Grafik xatolarni tuzatish mashqlari: - Grafik xatolarni tuzatish mashqlari:
- — kartochkaga harf elementlari tushirib qoldirilgan 8—10 tadan so‘z yozilib, o‘quvchilarga tarqatiladi. O‘quvchilar esa tushirib qoldirilgan harf elementlarini o‘z o‘rniga qo‘yib, daftarlariga ko‘chirib yozadilar;
- — yana shunday kartochkalarga harf elementlarini noto‘g‘ri qo‘yib, o‘quvchilarga ularni to‘g‘rilab ko‘chirish vazifasi topshiriladi;
- — doskada harflari tushirib yozilgan murakkab so‘zlar «Qaysi qator oldin yozadi?» ta’limiy o‘yini o‘tkazish orqali mustahkamlanadi.
- Orfografik xatolarni tuzatish mashqlari:
- — o‘quvchilarga jarangli undosh bilan tugagan so‘zlarni jarangsiz undosh tarzida o‘qib, lug‘at diktanti o‘tkazish;
- — tarkibida ketma-ket kelgan bir xil undoshli so‘zlarning yarmini aytib, qolganini o‘quvchi yozishini ta’minlaydigan lug‘at diktanti o‘tkazish. Masalan, al-alla, el-ellik, is-issiq, ar-arra kabi.
So‘z va bosh harflarni tuzatish mashqi: - So‘z va bosh harflarni tuzatish mashqi:
- — so‘zlardagi xatolarni tuzatish uchun o‘quvchilarga shu so‘z ishtirokida gap yozdirish; kichik harf bilan yozilgan so‘zlarni esa ana shu so‘zning kichik va bosh harflar bilan yoziladigan shakllari misolida gaplar tuzish. Masalan,
- O‘lkamizga bahor keldi. — Men Bahor ko‘chasida yashayman.
- Ona — aziz inson. — Biznikiga Aziz keldi.
- Sayyoh orolda qoldi. — O‘qituvchi Orol dengizi haqida gapirib berdi.
- Shevaga oid so‘zlarni tuzatish mashqi:
- Bu turdagi xatolarni tuzatish uchun «Chalg‘itma diktant»dan foydalanish yaxshi samara beradi. O‘tkazilgan tajribalarda o‘quvchilar diktant paytida shoshilmay, fikrlab, sheva bilan adabiy tilning farqini anglagan holda matnni yozishga harakat qilishgan. Chalg‘itma diktant 5-7 sinflarda olinishi mumkin. Chunki bu sinflarda imloviy jihatlarni qamrab oluvchi dars mavzulari ko‘proq. Chalg‘itma diktant o‘tkazilishidan oldin o‘qituvchi diktantni sheva asosida aytib berishini, lekin undagi so‘zlarni o‘quvchilar imlo qoidalariga muvofiq yozishlari lozimligini uqtiradi. Masalan, «Diktantlar to‘plami»dagi «Qurbaqa» matni Andijon shevasida quyidagicha aytib berilishi mumkin:
- Qurbaqa foydaliy jonivor. Kunduzi qurbaqa biror namraq joyda yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |