Ilmiy unvonlar berish tartibi toʼgʼrisida nizom


§ 2.5. Ilmiy-tadqiqot muassasasi mutaxassislariga


Download 104.5 Kb.
bet4/5
Sana11.09.2023
Hajmi104.5 Kb.
#1675413
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ilmiy unvonlar berish tartibi toʼgʼrisida nizom Yangisi


§ 2.5. Ilmiy-tadqiqot muassasasi mutaxassislariga
professor ilmiy unvonini berish talablari
16. Ixtisoslik boʼyicha professor ilmiy unvoni quyidagi talablarni bajargan ITM mutaxassislariga beriladi:
a) fan doktori ilmiy darajasiga ega boʼlgan;
b) katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʼlgan;
v) kamida 10 (oʼn) yillik ilmiy va pedagoglik, jumladan ITMda 5 (besh) yillik ilmiy ish stajiga ega boʼlgan;
g) kamida bir yil davomida davlat granti rahbari yoki ilmiy-tashkiliy tuzilma rahbari yohud bosh ilmiy xodim, yetakchi
ilmiy xodim lavozimlarida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan;
yoki kamida bir yil davomida ITM rahbari, rahbar oʼrinbosari yoki ilmiy kotibi lavozimlarida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan;
d) kamida 2 (ikki) nafar ilmiy daraja olgan mutaxassis tayyorlagan yoki bir nafar ilmiy daraja olgan mutaxassis va kamida 5 (besh) nafar magistrga ilmiy rahbarlik qilgan yoki davlat (nomdor) stipendiati yohud xalqaro, respublika olimpiadalari yoki tanlovlari gʼolibini tayyorlagan;
ye) salmoqli ilmiy va ilmiy-texnik natijalarga erishgan (monografiya yoki risolalar nashr ettirgan yohud ixtirolarga ega boʼlgan) hamda dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan, ilmiy jurnallarda kamida oʼnta ilmiy maqola, jumladan, nufuzli xorijiy yoki xalqaro ilmiy jurnallarda ikkita ilmiy maqola chop ettirgan;
j) taʼlim jarayonida ishtirok etayotgan;
z) davlat grantlari yoki boshqa ilmiy loyihalar yohud xoʼjalik shartnomalari asosidagi ilmiy-tadqiqot loyihalari doirasida asoslangan va natijali ilmiy izlanishlar olib borayotgan;
i) maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ishtirok etayotgan;
k) oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar davlat attestatsiyasi jarayonida ishtirok etayotgan (taqrizchi, ilmiy seminar yoki fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash aʼzosi, rasmiy opponent va boshqalar sifatida).
17. Ixtisoslik boʼyicha professor ilmiy unvoni mazkur Nizomning 16-bandining “b” – “g”, “e” – “k” kichik bandlari talablari bajarilib, fan nomzodi, xorijiy davlatlarda berilgan falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega boʼlgan, taʼlim turlarining birida amaliyotda foydalanilayotgan yakka mualliflikda chop etilgan darslik va kamida 2 (ikki)ta oʼquv qoʼllanma nashr ettirgan; kasbiy va ilmiy-pedagogik faoliyatida salmoqli yutuqlarga erishgan; ilmiy darajada tasdiqlangan bir nafar mutaxassis tayyorlagan ITM mutaxassislariga istisno tariqasida berilishi mumkin.
Download 104.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling