Iman group ltd. Nomidan tuzilgan ommaviy oferta ipo iman jamiyatidagi eng sodiq investorlarga aksiyalar taqdimoti
IPO - bu xolding kompaniyasi aksiyalarining fond birjasida birlamchi ommaviy taklifini anglatadi. 2
Download 496.42 Kb. Pdf ko'rish
|
PUBLIC OFFER stock options 17122022 uzb-merged
IPO - bu xolding kompaniyasi aksiyalarining fond birjasida birlamchi ommaviy taklifini anglatadi.
2. TAKLIF SHARTLARI 2.1. Ushbu ommaviy oferta Xolding kompaniyasining noaniq doiradagi shaxslarga qaratilgan rasmiy ommaviy hujjati bo‘lib, kompaniyaning qayta sotib olinishi mumkin bo’lgan aksiyalarini LP Imanga 10 000 000 (o'n million) so'mga teng yoki undan ortiq miqdorda investitsiya qilgan shaxslarga taqdim qilish shartlari quyidagicha: A) LP Imanning faol investorlar ro'yxati 10,000 (o'n ming) kishiga etgan vaqtda Investorning balansi 10,000,000 (o'n million) so'mga teng yoki undan ortiq bo'lgan. B) Investor ushbu Ommaviy ofertaning 2.1.-A bo'limida ko'rsatilgan vaqtgacha LP Imanga qo'ygan investitsiyasini, birinchi investitsiya qilingan kundan boshlab kamida 12 oy davomida ushlab turdi. 2.2. Xolding kompaniyasi shartnomaning 2.1-bo'limida ko'rsatilgan shartlarni bajargan har qanday shaxsga LP IMANga kiritilgan har bir 10 000 000 (o'n million) so'mlik investitsiya uchun 1000 ta opsion taqdim qiladi, o’z o’rnida ushbu 1,000ta opsion 1,000 qayta sotib olinishi mumkin bo’lgan aksiyalarga almashtirish huquqini beradi. 2.3. Qo'shimcha taklif quyidagi shartlarning barchasiga mos keladigan shaxslarga taqdim etiladi: A) Investor 2.1-bo'limda tavsiflangan mezonlarga javob beradi. B) LP Imanning faol investorlari 10,000 kishiga yetganda investor birinchi 200 ta eng yirik investorlar qatoriga kirdi. C) Investor LP Imanning ofisida uning investitsiya miqdori va olingan koll opsionlari sonini ko‘rsatadigan sertifikat bilan suratga tushishga rozi bo‘ldi. Investor ushbu fotosuratni, investorning to'liq ismini va LP Iman haqidagi iqtibosini LP Iman tomonidan omma oldida marketing maqsadlarida ishlatishga ruxsat berdi. 2.4. Xolding kompaniyasi ushbu shartnomaning 2.3-bandida ko'rsatilgan shartlarni bajaradigan har qanday shaxsga 2.2-bo'limda sanab o'tilgan shartlarga muvofiq olingan koll opsionlari miqdoridan qo'shimcha 5% koll opsionlarini taqdim etadi.. 2.5. Ushbu ommaviy oferta qoidalari kompaniyaning va ushbu ommaviy ofertani qabul qilgan shaxslarning ushbu Ofertaning 2-bo'limiga muvofiq huquqiy munosabatlariga nisbatan qo'llaniladi. 2.6. Ushbu ommaviy oferta, agar taklif qiluvchi tomonidan xuddi shunday tarzda Ofertani bekor qilish to'g'risida bildirishnoma joylashtirish orqali bekor qilinmasa, qaytarib olinmaydigan bir tomonlama oferta hisoblanadi. Agar ofertani aksept qilish va unga ko‘ra harakat qilish ofertani bekor qilish to‘g‘risidagi xabar e’lon qilingan kundan kechroq bo‘lsa, Xolding kompaniyasi va uning har qanday bog’langan shaxslari uchun yuridik majburiyat tug‘dirmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling