Ilmiy va ijtimoiy bashoratning o’zaro aloqadorligi


ILMIY BASHORATNING GLOBALLASHUV JARAYONIDAGI AHAMIYATI


Download 442.74 Kb.
bet4/7
Sana04.05.2023
Hajmi442.74 Kb.
#1424685
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ilmiy va ijtimoiy bashoratning o’zaro aloqadorligi Reja Bashora

ILMIY BASHORATNING GLOBALLASHUV JARAYONIDAGI AHAMIYATI
Jahon tarixiy taraqqiyotining hozirgi bosqichi insoniyat hayotining barcha jabhalarida globallashuvning vujudga kelishi bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda. Globallashuv XX asrda insoniyat faoliyati natijasida hamda taraqqiyot yuksalishi tufayli paydo bo'lib butun dunyo mamlakatlarini o'zaro bog'lab qo'ydi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov bu haqda shunday fikr bildirganlar: «Totalitar tuzum yemirilgandan keyin dunyoning qutblarga bo'linishi barham topdi. Xo'sh, XXI asrda u qanday bo'ladi? Biz qayoqqa qarab ketayapmiz? Biz yashayotgan davr qanday xususiyatlarga ega? So'ngi vaqtlarda jahonda yuz bergan, dunyoning jo'g'rofiy-siyosiy tuzilishini va xaritasini tubdan yangilagan o'zgarishlar hozirgi zamon va kelajak uchun qanday tarixiy ahamiyatga molik? Bular haqida mulohaza yuritish va ularga to'g'ri baho berish juda muhim» .
«Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch» asarida esa globallashuv jarayonining mohiyati va ahamiyati haqida to'xtalib uni faqat ijobiy voqelik sifatida qarashga hali erta, u ziddiyatlarga to'la, goho esa milliy taraqqiyotga, milliy madaniyatga, ma'naviyatga salbiy ta'sir etuvchi belgilarining mavjudligini e'tirof etadilar. «Bugun biz tez sur'atlar bilan o'zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o'ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalistlar bu davrni turlicha ta'riflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. Dunyoda yuz berayotgan globallashuv kelajakda qanday natijalarga olib kelishini barcha siyosatshunoslar va olimlar ilmiy bashorat qilib bermoqdalar. Albatta, bu fikrlarning barchasida ham ma'lum ma'noda haqiqat, ratsional mag'iz bor. Chunki ularning har biri o'zida bugungi serqirra va rang — barang hayotning qaysidir belgi-alomatini aks ettirishi tabiiy. Ammo ko'pchilikning ongida bu davr globallashuv davri tariqasida taassurot uyg'otmoqda» . Darhaqiqat, bugungi kunda globallashuv insoniyat taraqqiyotining tarixiy-tadrijiy davomi, yangi bosqichi sifatida yuzaga kelgan real voqelik bo'lib, u turli ko'rinishda, ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab olgan mazkur jarayon iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy, ilmiy, informatsion mafkuraviy sohalarda namoyon bo'lmoqda.Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek globallashuv jarayonlarining ijobiy xususiyatlari juda ham ko'p bo'lib, davlatlar va xalqlar o'rtasida integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, ilm fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi va turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg'unlashuviga olib kelsada, uning salbiy jihatlari ham mavjud bo'lib, ekologik va ijtimoiy hayotning ko'p sohalariga salbiy ta'sirini o'tkazishi mumkin.
Ilmiy bashorat o'z tabiatiga ko'ra noma'lum narsalarni aniqlash bilan bog'liq ob'ektiv jarayon, ya'ni kelajakka nazar tashlaydigan va uning rivojlanish qonunlarini bilish asosida ularni o'z ehtiyojlariga moslashtiradigan kuchdir.Demak, biz globallashuvning kelajakda keltirib chiqaradigan ijobiy va salbiy oqibatlarini ilmiy bashorat qilish orqali ko'ra olishimiz, ular haqidagi nazariyalarni yaratishimiz va kelajak avlodga yetkazib berishimiz, shu bilan bir qatorda salbiy oqibatlarning oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishimiz lozim.
Xulosa qilib aytganimizda, jamiyatimizda ro'y berayotgan globallashuv jarayonlarida tabiat ongli ravishda munosabatda bo'lish, ulardan oqilona foydalanish, ma'naviy xurujlardan saqlanish uchun milliy g'oya targ'ibotini takomillashtirish, ilm fan yutuqlaridan maqsadli xalq manfaati yo'lida foydalanish orqali globallashuvning salbiy oqibatlarini oldini olish mumkin.

Download 442.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling