Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti


Download 465.06 Kb.
bet2/7
Sana08.07.2018
Hajmi465.06 Kb.
1   2   3   4   5   6   7

o‘zgarishlarni yanada chuqurlash-

tirishning eng muhim ustuvor

vazifalari sifatida belgiladi.

Bu ustuvor yo‘nalishlar

O‘zbekistonni isloh etish va

modernizatsiya qilish borasida 20

yil oldin boshlangan jarayonni

davom ettirishning uzoq muddatli

aniq harakat dasturiga aylanib,

amalga oshirish uchun asos bo‘lib,

xalqimizning ilhomi va dahosi

tobora to‘liqroq ro‘yobga chiqishiga

xizmat etmoqda.

Insonning bu hayotdan o‘z

o‘rnini topishi, quvonch-u baxt

bilan yashashi ezgu orzu-umidlari

ro‘yobini ko‘rishida, munosib voris-

lari yetishganiga ishonch hosil qilib,

shukronalar aytishida namoyon

bo‘ladi. Yurt tinchligi, Vatan rav-

naqi, turmush farovonligi fuqaro-

larning ana shu ibratli hayotiga

zamin, bunyodkorlik bilan kecha-

yotgan umriga asosdir. Oqayotgan

vaqtning jilovini tutib, ezgu quvvat-

ning jo‘shishi xalq ilhomini daryoga,

dahosini dengizga aylantiradi.

Ali SHERQUL

O‘


7

ZBEKISTON

 Respub-

likasi davlat mustaqilli-

gining yigirma yilligini

nishonlashga katta tayyorgarlik

ishlari amalga oshirilmoqda. O‘tgan

20 yil tom ma’noda Vatanimiz

tarixiy taqdirida olamshumul

voqealarga boy bo‘ldi. “Tarixan qisqa

bir davrda, — deyiladi  Yurtboshi-

mizning “O‘zbekiston Respubli-

kasi davlat mustaqilligining yigirma

yilligini nishonlashga tayyorgarlik

ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”

gi (2011-yil 6-aprel) Qarorida, —

avvalo, el-yurtimizning xohish-

irodasi, kuch-qudrati, mashaq-

qatli va bunyodkorona mehnati

evaziga jahon xaritasida yangi, o‘z

kuchi va salohiyatiga tayangan,

bugun taraqqiyot yo‘lidan bar-

qaror sur’atlar bilan rivojlanib

borayotgan mustaqil, suveren

O‘zbekiston davlatining paydo

bo‘lishi, hech shubhasiz, xalqi-

mizning tarixiy g‘alabasidir”.

1

Puxta, ilmiy jihatdan mukam-



mal ishlab chiqilgan va izchillik

bilan joriy etilayotgan iqtisodiy

islohotlar, rivojlanishning alla-

qachon jahon e’tirof etgan “o‘zbek

modeli”, aholini ijtimoiy himoya-

lash sohasidagi yutuqlar, inson

manfaatlarining oliy qadriyat

darajasiga ko‘tarilishi — bularning

bari milliy taraqqiyotimizning

muhim jihatlaridir.

Mamlakatimizda keng ko‘-

lamda olib borilgan islohotlardan

ko‘zlangan yagona maqsad —

Inson, uning manfaatlaridir.

Mazkur maqsadga erishishning

yagona yo‘li esa sog‘lom avlodni

shakllantirishdir. Sog‘lom avlod

aslida jismonan sog‘, ma’nan

barkamol, turli zararli illatlardan

xoli, sog‘lom fikrli, o‘zini-o‘zi

takomillashtirishni ongli ravishda

anglagan avlod hisoblanadi.

Shuningdek, sog‘lom avlod —

sog‘lom naslli, jismonan baquv-

vat, ruhi tetik, iymon-e’tiqodli,

madaniyatli — ma’rifatli, Vatan

va millat manfaatini hamma narsa-

dan yuqori  qo‘yuvchi insondir.

Sog‘lom avlodning shaklla-

nishi juda ko‘p omillarga bog‘liq.

Ammo ularning ichida masalaning

ma’naviy jihati alohida ahamiyat

kasb etadi. Insonning ma’naviy

olami, ma’naviy  ko‘mak uchun

intilish, o‘zining “Men”ini topish-

ga qilingan harakat, o‘z shaxsiy

illat va qusurlarini ongli anglash va

ularni bartaraf etishga bo‘lgan har

qanday sa’y-harakat sog‘lom avlod

shakllanishining ma’naviy jihatini

tashkil etadi. Bu haqida O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti Islom

Karimov shunday deydi:

“Inson ma’naviy olamining

yuksalishi bilan bog‘liq turli

holatlar haqida ko‘p gapirish

mumkin. Lekin, muxtasar qilib

aytganda, Ollohning o‘zi bizga

buyurgan komil inson bo‘lish,

halollik va adolat bilan hayot

kechirish kabi olijanob fazilatlar-

ning ma’no-mazmunini nafaqat

chuqur anglash, balki ana shun-

day xususiyatlarga ega bo‘lish, ularga

amal qilib yashash — odamzot-

ning ma’naviy boyligini belgilab

beradigan asosiy mezon, desak,

hech qanday xato bo‘lmaydi.

O‘ylaymanki, bunday xulosani

insoniyat o‘z ongli hayoti davo-

mida doimo orzu qilib, intilib

kelgan yuksak ma’naviy idealning

falsafiy ifodasi, mantiqiy natijasi

sifatida qabul qilish o‘rinlidir”.

2

Yuqoridagi fikrlardan shunday



xulosa qilish mumkinki, hozirgi

zamon sharoitida komil inson bo‘-

lish barchamizning eng olijanob,

ezgu niyatimizdir. Barkamol avlod,

komil inson qaysi sifatlarga ega

bo‘lishi lozimligini juda yaxshi

bilamiz. Ammo gap uni faqatgina

bilishdagina emas, aksincha, unga

amal qilishdadir. Mustaqillik

yillarida bu borada ko‘plab ijobiy

ishlar amalga oshirildi. Birgina

ma’naviyat-ma’rifatning davlat

siyosatining ustuvor yo‘nalishla-

ridan biri sifatida e’tirof etilishining

o‘zi O‘zbekistonda insonparvar

jamiyat barpo etish davlatimizning

bosh maqsadi ekanligidan dalo-

latdir.


Mustaqillik yillarida ma’naviyat

sohasidagi evrilishlar aslida inson-

ning o‘zligiga qaytishi, ming yillar

mobaynida shakllangan milliy-

madaniy qadriyatlarni tiklashdir.

Shu bilan birga, ma’naviyatdagi

evrilish — inson tafakkurini isloh

qilish, jahon va milliy madaniyat

uyg‘unligi asnosida milliy va shaxsiy

manfaatlar mutanosibligiga eri-

shishdir. So‘nggi 20 yil ichida inson

tafakkuri, ayniqsa, yoshlar ongida

MADANIYATDAGI EVRILISHLAR

YOXUD  SOG‘LOM  AVLOD  SHAKLLANISHIDA

MA’NAVIY  OMILLARNING  O‘RNI

O‘

1



 “Xalq so‘zi”, 2011-yil, 7-aprel.

2

 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat



— yengilmas kuch. – Toshkent,

“Ma’naviyat”, 2008. -25-bet.



8

ro‘y bergan sifat o‘zgarishlari

to‘g‘risida alohida gapirish lozim.

Gap shundaki, hozirgi yosh-

lar bundan 15—20 yil avvalgi

yoshlardan o‘z tafakkur tarzi,

ma’naviy olami nuqtai nazaridan

farq qiladi. Avvalgi yoshlardagi

befarqlik, “yuqori” ning hukmiga

ko‘r-ko‘rona bo‘ysunish, bo‘lar-

bo‘lmasga itoatgo‘ylik, shijoat va

tashabbusning yetishmasligi kabi

salbiy sifatlar o‘rniga bugungi

avlodda qat’iyatlilik, o‘z maqsadiga

erishish yo‘lida shiddat bilan hara-

kat qilish, yangilik sari intilish,

o‘zining haq-huquqlarini talab

qilish, ayni paytda o‘z burch-

mas’uliyatini ongli ravishda anglab

yetishdek juda zarur xususiyatlar

ko‘zga yaqqol tashlanmoqda. Bu-

lardan tashqari, fikrimizcha, ho-

zirgi yoshlarimiz ma’naviy olami-

dagi muhim jihat ularning tevarak-

atrofda ro‘y berayotgan voqea

hodisalarni ijtimoiy ekspertizadan

o‘tkazishga intilishidir.

Bu holat hozirgi yoshlar ma’-

naviy olamida itoatgo‘ylik,

befarqlik, loqaydlik kabi salbiy

holatlarning yo‘qolib borayotgan-

ligidan darak beradi. Ayni paytda

ular O‘zbekistonning kelajagini

o‘z kelajagi bilan uyg‘un holatda

tasavvur etmoqda. Bu esa, shub-

hasiz, yoshlarda millat va Vatan

taqdiri o‘zlarining qo‘lida ekanli-

gini tobora ko‘proq eslatib turadi.

OG‘LOM

 avlod tarbiyasi,



shubhasiz, ma’naviy omil-

larsiz amalga oshishi mum-

kin emas. Ayni paytda, ma’naviy tar-

biya qalbni tarbiyalashdan boshla-

nadi. Shuni unutmaslik muhimki,

qalb, eng avvalo, ko‘ngil, ruhiyat,

kayfiyat, tafakkurga bog‘lab ishla-

tiladigan va inson ruhiy holatini

ifodalaydigan ma’naviy tushun-

chadir. Shuning uchun insonning

insonligi uning qalbida aks etadi.

Qalbi toza inson o‘z turishturmu-

shi, kishilar bilan bo‘ladigan muno-

sabatlarida ularga ezgulik, yaxshi-

lik tilaydigan, ijobiy sifatlarga ustuvor

ahamiyat beradigan shaxsdir.

“Islom ensiklopediyasi”da

qalb, yurak, dil ilohiyat va tasav-

vur tushunchasi sifatida talqin

etiladi. Qur’oni karimda qalb so‘zi

133 marta uchraydi. Qalb inson-

ning diniy harakatlarni anglab

oladigan, imon va taqvodorlik

xislatlari jo bo‘lgan a’zosi sifatida

tavsiflanadi. Tustariy, Balxiy,

Nuriy, Termiziy, G‘azzoliy kabi

allomalar fikricha, qalb inson

ichidagi ilohiy sir bo‘lib, shu

tufayli inson hatto farishtalardan

ham yuqori turadi. Qalb inson

xatti-harakatlarini aks ettiruvchi

ko‘zgu bo‘lib, savob amallar uni

nurga to‘ldiradi, yomon amallar

esa, aksincha, xiralashtiradi,

3

deyiladi.



Zero, ma’naviy-ma’rifiy soha-

da olib borilayotgan ishlardan ko‘z-

langan eng muhim maqsad ham

Shaxs Qalbini poklash ekani tabiiy-

dir. Shuning uchun ham Yurtbo-

shimiz ma’naviyatning o‘q tomi-

rini inson qalbida ko‘rdi. Qolaversa,

sog‘lom avlod, eng avvalo, qalbi

sog‘lom shaxsdir. “Yuksak ma’-

naviyat — yengilmas kuch” asari-

da inson qalbiga yo‘l topishdan ham

murakkabroq vazifa yo‘qligi ta’-

kidlangani bejiz emas: “Ma’naviyat

haqida har qancha da’vatlar,

muhim nazariy fikrlar bildiril-

masin, agar ularni jamiyat ongiga

singdirish uchun doimiy ish olib

bormasak, bu boradagi fao-

liyatimizni har tomonlama puxta

o‘ylangan tizimli ravishda tashkil

etmasak, tabiiyki, biz ko‘zlangan

maqsadga erisholmaymiz, ya’ni,

inson qalbiga yo‘l topolmaymiz”.

4

Yuqoridagi fikrlardan shunday



xulosa chiqarish mumkinki, ma-

daniyat sohasidagi evrilishlar,

ma’naviyat-ma’rifat yo‘lida olib

borilayotgan sa’y-harakatlar,

targ‘ibot-tashviqotdan ko‘zlangan

yagona maqsad — insonning qalbi-

ga yo‘l topishdir, inson qalbini

obod qilish, uni nurga to‘ldirishdir.

Shu o‘rinda mustaqillik yilla-

rida talay ijobiy ishlar amalga

oshirildi. Jamiyatda amalga oshiri-

layotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar

samaradorligini oshirish, inson

qalbini poklashga safarbar etilgan

muayyan tizim shakllandi. Bu

tizimda ta’lim-tarbiya, matbuot,

televideniya va boshqa ommaviy

axborot vositalari, teatr, kino,

adabiyot, musiqa, rassomlik va

haykaltaroshlik san’ati alohida o‘rin

egallamoqda. Bular, eng avvalo,

inson qalbini poklantirishga, uning

ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga,

pirovard natijada ham qalban,

ham jismonan sog‘lom avlodni

tarbiyalashga yo‘naltirilgan.

Albatta, alohida ta’kidlash lo-

zimki, mustaqillik yillarida mada-

niyat, ma’naviyat-ma’rifatning ijti-

moiy vazifalari o‘zgardi. Agar sobiq

sovet tizimi davrida madaniyatning

vazifasi insonni g‘ayriinsoniy

aqidalar, mavhum tushunchalar

ruhida “tarbiyalash” deb hisob-

langan bo‘lsa, endilikda u jamiyat-

ning ishlab chiqarish, ijtimoiy-

madaniy hayotida qo‘lga kiritilgan

yutuqlarini, shaxsning o‘qimishli-

lik, ta’lim-tarbiya ko‘rganlik, ziyoli-

lik, ma’rifatparvarlik kabi sifatla-

rini ifodalovchi tushunchaga

aylandi.


Shuning uchun ham Yurt-

boshimiz millat va mamlakat kela-

jagini madaniyatda, ma’naviy-

ma’rifiy omillarda ko‘rmoqda.

Ma’naviy-ma’rifiy islohotlar o‘tka-

zilishidan ko‘zlangan maqsad esa,

donishmandlarimiz ta’kidlagani

kabi, yaxshi odamni go‘zal xulqli,

qalbi toza, aqli raso Insonga,

yomon odamni esa yaxshi odamga

aylantirishdir. Barcha davrlarda

mutafakkirlar ushbu masalaga

alohida e’tibor berishgan. Masalan,

Abulqosim Firdavsiy shunday

deydi: “Odamda eng avval inson

aqli yaralgan. Aql qalb posbonidir.

Aql yana uch qo‘riqchi: til, ko‘z,

Islom ensiklopediyasi. —Toshkent,



2004.  -290-bet.

4

 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat



— yengilmas kuch. — Toshkent,

“Ma’naviyat”, 2008.-129-bet.

S


9

quloqning ustidan ham posbonlik

qiluvchidir. Zero, ezgulik va yovuzlik

aynan ana shu uch a’zo orqali

qalbga kirib boradi”.

5

Mazkur iqtibosdan shunday



xulosaga kelish mumkinki, inson-

ning insonligi, yuqorida ta’kid-

laganimiz kabi, uning qalbida. Aql

esa ushbu qalbning posbonidir.

Shuning uchun ham sharq falsa-

fasida, xususan, Alisher Navoiy

she’riyatida inson qalbi Olloh ilmi

va ishqining xazinasi, deyiladi. Shu

ma’noda xalqimizning ming

yilliklar  tarixida shaxs rivoji uning

qalb holati bilan baholangan.

Aslida, qalb inson tarbiyasi-

ning qay darajada mavjudligini

belgilovchi omildir. Qalb masalasiga

ustuvor ahamiyat berilishi, aslida,

xalqimizning milliy xarakteri bilan

bog‘liqdir. Mustaqillik yillarida

insonni boshqaruvchi sifatida qalb,

ko‘ngilga e’tibor tobora ortib bora-

yotganligining boisi ham shunda.

Ayni paytda, mamlakatimizda

bozor munosabatlari sharoitida

yana ikki muhim masalaga e’tibor

qaratilmoqda. Gap shundaki,

bozor munosabatlari, shubhasiz,

ayrim qadriyatlarni mazmun

jihatidan o‘zgartirmoqda, yangila-

moqda. Bu esa tarbiya tizimi,

xususan, axloq masalalariga e’ti-

borni kuchaytirishni talab etmoq-

da. Shu bilan birga, bozor sharoiti

mulohazakorlikni ham taqozo

qilmoqda.

Tarbiya o‘zida juda ko‘p

omillarni aks ettirsa-da, ammo

axloq va tejamkorlik, mulohaza-

korlikning ahamiyati ortib bora-

veradi. Fransuz faylasufi Shamfar

Nikola Sebastian Rok (1741 —

1794) bu haqda shunday deydi:

“Tarbiya ikki narsaga: axloqqa va

mulohazakorlikka tayanmog‘i

kerak. Axloq ezgulikka tirgak bo‘lsa,

mulohazakorlik yomonlikdan

asraydi. Agar siz faqat axloqqa

suyansangiz, anqov va jafokash-

larni, faqat mulohazakorlikka tayan-

sangiz, o‘ziga pishiq xudbinlarni

tarbiyalab yetishtirasiz”.

6

Darhaqiqat, shunday. Mada-



niyat mazmun-mohiyatan inson-

ning o‘zligini ongli ravishda ang-

lashga yordam beruvchi fenomen

— noyob hodisadir. Ushbu hodisa

markazida esa inson, uning qalbi,

aqli, axloqi turadi. Ularning uyg‘un-

lashuvi esa, shubhasiz, ma’nan

sog‘lom avlod shakllanishiga

yordam beradi.

Abduxalil MAVRULOV,

tarix fanlari doktori, professor

5

 96 mumtoz faylasuf. — Toshkent.,



2009. - 190- bet.

6

 96 mumtoz faylasuf. — Toshkent.,



2009. - 332- bet.

2 «Sog‘lom avlod uchun», 2011-yil, 6-son.

1-IYUN — XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI

Vladimir GRANKIN suvratga tushirdi.

BARKAMOL  AVLOD — MAMLAKAT  KELAJAGI

Unib-o‘sing, kamol toping, baxtli bo‘ling!



10

I Z H O R

Birovlardan kam qilmasa — kam bo‘lmasam,

Avaylasa, ardoqlasa — adl o‘ssam.

Har mushkulni oson qilsa, yo‘lim to‘sgan —

Kimlardandir kam bo‘lishga haqqim bormi?

Subhidamda ismim aytsa shamollari,

Oqshomlari alla aytsa momolari

Kamolimda bo‘lsa mudom xayollari

Kimlardandir kam bo‘lishga haqqim bormi?

Suv so‘rasam, qo‘llarimga tutsa sharbat,

Yo‘latmasa yuragimga ranj-u kulfat,

Bor-yo‘g‘i: «Kam bo‘lma», — deya so‘rsa faqat

Kimlardandir kam bo‘lishga haqqim bormi?

O‘saversa ko‘kka qarab teraklari,

Men intilsam yaqin kelsa falaklari,

Bolam, deya titrab tursa yuraklari

Kimlardandir kam bo‘lishga haqqim bormi?

Osmon qadar baland mening qadrim bugun,

Vatanim — bor, ko‘ksim — baland, ko‘nglim — butun,

Yurtim uchun dunyolardan baxtim ustun

Kimlardandir kam bo‘lishga haqqim bormi?

Yaproqlari yuragimga o‘xshab ketsa,

Bahorlari men uchun gul to‘shab ketsa,

Qo‘l uzatsam qo‘llarim har nega yetsa,

Kimlardandir kam bo‘lishga haqqim bormi?

Bolam, desa, sochlarimni silab tursa,

Yiqilma, deb yelkasini tirab tursa,

Kam qilmay, deb ko‘zlarimga qarab tursa

Kimlardandir kam bo‘lishga haqqim bormi?

Tilagimni berib tursa, dil sinmasa,

Bolam, desa, bolam deya hech tinmasa.

Axir meni hech kimdan hech kam qilmasa

Kimlardandir kam bo‘lishga haqqim bormi!

SOG‘INDIM, ERKAM

Qo‘llarimdan yetaklab xayol

Olib borar qoshingga har zum.

Javobi yo‘q hisobsiz savol

To tonggacha aylaydi zug‘um.

Ko‘z oldimdan o‘tar birma-bir

Sen-la kechgan shirin lahzalar.

Nega judo ayladi taqdir,

Nega sensiz qiyin bu qadar?

“Nega sensiz yashamoq mushkul?

Sensiz nega yashamoq kerak?”

Qismatga bosh egmoqlik tugul

O‘zimga ham bo‘ysunmas yurak.

Goho sog‘inch zabtiga olib

Yondiradi kuygan jonimni.

Ko‘zlarimning yoshiga qonib,

Ayttiradi tinmay nomingni.

O‘zi suygan ko‘ngilni so‘rab

Ko‘ngil meni qiladi ado.

Ikki yurak sig‘madi, demak,

Ko‘ksimizdan tor ekan dunyo.

Seni qo‘msab, o‘zidan kechib

Xayollarim tinim bilmaydi.

Ko‘kragimga yuzini bosib

Yuragim ham har kech yig‘laydi.

Qiynaydimi seni ham shu dard,

Ketadimi joning o‘rtanib?..

Yashiryapsan nega yolg‘on baxt

Yolg‘ondakam baxtga o‘ranib?

Qo‘y, ko‘zingni olib qochmagin

To‘yib olay nigohlaringga.

Yondirsa-da vasling otashi

Chidolmayman firoqlaringga.

Yana bir bor sevishingni ayt,

Yana bir bor erkalab chaqir!

Kel, izingdan yetib kelsin baxt

Va taqdirga tan bersin taqdir.

  

VATANIM — BOR,



VATANIM — BOR,

VATANIM — BOR,

VATANIM — BOR,

VATANIM — BOR,

     

     


     

     


      KO‘KSIM — BALAND,

KO‘KSIM — BALAND,

KO‘KSIM — BALAND,

KO‘KSIM — BALAND,

KO‘KSIM — BALAND,

        


        

        


        

              

     

     


     

      KO‘NGLIM — BUTUN

KO‘NGLIM — BUTUN

KO‘NGLIM — BUTUN

KO‘NGLIM — BUTUN

KO‘NGLIM — BUTUN



11

Seni qo‘msab o‘rtanyapti jon —

Yuragimni bukib qo‘ydi g‘am.

Erkam, seni sog‘indim yomon,

Seni yomon sog‘indim, erkam...

BIR  KULIB  QO‘Y

O‘z qa’riga tun botib ketsin,

Tong uyg‘onsin, tong otib ketsin,

G‘am-qayg‘ular, kel, o‘tib ketsin

Bir kulib qo‘y.

Sen kul, quyosh qamashib ketsin,

Anduh yo‘ldan adashib ketsin,

Kel, dunyoga yarashib ketsin

Bir kulib qo‘y.

Kun yuzini yopsin uyalib,

Shafaq ketsin battar qizarib,

Men shodlanay g‘amlarim arib

Bir kulib qo‘y.

Mo‘ralaydi ohista hilol —

Oy yuzini ko‘rsatdi xiyol.

Xo‘mraymasdan sen ham kula qol

Bir kulib qo‘y.

Mayli, yulduz jivirlamasin,

Ertak so‘zlab shivirlamasin

Kelgin meni ko‘p  qiynamagin

Bir kulib qo‘y.

Qayg‘ularga esh bo‘ldi yurak,

Qanoti yo‘q qush bo‘ldi yurak

Parvoz uchun kulguing kerak

Bir kulib qo‘y.

Ko‘z yoshingni, kel, artib qo‘yay,

Sen kulib tur, men umring tilay,

Boshqa g‘amga mayliga chiday

Bir kulib qo‘y.

Qayg‘u nima aslo bilmagin,

Faqatgina sen yig‘lamagin,

Yuragim ham biroz tin olsin

Bir kulib qo‘y.

Shudringlarga aylansin yoshing,

Kelmas yo‘lga boylansin yoshing,

Tugamasdan so‘nggi bardoshim

Bir kulib qo‘y.

Bobotog‘ning yuzi yuvildi.

Qara, hatto yomg‘irlar tindi.

Meni ortiq qiynama endi

Bir kulib qo‘y,

Kel, kulib qo‘y.

OLMA  GULLAMADI

Nastarinlar g‘uncha tugdi subhidamda,

Nomozshomgul ko‘zin ochdi nomozshomda.

Butun borliq gul atriga cho‘mgan onda

Olma gullamadi.

Qizg‘aldoqlar shudringlarga yuvdi yuzin,

Lolalar ham ko‘z-ko‘z qildi tongda o‘zin,

Atirgullar tikonidan oldi husn,

Olma gullamadi.

Men bahorni kutgan edim zor entikib,

Bechora dil ketgan edi ko‘p intiqib.

Yo‘llariga ko‘zlarimni mushtoq etib

Olma gullamadi.

Gullayverdi bo‘y taratib turfa chechak,

Bargin o‘pib shabnam ishqqa bo‘ldi ertak.

Gul atriga to‘ymay qoldi bitta yurak:

Olma gullamadi.

BU  YURTNING

Qudratiga tan bergandir butun jahon,

Yuraklarda yashayotgan nomi hamon,

Parvonadek atrofida bo‘lur giryon

Temurbekdek fidolari bor bu yurtning.

Farzand uchun kerak bo‘lsa jonin bergan,

O‘g‘lim, debon faxirlanib ko‘krak kergan,

Ulug‘bekka motam tutib qora kiygan

Yulduz to‘la samolari bor bu yurtning.

Vatan hajri, hijronida qonlar yutgan,

Vaslin istab necha tunlar bedor o‘tgan,

“Andijonim”, deya yonib she’rlar bitgan

Boburshohdek adolari bor bu yurtning.

“Munojot”ni tingla, ko‘ngil, na’ra tortgin,

Faryod urgin, hattoki lol qolsin Majnun.

...Ko‘z yoshlaring artib endi bir zum ol tin

Jonni o‘rtar navolari bor bu yurtning.

Subhidamda ruhingizga mador bo‘lar,

Qo‘shiq bo‘lar, shodlik to‘la alyor bo‘lar,

Tamom bo‘lmay she’ringizga asta bo‘ylar

Ajib mayin sabolari bor bu yurtning.

Maqsadxon  HAKIMOVA



12

OZIRGI


 kunda o‘smirlik

davrida xavotirlanish

holati va uni bartaraf etish

dolzarb muammolardan biri sifatida

talqin qilinar ekan, ularni  kor-

reksiya qilishda bu holatning yuzaga

kelishiga sabab bo‘luvchi psixologik

omillar hisobga olingan holatda

yondoshiladi.

Emotsional buzilishlarni kor-

reksiya qilishda, ilmiy adabiyotlarda

ko‘rsatilganidek, psixoanaliz,

kognitiv terapiya va boshqa psixo-

terapevtik usullardan foydalanish

mumkin. Quyida biz ularga qisqacha

ta’rif berib o‘tamiz.

1. Shaxsga yo‘naltirilgan tera-

piya. 1951-yilda K.Rodjers o‘zining

shaxs va xulq-atvor nazariyasini

“Mijozga yo‘naltirilgan terapiya”

kitobiga kiritadi. Ushbu nazariyaga

ko‘ra, xavotirlanish — bu, orga-

nizmning idrok oldi vaziyatga

noqulaylik va qo‘zg‘alish ko‘ri-

nishidagi reaksiyasidir. Xavotir-

lanish holatida idrok va tushunishda

Men-konsepsiyasi yoki malaka

o‘rtasida nomuvofiqlik yoki

nokongruentlikning vujudga kelishi

kuzatiladi. Natijada Men-kon-

sepsiyasining ayni holatida yetakchi

bo‘lgan o‘zgarishlar vujudga keladi.

Ushbu nazariyaga ko‘ra, inson

o‘zini tushunishi va o‘zgartirishi

uchun cheksiz katta imkoniyatlarga

ega. Biroq bu imkoniyatlarni kashf



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling