Ilmshunoslik fanining maqsad va vazifalari


Filolog faoliyatining asosiy yo`nalishlari


Download 443.63 Kb.
bet4/41
Sana31.01.2024
Hajmi443.63 Kb.
#1829797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Ilmshunoslik fanining maqsad va vazifalari-fayllar.org

9. Filolog faoliyatining asosiy yo`nalishlari
Ma’lumki, til va adabiyot fanlarini o‘z ichiga olgan fanlar turkumi, tizimidan iborat bo‘lib, tizimlilik filologiya fanlarining o`zaro aloqadorligida ko`zga tashlanadi. ’ Zamonaviy filologiyaning asosiy yo‘nalishlari sifatida tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folklorshunoslik, matnshunoslik, tarjimashunoslik kabi aspektlar belgilanar ekan, ularni alohida mustaqil fan sifatida qabul qilish barobarida o`zaro aloqadorligiga suyanish va biri ikkinchisini taqozo qilishi nuqtai nazaridan yondashish zarur. Bunday qarash tarixda ilmi adab va uning tarkibiga kirgan fanlarda aks etgan. Ilmi adab G`arb istilohida poetika deb atalib, eng muhim ilmlar majmuasi hisoblangan va quyidagi filologik sohalarni o`z ichiga olgan: 1) lug`at; 2) sarf, ya’ni morfologiya; 3) ishtiqoq – so`z yasalishi; 4) nahv – sintaksis; 5) maoniy; 6) bayon ilmi; 7) aruz; 8) qofiya; 9) insho. Qayd etilgan ilmi adabni egallaganlar adib - yunoncha filolog deb yuritilgan. Filologik tadqiqotlar filologik tizimning muayyan qismini tashkil qiladi.


10. Ilmiy ishlarning turlari
Ilmiy ishlar o`rganiladigan obyektidan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqiy, ilmiy-ommabop va o`quv-uslubiy turlarga bo`linadi. Ular hajmi jihatidan kichik (annotatsiya, maqola kabi) yoki katta (dissertatsiya, monogrfiya kabi) bo`lishi, tuzilmaviy tarkibi ham turlicha bo`lishi mumkin. Biroq ularning barchasiga xos umumiy xususiyat bu ularning ilmiy uslubda yozilishi, ularda ilmiy-tadqiqiy faoliyat natijasi bayon etilishidir. Ilmiy-tadqiqiy ishlar - Annotatsiya(sharh); Ilmiy maqola; Ilmiy ma`ruza; Tezis; Taqriz; BMI; Monografiya; Referat; Avtoreferat; Dissertatsiya; Magistrlik dis.; Nomzodlik dis.; Doktorlik dis. Ilmiy-ommabop ishlar - Ommabop maqola; Bosh maqola; Ocherk; Xabar; Risola; So`zlashgichlar; Lug`atlar. O`quv-uslubiy ishlar – DTS;Tayanch o`quv reja; O`quv dasturi: Namunaviy; Ishchi dastur; Darslik; O`quv qo`llanma; Metodik qo`llanma; Uslubiy qo`llanma; Mashqlar to`plami; Xrestomatiya.



Download 443.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling