IM. M. Vaxitov, sh. R. M irzayev I q I s m. M e ’ morf hilik tarixi


Download 10.73 Mb.
Pdf просмотр
bet1/16
Sana05.12.2019
Hajmi10.73 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
73111

iM.M.  VAXITOV,  SH.R.M IRZAYEV
I Q I S M . M E ’ MORf  HILIK  TARIXI

0 ‘ZBEKIST0N  RESPUBLIKASI  OLIY  VA 
0 ‘RTA  MAXSUS  TA’LIM  VAZIRLIGI
M   M   VAXITOV,  SH.R.MIRZAYEV
ME’MORCHILIK
/   QISM. M E ’MORCHILIK TARIXI
« T A F A K K U R »  N A S H R I V O T I  
TOSHKENT-2010

ВВК  85.  Пя^З 
UDK:  72  (075)
V-30
Vaxitov, М.  М.
M e'm orchilik:  darslik  /  М.  М.  Vaxitov,  Sh.  R.  M irzayev;  0 ‘zbekiston 
R espublikasi  oliy va o ‘rta-m axsus ta ’lim  vazirligi.  -  Toshkent.  Tafakkur.
Q ism   I.  :  M e ’m orchilik tarixi.  -368  b.
UDK:  72  (075)
О 
‘zbekiston  R espublikasi oliy va о 
'rta 
m axsus 
ta 
'Urn vazirligining 
2009-yil 26-fevraldagi 51-sonli b u y r u g ‘i bilan darslik sifatida  rtashr etishga
tavsiya etilgan
Taqrizchilar:  arxitektura  doktori,  prof. T.  F.  Q odirova  (1 AQI) 
t.f.n.,  dost.  X.  R.  R o ‘ziyev  (B uxO O vaESTI)
U shbu  darslik  oliy  o ‘quv  yurtlarining  5140900  -   «K asb  ta ’lim i  (B inolar 
va  inshootlar  qurilishi)»  va  5580200  -   «B inolar  va  inshootlar  qurilishi» 
y o ‘nalishlari  o ‘quv  dasturlariga  m os  hold a  yaratilgan,  u  uch  qism dan tashkil 
topgan.
D arslikning  ushbu  I  qismi  -   M e ’m orchilik  tarixi  ikki  b o ‘lim dan  iborat 
b o iib ,  1  -  b o ‘lim ida ja h o n   m e ’m orchilik  tarixi,  2  -  b o iim id a   0 ‘zbekiston 
m illiy m e'm o rch ilik  tarixi  m asalalari  bayon etilgan.
K itobniiig 
II 
qismi  -  F uqarolik binolari to 'rtta   b o iim n i  o ‘z  ichiga  oladi, 
lining  1  -  b o 'lim id a  binolam i  loyihalash  asoslari,  2  -  b o iim id a   turar  -  jo y  
binolari,  3  - boMimida  fuqarolik binolarining konstruksiyalari  va  4 -  b o iim id a  
ja m o at binolarining loyihaviy va konstruksiyaviy  m asalalari  bayon  etilgan.
D arslikning 
III 
qismi  -   Sanoat  binolari  uch  boMimdan  iborat  b o iib , 
1  -  b o iim id a   sanoat  binolarini  loyihalash  asoslari,  2  -  b o iim id a   binolarning 
konstruksiyalari,  3 -  b o iim id a  m e ’m orchilik fanini o ‘qitish m etodikasi  yoritib 
berilgan.
K itobning  barcha  qism lari  tarkibidan  m ustaqil  ishlash  uchun  savol  va 
topshiriqlar ham  o ‘rin egallagan.
ISBN  978-9943-372-30-6
©  M .M . Vaxitov,  Sh.R.M irzayev,  2010-y.
■V' 
-ГТ

KIRISH
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
mustaqillik 
sharofati 
bilan 
o ‘z 
taraqqiyotining  yangi  davriga  kirdi.  X alqim iz  o ‘zining  boy  tarixiy, 
madaniy  va  m a'naviy 
m erosiga  ega  b o ‘ldi.  M ing-m ing  yillik 
m e ’m orchilik  va  shaharsO^lik  tariximizni,  hattoki  borib  k o ‘rish 
t a ’qiqlangan  arxitekturaviy  yodgorliklarni  nafaqat  ziyorat  qilishga, 
balki  ularni 
o ‘rganishga  va  restavratsiya  qilishga  ham 
keng 
im koniyatlar  yaratildi.  Vatanim izda  qadim  zam onlardan  boshlab 
yaratilgan  nodir  m e'm oriy  obidalarni,  shaharsozlikning  yaratiiish 
tarixini,  qurilish  usuliari  va  qoidalarini  taiabalarga  xolisona 
o ‘rgatish  zamoni  keldi.
Sam arqand  shahrining  2750  yillik,  Buxoro,  X iva  va  Termiz 
shaharlarining  2500  yillik,  Shahrisabzning  2700  yillik,  Toshkent 
shahrining  2200,  M a r g ‘ilon  shahrining  2000  yillik  yubileylari 
nishonlandi.  B uyuk  sohibqiron  va  atoqli  davlat  arbobi  Amir  Temur, 
ja h o n g a  m ashhur  vatandoshlarim iz  Alisher  Navoiy,  Abu  Rayhon 
Beruniy,  Abu  Ali  ibn  Sino,  al-Xorazmiy, 
A hm ad  F a rg ‘oniy, 
M a r g ‘inoniy,  Imom al-Buxoriy, B a h o uddinN aqshba ndiy, Abduxoliq 
G ‘ijduvoniy,  N ajm iddin  Kubro,  Im om   al-Moturdiy,  Jaloliddin 
M anguberdi  singari  ja h o n g a   m ashhur  kishilarning  qadamjolari 
m am lakatim izning  bosh  m e ’mori  -   davlatim iz  Prezidenti  Islom 
A b d u g ‘aniy evich  K arim ovning  tashabbuslari  va  rahbarliklarida 
zam onam izdan  kelajak  avlodga  meros  b o ‘lib  qoladigan  darajada 
restavratsiya  qilindi,  tubdan  qayta  qurildi  va  yangidan 
tiklandi. 
2007-y ilda Islom  m adaniyatining poytaxti deb tan olingan  Toshkent 
shahrida u lu g ‘vor  inshoot -- Hazrati  Im om   masjidi  bunyod  etildi.
Zam onaviy  materiallar  va  konstruksiyalar  asosida,  milliylikni 
o ‘zida  jo  etgan,  um um iylik  bilan  uyg‘unlashgan 
k o ‘plab  turar-

joy,  ja m o a t  ham da  sanoat  binolari  va  inshootlari  qurildi.  K adrlar 
tayyorlash  milliy  dasturini  am alga  oshirish y o ‘lida m am lakatim izda 
yuksak  m e ’m orchilik  s a n ’ati  darajasida  akadem ik  litseylar.  kasb- 
hunar  kollejlari,  m aktablar,  sport  inshootlari,  zam onaviy  tibbiyot 
rnuassasalari,  y angicha  qishloqlar  yaratildi.  K o ‘plab  maydonlar, 
bo g ‘-r o g ‘lar,  orom gohlar  xalqqa  i n ’om  etildi.  Z am onaviy  ishlab 
chiqarish  korxonalari,  zavodlar,  fabrikalar ishga  tushdi. N e ft va gaz, 
gidrotexnika,  energetika  inshootlari,  yangi  y o ‘nalishdagi  avtom obil 
y o ‘llari,  tem ir  y o ‘ilar,  k o ‘priklar,  estakadalar  va  k o ‘plab  boshqa 
turdagi  inshootlar  bunyod  etilib,  foydalanishga topshirildi.
Yurtboshimiz  tarixsiz  kelajak  yo'q lig in i,  vatandoshim iz Abdulla 
Qodiriy  t a ’biri  bilan  aytganda,  m oziyga  qaytib  ish  k o ‘rm oq 
kerakligini  e ’tiborga  olib  talaba  yoshlarga  -   b o ‘lajak  quruvchi 
m uxandislarga 
m e ’morchilik,  shaharsozlik 
va  qurilish  tarixini, 
ularning  sir-asrorlarini  o ‘rgatish  maqsadga  muvofiqdir.  Ushbu 
darslik  ana  shu  m aqsadni  k o ‘zlab  yaratilgan  b o ‘lib,  yoshlarim izga 
m e ’m orchilik  sirlarini  o ‘rgatishga  qaratilgandir.
M e ’m orchilikning 
vazifasi  inson  hayoti  va  faoliyati  uchun 
m unosib fazoviy m uhitni tashkil qilishdir. Bu vazifa m oddiy struktura
— qurilayotgan  va  t a ’m irlanayotgan  binolar  va  inshootlar  orqali  hal 
etiladi.  A rxitekturaning  ijtimoiy  va  g ‘o y a \ i y   rivojlanish jarayonida 
uning funksiyasi  binolar,  konstruksiyalar orqali  turlicha ifodalanadi. 
K onstruksiyalar  va  arxitekturaviy  -  badiiy  ifodalar  o ‘rtasidagi 
o ‘zaro  b o g ‘liqlik  m e ’m orchilik  rivojlanishining  m uhim   m uam m osi 
boMib  kelgan.  K onstruksiya  aniq  funksional  va  estetik  m asalalarga 
mos  holda  q o ‘llanilganligi  uchun  arxitekturaviy  asar  d e m e n t i  
aham iyatiga ega b o ‘lgan.  Konstruktiv shaklning proporsional,  hajm- 
fazoviy  va  plastik  ifodalanishi  bino  va  inshootlar  tektonikasining 
xususiyatlarini  tashkil  etadi  va  bu  arxitekturaviy  kom pozitsiyaning 
bir m uhim  vositasidir.
M e ’m orchilik  fani  ham m a  vaqt  ijtimoiy,  siyosiy  va  g ‘oyaviy 
omillarni  hisobga  olgan,  ularga  mos  holda  rivojlangan.  M uhandis 
quruvchilar  arxitekturaning,  asosan 
texnik  m asalalari  bilan  ish 
k o ‘rib,  konstruksiyalar va  qurilish  usullarini  o ‘ziga jo   etgan  estetik 
im koniyatlarini yaqqol tasavvur qilishlari k erak b o ‘ladi.  Bu jihatdan

qaraganda,  arxitektura  ta h x iy   tajribasi  nafaqat  keng  m a ’Iumotlar 
beradi,  shuningdek,  u  muam m oni  nazariy  o ‘y lashga  o ‘rgatadi, 
konstruksiyalar va  badiiy  shakllarning o ‘zaro  b o g ‘ !iqligiga oid  k o ‘p 
qirrali  nazariy  masalalarni  hal  qilishga yordam   beradi.
K itobning 
birinchi 
qismini 
birinchi 
b o ‘ lirnida 
tarixiy- 
arxitekturaviy  m a ’lumotlar,  um um iy  tarixiy  izohlar,  konstruktiv 
shakllarning  rivojlanishi,  tektonik  xususiyatlar,  ikkinchi  boMimda 
o 'z b e k   milliy  m e ’m orchiiigi  yoritilgan.  Darslikning  ikkinchi  qismi 
bino  va  inshootlarni  loyihalash  asoslariga,  turar  jo y   binolariga, 
fuqarolik  binolarining  konstruksiyalariga  va  o ‘ziga  xos  jao m o at 
binolariga  bag ‘ishlangan.  S o'nggi  uchinchi  qism ida  esa  sanoat 
binolarini  loyihalash  va  konstruksiyalarini  o ‘rganish  masalalari 
yoritilgan.
B oblar  va  b o 'li m la r   ichida  m aterialni  jo y la sh tirish   tartibi  bino 
va  inshootlarning  konstruktiv  aso slarid a n   boshlanib,  s o ‘ngra 
arxitekturaviy  y e c h im n in g   boshqa  tom onlarini  y o ritishga  o ‘tilgan. 
Bu  usul  arxitekturaga  m u h andislik  n u q tai-n a zard a n   yondoshishni 
bildiradi. 
Kelgusi 
m uhandis, 
quruvchi, 
pedagog 
kadrlarni 
tayy o rla sh  jara y o n i  ijtimoiy  siyosiy  va  g 'o y a v iy   tarbiya  bilan  ham 
bevosita  b o g ‘ liqligini  inobatga  olib,  kitobda  bu  m asalaga  ham 
e ’tibor  berilgan.
Darslikning  o ‘ziga  xos  jihatiaridan  biri  «Kasb  t a ’limi  (Binolar 
va  inshootlar  qurilishi)»  ham da  «B inolar  va  inshootlar  qurilishi» 
y o ‘nalishlari  b o 'y ich a  m e ’morchilik  fani  dasturiga  mos  holda uning 
o ‘zbek  tilida  keng  hajm da  birinchi  marta  yaratilishidir.  Shuning 
uchun  ham  ushbu  kitob  mualliflar  e ’tiboridan  chetga  chiqib  qolgan 
b a ’^i  kamchiliklardan  xoli  boMmasligi  mumkin.  Mualliflarga 
bildirilgan  darslik  b o ‘yicha  har  qanday  kam chilik  sam imiyat 
bilan  qabul  qilinadi  va  keyingi  tahrirlarda  uning  sifatini  yanada 
yaxshilashga  xizmat  qiladi  deb  o ‘ylaymiz.
U sh b u  
darslik n i 
tay y o rla sh  
j a r a y o n i d a  
tex n ik  
yordam  
k o ‘rsa tga nliklari  va  o ‘z  x iz m a tla rin i  a y a m a g an lik la ri  uchun
S. F. H a sa n o v a  va A. X.  H o jiy e v la r g a   m u a llifla r o ‘z m in n a td o rc h i- 
liklarini  izhor  etadilar.

I BO‘LIM. ME’MORCHILIK  TARIXI
l-bob.  U M U M IY   M A’LU M O TLA R
M e ’m orchilik 
xalq  arxitekturasida  bino  v a   inshootlarning 
qurilish  s a n ’atini  ifodalovchi  atamadir.  M e ’m orchilik 
bino  va 
insinootlar qurishning o ‘ziga xos  texnikasini,  s a n ’atini, xalq  tarixini, 
uning  ijiimoiy-siyosiy  qudratini,  diniy  va  dunyoviy  qarasiniari- 
ni,  madaniy-maishiy  hayotini  m a ’lum  shaklda  mujassam  etadi.  M e ’- 
mor — binokor  usta;  bino  va  inshootlarning  loyihasini  yaratuvchi  va 
ularning  qurilishini  nazorat  qilib  boruvchi  bosh  mutaxassisdir.
A rxitektura (lot.)  m e ’m orchilik s a n ’ati  inson  ijodiy  faoliyatining 
qurilish  bilan  b o g ‘liq  b o ‘lgan  alohida  turidir,  u  m e ’morchilik 
sa n ’ati  tarixi,  qonuniyatlari,  nazariyasi,  binolarning  turi  va  uslubi, 
kom pozitsiyasi  kabi  qator  m asala la m i  o ‘rganuvchi  fandir.  U 
jam iy atn in g   ijtim oiy-m aishiy  va  g ‘oyaviy-badiiy  ehtiyojlariga 
xizm at  qiladi.  Turli-tum an  binolar,  ularni  loyihalash  va  qurish, 
inshootlar,  shahar  va  qishloqlar  keng  m a ’noda  arxitektura  nomi 
bilan  yuritiladi.
A rxitektura kishilik jam iyati taraqqiyotining ilk bosqichlaridayoq 
paydo  b o ‘lgan.  Ibtidoiy  odam   tabiat  kuchlaridan  o ‘zini  m uhofaza 
qilish  uchun  hayotiy  zarurat  tufayli  oddiy  m a g ‘ora  va  chaylalar 
yasagan.  Inshootning k o ‘rkiga ham  e ’tibor berib, g o ‘zallik qonunlari 
asosida  ijod  eta  boshlagan.
Arxitektura  quldorlik  jam iyati  davrida  tez  taraqqiy  topgan. 
Jam iyatning  sinfiy  talablariga  m unosib  uy-joy  va  j a m o a t  binolari 
yaratilgan.  Q adim iy  S harqda  piramida,  zikkurat  kabi  ulkan  diniy 
inshootlar kompleksi, m urakkab rejali  saroylar  va boshqa  inshootlar 
barpo  etilgan.  Fanning  b a ’zi  nazariy  va  amaliy  m asalalari  ishlab

chiqilgan.  Qadimgi Yunonistonda maktab, stadion, teatr,  ibodatxona, 
am titeatr  kabi  turlari  paydo  boMgan.
Ellinizm  davriga  kelib  order sistemasi  arxitekturaning  konstruk- 
tiv  va  badiiy  asosiga  aylangan.  Qadim gi  R im da  beton  ishlatilishi 
davri  ravoq  va  gum bazlar  arxitekturasining  rivojlanishiga  olib 
keigan.  Forum,  Z afar  darvozasi  kabi  harbiy  qudrat  g ‘oyalarini 
namoyish  etuvchi  yangi  inshootlar  paydo  b o ‘lgan.  Binolar  bezagiga 
e ’iibor  ortgan.
0 ‘rta  asriar arxitekturasida  roman  (X  -  XII  asrlar)  uslubi,  keyinroq 
go tik a (X Il - X V a s r l a r ju s l u b i  a l o h i d a o ‘rintutgan. G o tikaarxitektura 
uslubiga  xos  b o4gan  clio'ziq  ravoqlardan  iborat  konstruksiyali  b i­
nolar  ichida  m onum ental  ibodatxonalar diqqatga  sazovor  b o ‘lgan.
U y g ‘onish davri  -  R enessans  (X V   asr  oxiri  -  XVI  asr  boshlari) 
uslubi  negizini  qadimgi  klassik  arxilektura  prinsiplarining  yangi 
davr  talablari  asosida  rivojlantirishni  tashkil  etgan.  Bu  davrda  keng 
k o ‘lamdagi  va  m urakkab  k o ‘rinishdagi  inshootlar  yaratilgan.  XVI 
asr  o ‘rtalarida  uslub  o ‘zgargan.  B inolar  haddan  tashqari  bezakdor 
(barokko  uslubi)  qurilgan.
X V I I - X I X   asrlarda  bu  serahasham   yechim dan  voz  kechishga 
intilish  boshlangan.  K lassik  va  Renessans  arxiteturasining  usul  va 
prinsiplarini  yangi  zam onga  tatbiq  etish  natijasida  klassisizm  uslubi 
paydo  b o ‘lgan.
Markaziy  Osiyo  arxitekturasi  ham  o ‘ziga xos  U y g ‘onish  davrini 
bosib  o ‘tgan.  Arxitektura  usiubida  naqsh  va  rangga  alohida  e ’tibor 
berilgan,  binolarnig  yangi  turlari  v a   kompozitsiyalari  ijod  qilingan. 
Budda  dini  tarqalgan  yerlarda  B udda  haykallari  bilan  bezatilgan 
ibodatxonalar  bunyod  etilgan.  Rus  arxitekturasida  yetuk  inshootlar, 
ularning  komplekslari  va  ansabllari  qurilgan.
Kapitalistik  jam iyatning  paydo  boMishi  va  rivojlanishi  XIX 
asrning  ikkinchi  yarmi  va  XX  asrning  boshlarida  yangi  tipdagi 
inshootlarni  bunyod  etishga  olib  keigan.  Fabrika,  zavod,  elektr 
stansiya,  vokzal,  aerovokzal,  garaj,  elevator,  birja,  firma  singari 
bino 
va 
inshootlar 
qurila 
boshlangan. 
Temirbeton. 
metall 
konstruksiyalari  va  boshqa  qurilish  materiallari  (oyna,  plastmassa 
va  hokazo)  arxitektura  usiubida  tubdan  o ‘zgarish  yaratgan.  Yangi

texnika  va  uslublar  yaratilgan.  B ular  ham m asi  k o ‘p  qavatli  binolar 
va inshootlar barpo etish  im koniyatini yaratgan. N am u n a v iy   yechim  
va  standartlar ishga tusha  boshlagan.  Yangi  m aterial,  texnika,  yangi 
tam oyil  v a   talablar  yangi  arxitekturani  yaratgan.  N atijada  fanda 
turli  oqim lar pay d o  b o ‘la boshlagan.
F unksionalistlar 
binoning 
g o ‘zalligi 
uning 
shakli 
va 
funksiyasining  uzviyligi,  konstruksiyaning  nafis  va  materiallarning 
tabiiy  b o ‘lishiga  b o g ‘liq  deb  t a ’kidlasalar,  boshqa  bir  guruh 
arxitektorlar y angi arxitekturada bezatuvchilikka u m u m a n  o ‘rin y o ‘ q 
deb  aytganlar.  Qurilish  texnikasining  yutuqlari  va  im koniyatlariga 
asoslanib,  faqat  shakl  bilan  qiziqib,  arxitekturaning  g ‘oyaviy- 
badiiy  sifatlarini  inkor  etish  natijasida  konstruktivizm   oqimi 
paydo  b o ‘lgaiv.  E lektika v a  m o d e rn g a   qarshi  chiqib,  inshootlarning 
sodda,  ehtiyojni  qondiradigan,  tejam li  b o ‘lishini  talab  qilganlar. 
Bu  oqim   nam oyandalari  zam onaviy  qurilish  m ateriallarining 
(temirbeton,  oyna) badiiyligini k o ‘rsatishga uringanlar,  bezaklardan 
voz  kechganlar,  devorlarda  derazalarning  behad  keng  b o ‘lishiga 
aham iyat berganlar.
Keying!  davr  arxitekturasi  h a r  bir  xalqning  milliy  a n ’analari, 
turm ush  sharoiti,  m adaniyati,  tabiiy  sharoiti  va  m avjud  qurilish 
m ateriallariga  qarab  bino  v a   inshootlarning  o‘ziga  xos  shakl 
va  turlarini  yaratgan.  A rxtekturada  turar-joy,  raadaniy  oqartuv 
binolari,  teatr,  muzey,  m aktab,  stadion,  m udofaa  inshootlari,  savdo 
rastalari,  sanoat  v a   transport  inshootlari,  diniy  binolar  va  k o ‘plab 
boshqa  inshootlar,  k o ‘cha,  m aydon,  b o g ‘  kabi  sahnlar orqali  o ‘zaro 
bo g ‘lanib,  m ahalla,  guzar,  daha,  tum an,  shahar  kabi  kom plekslarni 
tashkil  etgan.
A rxitektura  inshootlari  ja m iy a tn in g   m oddiy 
ehtiyojlaridan 
tashqari,  o ‘sha  davr  ijtimoiy  hayotidagi  asosiy  g ‘oyalarni  ham  
ifoda etgan.  M asalan,  u lu g ‘  bobom iz A m ir Tem ur ulkan  arxitektura 
binolari  va  inshootlari  orqali  ham   (m asalan,  Shahrsabzdagi  Oq- 
saroy)  o ‘z  qudratini nam oyish  etgan.
A m aliyotda  arxitektor  m avjud  im koniyatlar  asosida  bino  barpo 
qiladi.  B inoning  o ‘m i  va  m avqeiga  qarab  uning  badiiy  obrazini 
yaratadi.  B uning  uchun  u  fanning  yutuqlarini  chuqur  o ‘rgangan

b o ‘lishi,  m ahalliy  va  tabiiy  sharoitlar,  xalqning  m illiy  v a   badiiy 
a n ’analari,  did v a  talablarini  hisobga  ola  bilishi  kerak.  Ayni  vaqtda 
0 ‘zbekistoa  railliy  arxitekturasi  ja h o n   arxitekturasi  yutuqlaridan 
foydalangan  holda,  zam onaviy  qiyofaga  kirib  rivojlanm oqda, 
yuksaklikka  intilmoqda.
2-bob.  IBTID O IY  JA M O A   DAVRI  M E ’M O R C H ILIG I
Qurilish  faoliyatining  boshlanishi  paleolit  zam onasiga  borib 
taqaJadi.  U  davr insonlarning tashqi  m uhit noqulayliklari  va yovvoyi 
hayvonlarning  t a ’sirlaridan  o ‘zlarini  muhofaza  qilish  uchun  oddiy 
tosh  qurollari  yordam ida  dastlabki  turar-joylami  tiklashlari  bilan 
bog‘liqdir.  Yog‘och  mavjud  b o ‘lgan  hududlarda,  odatda,  shox- 
shabbalar  bilan  yopilgan  y erto‘lalar,  ikki  qiyali  yoki  konussimon 
shakldagi  yopm alardan iborat alohida turuvchi chaylaiar qurilgan.
M e ’m orchilik  faoliyati  s o ‘nggi  paleolit  zam onasida  boshlangan 
deyiladi.  B u  davrda  qurilish  texnikasi  oddiy  utilitar  masalani 
yechuvchi 
texnik 
faoliyatdan 
insonlam ing 
oddiy 
m a ’naviy 
ehtiyojlarini 
qoniqtiruvchi 
m urakkab 
tartibdagi 
m asalalarni 
yechuvchi faoliyatga  o ‘ta boshlaganligi  bilan  xarakterlangan.
O ddiy  konstruktiv  elem entlar  v a   tizimlarni  estetik  fikrlash 
tektonika  bilan  b o g ‘liq  b o ‘lgan.  K eyinroq  aniq  g ‘oyaviy-badiiy 
m azm unni  rivojianishi  badiiy  texnik  qurilish  davrini,  y a ’ni 
arxitektura  davri  boshlanganligini  bildiradi.  Bu  davr  bilan  inson 
faoliyatining  yangi  qirrasi  -   badiiy  s a n ’atni  paydo  b o ‘lish jarayoni 
ham   b o g ‘liqdir.
N eolit davrida toshdan yasalgan, takom illashgan m eh n at qurollari 
paydo  b o ‘lgan  va  u 
insonning  m oddiy  imkoniyatlarini  yanada 
kengaytirgan.  Olov  bilan  bolta yaxlit  daraxtdan  hatto  qayiq,  uy-joy 
uchun  g ‘o ‘la  va  taxta  tayyorlash  im koniyatini  bergan.  U zunligi  30 
m  va m aydoni  150 k vm  ni tashkil etgan konsentrik aylanalar b o ‘ylab 
jo ylashgan  (diametri  170  m  b o ‘lgan  katta  aylana  b o ‘ylab  katta, 
kichik aylana b o ‘yIab  kichik)  uylar qurilgan.
Neolit  davrining  eng  rivojlangan  qurilishlariga  y o g ‘och  qoziqqa 
tayantirilgan  binolar  kiradi.  Bular,  odatda  daryo,  dengiz  va  botqoq

jo y lard a  qurilgan.  U lar  m udofaa 
va  baliq  oviab  hayot  kechirish 
m aqsadida  shunday j o y la rd a   tiklangan.
Bronza  asriga  kejib  metalldan  yasalgan  ish  qurollari  mehnat 
unumdorligini  keskin  k o ‘targan.  M egalitik  inshootlar  -   yirik 
toshlardan  tayyorlangan  imoratlar,  plitalar,  tik  ustunlar  yuzaga 
kelgan.  Bu  inshootlarning  vazifasi,  asosan  diniy  m arosim lar  va 
xotira  hodisalari  bilan  b o g ‘Iiq  b o ‘lgan.
M egalitik  inshootlarning  menger,  dolmen  va  krom lex  nomli  uch 
asosiy turi  topilgan.  M engerlar m arhum lar xotirasiga q o ‘yilgan katta 
o ‘lcharndagi  (odatda  4-5  m  ni  tashkil  etgan,  am m o  baiandligi  20  m 
gacha,  vazni  300 t gacha  boMganlari  ham  bor.  masalan,  Franstiyada) 
tik  toshlardir.
D olm enlar  ustiga  bostirm a-yopm a  q o ‘yilgan  bir  necha  tik 
o ‘rnatilgan  toshlardan  iborat  inshootlar  (  ularning  dastlabki 
oMchamlari - u z u n l i g i  2 m gacha, baiandligi  1,5 m gacha, keyinchalik 
o ‘lchamlari  kattalashgan).
Krom lex  (Angliya,  Stanxendjda  saqlangan)  uzun  y o ‘lak  yoki 
halqasim on  to ‘siqdir,  diametri  30  m  b o ‘lib,  devorlari  tik  toshlardan 
iborat  boMgan.  U yotiq  plitalar bilan  yopilgan.
Yodgorlik  va  diniy  inshootlar  bilan  bir  qatorda,  ibtidoiy  ja m o a  
tuzum ining  s o ‘nggi  bosqichlarida  yangi  tur  inshootlar  —  tosh  va 
y o g 'o c h   q a l’alar  tlklana  boshlangan.  Dastlabki  q a l’alar  bitta  devor 
bilan,  keyinroq  esa,  ichkaridagi  ark  (stitodel)  atrofi  ikkinchi  devor 
bilan  o'ralgan.
M ehnat  turlarini  yuzaga  kelishi  va  dehqonchilikdan  hunarmand- 
chilikni  ajralishib  chiqishi  bilan  qabilalar  orasidagi  nizolar 
kuchaygan.  Xususiy  mulkni  paydo  b o ‘lishi  bilan  mulkiy  farqlar 
kattalashgan.  Q o ‘l  mehnatini  ahamiyati  oshib,  qarindoshchilik 
tuzumini  yemirilishiga  olib  kelgan  va  quidorlik  davlatlari  paydo 
b o ‘la  boshlagan.
M ustaqil  ishlash  uchun  savol va  topshiriqiar
1.  M e ’m o r deganda  kimni  tushunasiz?
2.  M e ’m orchilik  t o ‘g ‘risida  o ‘z fikringizni  ba>on  eting.

3. A rxitekturaning  rivojianish  tarixini  qisqacha  izohlab  bering.
4.  Ibtidoiy ja m o a  davri  m e ’m orchiligini  sharhlab  bering.
5.  M egalitik  inshootlar t o ‘g ‘risida  nimalarni  bilasiz?
6.  Tosh  va  y o g ‘och  q a l ’alarning  shakllanishini  izohlab  bering.
3-bob.  Q U LD O R C H ILIK   DAVLATLARINING 
M E ’M O RC H ILIG I  VA  SH A H A R   Q URILISH I
Ibtidoiy ja m o a   tuzum ini  yemirilishi  bilan  M isr  va  Old  Osiyoda 
qullarning 
m ehnatidan 
foydalanishga 
asoslangan 
quldorlik 
davlatlari  paydo  b o ‘lgan.  0 4 r o q q a   aylanish  va  bu  hududlarda 
davlatlarini  paydo  b o 'lishi  yirik  daryolar  b o ‘ylab  loyli  yerlarda 
irrigatsiya  tizimlarini  rivojlanishiga  sabab  b o ‘lgan.  Issiq  va  quruq 
iqlim  sharoitidagi  yerlarni  s u n ’iy  s u g ‘orish  masalasi  dehqonchilik 
va  chorvachilikni  rivojlanishiga  asos  solgan.
M urakkab s u g ‘orish sistemasini barpo etish va undan foydalanish 
ishianadigan  yerlarni  b o ‘lib  olishni  m um kin  qilmay  q o ‘ygan  va 
m ulkka  egalik  bir  kishi  -   podshoh  (fir’avn)  q o ‘liga  o ‘tib  qolgan. 
Katta  davlatni  siyosiy  vositalar  va  podshohni  xudoning  yerdagi 
vakili  deb  e ’lon  qilingan  bosh  diniy  g ‘oya  orqali  boshqarish 
m ustahkam langan.  Shu  sababli  dindorlar  alohida  im tiyozlardan 
foydalanadigan  b o ‘lganlar.
Davlat va boylikni podshoh va uning yaqinlari  q o ‘l i d a t o ‘planishi 
qadim gi  sharq  quldorlik  tuzum ining  farqli  tom oni  b o ‘lgan. 
Hokimiyatni  m arkazlashuvi  k o ‘p  qullar  mehnatini  yodgorliklar 
(ibodatxonalar,  qasrlar,  m aqbaralar)  qurish uchun  t o ‘plashga imkon 
yaratgan.
3.1.  Q adim gi  M isr arxitekturasi
Nil  vodiysining  shimoliy  va  janubiy  rayonlarini  birlashtirgan 
yagona  Misr  davlati 
eramizdan  avvalgi  III 
minginchi  yillarda 
tashkil  topgan.
M isr  davlati  m e ’morchiligi  tarixi  quyidagi  t o ’rt  davrga 
b o ‘lingan: erta podsholik (eram izdan oldingi 111  minginchi yillikning

boshlanishi);  qadim gi  podsholik  (eram izdan  oldingi  2800  -   2400 
yillar);  o ‘rta  podsholik  (eram izdan  oldingi  III  m inginchi  yillikning 
oxiri  -   eram izdan  oldingi  XVII  asrlar);  yangi  podsholik  (eram izdan 
oldingi  X V I - X I   asrlar).
Qadimgi  Misr  m onum ental  qurilishlari  ichida,  xususan  maq- 
baraiar, y a ’ni piram idalar(qurilishlarni e n g yuqori c h o ‘qqiga chiqqan 
payti  qadimgi  podshohlik  davriga  t o ‘g ‘ri  keladi)  va  ibodatxonalar 
kom plekslari  (rivojlanishi  yangi  podsholik  davriga  t o ‘g ‘ri  keladi) 
ajralib  turadi.
Ourilish 
usullari 
va 
konstruksivalari. 
M isrda 
qurilish 
texnikasining  rivojlanishi  uchun  muhim  faktor  b o ‘lib  doim iy 
irrigatsiya  inshootlariga  boMgan  zaruriyatning  mavjudligi  xizm at 
qilgan.  G idrotexnik kom plekslar tarkibiga suv omborlari,  to ‘g ’onlar, 
S U V  
o ’tkazgichlar,  suvni  k o ‘tarish  uchun  xizm at  qiladigan  quduqlar 
va  boshqa  injenerlik  inshootlari  kirgan.
O m m aviy  qurilishda  asosiy  material  sifatida  xom  g ‘isht 
(oMchamlari  14 x 36 x  1 Ism),  m onum ental  b i n o la rv a y o d g o rlik la r d a  
esa  to g ‘  jinslari  (granit,  ohaktosh,  bazalt,  qum tosh  va  boshqalar) 
ishlatilgan.  Tarkibi  ohak,  qum  va  loydan  tashkil  topgan  qorishm alar 
yordam ida  toshlar  terilgan.  Yog‘och  kam  b o ‘lganligi  uchun  u  kam 
va  zaruriy  hollardagina  (yopm ada,  tomda,  b a ’zi  tayanchiarda) 
ishlatilgan,  G um baz konstruksiyalar ham deyarli  ishlatilmagan. Tosh 
konstruksiyalar  binolar  va  inshootlarning  asosiy  elementlari  bo'lib 
xizm at  qilgan.  D evor  va  ustun  -   t o ‘sin  sistemasi  yodgorliklarning 
asosiy  konstruktiv  tizimi  hisoblangan  (3.1  -  rasm ).
Oadimtzi  Misr  binolari  va  m e ’morchilik  komplekslari.  M onu­
mental  m aqbara  inshootlarining eng oddiylari  m astaba b o ‘lib,  shakli 
kesilgan  piram idaga  o ‘xshaydi.  Bu  xil  inshoot  ikki  qismdan,  y a ’ni 
yer  usti  qismi  (bitta  yoki  ikkita  m arosim  xonalari  mavjud)  va  yer 
osti  qismi  (qabr xonasi)  dan  iborat  b o ‘lgan.  Bu  tipdagi  inshootlarga 
Sakkaradagi  Joser  p o g ‘onali  piramidasi  (eramizdan  oldingi  2780  - 
yillar)  misol  b o ‘la  oladi.  Inshoot asosining  o ‘lchami  109,2  x  121  m 
ni,  balandligi  60  mni  tashkil  etgan.

s
1!
r

Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 85%20Санъат
85%20Санъат -> I oism. M e ’ m o r c h IL ik tarixi 0 ‘zbek3ST0n respublikasi oliy va
85%20Санъат -> Sa id a h b o r bulatov asrol m u xto ro V g a n c h k o r L i k
85%20Санъат -> Binolar zilzilabardoshligi. Rahmonov B, Siddiqov M.pdf [Abdurasulboy madrasasi]
85%20Санъат -> B. S. Sayfullayev, V. K. Rustamov madaniy tadbirlarni tashkil etish
85%20Санъат -> Iiq ism. Fuqarolik binolari «tafakkur» nashriyoti toshkent
85%20Санъат -> D. U. Isamuxamedova shahar va qishloqlar rekon struktsiy asi
85%20Санъат -> Yodgorliklarini
85%20Санъат -> Iii qism. Sanoat binolari «tafakkur» nashriyoti toshkent
85%20Санъат -> Iii qism. Sanoat binolari «tafakkur» nashriyoti toshkent
85%20Санъат -> Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. Dosmetova N. Abraykulova raqs


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling