Immobilizatsiya
Download 103.04 Kb. Pdf ko'rish
|
Immobilizatsiya - Vikipediya
Immobilizatsiya Immobilizatsiya (lot. immobilisis — qimirlamaydigan, harakatsiz) — gavdaning shikastlangan yoki kasal qismini (odatda, qoʻl-oyoq va umurtqa pogʻonasini) qimirlamaydigan qilib qoʻyish. Suyak singanda, chiqqanda, ta-yanch-harakat aʼzolarining yalligʻlanish kasalliklarida (osteomiyelit, sil va b.), suyak va yumshoq toʻqimaning turli jaroxatlarida, shuningdek, operatsiyadan keyin gavdaning tegishli joylarini maʼlum vaziyatda ushlab turish uchun I. qoʻllaniladi. Shikastlanganda ogʻriqni kamaytirish, travmatik shok va infeksiya tushishining oldini olishda, bemorning tezda sogʻayib ketishida I. ning ahamiyati katta. Vaqtincha (transport) va doimiy (davolash) I. qilinadi. Vaqtincha I. suyak singanda va b. ogʻir shikastlanishlarda birinchi yor-dam koʻrsatishning eng muhim vosita-sidir. Vaqtincha I. uchun maxsus shinalar (Detiriks, Kramer, Bogdanov va h.k.), shuningdek, qoʻl ostida bor boʻlgan faner, taxta va b. materiallar (mas, taxtakach) dan foydalaniladi. Shinalash — vaqtincha I. ning asosiy turi hisoblanadi. Bemor kasalxonaga keltirilgandan soʻng vaqtincha I. doimiy I. bilan almashtiriladi (qarang Suyak si-nishi , Suyak chiqishi ). Davo I. si gips bogʻlov, tortib qoʻyish, ortopedik moslama, korset va b. yordamida kilinadi. Singan suyak boʻlaklarini jarroxlik yoʻli bilan biriktirib qoʻyish uchun maxsus vint, plastinka va b. qoʻllaniladi. Taxtakachlash ham I. ga yordam beradi. [1] 1. OʻzME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Ushbu maqola chaladir . Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Immo bilizatsiya&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. Manbalar Soʻnggi tahrir 4 yillar avval EdgarsBot tomonidan amalga oshirildi Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq. Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin. " https://uz.wikipedia.org/w/index .php? title=Immobilizatsiya&oldid=20023 76 " dan olindi Download 103.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling