Immobilizatsiya


Download 103.04 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.01.2023
Hajmi103.04 Kb.
#1115870
Bog'liq
Immobilizatsiya - Vikipediya



Immobilizatsiya
Immobilizatsiya
(lot. immobilisis — qimirlamaydigan, harakatsiz) — gavdaning shikastlangan
yoki kasal qismini (odatda, qoʻl-oyoq va umurtqa pogʻonasini) qimirlamaydigan qilib qoʻyish.
Suyak singanda, chiqqanda, ta-yanch-harakat aʼzolarining yalligʻlanish kasalliklarida
(osteomiyelit, sil va b.), suyak va yumshoq toʻqimaning turli jaroxatlarida, shuningdek,
operatsiyadan keyin gavdaning tegishli joylarini maʼlum vaziyatda ushlab turish uchun I.
qoʻllaniladi. Shikastlanganda ogʻriqni kamaytirish, travmatik shok va infeksiya tushishining
oldini olishda, bemorning tezda sogʻayib ketishida I. ning ahamiyati katta. Vaqtincha (transport)
va doimiy (davolash) I. qilinadi. Vaqtincha I. suyak singanda va b. ogʻir shikastlanishlarda
birinchi yor-dam koʻrsatishning eng muhim vosita-sidir. Vaqtincha I. uchun maxsus shinalar
(Detiriks, Kramer, Bogdanov va h.k.), shuningdek, qoʻl ostida bor boʻlgan faner, taxta va b.
materiallar (mas, taxtakach) dan foydalaniladi. Shinalash — vaqtincha I. ning asosiy turi
hisoblanadi. Bemor kasalxonaga keltirilgandan soʻng vaqtincha I. doimiy I. bilan almashtiriladi
(qarang 
Suyak si-nishi

Suyak chiqishi
). Davo I. si gips bogʻlov, tortib qoʻyish, ortopedik
moslama, korset va b. yordamida kilinadi. Singan suyak boʻlaklarini jarroxlik yoʻli bilan biriktirib
qoʻyish uchun maxsus vint, plastinka va b. qoʻllaniladi. Taxtakachlash ham I. ga yordam beradi.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Immo
bilizatsiya&action=edit) Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Manbalar


Soʻnggi tahrir 4 yillar avval EdgarsBot tomonidan amalga oshirildi
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Immobilizatsiya&oldid=20023
76
" dan olindi

Download 103.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling