Amaliy ish:
Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:
56. Quyidagi implikativ mulohazalarda zaruriy va yetarli shartlarni aniqlang va
bu mulohazalarni “zarur”, “yetarli” so‘zlarini ishlatib boshqacha ifodalang:
a)agar men ertalabki avtobusga ulgurmasam, maktabga kech qolaman;
b)agar temperatura yetarlicha pasaysa, ariqdagi suv muzlab qoladi;
c)agarx > 20bo‘lsa,x > 10bo‘ladi;
d)agar men gol ursam, bizning jamoamiz g‘alaba qozonishi mumkin.
57. p⇒qmulohazani tabiiy tilda ifodalang:
a) p:quyosh yaraqlaydi, q:men cho‘milishga boraman;
b) p: x son 6ga bo‘linadi, q: x -son juft;
c) p:muzlatgichda tuxumlar bor, q:Madina tort pishiradi.
58. a) p⇒ ¬q; b) ¬q⇒ ¬p;
c) (p∨q)⇒p; d) q∧(p⇒q);
e) p⇔ ¬q; f) (p⇔q)∧ ¬p;
g) p⇒(p∧¬q); h) (p⇒q) ⇒¬p.
mulohazalarning rostlik jadvallarini tuzing.
59. Mulohazalarni simvolik shaklda ifodalang:
p:yomg‘ir yog‘di, q:ko‘lmaklar paydo bo‘ldi;
a)yomg‘ir yog‘sa, ko‘lmaklar paydo bo‘ladi;
b)ko‘lmaklar paydo bo‘ldi, demak yomg‘ir yog‘di;
c)ko‘lmaklar yo‘q;
d)yomg‘ir yog‘madi;
e)agar yomg‘ir yog‘masa, ko‘lmaklar paydo bo‘lmaydi;
f)agar ko‘lmaklar paydo bo‘lmasa, yomg‘ir yog‘magan;
g)agar ko‘lmaklar paydo bo‘lmasa, yomg‘ir yog‘adi;
h)ko‘lmaklar paydo bo‘lishi uchun yomg‘ir yog‘ishi zarur va yetarli.
Do'stlaringiz bilan baham: |