Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti


Download 494.7 Kb.

bet1/7
Sana27.04.2017
Hajmi494.7 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7

Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal

Barkamol avlod — Vatanning baxti

BU SONDA:

10 ( 186)- son

2 0 1 1 - y i l ,

o k t a b r

Muqovamizda:

B i r i n c h i   b e t :

Muassislar:

  O‘zbekiston Respublikasi

  Xalq ta’limi vazirligi

«Sog‘lom avlod uchun»

Xalqaro xayriya jamg‘armasi

«Sog‘lom avlod uchun» jurnali

O‘zbekiston  Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining

1995-yil 13-aprel 127-sonli

qaroriga asosan

«Maktabgacha tarbiya» jurnali

negizida tashkil etilgan.

1996-yil yanvardan

chiqa boshlagan.

©

 

«Sog‘lom avlod uchun»



«Futbolimiz kelajagi»  muso-

baqalarida 15 - 16 yoshlilar

o‘rtasida  Surxondaryo viloyati,

Qumqo‘rg‘on tumani, «Do‘stlik»

mahallasi jamoasi  kubok sohibi

bo‘ldi.


(Ushbu jurnalimiz 32-betidagi

maqolaga qarang).

 

Muhammad AMIN



 suvratga tushirdi.

T o‘r t i n c h i   b e t :

Manzara.

 

Mashrabjon  NURINBOYEV



 suvratga tushirdi.

Mustaqillik ufqlari

O‘zbekiston bolalar salomatligini mustahkamlash borasida

katta  g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgan eng ilg‘or yetakchi

o‘n mamlakat safidan joy oldi

                                                      2

Ko‘ngil ko‘zgusi

Tarbiya — bir umrlik jarayon

                                                    4

2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili

«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

majlisi to‘g‘risida axborot»dan

                                                   9

Xizr suvi

Tabiat — tarbiya maskani

                                                      10

Huquqiy ma’rifat

Insonning asosiy, buzilmas huquqlariga mos ravishda

                          12

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni

2011-yilning eng yaxshi fan o‘qituvchilari

                                     16

Karvon qo‘ng‘irog‘i

Serjantlar — armiyamiz suyanchi va tayanchi

                                18

Jamg‘arma faoliyati

«Salomatlik» poyezdi yoki savob karvoni

                                     21

Xizr suvi

Dolzarb jumboqlar

                                                              22

Ibn Sino darsxonasi

Mashq qiling, ko‘rishni yaxshilang

                                             24

Mushoira

To‘rtliklar

                                                                         27

Vatannoma

Zamirida tarixiy tadrij namoyon...

                                             28

Qaldirg‘och keldi

Sog‘lom avlod — ma’naviyat yog‘dusi

                                        30

Alpomish avlodlari

Mahalla — bo‘lajak chempionlar maskani

                                    32



2

O‘zbekiston “Save the

children” (“Bolalarni asraylik”)

xalqaro tashkiloti tomonidan

tuzilgan jahon reytingida bolalar

salomatligini mustahkamlash

borasida katta g‘amxo‘rlik ko‘r-

satilayotgan eng ilg‘or yetakchi

o‘n mamlakat qatoriga kiritildi.

Bu boradagi indeks 10 ming

aholiga xizmat ko‘rsatayotgan

tibbiyot xodimlari soni, mamla-

katning barcha hududlarida

tibbiy xizmatlardan foydalanish

imkoniyatlari va ularning sama-

radorlik darajasi kabi qator

muhim ko‘rsatkichlarga asos-

langan. Shuningdek, bolalarning

muntazam emlashga qamrab

olinish darajasi, ayollarga tug‘ish

paytida sifatli tez tibbiy yordam

ko‘rsatish imkoniyatlari kabi

omillar ham e’tiborga olingan.

Mamlakatimiz ushbu barcha

ko‘rsatkichlar bo‘yicha reytingda

to‘qqizinchi o‘rinni egalladi va

Germaniya, Fransiya, Buyuk

Britaniya, AQSH singari dun-

yoning ko‘plab eng rivojlangan

davlatlarini ham ortda qoldirdi.

Bularning barchasi O‘zbek-

istonda istiqlolning dastlabki

kunlaridan amalga oshirib keli-

nayotgan va sog‘lom, barkamol

avlodni tarbiyalash borasida

g‘amxo‘rlik ko‘rsatish eng muhim

ustuvor vazifalardan biri sifatida

belgilangan davlat siyosati

nechog‘li yuksak samaralar

berayotganining yana bir tasdi-

g‘idir. Mamlakatimizda bolalar

sog‘lom tug‘ilishi va ulg‘ayishi

uchun barcha zarur shart-

sharoitlarni yaratish borasida

amalga oshirilayotgan ulkan

ishlar o‘zining salmoqli natijala-

rini bermoqda.

— Prezidentimiz Islom

Karimov tashabbusi bilan sog‘-

liqni saqlash tizimida, jumladan,

onalik va bolalikni muhofaza

qilish  borasida tub islohotlar

amalga oshirilib, qator davlat

dasturlari hayotga tatbiq etil-

moqda, — deydi O‘zbekiston

Respublikasi  Sog‘liqni saqlash

vazirligining onalik va bolalikni

muhofaza qilish bosh boshqar-

masi boshlig‘i Dilorom Ahme-

dova. — Mamlakatimizda amalga

oshirilayotgan “Sog‘lom ona —

sog‘lom bola” dasturi umummilliy

harakatga aylandi. Uning ijrosini

ta’minlash maqsadida hududlarda

zamonaviy tibbiyot muassasalari

tarmog‘i, shu jumladan,

respublika ixtisoslashtirilgan

pediatriya, akusherlik va

ginekologiya ilmiy-amaliy

markazlari, perinatal va skrining

markazlar, tug‘uruqxona

majmualari, hududiy ko‘p

tarmoqli bolalar tibbiyot

markazlari, qariyb 3200 qishloq

vrachlik punktlari tashkil etildi.

Ayrim davlatlarda, hatto

rivojlangan mamlakatlarda ham

sog‘liqni saqlash tizimi

muassasalari, asosan, shaharlarda

joylashganligi tufayli qishloq aholisi

tibbiy xizmatlardan foydalanishda

qiyinchiliklarga duch keladi. Shu

bois alohida ta’kidlash kerakki,

O‘zbekistonning barcha tuman

tibbiyot birlashmalaridagi

zamonaviy asbob-uskunalar bilan

jihozlangan tug‘uruqxona

bo‘limlarida tug‘adigan ayollar va

chaqaloqlarga, eng chekka

aholi  punktlarida yashovchi

homilador ayollar hamda bola-

larga ham sog‘liqni saqlash

tizimining barcha darajasida

malakali tibbiy yordam ko‘rsa-

tilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, mamlaka-

timizda aholining reproduktiv

salomatligini muhofaza qilish,

homilador ayollarni tarkibida

salomatlik uchun zarur mikro-

nutriyentlar mavjud maxsus

polivitaminlar bilan ta’minlash

orqali ularning salomatligini

mustahkamlash bo‘yicha amalga

oshirilayotgan profilaktika chora-

tadbirlari jahonning hech bir

mamlakatida uchramaydi. Davla-

timiz tomonidan polivitaminlarni

xarid qilish uchun 8 milliard so‘m

ajratildi va bu har yili qishloq

joylarda istiqomat qilayotgan 400

ming nafar homilador ayolni

sog‘lomlashtirish, onalar salo-

matligini mustahkamlash va bola-

larning tug‘ma nuqsonlar bilan

O‘ZBEKISTON BOLALAR SALOMATLIGINI

MUSTAHKAMLASH BORASIDA KATTA

G‘AMXO‘RLIK KO‘RSATILAYOTGAN

ENG ILG‘OR YETAKCHI O‘N MAMLAKAT

SAFIDAN JOY OLDI

BUYUK  VA MUQADDASSAN, MUSTAQIL  VATAN!


3

tug‘ilishining oldini olish imko-

nini bermoqda. Shuningdek, unni

zarur mikroelementlar bilan to‘-

yintirish, tuzni yodlash dasturlari

muvaffaqiyatli amalga oshiril-

moqda. Bunday xayrli ishlar

samarasida hamda davolash va

profilaktika xizmatlarining o‘z

vaqtida ko‘rsatilayotgani sababli

aholi o‘rtasida yod tanqisligi va

tug‘ish yoshidagi ayollar orasida

kamqonlik kasalligi sezilarli dara-

jada kamaydi.

Davlatimiz rahbarining ushbu

yo‘nalishda olib borilayotgan

faoliyatni kengaytirish maqsadida

2009-yil 1-iyulda qabul qilingan

qaroriga muvofiq, 2009 — 2013-

yillarda aholining reproduktiv

salomatligini mustahkamlash,

sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va

ma’naviy barkamol avlodni voyaga

yetkazish borasidagi ishlarni

yanada kuchaytirish va samara-

dorligini oshirish chora-tadbirlari

Dasturi hayotga izchil tatbiq

etilayotir. Sog‘liqni saqlash vazir-

ligi ushbu Dastur ijrosini ta’min-

lash doirasida tug‘ish yoshidagi

ayollarni sog‘lomlashtirish, homi-

ladorlarga tibbiy yordam ko‘rsa-

tuvchi muassasalar va birlamchi

sog‘liqni saqlash bo‘g‘inining

moddiy-texnik bazasini yanada

mustahkamlash, xotin-qizlar va

bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish

bo‘yicha xalqaro standartlarni

amaliyotga joriy etish, tibbiyot

xodimlarini o‘qitish, oilada tibbiy

madaniyatni shakllantirishga

qaratilgan kompleks chora-

tadbirlarni amalga oshirmoqda.

O‘zbekistonda bolalar va o‘smir-

larni jismoniy tarbiya va sport

bilan shug‘ullanishga ommaviy

jalb etishga qaratilayotgan alo-

hida e’tibor barkamol avlodni

tarbiyalashda muhim omil bo‘lib

xizmat qilmoqda.

Mamlakatimizda farzandlar

salomatligini mustahkamlash

borasida amalga oshirilayotgan

izchil ishlar bolalarning qariyb

99 foizini yuqumli kasalliklarga

qarshi har yili emlashni ham o‘z

ichiga olgan. Shu tufayli qator

kasalliklar, birinchi navbatda,

bolalarga yuqadigan xastaliklar

mamlakatimizda ko‘p yillardan

buyon qayd etilayotgani yo‘q.

Jahon reytingini tuzuvchilar

yana bir muhim omilni e’tiborga

olgan. Jahon sog‘liqni saqlash

tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra,

onalar va bolalarga zarur davolash

xizmatlarini ko‘rsatish uchun har

10 ming aholiga 23 nafar tibbiyot

xodimi to‘g‘ri kelishi kerak.

O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich

nafaqat shaharlar, balki qish-

loqlarda ham xalqaro standartlarga

to‘la mos keladi. Bu, o‘z nav-

batida, mamlakatimizning barcha

aholisiga malakali tibbiy yordam

ko‘rsatish imkonini bermoqda.

Bu mazkur kompleks chora-

tadbirlarning amaldagi samara-

laridir. 1991-yildan buyon

mamlakatimizda onalar va bolalar

o‘limi 3 baravar kamaydi.

YUNISEF O‘zbekistonning onalik

va bolalikni muhofaza qilish

modelini mintaqa mamlakatlari

uchun namuna sifatida e’tirof etdi.

Mamlakatimizning “Save the

children” xalqaro tashkiloti

reytingida jahonning o‘nta eng

yetakchi davlati qatoriga kiritilgani

O‘zbekiston bolalar salomatligi,

ularning kelajagi, demak, mam-

lakat va xalqning istiqboli yo‘lida

alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan

davlat ekanining yana bir xalqaro

e’tirofi bo‘ldi.

Anna IVANOVA,

O‘zA muxbiri

Islom KARIMOV

Mamlakatimiz oldida turgan, butun xalqimiz qalbi, ongi shuuri bilan anglab yetayotgan maqsad-

vazifalar — dunyodagi taraqqiy topgan demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimiz uchun erkin va

farovon hayot qurish yo‘lida hammamiz bir haqiqatni chuqur tushunib olishimizni istardim: zamonaviy

qiyofaga ega bo‘lgan obod qishloq va shaharlarni barpo etish mumkin, iqtisodiyot lokomotivlari bo‘lgan

yirik korxonalarni qurish, xorijdan yuksak va noyob texnologiyalarni olib kelish mumkin. Lekin, avvalo,

bularning barchasini bunyod etadigan, ularga bamisoli jon kiritadigan hayotbaxsh kuch — bu o‘z bilimi

va iste’dodiga, kuch-qudratiga suyangan, hech kimdan kam bo‘lmagan, bugun hayotga dadil kirib borayotgan

yangi, navqiron avlodimiz, bizning farzandlarimiz, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Ana shunday avlodni tarbiyalashdek hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydigan buyuk vazifani o‘z zimmasiga

olgan, bu yo‘lda o‘zini ayamasdan mehnat qilayotgan siz, fidoyi o‘qituvchi va murabbiylarga har qancha

tasanno aytsak, ta’zim qilsak, arziydi, albatta.

 (Prezidentimizning «O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga» tabrigidan).



4

TARBIYA — BIR UMRLIK

JARAYON

O‘quvchilarda huquqiy madaniyat va mas’uliyatni shakllantirish



S T I Q L O L N I N G

dastlabki yillaridanoq,

yurtimizda Prezidentimiz

Islom Karimov rahnamoligida ham

jismonan, ham ma’nan sog‘lom

avlodni voyaga yetkazishga davlat

siyosati darajasida e’tibor qara-

tilayotir. Ayniqsa, Davlatimiz

rahbarining tashabbusi bilan

ishlab chiqilib hayotga izchil

tatbiq  etilgan Kadrlar tayyorlash

milliy dasturi, Maktab ta’limini

rivojlantirish Davlat umummilliy

dasturi asosida yosh avlodga ta’lim-

tarbiya berish, ularni kasb-hunarga

yo‘naltirishning yaxlit mexanizmi

shakllandi. Respublikamizning

barcha hududlarida qad rostlagan,

zamonaviy o‘quv uskunalari,

axborot-kommunikatsiya texnolo-

giyalari bilan jihozlangan mak-

tablar, akademik litsey va kasb-

hunar kollejlarida yoshlarning bilim

olishi, sog‘lom va barkamol bo‘lib

ulg‘ayishi uchun barcha shart-

sharoit yaratilgan.

Davlatimiz rahbari tomonidan

mamlakatimizda “2010-yil —

Barkamol avlod yili”, deb e’lon

qilinishi har tomonlama yetuk

avlodni tarbiyalash ishlarini yangi,

yanada yuksak bosqichga olib

chiqdi. Bugungi murakkab global-

lashuv sharoitida milliy o‘zligimiz,

azaliy qadriyatlarimizga nisbatan

xurujlar, yoshlarimizning ongi va

qalbini egallashga qaratilgan g‘arazli

intilishlarga qarshi turish, yosh

avlod o‘rtasida sog‘lom turmush

tarzi tamoyillarini qaror toptirish,

ularni giyohvandlik, axloqsizlik,

“ommaviy madaniyat” tahdid va

xatarlaridan asrash dolzarb aha-

miyatga ega. Zotan, sog‘lom va

barkamol avlod nafaqat jismonan,

ayni paytda ma’nan va ruhan yetuk

avloddir.

Yurtimizda yoshlarni nafaqat

ruhiy barkamol avlod qilib tarbiya-

lashga, balki jismonan  sog‘lom

bo‘lib o‘sishiga ham doimiy e’tibor

qaratib kelinmoqda. Demak, har

bir mamlakatning ma’naviy yetuk-

ligini anglatuvchi muhim jihat-

laridan biri — bu, tarbiya masala-

sidir. Tarbiyaning asosi esa oila

degan muqaddas go‘shada qo‘yiladi.

Insoniyat paydo bo‘lgandan

keyin uning hayotdagi eng katta

tamadduni kishilarning “oila”

degan muqaddas jamoaga birla-

shishidir. Oila jamiyatning kichik,

lekin muhim bir bo‘lagidir.

Jamiyatning mustahkamligi ham

oila barqarorligi bilan bevosita

bog‘liqdir. Oila axloqiy va huquqiy

mezonlar asosida quriladi. U

o‘zining ko‘p asrlik mustahkam va

ma’naviy tayanchlariga egadir.

Oilada odamlarning talab-ehtiyoj-

lari va qadriyatlari shakllanadi.

Prezidentimiz Islom Karimov

ko‘rsatib o‘tganidek, “O‘zbek-

larning aksariyati o‘zining shaxsiy

farovonligi to‘g‘risida emas, balki

oilasining, qarindosh-urug‘lari va

yaqin odamlarining, qo‘shnilari-

ning omon-esonligi to‘g‘risida

g‘amxo‘rlik qilishni birinchi o‘rin-

ga qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada

ma’naviy qadriyat, inson qalbining

gavharidir”.

Har qanday jamiyatning ma’-

naviy qiyofasi oilalarning qan-

dayligiga bog‘liqligi azaliy haqi-

qatdir. Oila jamiyatning ijtimoiy-

ma’naviy bo‘g‘ini, kichik bir qismi

bo‘lgani bois ana shu zaminda

xalqning bugungi kuni va kelajagi

bunyod etiladi.

Boshqa xalqlar singari, o‘zbek

oilalarining ma’naviy-axloqiy

qadriyatlari ham ajdodlardan

avlodlarga o‘tib keladigan bilim

va tajriba, milliy urf-udumlarga

suyanadi. Xalqimizning oilaviy

an’ana va urf-odatlari ajdodlari-

mizning boy ma’naviy merosi

asosida shakllangan.

XX asr boshlarida Abdurauf

Fitrat “Oila” asarini yaratib,

zamondoshlari e’tiborini oilada

yaxshi muhit yaratish, farzand

tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish

masalalariga qaratgan edi. Bu

allomaning ta’kidlashicha, far-

zandlarni har tomonlama kamol

toptirish uchun ularga ma’naviy,

aqliy va jismoniy tarbiya berish

muhimdir. U farzandning ruhiyati

ota-ona ruhiyati bilan o‘zaro

bog‘lanishi masalasini ham o‘rtaga

qo‘ygan. Bolalar jamiyatda o‘z

o‘rnini topishi uchun ularni:

“O‘ziga ishongan, kuchli, topqir,

chaqqon va aqlli qilib tarbiyalash

zarur. Ular o‘z qadr-qimmati,

sha’nini hurmat qilishga o‘rganishi,

shu bilan birga, odamlar bilan

hisoblashishni o‘rganmog‘i kerak.

Bolalarni shunday tarbiya etish

lozimki, ularning baxtga bo‘lgan

intilishlari hech qachon xazon

bo‘lmasin...”, — deb yozadi

muallif.

Fitrat ta’kidlagan bolaning “o‘z

qadr-qimmati, sha’nini hurmat

qilishi”, “yon-atrofdagi odamlar

bilan hisoblashishi” muammosi

bugun ham dolzarbdir. Chunki bu

muammo ayni paytda ham ta’lim,

tarbiya jarayoni o‘quvchilarda

I


5

shakllantirishi zarur bo‘lgan

huquqiy ong va madaniyat bilan

bevosita bog‘liqdir.

Ma’lumki, shaxs dunyo-

qarashi shakllanishida uchta asosiy

omil mavjud. Bular — irsiyat,

muhit va tarbiyadir. Insonning shaxs

sifatida shakllanishida irsiyatning

roli aynan oilaviy munosabatlarda

namoyon bo‘ladi. Oilalar ham har

xil bo‘ladi. O‘zbek xalqining “Qush

uyasida ko‘rganini qiladi”, — degan

maqoli bor. Jamiyatda to‘liqsiz

oilalar ham mavjud. Ba’zi oila-

larda, — garchi ota-ona bo‘lsa-da,

— tarbiyaviy muhit nosog‘lomdir.

Bunday holatlarda maktab, mahalla

jamoatchiligi tarbiyaviy masala-

larda oila muhitiga aralashuvi yoki

ko‘mak berishi zarur bo‘ladi.

Tarbiyaning poydevori, eng

avvalo, oilada qo‘yilishini yuqorida

esladik. Uzoq va murakkab davom

etuvchi jarayon bo‘lgan tarbiya,

aslida farzand tug‘ilmasdan oldinroq

boshlanadi. Ota-onaning salomatlik

darajalari, ajdodlari, dunyoqarashi,

o‘y-xayoli, axloqiy jihatlari bo‘lajak

farzand tarbiyasiga ta’sir qiladi.

Murg‘ak go‘dakning shaxs bo‘lib

shakllanishi, el-yurtda obro‘-

e’tibor topishida oila muhim

ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz

siyosatining ustuvor yo‘nalishlari-

dan biri ham har bir fuqaroni

qonunni bilishga, unga asoslangan

holda yashashga o‘rgatishdir.

Bolalarda qonun, huquq, burch,

mas’uliyat haqidagi tasavvurlar

ham dastavval oilada shakllanadi.

Shu boisdan ham ota-ona, oila

a’zolarining har biri huquqiy

madaniyatli, ongli, siyosiy savod-

xon bo‘lmog‘i lozim.

Barchaning huquqiy ongi,

madaniyati, saviyasi hozirgi kun

talablari darajasida, deb aytib

bo‘lmaydi. Bunga ba’zi fuqaro-

larning noto‘g‘ri xatti-harakatlari

misoldir. Meros taqsimoti bilan

bog‘liq muammolar, aka-uka,

opa-singillar, qaynona-kelin

o‘rtasidagi mojarolar, janjallar

huquqiy ong, madaniyat pastli-

gidan kelib chiqadi. Bunday salbiy

holatlarni tugatishning eng samarali

yo‘li, avvalo, har bir oilada huqu-

qiy savodxonlikka erishishdir.

Huquqiy bilimli, qonunlarga

hurmat-e’tibor bilan qaraydigan

ota-onalar, albatta, o‘z farzand-

larini ham bilimli, savodxon qilib

tarbiyalashadi. Afsuski, ba’zi oila-

larda bu jihatdan ahvol juda achi-

narli. “Postda” gazetasida chop

etilgan — “Tarbiyaga e’tibor

darkor” deb sarlavha qo‘yilgan

maqola shunday boshlanadi:

“To‘satdan yangragan faryod tun

sukunatini buzdi. Bu ovozdan

sergak tortgan ko‘pchilik sarpoychan

ko‘chaga otilishdi. Zum o‘tmay

“Tez yordam” va militsiya xizmat

mashinalari chiroqlarini porillatib

vahimali signal chalganicha,

yetib keldi. Darvoza oldidagi shov-

shuv, ichkaridagi yig‘i ovozi tindi.

Ichki ishlar xodimlari surishtiruv

boshladilar. Ayon bo‘lishicha,

o‘zaro janjal oqibatida aka uka-

ning ko‘ksiga pichoq sanchibdi.

Uka vafot etdi...”.

Buning sabablari o‘rganil-

ganida, aka-uka oilada yaxshi tarbiya

olmaganligi, otaning doimo uyiga

mast holda kelib, bolalarining ham

giyohvandlikka o‘rganib qolishiga

sabab bo‘lgani aniqlandi. Ikki o‘g‘il

otaning ichkilikka berilganligini,

oiladagilariga bemehrligini ko‘rib

o‘sganki, o‘zlari ham shu yo‘ldan

borgan.

Bundan shunday xulosa



chiqarish mumkinki, o‘g‘il-qiz-

larni barkamol shaxs etib tarbiya-

lash uchun ota-onalarning o‘zlari

ham ibratli xulq-odob egasi,

huquqiy savodxon bo‘lmog‘i lozim.

Oilalarning huquqiy ongini

oshirishga doir tadbirlar o‘tkazish

bilan mahalla jamoasi ham jiddiy

shug‘ullanishsa, maqsadga muvo-

fiq bo‘ladi. Mahalla yig‘inlarida

organ  xodimlari, huquqshunoslar

bilan suhbatlar, uchrashuvlar

uyushtirilishi lozim. Ayniqsa,

mahallalarda «Huquqiy savod-

xonlikni oshirish» o‘quv kurslari

tashkil qilinishi ijobiy natijalar

beradi. Ushbu kurs mashg‘ulotla-

rida meros taqsimoti, oila a’zo-

larining har birining huquq va

burchlarini tushuntirishga ko‘proq

e’tibor qaratmoq joiz bo‘ladi.

O‘zbek xalqining o‘ziga xos

fazilati, buni qadriyat deb ham

atash mumkindir, oila qurishni

muqaddas deb bilishdir. Oila —

odamlarning kichik jamoasidir.

O‘zgalar quvonchiga sherik, birov-

larning dardiga malham, og‘ir

kunlarda doimo hamdard bo‘lish

kabi fazilatlarni anglashga ham

oiladagi tarbiya tufayli erishiladi.

Insonni qadrlash, uning o‘z

erkicha yashashi, mehnat qilishi,

ijtimoiy hayotga aralashib, huquqiy

ongini shakllantirishi hamisha

muhimdir.

Farzand tarbiyasi uchun ota-

ona doimo mas’uldir. Ammo ayrim

ota-onalar o‘z burchlarini unutib,

farzand tarbiyasini maktab o‘qi-

tuvchilari zimmasiga yuklab  qo‘yi-

shadi. Ularni farzandlarining

qornini to‘ydirish va kiyintirishdan

boshqa narsa qiziqtirmaydi. “Agar

men darsini qildirsam, tarbiya

bersam, o‘qituvchi nima qiladi?

Nega maktabga papka sudrab

borayapti?”, deydiganlar uchraydi.

Ba’zi ota-onalar esa bolasining

hamma istaklarini muhayyo qilib,

o‘z burchini bajargan deb hisob-

laydi. Ammo, bolasi o‘g‘rilikka qo‘l

urib qolsa, ota-ona hayron bo‘ladi.

Pulga muhtoj emas-ku, nega bun-

day qildi ekan, deb o‘ylanib qoladi.

Bunday nojo‘ya xatti-harakatlar

muayyan darajada shu bolalarga

huquqiy tarbiya berilmaganligidan

kelib chiqadi. Bekam-ko‘st —

moddiy ta’minlangan o‘g‘il-qizlar



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling