Ilmning xosiyati


Download 21.93 Kb.
bet1/2
Sana20.12.2022
Hajmi21.93 Kb.
#1039330
  1   2
Bog'liq
dramma


Ilmning xosiyati
Ilm sahroda topilgan do`st, hayot yo`llarida tayanch, yolg`izlik damlarida yo`ldosh, baxtiyor daqiqalarda rahbar, qayg`uli damalarda madadkor, odamlar orasida zeb-u ziynat, dushmandlarga qarshi kurashda quroldir.
Hikmat
Bir donishmand va tabib ustozning qo`lida ta`lim olish, unga shogird tushish sharaf edi. Kunlarning bir kunida ikki ota- biri katta boy, ikkinchisi kambag`al odam edi. . O`g`illarni shu donishmand ustozga shogirtlikka bermoqchi bo`lishdi.
-Ey ulug` donishmand, huzuringizga bolalarimizni olib keldik. Ularni tarbiyangizga olib, shogirtlikka qabul qilsangiz. Zora, sizga o`xshab -donishmand odam bo`lib yetishsalar-deyishdi.
Donishmand ustoz rozilik bildirib, ularni sinab ko`rib, shogirtlikka olishni aytibdi. Tabib, odatda, kim shogirt tushmoqchi bo`lsa, oldin sinovdan o`tkazar, so`ng ilmni o`rgatar edi.
-Bolalarim, -dedi ulug` hakim kelgan yigitchalarga qarab. –Tog`-u toshlarni kezing, chol-u biyobonlar oralang. Har biringiz ming donadan o`t-giyoh terib kelingiz..
Donishmand tabib shunday dedi-da, har birining qo`liga xalta tutqazdi. Oradan bir necha kun o`tdi. Bolalardan biri kelib, yig`gan giyohlarini tabibning oldiga to`kdi.
-Barakalla, o`g`lim, eng sara giyohlarni teribsan. Endi bir savolimga javob bersang. Qani, ayt-chi, oyoq qabarishiga qarshi nima davo bo`ladi?
-Mening tabiblikdan habarim yo`q ,- dedi bola.
-Sizga endi shogirt tushdim-ku.
Ibn Sino: “Shu o`n kun orasida nabotot ichida yurib, tabiblikdan alifni o`rganmabsanmi,sendan tabib emas, olibsotar chiqadi”, debdi ko`nglida. So`ng ovozini chiqarib:
-Senga javob, o`g`lim, ketaver. Borib olibsotarga shogirt bo`l ,-debdi.
Oradan bir kun o`tgach, kambag`al kishining o`g`li kelib,to`plagan o`tlarini hakimning oyog`i ostiga to`kdi.
-Barakalla, o`glim, qani, menga ayt-chi, oyoq qabarganiga nima davo bo`ladi?-deb so`rabdi.
-Yovvoyi rayhon yoxud yalpizni suvidan ivitib, ozgina toshtuzdan qo`shib, yuvish kerak,-debdibola.
-Cho`l-u biyobonda qolding-u, suv topolmadik deylik, chanqoqlikni nima bilan qondirish mumkin? - debdi yana donishmand.
-Yantoqning suvi chanqoqni qondiradi ham darmon bo`ladi ,- debdi bola.
-rahmat, o`g`lim, sen endi menga shogirtgina emas, farzand bo`lding!

Download 21.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling