Ilmiy uslub va uning xususiyatlari


Ilmiy uslubda yana fanning turli


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana16.01.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1095708
1   2   3   4
Bog'liq
ilmiy metadologiya

Ilmiy uslubda yana fanning turli
sohalariga oid simvol va belgilar, 
raqamlar ham ishlatiladi.
O‘zbek ilmiy uslubida obrazli
nomlarning roli juda kattadir. 
Masalan: oq tuproq, qora tuproq, 
qizil tuproq, sho‘rtuproq; muzlik
kamari, muzlik darvozasi, muz tili, 
kulcha muz; marjon qirg‘oq, 
panjarasimon qIrg‘oq; oy o‘tovi, 
serostona daryo, patsimon bulutlar
kabi terminlar ham aslida obrazli
ifodalardan kelib chiqqan.


Albatta, ilmiy uslubdagi obrazlilik bilan badiiy adabiyotdagi
obrazlilik farqlanadi. Ilmiy uslubda obrazli nomlar faqat nominativ
atash funksiyasini, badiiy adabiyotda esa estetik ta’sir ko‘rsatish
vazifasini bajaradi.
Obrazlilik katigoriyasi agar ilmiy
uslubda «so‘ngan, nursiz»holda
ko‘rinsa, badiiy adabiyotda esa
«jonli» tarzda namoyon bo‘ladi.
Masalan, uchar yulduz, somon yo‘li
astronom uchun, avvalo, termin
vazifasini o‘taydi, yozuvchi uchun esa
bu so‘z birikmalari o‘xshatish yoki
obrazli ifoda manbai bo‘lishi mumkin.


Odatda ilmiy uslubga mansub materiallar o‘z mazmuniga
ko‘ra 2 turga bo‘linadi:
1.Ilmiy tadqiqotlar.
2.Ilmiy-ommabop asarlar. 
Ilmiy tadqiqotlar Biron-bir fan 
sohasidagi izlanishlarni qamraydi, 
uzoq yillar olib borilgan ijodiy
mehnat samarasini
ko‘rsatdi.Masalan: Oybekning
«Abdulla Qodiriyning ijodiy yo‘li» , 
I.Sultonning «Navoiyning qalb
daftari» , H.Yoqubovning «Adibning
mahorati» kabi asarlar xudi
shunday tadqiqotlardir.


Ilmiy ommabop asarlar hamma
uchun tushunilishi qiyin bo‘lgan
masalalarni sharhlaydi. Bunday
asarlarda iloji boricha murakkab
atamalar qo‘llanmaydi. Bu uslubda
ham shevachilikka yo‘l qo‘yilmaydi. 
Lekin bu ikki xillik ilmiy uslub
umumiylik asosida bir-biriga bog‘liq
bo‘ladi. 



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling