Ilyos Ikramov Tarix fani o’qituvchisi 97 153 91 93 Surxondaryo


-mavzu. O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi faoliyati va tinchlikparvar tashqi siyosati


Download 0.74 Mb.
bet45/50
Sana18.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1557099
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
11 O\'zbekiston Tarix qo\'llanma


21-mavzu. O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi faoliyati va tinchlikparvar tashqi siyosati

O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 2-martda BMTga qabul qilindi.

1993-yil oktabrda
Toshkentda BMTning vakolatxonasi ish boshladi.

1993-yil 28-sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida Mamlakatimiz
Birinchi Prezidenti Islom Karimov ilk bor ma’ruza qildi. Unda
1.Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli zona deb e’lon qilish,
2.Orol muammosi bo‘yicha BMTning maxsus komissiyasini tuzish kabi bir qator muhim takliflar ilgari surildi.

O‘zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnamoligida 1995-yil sentabrda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan Toshkent kengash-seminari tashkil etildi.
1995-yil 24-oktabrda Nyu-Yorkda BMTning 50 yilligi munosabati bilan Islom Karimov nutq so‘zlab,Afg‘onistondagi keskinlikni hal etish kaliti, eng avvalo, tashqi kuchlarning aralashuvini bartaraf etishdir, degan taklifni kiritdi.
2000-yil BMT Bosh Assambleyasining 55-sessiyasi “Ming yillik sammit”ida Islom Karimov
BMT minbaridan
1. BMTning mintaqaviy va global muammolarni hal etishdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilinishi zarurligini ta’kidlab,
2. Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari tarkibiga Germaniya va Yaponiyani kiritishni,
3. global va mintaqaviy tahdidlarga munosabat bildirishda tezkorlikni oshirish uchun Bosh Kotib vakolatlarini kengaytirish lozimligini qayd etdi.

O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 2001-yilda BMT Xavfsizlik Kengashining terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha maxsus qo‘mitasi ta’sis etildi.

2010-yil BMT Bosh Assambleyasining 65-sessiyasidagi mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom
Karimov o‘z nutqida jahon mamlakatlari e’tiborini yana Markaziy Osiyodagi murakkab muammolarni hal etish yo‘llariga qaratdi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling