Ilmiy va ilmiy texnik onlayn konferens iya
TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR
Download 38.34 Kb. Pdf ko'rish
|
1-3 YANGI O\'ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIK YO\'LI
TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR
ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENSIYA YANGI O'ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIK YO'LI Xolmurodova Nafisa Tolibjonovna Osiyo Xalqaro Universiteti, Magistratura 1-kurs talabasi, Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi talabasi TA‟LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENS IYA https://t.me/scienceboxofficial http://conf.sciencebox.uz/ 2 keltirilgan. Misol uchun, Harakatlar strategiyasini ijro etish uchun 300 dan ortiq qonun va kodeks, Prezidentimizning 4 mingdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilingan. Shu tariqa Harakatlar strategiyasi yakuniga kelib, Yangi Oʻzbekiston poydevorining huquqiy asoslari yaratildi. Kelgusida Taraqqiyot strategiyasi doirasida bir qator konsepsiya va dasturlar, 13 ta kodeks, 12 ta qonun, yaʼni har bir ustuvor yoʻnalishda zarur qonun hujjatlari qabul qilinishi koʻzda tutilgan. Binobarin, yangi hujjat — Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi endi Yangi Oʻzbekistonning poydevorini tiklash va binosini qurishga qaratilgan. Bu buyuk bunyodkorlik jarayoni 2026-yilgacha boʻlgan davrni qamrab oladi va yilma--yil amalga oshirib boriladi.Har uchala hujjat loyihasi oʻtgan yil 30-dekabr kuni jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi. Shu tariqa “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi” loyihasi muhokamasining uchinchi bosqichi 2021-yil 30-dekabrdan jamoatchilik muhokamalari yakuniga yetgan sana, yaʼni 2022-yil 15-yanvargacha boʻlgan davrni qamraydi. Ushbu muhim hujjat loyihalari 2022-2026.strategy.uz, jamoatchilik.uz va regulation.gov.uz elektron platformalari orqali keng jamoatchilik oʻrtasida muhokama uchun joylashtirilgani yurtdoshlarimizga oʻz takliflarini bildirishi uchun qulay imkoniyat tugʻdirdi. Natijada qizgʻin va jiddiy muhokamalar asnosida faqatgina elektron platformalar orqali jami 17 ming 535 ta taklif kelib tushdi. Jamoatchilik muhokamalari milliy va xalqaro miqyosda keng tashkil etilgani diqqatga loyiq. Milliy muhokamalarning oʻzi ham bir nechta yoʻnalishda oʻtkazildi.Avvalambor, Taraqqiyot strategiyasi parlament yoʻnalishida — Oliy Majlis palatalari majlislarida, qoʻmita va komisssiyalar, siyosiy partiyalar fraksiyalari, Yoshlar parlamentlarida muhokama qilindi. Shuningdek, davlat organlari masʼul xodimlari, soha mutaxassislari, olimlar, professor-oʻqituvchilar, turli soha vakillari ishtirokida “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi” loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan konferensiya, uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etildi. Bu borada nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, fuqarolik jamiyati faollari alohida namuna koʻrsatdi. Muhokama jarayonlariga xorijdagi vatandoshlarimiz ham keng jalb etildi. Bundan tashqari, Taraqqiyot strategiyasiga xalqaro darajada va xorijiy ekspertlar tomonidan faol hamda yuksak baholar berildiki, bu haqda alohida toʻxtalamiz. Qolaversa, internet, televideniye, radio va matbuot nashrlarining imkoniyatidan unumli foydalangan holda, muntazam ravishda jamoatchilik muhokamalari oʻtkazib borildi. Shu qamrovdor jarayonlarda bildirilgan barcha taklif va fikr- mulohazalar tegishli soha mutaxassislari tomonidan diqqat bilan oʻrganib chiqildi. Natijada minglab takliflar Taraqqiyot strategiyasini tegishli ravishda boyitishga toʻgʻridan-toʻgʻri xizmat qildi. Bunga birgina yaqqol misol: “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi” loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilinganida 94 ta maqsaddan iborat boʻlgan. Jamoatchilik muhokamalari yakunidan soʻng Taraqqiyot strategiyasidagi ushbu maqsadlar soni 100 ta etib belgilangan. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasining maʼno-mohiyati haqida soʻz borganda, uning quyidagi uchta darajada namoyon boʻladigan tarixiy ahamiyatini alohida taʼkidlash lozim. Birinchisi — Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasining milliy darajadagi ahamiyati. Taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor yoʻnalishlar va eng muhim vazifalarning atroflicha tahlili shundan dalolat beradiki, yangi Oʻzbekistonda mutlaqo yangi milliy huquqiy tizim shakllanmoqda. Yaʼni “Inson, uning huquqlari, erkinliklari, ayniqsa, qadri — oliy qadriyat”, degan tamoyil eʼtirof etilmoqda. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida yillar davomida amal qilib kelgan “davlat — jamiyat — inson” tamoyili “inson — jamiyat — davlat” tamoyiliga oʻzgartirilmoqda. Yanada sodda qilib aytganda, Oʻzbekistonda har bir fuqaroning qadrini yuksaltirish va farovonligini oshirish zarurligiga urgʻu berilmoqda. Eng asosiysi, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasidagi 7 ustuvor yoʻnalishning bosh gʻoyasi — inson qadrini taʼminlash. Chunki Prezidentimizning saylovoldi dasturidagi asosiy gʻoya ham “Inson qadri uchun” tamoyili edi. Inson qadrini joyiga qoʻyishni qonuniy va tashkiliy-huquqiy yoʻllar bilan hayotimizning barcha sohalarida milliy, mintaqaviy va xal-qaro hamkorlik darajalarida qanday qilib amalga oshirish kerak? Taraqqiyot strategiyasida bu dolzarb savolga juda koʻplab aniq maqsadlarga qaratilgan amaliy javoblar bor. Ikkinchisi — Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasining mintaqaviy darajadagi ahamiyati. Taraqqiyot strategiyasida koʻzda tutilgan maqsadlarda Markaziy Osiyo xalqlari oʻrtasida yaqin TA‟LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENS Download 38.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling