Ilmiy xabar va ilmiy maqola yozish uslubiyoti haqida
Download 34.5 Kb.
|
ILMIY XABAR VA ILMIY MAQOLA YOZISH USLUBIYOTI HAQIDA
ILMIY XABAR VA ILMIY MAQOLA YOZISH USLUBIYOTI HAQIDA M.Qahhorov, U.Qosimova** — Qo’qon DPI Ma’lumki, magistratura ta’lim tizimini isloh qilish vo’nalishlaridan biri bo’lib, bunda magistrantlarni ilmiy faoliyatga tayyorlash, shu jumladan qisqa ilmiy xabar (tezis) va ilmiy maqolalar yozishga o’rgatish bu sohaning muhim vazifalaridan biridir. Maqolamizni yozishdan maqsad iim bilan shug’ullanuvchi bo’lg`usi tadqiqotchilarga ilmiy xabar (tezis) va ilmiy maqoia yozish uslubiyoti haqida to’laqonli ma’lumot berishdan iboratdir. Binobarin aksariyat tadqiqotchilar, ayniqsa, yoshlar bu borada yetarli tushunchaga ega emas. Ayrim nashrlarda e’lon (qilinayotgart maqolalar tuzilishi, mantiqiy asoslanishi, yangi nuqtai nazarlarga. ega emasligi, ilmiylik kasb etmaganligi va boshqa salbiy jihatlar bilan - ilmiy jamoatchilikda taassuf uyg’otadi. Ilmiy adabiyotlarda qayd etilishicha, tezis — yunoncha thesis so’zidan olingan bo’lib, asoslash, nuqtai nazar degan ma’noni bildiradi. Tezis - nutq, nuqtai-nazar, ma’ruza, xabarlarning muhim asosiy tomoni, qonun-qoidalarning qisqartirilgan holatidir (1). Dissertasiya va ilmiy ma’ruzalaming qisqartirilgan shakliga ham tezis shakli deyiladi. Tezisga, ya’ni ilmiy xabarga nazariya iborasining ma’nodoshi deyish mumkin. Tadqiqotchi tezisda o’z nazariyasini olg’a suradi. tezis bir mulohaza yoki bir necha mulohazalardan iborat bo’lishi mumkin. Ilmiy maqolalarda ko’p hollarda tezis yakka hodisani ifoda qilib keladi. U mantiqan aniq va ravshan bo’lishi kerak. Agar shu talablarga mos yozilmasa tezisni isbotlash yoki rad etish uchun asos bo’la olmaydi. Ilmiy maqola yozish uslubiyoti haqida yozishdan oldin maqola o’zi nima degan savolga to’xtalsak. Adabiyotshunoslikda maqola publistik janr hisoblanadi. janrda ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinadi, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati va iqtisodiyoti, texnika fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilg’or ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xo’jaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi (2), Endi ilmiy maqola tushunchasi haqida to’xtalamiz. Ilmiy maqola bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo’lib, u dolzarb muammo bo’yicha o’z fikrlarim bayon qiladi. Ilmiy maqola vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish o’quvchining intellektual saviyasini oshirishdan iborat. Ilmiy maqola yozishdan oldin maqola nima uchun yoziladi, ish mazmuni nimadan iborat bo’ladi, maqoladan qanday xulosa chiqarish kerak, degan sayollarga javjb o’ylash lozim va maqola yozishdan aniq bir maqsadni ko’zlash kerak bo’ladi. illmiy maqola yozishda birinchi bo’lib, mavzuni belgilash, uning tahlili, reja tezislarni tuzish kerak. Maqolalar ilmiy uslubda yozilishi lozim. Maqola faqat uchinchi shaxs tomonidan yozilishi shart. Maqola bayoni o’quvchi uchun qulay bo’lgan ketma-ketlikda olib borilishi, bu quyidagicha bo’lishi kerak: umumiydan xususiyga, soddadan murakkabga qarab fikrlar bildiriladi. Maqolaning mantiqiy tuzilmasi kirish, asosiy qism va xulosadan iborat bo’ladi. Kirish qismida mavzu asoslanishi, ilmiy nazariy jihatdan uning istiqboli (perespektivligi) berilishi, bugungi kun talablari asosida ko’rib chiqilishi kerak. Asosiy qismda dalillar, ilgari surilgan ilmiy xabarni tasdiqlaydigan faktlar bo’lishi, bunda induksiya va deduksiyadan foydalanish, ya’ni aniqdan umumlashtirishga, umumiydan batafsil ko’rib chiqishga o’tish lozim bo’ladi. Xulosada asosiy fikrni ixchamlab tezislar shaklida bayon qilinishi, ilgari surilgan tezisni tasdiqlaydigan umumlashmalar berilishi va muammoning dovomiyligini ko’rsatish kerak. Maqola mazmuni mavzuga muvofiq bo’lishi maqolaning asosiy tezisi aniq, lo’nda bo’lishi va ishning hamma qismlari unga bo’ysundirilgan bo’lishi, maqolaning qismlari bir-biriga nisbatan mutanosib (proporsional) bo’lishi, mantiqlikning buzilishlari bo’lmasligi, ish ilmiy uslub talablariga javob berishi, nutqiy xatolar bo’lmasligi lozimdir va bular maqola yozishning asosiy talablaridir. Masalan, Qo’qon DPI BTM kafedrasi dotsenti Zokirjon Isaqovning “SHe’rning lisoniy tahlili xususida” maqolasida (Ilmiy to’plam. Т.,.2014), Qo’qon DPI katta o’qiluvchisi Dilorom Saliyevaning “O’quvchilarda o’zini o’zi anglash orqali o’quv mustaqilligini ta’minlash” (“Xalq ta’limi” j.2014 yil 5-son), TDPU dotsenti Nargiz Nishonovaning “Farzand tarbiyasida mutaffakrlarimiz merosidan foydalanish yo’llari” (“Xalq ta’limi” j. 2014 vil 5-son) maqolalari bunga misol bo’la oladi. Xulosa qilib aytganda ilmiy xabar va ilmiy maqola zamon talabiga mos, tushunarli ilmiy tilda yozilgan, ilmiy yangilikka ega yaxlit tugallangan ilmiy asar bo’lishi lozim. @Ilmiy faoliyat.sam Download 34.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling