sog‘lig‘i haqida qayg‘urishi, har bir oila o‘zidan

sog‘lom nasl, sog‘lom zurriyot qoldirishni o‘ylashi zarur.

(O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan

tantanali marosimda so‘zlangan nutqdan, 1999-yil 7-dekabr).

* * *


...Bugun hech kimga sir emas, erta yoshdan boshlab sport bilan muntazam shug‘ullanadigan

bolalargina jismonan sog‘lom, baquvvat bo‘lib voyaga yetadi. Shu asosda har bir ota-onaning

ezgu orzusi bo‘lmish sog‘lom farzand o‘stirish, aholimiz o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng

qaror toptirish uchun katta imkoniyatlar paydo bo‘ldi.

Aynan yoshlik chog‘idan sport bilan do‘st bo‘lish bolaning o‘z ustida ishlashi, xarakterining

toblanishi, musobaqalarda qatnashish orqali qat’iylik va mardlik xususiyatlarining shakllanishi,

g‘alabaga intilishi, ta’bir joiz bo‘lsa, avvalo, o‘z ustidan g‘alaba qozonishi, bir so‘z bilan aytganda,

mustahkam irodaga ega bo‘lishi uchun puxta zamin yaratadi.

(O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Homiylik kengashining

navbatdagi  yig‘ilishidagi  so‘zdan, 2011-yil 25-fevral).



4

EHNAT


 qilar ekan, inson

o‘z dahosini, bunyodkor-

lik qudratini ro‘yobga

chiqaradi. Inson hayotga nainki

joni, havas, orzu-umidlari, balki

mehnati va u orqali erishgan nati-

jalari bilan bog‘langan.

Bog‘bon ekkan ko‘chati ko‘kar-

ganida, barg chiqarganida, kurtak

yozib, gullaganida, meva tugib,

hosil berganida, dimog‘i chog‘

bo‘ladi. Ota-onaga esa farzandining

dunyoga kelishi, ilk kulgusi, tili

chiqishi, emaklashi, tetapoya

bo‘lishi  va birinchi marta qadam

tashlashi, chopqillab yurib ketishi...

xullas, o‘sib-ulg‘ayib, rivojlanishi-

dagi har bir ijobiy o‘zgarish

quvonch baxsh etadi.

Tirikchilik silsilasi birgina

avlodlarning davom etishidangina

iborat emas. Zero, insoniy umr

ma’nosi avlodlarning ajdodlar

boshlagan, an’anaga aylantirgan

xayrli ishlarini yanada rivojlantirib,

izlarni yangilashlarida ham ko‘ri-

nadi. Mamlakatimizda barcha

sohalarda amalga oshirilayotgan

ishlarda avlodlarning shunday

xayrli faoliyati o‘z samaralarini

bermoqda.

Xalqimiz ulug‘ murod-maqsad-

larni ko‘ngliga jo etib, bir jon-u

bir tan bo‘lib, bunyodkorona

mehnat qilmoqda, mamlakatimiz

erishayotgan yuksak natijalar

asosi, sababchisi esa “o‘zbek

modeli”, uning bitmas-tuganmas

salohiyatidir. Yurtboshimiz ishlab

chiqqan va izchillik bilan hayotga

tatbiq etilayotgan, barcha sohalarda

o‘z qutlug‘ samaralarini berayot-

gan, jahon hamjamiyati tomoni-

dan ham e’tirof etilgan o‘z taraq-

qiyot yo‘limiz  — “o‘zbek modeli”

xalqimizning birdamligini,  jipsli-

gini ta’minlovchi, uni doimiy

ravishda ilhomlantiruvchi buyuk

ma’naviy kuchga ham aylandi.

Zero, Davlatimiz rahbari aytgani-

dek, “ushbu modelning ma’no-

mazmuni — davlat qurilishi va

konstitutsiyaviy tuzumni tubdan

o‘zgartirish va yangilash, iqtiso-

diyotni mafkuradan xoli etish,

uning siyosatdan ustunligini

ta’minlash, davlatning bosh

islohotchi vazifasini bajarishi,

ya’ni islohotlar tashabbuskori

bo‘lishi va ularni muvofiqlashtirib

borishi, qonun ustuvorligini

ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat

yuritish, islohotlarni bosqichma-

bosqich va izchil olib borish

tamoyillariga asoslanadigan

siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy

islohotlarni amalga oshirishdan

iboratdir”.

Mustaqillik davrida ijtimoiy

hayotimizning barcha sohalarida

amalga oshirilgan tub islohotlar

kesimida oladigan bo‘lsak, qilingan

ishlarning ahamiyati yanada yaqqol

ko‘rinadi.

«Mamlakatimizda demokratik

islohotlarni yanada chuqurlash-

tirish va fuqarolik jamiyatini

rivojlantirish konsepsiyasi»dagi

ushbu — hayotimiz haqiqatini

ko‘zgudagidek aniq aks ettiruvchi

fikr-mulohazalarni yana bir marta

eslash o‘rinlidir:

“Haqiqatan ham, qariyb

yigirma yillik mustaqil taraq-

qiyotimiz mobaynida O‘zbekiston-

da yalpi  ichki mahsulotning o‘sishi

3,5 barobarni, aholi jon boshiga

hisoblaganda esa 2,5 barobarni,

aholining real daromadlari 3,8

barobarni tashkil etgani e’tiborga

sazovordir. Ayniqsa, ijtimoiy-

gumanitar sohada erishilgan

marralar — aholini ijtimoiy himoya

qilish uchun yo‘naltirilgan davlat

xarajatlarining 5 barobar ko‘pay-

gani, turmush darajasining sezi-

larli ravishda yaxshilangani va

buning natijasida onalar o‘limi 2

barobardan ko‘proq, bolalar o‘limi

esa 3 barobar kamaygani, odam-

larning o‘rtacha umr ko‘rishi 67

yoshdan 73 yoshga, jumladan,

ayollarning o‘rtacha umr ko‘rishi

75 yoshga yetganini mamnuniyat

bilan ta’kidlasak arziydi... 2008 —

2010-yillarda, ya’ni dunyoning

aksariyat mamlakatlarida iqtisodiy

o‘sish sur’atlari sezilarli ravishda

tushib ketgan, ishlab chiqarish

pasaygan bir vaqtda O‘zbekistonda

yalpi ichki mahsulotning o‘sish

sur’atlari 2008-yilda 9 foizni,

2009-yilda 8,1 foizni tashkil

etgani, 2010-yilda bu ko‘rsatkich

8,5 foizga yetishi kutilayotgani,

kelgusi 2011-yilda esa 8,3 foiz

darajasida bo‘lishi belgilab beri-

layotgani ko‘pgina xalqaro tuzil-

malar, ekspert va mutaxassislarda

katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Dunyoda, ayniqsa, rivojlan-

gan mamlakatlarda davlatning

XALQ  ILHOMI — DARYO,

XALQ  DAHOSI — DENGIZ

M


5

tashqi qarzlari ko‘payib borayot-

gani jiddiy xavotir tug‘dirayotgan

bir paytda O‘zbekistonning tashqi

qarzi yalpi ichki mahsulotning 10

foizidan oshmaydi, davlat budjeti

esa so‘nggi besh yilda profitsit bilan

bajarilmoqda”.

Bu ulug‘vor ishlar xalqimiz-

ning irodasini yorqin ifodalaydi.

Ayni paytda tadrijiy taraqqiyot

yo‘lidan og‘ishmay borayotgani-

miz bir yoki ikki sohada emas,

barcha jabhalarda yuksak natija-

larni baravar ta’minlash imko-

niyatini yaratayotganini teran

anglaymiz.

Misol uchun, quyidagi ish-

larni yana bir bora ko‘z o‘ngimizga

keltiraylik:

Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun,

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi,

Bolalar sportini rivojlantirish

dasturi, Maktab ta’limini rivojlan-

tirish davlat umummilliy dasturi,

Bolalar musiqa va san’at maktab-

larining moddiy-texnik bazasini

mustahkamlash va ularning fao-

liyatini yanada yaxshilash bo‘yicha

2009 — 2014-yillarga mo‘ljallan-

gan davlat dasturi joriy etilar ekan,

shunga muvofiq ravishda shahar

va qishloqlarimizda milliy va jahoniy

me’morchilikning eng yaxshi fazi-

latlarini uyg‘unlashtirgan zamo-

naviy inshootlar — maktablar,

akademik litseylar, kasb-hunar

kollejlari, sport majmualari bino-

lari qad rostlar ekan, bu ezgu

ishlarning samaralari bugungi

yosh avlod vakillarining ta’lim,

sport, ijodiy intilishlardagi ajoyib

natijalarida namoyon bo‘lmoqda.

Maktab o‘quvchilari “Umid

nihollari”, kasb-hunar kollejlari,

akademik litseylar o‘quvchilari

“Barkamol avlod”, talabalar

“Universiada” sport o‘yinlarida

kuch sinashmoqdalar, bu uch

bosqichli sport anjumanlarida

tajriba to‘plagan yoshlarimiz mam-

lakatimiz, qit’a, jahon miqyosida

kechayotgan musobaqalarda yuksak

ko‘rsatkichlarni namoyon qilish-

moqda.

SH

  avlod erishayotgan



natijalarni tasavvurga

uyg‘unlikda keltirish

uchun O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti stipendiyasiga      sazovor

bo‘lgan bakalavriat hamda magistra-

tura bosqichlari talabalari, aspi-

rantlar ilmiy ishlarini, xalqaro

miqyosdagi fan olimpiadalarida

ishtirok etgan o‘quvchilarning

yuqori ko‘rsatkichlarini, Zulfiya

nomidagi Davlat mukofotiga loyiq

ko‘rilgan qizlar, “Nihol” mukofoti

sovrindorlari muvaffaqiyatlarini

eslash mumkin. Mamlakatimiz

yoki jahon miqyosidagi ko‘rik-

tanlovlarda katta yutuqlarni qo‘lga

kiritayotgan yoshlarimizni ham

aytib o‘tishimiz joiz.

Iqtisodiy rivojlanishni ta’-

minlash, xalq farovonligini oshirib

borish bilan birgalikda, xalqning

salomatligini, shuningdek, geno-

fondini mustahkamlash borasida

olib borilayotgan ishlar ham

nihoyatda muhim ahamiyat kasb

etmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbek-

iston Respublikasida tibbiy-

ijtimoiy patronaj tizimini tashkil

etish to‘g‘risida”gi 1996-yil 22-

fevral qarori, “Bolalikdan nogi-

ronlar tug‘ilishining oldini olish

uchun yangi tug‘ilgan chaqaloq-

lar hamda homilador ayollarda

tug‘ma va boshqa patologiyani

barvaqt aniqlash bo‘yicha “Ona va

bola  skriningi” davlat tizimini

tashkil etish to‘g‘risida”gi 1998-

yil 1-aprel qarori, “Ona va bola”

Davlat dasturi to‘g‘risida”gi 2001-

yil 5-fevral qarori, “Oilada tibbiy

madaniyatni oshirish, ayollar sog‘-

ligini mustahkamlash, sog‘lom

avlod tug‘ilishi va uni tarbiyalash-

ning ustuvor yo‘nalishlarini

amalga oshirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi 2002-yil 5-iyul

Qarori, O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining “Bolalikdan nogi-

ronlar tug‘ilishining oldini olish

uchun tug‘ma va irsiy kasalliklarni

barvaqt aniqlash Davlat dasturi

to‘g‘risida”gi 2008-yil 18-iyun

Qarori, O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2009-yil 13-aprel-

dagi “Ona va bola salomatligini

muhofaza qilish, sog‘lom avlodni

shakllantirishga doir qo‘shimcha

Bugun biz demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish,

fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so‘z yuritar ekanmiz,

albatta, axborot erkinligini ta’minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o‘z fikr va

g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga

aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo‘lmasligini o‘zimizga yaxshi tasavvur etamiz.

Ma’lumki, fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlash masalasi

insonning axborot olish, axborotni va o‘z shaxsiy fikrini tarqatish huquqi va erkinligini o‘zida

mujassam etgan bo‘lib, bu O‘zbekistonda demokratik jamiyat asoslarini barpo etishning muhim

sharti, ta’bir joiz bo‘lsa, tamal toshi hisoblanadi.

(«Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish

va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»dan).

YO


6

chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ

— 1096-son Qarorini bajarish

yuzasidan 2009-yil 1-iyul PQ —

1144-sonli “2009 — 2013-yillarda

aholining reproduktiv salomatli-

gini mustahkamlash, sog‘lom bola

tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy

barkamol avlodni voyaga yetkazish

borasidagi ishlarni yanada kuchay-

tirish va samaradorligini oshirish

chora-tadbirlari Dasturi” ijrosi

davomida, bu tarixiy hujjatlarda

ko‘zda tutilgan maqsadlar amalga

oshirilmoqda.

Ushbu ishlar, shubhasiz,

yuqorida keltirilgan — onalar

hamda bolalar o‘limining kamay-

gani, o‘rtacha umr ko‘rish miq-

dori uzaygani bilan bog‘liq tarixiy

ko‘rsatkichlarning hayotiy manba-

laridandir, deb aytishimiz mumkin.

Bunday hayotiy manbalar biri

birini to‘ldiradi, qo‘llab-quvvat-

laydi va shu tarzda muhim, istiq-

boliy ahamiyatga molik natijalar

yuzaga kelishiga ko‘maklashadi.

Z B E K I S T O N

Respublikasi Prezidenti

Islom Karimov raisli-

gida shu yil 25-fevral kuni Oq-

saroyda o‘tkazilgan O‘zbekiston

Bolalar sportini rivojlantirish jam-

g‘armasi Homiylik kengashining

navbatdagi yig‘ilishida ta’kidlan-

ganidek, “Keyingi yillarda mam-

lakatimizda ijtimoiy sohada olib

borilayotgan keng ko‘lamli islo-

hotlar, jumladan, sog‘liqni saq-

lash, ta’lim-tarbiya, sport, onalik

va bolalikni muhofaza qilish,

odamlarimizning hayot darajasi va

sifatini, madaniyatini oshirish,

ijtimoiy muhofazani kuchaytirish

masalasiga ustuvor ahamiyat be-

rilib, kompleks yondashuv natija-

sida aholining, ayniqsa, bolalar-

ning salomatligini mustahkam-

lash bo‘yicha salmoqli natijalarga

erishilmoqda.

Bu haqda ko‘p gapirmasdan,

bir misol keltirish joiz. Tahlillar

shuni ko‘rsatmoqdaki, agar 2005-

yilda yurtimizda mutlaqo sog‘lom

bolalar ko‘rsatkichi 52,7 foizni

tashkil etgan bo‘lsa, 2010-yilda bu

raqam 62,6 foizga yetdi.

Agar dunyoning rivojlangan

davlatlarida bu ko‘rsatkich 70-72

foizni tashkil etishini inobatga

oladigan bo‘lsak, O‘zbekistonda bu

masala bo‘yicha qanday jiddiy

o‘sish sur’atlariga erishilayotgani

yaqqol ayon bo‘ladi.

Shu bilan birga, 2010-yilda

2005-yilga nisbatan o‘quvchilar

o‘rtasida o‘tkir respiratorli virusli

infeksiya bilan kasallanish 12,8,

pnevmoniya bilan kasallanish

15,5, bronxit bilan kasallanish

16,2 va skolioz bilan kasallanish

11,6 foizga kamaydi. So‘nggi besh

yilda sport bilan shug‘ullanadigan

10-14 yoshdagi bolalarning bo‘yi

o‘rtacha 2,3, qiz bolalarning bo‘yi

2 santimetrga o‘sgani, vazni esa

tegishli ravishda 2,6 va 2,9 kilo-

grammga oshganini ham shu

boradagi ijobiy ko‘rsatkichlar

sifatida qayd etish joiz.

Lekin biz bunday natijalar bilan

kifoyalanmasdan, o‘z oldimizga

yanada ulkan maqsadlar qo‘yishi-

miz, ya’ni taraqqiy topgan dav-

latlar darajasiga yetish bo‘yicha

muntazam ish olib borishimiz

zarur”.

Haqqast rost, erishilgan muvaf-



faqiyatlar bilan kifoyalanmaslik,

tobora olg‘a va navbatdagi dovon-

larga intilish va ko‘zlangan marra-

larni zabt etish, o‘z yo‘lidan og‘ish-

may olg‘a borishda davom etish

xalqimizga xos azaliy fazilatdir.

Shu ma’noda, demokratik

islohotlarni yanada chuqurlash-

tirish va fuqarolik jamiyatini

rivojlantirish Konsepsiyasi mam-

lakatimiz tarixida yangi yuksalish

bosqichi boshlanganidan shohidlik

bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti Islom Karimov ushbu

Konsepsiyada  “mustaqillik yilla-

rida bosib o‘tgan yo‘limiz va

to‘plagan tajribamizni xolisona

baholash, qo‘lga kiritgan yuksak

marralarimizni tahlil etish mam-

lakatimizni tadrijiy va bosqichma-

bosqich rivojlantirish bo‘yicha biz

tanlagan modelning naqadar

to‘g‘ri ekanini va shu yo‘ldan bun-

dan buyon ham og‘ishmay qat’i-

yat bilan borishimiz zarurligini

yaqqol ko‘rsatmoqda”, — deya

ta’kidlab, I.  Davlat hokimiyati va

boshqaruvini demokratlashtirish,

II.  Sud-huquq tizimini isloh etish,

III. Axborot sohasini isloh qilish,

axborot va so‘z erkinligini ta’-

minlash, IV. O‘zbekistonda saylov

huquqi erkinligini ta’minlash va

saylov qonunchiligini rivojlanti-

rish,  V. Fuqarolik jamiyati institut-

larini shakllantirish va rivojlan-

tirish, VI. Demokratik bozor islo-

hotlarini va iqtisodiyotni liberal-

lashtirishni yanada chuqurlash-

tirish yo‘nalishlarini demokratik



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling