Imom Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zahhok as-Sulmiy az-Zaririy al-Bug'iy at-Termiziy hozirgi Termiz shahridan olti farsax uzoqlikda joylashgan Bug' qishlog'ida 209 hijriy sanada tavallud topdilar


Download 32 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi32 Kb.
#192851
Bog'liq
Imom Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zahhok as


Imom Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zahhok as-Sulmiy az-Zaririy al-Bug'iy at-Termiziy hozirgi Termiz shahridan olti farsax uzoqlikda joylashgan Bug' qishlog'ida 209 hijriy sanada tavallud topdilar. Kuniyalari Abu Iso, ismlari Muhammad, otalarining ismlari Iso, bobolarining ismlari Savra, nisbatlari Jayhun daryosi bilan o'ralgan qadimgi Movarounnahrning Termiz shahri nomi bilandir.

U zotning ustozlari ko'p bo'lib, ulardan eng mashhuri Imom Buxoriydir. Ko'p hadislarni Buxoriydan rivoyat qilganlar. Yana ustozlaridan Imom Muslim va Abu Dovud hamda Basra, Kufa, Xuroson, Hijoz shayxlari bo'lib, ularning ra'yi va vositasi orqali ham foydalanganlar. Imom Termiziy kitobi «Sahih» deb tan olingan olti nafar imom ichida to'rtinchi o'rinda turadilar.

U zotning kitoblari bo'lmish «Sunani Termiziy» esa «Sahih Buxoriy» va «Sahih Muslim» kitoblaridan keyingi o'rinlarda turadi. U zot hadisni jamlashlikda va uni aniqlashda, yodlashda va zikr qilishda alohida bir maqomga ega edilar. U kishining shogirdlaridan bo'lgan Abu Sa'd Idriysiy ustozlarini sifatlab, yodlashlari, zehnlari to'g'risida zarbulmasallar bitilganini aytadilar.

Shogirdlaridan yana birlari: «Imom Buxoriy vafotlaridan keyin Xurosonda Abu Iso at-Termiziydek ilmda, zehnda, taqvoda, zohidlikda biror kishi topilmas edi», deb aytadi.

Imom Termiziy ko'p yig'laganlaridan hayotlarining oxirgi ikki yilida ko'zlari ojiz bo'lib qolgan.

Ibn Atiyya: «Mening huzurimda Imom Buxoriy va Muslimning kitoblariga qaraganda Imom Termiziyning kitoblari nurliroq va tushunarliroq», deb aytadilar. «Nima uchun?» deb so'ralganida, Atiyya: «Chunki ikkita Imomning kitoblaridan faqatgina ilm va ma'rifat ahllarigina foydalana olishadi, xolos», deb aytgan ekanlar.

Shayxlardan biri Imom Termiziyga 40 ta g'arib hadisni aytib, imtihon qilishlik uchun so'raganida, birorta harfda ham xato qilmasdan avvalidan oxirigacha o'qib berganlarini ko'rib, sening mislingdagi kishini ko'rmaganman, deb aytdilar.

Imom Termiziy ko'p kitoblarning muallifidir. Ayniqsa, «Sunan» kitoblari chiroyli, foydasi ko'p bo'lib, takror so'zlari oz, chiroyli tartibda yozilgan. Undagi hadislar sahih, hasan, zaif kabi turlarga bo'lingan holda keltirilishi hadis ilmida o'ziga xos yangi yo'nalish bo'ldi. Abu Ali Mansur ibn Abdulloh Xolidiy Imom Termiziyning «Jomi' as-Sahih» kitoblarini sifatlab: «Kimning uyida mana shu kitob bo'lsa, go'yoki uyida Payg'ambarimiz gapirayotgandek bo'ladilar», deb aytadilar. U zotdan bizga quyidagi kitoblar meros bo'lib qoldi:

«Kitobu azim» («Al-Jomi' as-Sahih»), bu kitob «Sahih at-Termiziy» nomi bilan mashhurdir, «Shamoilu Nabaviya», «Ilalu mufrad», «Ilalu fiy oxiri jomi'», «Kitobu zuhd», «Kitobu tarix», «Asmou sahoba», «Asmo val kuna», «Kitobu fiy asari mavqufa».

Imom Termiziyning «Sahih» kitoblariga ko'plab sharh va muxtasarlar yozilgan.

Ustozlari bo'lmish Imom Buxoriy Termiziyga qarata: «Sen mendan foydalanganingdan ko'ra, men sendan ko'proq foydalandim», deb aytgan ekanlar.

Imom Termiziy quyida ismlari keladigan shayxlardan hadislar eshitib, ulardan rivoyat qildilar:

Abdulloh ibn Muoviya Jumahiy (243 hijriy sanada vafot etganlar), Ali ibn Hojar Marvaziy (244 hijriy sanada vafot etganlar), Suvayd ibn Nasr ibn Suvayd Marvaziy (240 hijriy sanada vafot etganlar), Qutayba ibn Sa'id Saqafiy Abu Rojo (150 hijriy sanada tug'ilib, 240 sanada vafot etganlar), Abu Mus'ab Ahmad ibn Abu Bakr Zuhriy al-Madaniy (150 hijriy sanada tug'ilib, 242 sanada vafot etganlar), Muhammad ibn Abdulmalik Abu Shavorib (244 hijriy sanada vafot etganlar), Ibrohim

ibn Abdulloh ibn Hotam al-Hiraviy (178 hijriy sanada tug'ilib, 244 hijriy sanada vafot etganlar), Ismoil ibn Muso Fazoriy as-Saddiy (245 hijriy sanada vafot etdilar).



Imom Termiziy hijriy 279 yili vafot etgan, qabri hozirgi Surhandaryo viloyatining Sherobod tumanidadir.
Download 32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling