Ilmni qadrlang, ilmga intiling! Bir soniya vaqtingiz ham bekor oʻtmasin!


Download 11.52 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi11.52 Kb.
#1608773
Bog'liq
25-may tadbir (1)


Urganch shahar 16-son umumiy o’rta ta’lim maktabining
Ilmni qadrlang, ilmga intiling! Bir soniya vaqtingiz ham bekor oʻtmasin! Shiyori ostida o’tkazilgan “So’nggi qo’ng’iroq" tadbir ishlanmasi.
1-boshlovchi:
Xazinamsan, taxtim o‘zingsan,
Qiyosi yo‘q baxtim o‘zingsan.
Yer yuzining jannati sensan,
Yaratganning san’ati sensan.
Jannatbog‘im, hazratog‘imsan,
Mehrobimsan, sajdagohimsan.
Sen onasan, muqaddas Vatan!
Yagonasan, muqaddas Vatan!
2-boshlovchi:
Sen ulug‘ siymosan mangu barhayot,
Har yuzda aks etar, sen bergan hayot,
Sening o‘g‘il-qizing sengadir qanot,
Qalbda mehr bo‘lgan, jon O‘zbekiston!
1-boshlovchi:
Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar, qadrli ota-onalar!
2-boshlovchi:
Assalomu alaykum aziz ustozlar va sevimli o‘quvchilar!
1-boshlovchi:
Bugun mamlakatimizda barcha umumta’lim maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangraydi. Bu kun bilimga chanqoq, beg‘ubor orzular qanotidagi yoshlar va mehridaryo ustozlar, farzandi kamolini ko‘rib quvonayotgan ota-onalar va nabiralariga oq yo‘l tilab, duo qilayotgan otaxon-u onaxonlarimiz uchun chin ma’noda bayram.
2-boshlovchi:
Shunday ekan, keling ayni damda bugungi shodiyona sababchilari bo‘lgan bitiruvchi o‘quvchilarni davramizga taklif qilamiz.
(musiqa sadolari ostida bitiruvchi sinf o‘quvchilari kirib keladi.)
1-boshlovchi:
Aylayin qalbimni tortiq nurli bo‘stonim, senga,
Sen vatandirsan, fidodir tanda bu jonim senga.
2-boshlovchi:
Bebahosan, asragayman gavharim, deb men seni,
Sen qarog‘ bo‘lsang agarda, sadqa mujgonim senga.
(O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi. Barcha bayram ishtirokchilari qo‘llari ko‘ksida Davlat madhiyasini jo‘r bo‘lib aytishadi)
1-boshlovchi:
So‘nggi qo‘ng‘iroq.... Bu jumla har bir ko‘ngilda o‘zgacha jaranglaydi, ayniqsa bitiruvchilar qalbida.
2-boshlovchi:
Hurmatli ustozlar, aziz mehmonlar va qadrli o‘quvchilar! Tabriklash uchun so‘z navbatini maktabimiz direktori ________________ga beramiz.
1-boshlovchi:
Bugun shodlik bayrami, do’stlar! G’am to’lmasin dillarga biroq, Kuzatilgani sizlarni xandon, Jaranglaydi so’ngi qo’ng’iroq.
(5-sinf oʻquvchilari ishtirokida raqs.)
2-boshlovchi:
Bugun ushbu ham quvonchli, ham hayajonli tadbirni biz bilan baham ko‘rib, shodligimiz va hursandchiligimizga sherik bo‘lgani bir qator mehmonlar tashrif buyurishgan. So‘z navbatini ularga bersak.
2-boshlovchi:
Aziz bitiruvchilar! Bugungi samimiy tilaklar, go‘zal raqslar, dilrabo kuy va qo‘shiqlar barchasi sizlarga atalgan. Shunday ekan, jajji kichkintoy singillarimizning tabrigini qabul qiling.(4-SINIF O’QUVCHILARI)
1-boshlovchi:
Bugun shodlik bayrami, do‘stlar!
G‘am to‘lmasin dillarga biroq,
Kuzatgani sizlarni xandon,
Jaranglaydi so‘nggi qo‘ng‘iroq
2-boshlovchi:
O, qandayin beg‘ubor ovoz,
Orom berar bu dam dillar-chun.
Zor tilagin sizga qo‘ng‘iroq,
Bildiradi olis yo‘llar-chun!
(9-sinf oʻquvchisi Bibjon qoʻshiq kuylaydi.)
1-boshlovchi:
Bugun biz jonajon Vatanimizni rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga olib chiqishdan yuksak maqsad yoʻlida keng qamrovli islohotlarni amalga oshirmoqdamiz.
2-boshlovchi:
Yaqindagina 30-aprel kuni butun mamlakatimiz boʻylab jamiyatimizda sezilarli darajada oʻzgarishlarga olib kelayotgan referendum oʻtkazildi.Konstitutsiyamizda taʼlim sohasiga ham yangilanishlar olib kirildi.
1-boshlovchi:
Bugun juda ajoyib kun, to‘g‘rimi? Qarang, ustozlar ham, o‘quvchilar ham har doimgidek emas, mening nazarimda. Ularning yuraklari shodlik va hayajonga to‘lgan. Bolalikning eng quvnoq, unutilmas, totli, ba’zan qiyin damlarini birga o‘tkazgan sinfdoshlar bugun uchirma qush bo‘lib, parvozga shay bo‘lib turibdi.
2-boshlovchi:
Nimasini aytasiz, ularning porlab turgan ko‘zlariga qarab, har biringizning qalblaringiz baxt va shodlikka to‘lsin, yuragingiz o‘ti aslo o‘chmasin, insonning eng oliy tuyg‘ulari sizga hamroh bo‘lsin deb qolamiz.
1-boshlovchi:
Azizlar, keling navbatni bitiruvchi o‘quvchilarimizga bersak. Marhamat.
2-boshlovchi:
Aziz bitiruvchilar sizlarni tabriklash uchun hurmatli mehmonlarimizdan (sobiq bitiruvchilardan vakil) ga beramiz. Marhamat.
1-boshlovchi:
Azizlar endi navbatni 9- sinf o’quvchisi qo’shiq maktabimizning raqs (yoki boshqa) to‘garagi ishtirokchilariga beramiz. Marhamat.
1-boshlovchi:
Ayni damda, 2022-2023-o‘quv yilida fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlarda va sport musobaqalarida ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallagan hamda o‘zining namunali hulqi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilarni va ijodkor o‘qituvchilarni maktab ma’muriyati faxriy yorliqlar bilan taqdirlaydi.
(Direktor va mehmonlar tomonidan yil davomida namunali xulq va a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar faxri yorliq bilan taqdirlanadi)
Sprtchilarning chiqishi
1-boshlovchi:
Siz bizga berdingiz hech sinmas qanot,
Ilm-fan ko‘ksida tilab parvozlar.
Biz ta’zim qilamiz sizga umrbod,
Hamisha qadrli, aziz ustozlar!
2-boshlovchi:Qo‘llarim ko‘ksimda bu kez,
Sizgadir olqishim yurak so‘zlarim.
Otaday talabchan, onaday munis.
Hayot qadar qimmat siz ustozlarim
1-boshlovchi:Va nihoyat hayajonli daqiqalar. So‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari ostida bitiruvchilarimizni kuzatib qo‘yamiz.
2-boshlovchi: Yangrayver qo‘ng‘iroq, o‘chmasin sasing! Jarangingdan ilhom olib yashaylik.
(9-Sinf o’quvchisi qo’shiq kuylaydi)
(Bitiruvchilar musiqa sadolari ostida davrani tark etishadi)
2023-o’quv yili.
Download 11.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling