Ims ga kirish


Download 1.01 Mb.
bet1/11
Sana02.05.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1423350
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
731-18 IMS GA KIRISH 1.2.3


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FARG‘ONA FILIALI
TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASB TA’LIMI FAKULTETI
IMS GA KIRISH
FANIDAN


1-2-3 AMALIY TOPSHIRIG‘I
Bajardi: D.Axmadyarova


Qabul qildi: I.Maxmudov



Farg‘ona-2023

1 – AMALIY MASHG‘ULOT

VAQTLI VA FAZOVIY KOMMUTATSIYALASH BLOKLARINING TUZILISH PRINSIPINI O‘RGANISH

1.1. Mashg‘ulotning maqsadi
Raqamli kommutatsiyalash tizimining kommutatsiya maydonini vazifasi va tuzilish prinsipini o‘rganish, aloqa o‘rnatish, vaqtli va fazoviy ishlash usullari bilan tanishishdan iborat.

1.2. Topshiriq

1.Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanish jarayonida quyidagi o‘quv materiallarning: ma’ruzalar matnining 5-bo‘limini, [1] adabiyotning 1 bo‘limlarini o‘rganish va keltirilgan nazorat savollariga tayyorlanish zarur.


2.O‘zingiz yangi pedagogik texnologiya turlari bo‘yicha kommutatsiyalash usularini va bloklarning tuzilish prinsipini keltiring.



1.3. Nazariy qism
Umumiy tushunchalar

Kommutatsiya maydon (KM) telefon stansiyalari va tugunlarining asosiy elementlaridan bo‘lib, ulash qurilmalari majmuasidan iborat. Kommutatsiya maydoni yordamida uning kirish va chiqish liniyalari orasida aloqa trakti o‘rnatiladi.

Kommutatsiya maydoni telefon stansiyalari va tugunlari hamda ulardagi boshqarish qurilmasi tuzilishini belgilab beradi. U, N kirish va M chiqish liniyalari (kanallari) bilan aniqlanadigan hajmi (sig‘imi), liniyalarning (kanallarning) taqsimlanish usuli, uni qurish uchun ishlatilgan kommutatsiya uskunasi, kirish va chiqish liniyalari orasidagi bo‘sh liniyalarni izlash tartibi, ichki tuzilishi (zvenolar va bosqichlar soni), o‘tkazuvchanlik qobiliyati va aloqani yo‘qotish ko‘rsatkichlari bo‘yicha tabaqalanadi. Masalan, kanallarni fazo, vaqt yoki boshqa bir yoki bir necha taqsimlash usuli bo‘yicha kommutatsiya maydonini qurish mumkin. Eng ko‘p tarqalgani fazo, vaqt va shu ikki usulning birgalikda qo‘llanishi hisoblanadi.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling