16. Elektron o`quv adabiyotlar
Elektron darslik kompyuter texnologiyasiga asoslangan o`quv uslubini qo`llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o`quv materiallar. Elektron o`quv adabiyotlari ta’lim oluvchilar tasavvurini kengaytirish, dastlabki bilimlarini qo`shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashga mo`ljallangan tizimlashtirilgan o`quv materiali. Ma’lumotlar banki axborot texnologiyalar imkoniyati va vositalari asosida statik va dinamik rejimda tuzilgan katta hajmdagi axborotlar.
17. O`quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish tamoyillari
O`quv adabiyotlari “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq, ta’lim turlari bo`yicha tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari asosida, muayyan fan turi bo`yicha ushbu fanning o`quv dasturi mazmuni ta’minlagan holda tayyorlanadi. Tizimlilik tamoyili darslikdagi materiallar, kategoriyalar, tushunchalar, uslublarning o`zaro bog`liqligi va ularning izchil bayon etilishidir. Maqbullik tamoyili o`quv materiali va uning mazmuni o`quvchilarning yoshi, psixofiziologik xususiyatlariga mosligidan iborat. Ko`rgazmalilik tamoyili matnning turli ko`rgazmali vositalar (jadvallar, slaydlar, rasm va illyustratsiya va boshq.) bilan o`zaro bog`liqligi ta’minlanishida namoyon bo`ladi. O`quvchilarning ta’lim jarayonida ongli va faol ishtiroki tamoyili bu darslik metodikasi va matnlariga qo`yiladigan talablar orqali aniqlanadi.
18. Darsliklar hajmiga qo`yiladigan talablar
Darslik tilining aniqligiga qo`yiladigan talablar materialni o`zlashtirishning psixologiyasi nuqtai-nazaridan o`quv matnlarining hajmini ham belgilaydi. Bunda: - 1-4 sinf darsliklari uchun 8 ta so`zdan iborat gaplar; - 5- sinf uchun 8-9 ta so`zdan iborat gaplar; - 6-8 sinf uchun – 10-12 ta so`zdan iborat gaplar; - 8-9 sinf uchun -12-14 ta so`zdan iborat gaplardan tashkil topishi kerak.
19. Bir darsda o`rganish uchun mo`ljallangan o`quv materialining o`rtacha hajmi
Asosiy matn hajmi o`quvchilarning o`qish tezligi asosida quyidagicha belgilangan: - 1-2-sinf darsliklariga 1soatlik mavzu uchun – 1-1,5 betgacha; - 3-4-sinf darsliklariga 1soatlik mavzu uchun – 2,5-3 betgacha; - 5-sinf darsliklariga 1soatlik mavzu uchun 3,5-4 betgacha; - 6-7-sinf darsliklariga 1soatlik mavzu uchun – 3-3,5 betgacha; - 8-9-sinf darsliklariga 1soatlik mavzu uchun 2,5-3 betgacha.
Do'stlaringiz bilan baham: |