Immunosorbentlar va ularni olish usullari
Saratonga qarshi terapiyada vaksinalardan
Download 32.58 Kb.
|
Immunosorbentlar va ularni olish usullari 55555555555555555
Saratonga qarshi terapiyada vaksinalardan
foydalanish Odam organizmida har minutda bir necha ming hujayra har xil omillar ta’sirida mutatsiyaga uchraydi va ulardan ma'lum bir qismi havfli o‘smasimon (raksimon) hujayralarga aylanadi. Shunga qaramay, rak kasalligi boshqa kasalliklar orasida birinchi o‘rinda turmaydi, chunki immun sistema organizmni mutatsiyaga uchragan hujayralardan tozalab turadi. O‘smaga qarshi immunitetning rivojlanishida quyidagi jarayonlar kuzatiladi: mutatsiyaga uchragan hujayra usti membranasidagi antigenlar o‘z tuzilishini o‘zgartiradi yoki yangilari paydo bo‘ladi. HLA-sistemaning I sinf genlari sintez qilgan biomolekulalarham tuzilishini o‘zgartiradi. Bu o'zgargan antigenlarni organizmda 3 xil immun tizim hujayralari tanib olish xususiyatiga ega: 1) tabiiy killerlar, ular doimo organizmda bo‘lib, o’sma hujayralarini tezda taniydi va o’ldiradi; 2) K-limfotsitlar, ular faqat o‘sma hujayralari antigenlariga antitelolar birikkanidan so‘ng, bu kompleksga birikib, organizmdagi «yot» hujayrani o‘ldiradi; 3)T-killerlar, hujayraviy immunitet mahsuli bo‘lib, o‘sma hujayrasini topgach uni o'ldiradi. Organizmni o'sma hujayralaridan himoya qilishda interferonlar ham katta ahamiyatga ega. Oxirgi izlanishlar, o’sma hujayralari organizm immun tizimi faoliyatini susaytiruvchi omillar ishlab chiqarishini ko’rsatdi. Shuning uchun o'sma kasalligini davolashda maxsus usul va dorilar bilan bir qatorda immun holatni tiklovchi vositalar (interferon, timus preparatlari, interleykin-1 va 2, monoklonal antitelo va boshqalar)dan ham foydalaniladi. O’smaga qarshi immunitetning samaradorsizligining sabablari. Dunyo bo‘yicha barcha davlatlarda onkologik kasalliklarning o‘sishi kuzatilmoqda. Shu bilan birgalikda o‘lim ko‘rsatkichi yildan-yilga o‘sib borayotgani sir emas. Buning asosiy sabablaridan biri o‘sma kasalliklarining o‘tib ketgan bosqichlarda aniqlanishi, yashirin kechishi va erta bosqichda aniqlanmasligidir. Har yili dunyo bo‘yicha 14 milliondan ortiq kishida onkologik kasallik turlari aniqlanadi, o‘lim ko‘rsatkichi esa 8 millionga yaqin kishini tashkil qiladi. Onkologik kasalliklar ichida eng ko‘p uchraydigan turlari – o‘pka, sut bezi, to‘g‘ri va ko‘ndalang chambar ichak, me’da, teri, jigar va prostata bezi saratonlaridir. Xavfli o‘smaning rivojlanishi har bir a’zoga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Organizmdagi o‘smaoldi kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlab, uni davolash uning rivojlanishini bartaraf qiladi. O‘smaoldi kasalliklariga tug‘ma anomaliyalar, surunkali o‘zgarishlar, uzoq vaqtdan buyon bitmayotgan yaralar, oqmalar, jarohatdan keyingi o‘zgarishlar, xavfsiz o‘smalar, to‘qimalardagi giperplastik va o‘smaoldi o‘zgarishlari kiradi. Download 32.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling