Imtihon biletlariga


Download 236.78 Kb.
Pdf просмотр
bet1/4
Sana08.03.2018
Hajmi236.78 Kb.
  1   2   3   4

   http://fayl.zn.uz/                                                                  http://azamat.moy.su/ 

 

 



 

 



9-SINF TARIX FANIDAN 

IMTIHON BILETLARIGA 

JAVOBLAR 

[2015-2016-o‘quv yili] 

Sport

 

 



 http://fayl.zn.uz/                                   http://azamat.moy.su/

 


   http://fayl.zn.uz/                                                                  http://azamat.moy.su/ 

 

  



 

 



1-bilet  

1.

 

Registon hududi.  

Buxoro xonligi tasarrufidagi hududlarda me’morchilik ishlari ham ancha rivoj topdi. " Ko‘plab 

masjidlar, madrasalar, bozorlar, xonaqohlar, karvonsaroylar, hammomlar, sardobalar barpo etildi. 

XVII asrda Samarqand Registoni ansamblining hozirgi qiyofasi shakllantirildi. Samarqand hokimi 

Yalangto‘sh Bahodir 1619-1635- yillarda vayrona holatga tushib qolgan Registon maydonida 

Ulug‘bek madrasasi qarshisida Sherdor madrasasini, uning yonida 1646-1659- yillarda Tillakori 

madrasa-masjidini o‘z mablag‘lari hisobidan bunyod ettirgan. Samarqand Registon ansambli 

o‘zining rang-barang koshinkor bezaklari, naqshinkor peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan O‘rta 

Osiyo me’morchiligining noyob tarixiy yodgorligi bo‘lib, bugungi kunda jahon jamoatchiligi, 

sayyohlari e’tiborini o‘ziga jalb qilmoqda. Registon (forscha) — shaharning mayda tosh to‘shalgan 

markaziy maydoni. 

2.

 

Tillashayx masjidi.  

Tillashayx masjidi 1890-yilda Toshkentda qurilgan. Binolarni bezashda kufiy, rayhoniy, nasta’liq 

yozuv uslublaridan foydalanilgan. Buxoro amirligi davrida. To‘liq manba: 9-sinf O‘zb tarixi 

3.

 

Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va faoliyati.  

Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875—1919) — yozuvchi, olim, jurnalist va jamoat arbobi. Asli  

samarqandlik, ruhoniy oilasida tug‘ilgan. Boshlang‘ich ma’lumotni eski maktabda olgan, madrasada 

o‘qigan. Birmuncha vaqt Samarqand qozixonalarida kotiblik qilgan. Muftiy mansabida ham turgan. 

Mahmudxo‘ja Behbudiy yangi usul maktablari uchun geografiya va islom tarixidan qo‘llanmalar 

yozgan. «Qisqacha umumiy jug‘rofiya», «Qisqacha islom tarixi» va «Bolalar uchun o‘qish kitobi» 

shular jumlasidandir. Behbudiy ilg‘or fikrlari uchun ta’qibga uchradi va 1919- yili Shahrisabzda 

Buxoro amiri amaldorlari tomonidan qamoqqa olindi. Uni jadidlar va bolsheviklaming ayg‘oqchisi 

deb aybladilar va qatl etdilar. 

4.

 

“Universitet” atamasiga izoh bering.  

“Universitet”  lotincha  “Univentas”  –  majmua,  umumiylik  ma’nolarini  bildirib,  fanning  turli 

yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlari tushuniladi. 

  

2-bilet  

1.

 

Namangan shahri.  

Namangan shahri Qo‘qon xonligining yirik shaharlaridan biri edi. 1620- yilda Farg‘onaning qadimgi 

poytaxti Axsikant qattiq zilzila oqibatida vayron bo‘lganligi uchun aholi Namangan atrofiga 

ko‘chgan. Namangan tuz koni („namak kon“) yaqinida qurilgan edi. Uning nomi manbalarda XVII 

asrdan boshlab uchraydi. XVIII asrda Qo‘qon xonligi hududiga kirgan. Beklik markazi bo‘lgan. 

Namangan aholisi hunarmandchilik bilan shug‘ullangan. 1819-1822- yillarda Namangan aholisi 

kuchi bilan katta Yangi ariq kanali qazilib, shaharning suv ta’minoti yaxshilangan. 1842 —1845- 

yillarda shahar baland devor bilan o‘ralgan. 



2.

 

Abdullaxon madrasasi.  

Shayboniy hukmdorlar poytaxt Buxoro va uning atroflarini obod qilishga harakat qildilar. 1535-1536-

yillarda  qurilgan  Mir  Arab  madrasasi,  1540-1541-yillarda  bino  qilingan  Masjidi  Kalon,  1549-  yili 

Abdulazizxon qardirgan koshinli xonaqoh 1577—1578- yillari qurilgan Abdullaxon madrasasi,Tim, 

Chorsu  fikrimizning  dalilidir.  Abdullaxon  madrasasi  1652-yilda  qurilgan  bo‘lib,  Ulug‘bek 

madrasasining  qarshisida  joylashgan.  Madrasa  bezaklari  yuksak  mahorat  va  san'at  bilan  ishlangan 

bo‘lib, XVII asr Buxoro me'morchiligining yetuk namunasidir. 

 

3.Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy hayoti va faoliyati.  



Al-Xorazmiy (783—850) buyuk mutafakkir, matematika, astronomiya, geografiya fanlari rivojiga 

katta hissa qo‘shgan daho olimdir. Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy Xorazmda 

tug‘ilib voyaga yetgan. 813-yilda xalifa al-Ma’mun uni Bag‘dodga taklif etgan. Shu tariqa u 


   http://fayl.zn.uz/                                                                  http://azamat.moy.su/ 

 

  



 

 



Bag‘doddagi Ma’тип akademiyasi (Baytul-hikma — Bilim uyi)da xizmat qila boshlagan. 

Keyinchalik o‘sha yerdagi olimlarga bosh bo‘ldi va Bag‘doddagi rasadxonani boshqaradi. 

Al-Xorazmiyning jahon faniga qo‘shgan hissasi benihoya katta. U hisob ilmidagi о‘nlik tizimini 

boyitdi va sodda qilib arab tilida bayon etdi. To‘rt amal — qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish 

qoidalarini yaratdi. Yangi astronomiya jadvalini tuzdi. 

≪Yer tuzilishi haqida kitob≫ degan 

qimmatli asar yozdi. Unda mamlakatlar, shaharlar, tog‘lar, orollar, daryolar va dengizlar haqida 

ma’lumot berdi. Hozirgi fanimizda keng qo‘llaniladigan ≪algoritm≫ atamasi allomaning nomi — 

al-Xorazmiydan olingan. 

≪Algebra≫ esa buyuk olimning ≪Aljabr≫ asarining Yevropa tillariga 

moslashtirilgan nomidir.   

4. “Mutaassib” atamasiga izoh bering.  

 Mutaassib  (arabcha  –  o‘ta  fidoyi)  –  dinga  qattiq  berilgan,  uning  aqidalariga  ko‘r-ko‘rona  amal 

qiluvchi. 

  

3-bilet  

1.Mesopatamiya davlati.  

Dajla va Frot daryolari oralig‘idagi vodiyni yunonlar Mesopotamiya deb nomlashgan, bu atama 

tarjimasi Ikki daryolik yoki Ikki daryo oralig‘i degan ma’noni anglatadi. Odamlar Mesopotamiyaga 

qadim zamonlarda ko‘chib joylashganlar. Tabiiy sharoitiga ko‘ra Mesopotamiya Misrni esga soladi 

— daryolarning doimiy toshqini, jazirama havo, ishlov berish uchun qulay, serunum yerlar,  

o‘rmonlar va botqoqlar esa sira uchramaydi. Qishda surunkali yomg‘ir va daryolar toshqini 

boshlanadi. Shu sababli Mesopotamiyada jahondagi eng qadimiy miflardan biri — Yer yuzini 

butunlay suv bosishi to‘g‘risidagi To‘fon rivoyati dunyoga keldi. Xurmo daraxtini Mesopotamiya 

ahli “hayot daraxti” deyishgan. Bir tup daraxt 50 kilogrammgacha hosil bergan. Xurmo mevasidan 

asalga o‘xshash moy siqib olingan. Daraxt poyasi qurilish materiali va o‘tin sifatida ishlatilgan. 

Xurmo danagidan qoramollarni boqish uchun yem tayyorlangan. Xurmo danaklarini shuningdek 

temirchilik ustaxonalarida o‘tin o‘rnida ham ishlatishgan. Yog‘och beradigan o‘rmonlar bo‘lmagani 

uchun uylarni tuproq va toshdan qurishgan. Miloddan avvalgi 4- mingyillikda Mesopotamiyada 

shumerlar manzilgohlari vujudga kela boshladi. Ular Janubiy Mesopotamiyaga joylashib, bu yurtni 



Shumer deb atadilar. Mamlakatning Akkad deb atalgan shimoliy qismiga ko‘chmanchi chorvadorlar 

— akkadlar o‘rnashdi. Mil. avv. 3- mingyillik oxirida shumerlarga singishib ketgan akkadlar butun 

Mesopotamiyani egallab oldilar. Mesopotamiya aholisining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik 

bo‘lgan. Dajla va Frot daryolari har yilgi toshqinlari mahalida suv bilan birga dalalarga unumdor 

loyqa oqib kelgan. Mesopotamiyada yog‘och, tosh, metall singari xo‘jalik uchun zarur materiallar 

bo‘lmagan, ammo don mo‘l-ko‘1 yetishtirilar, chorva mollari tuyog‘i ko‘p edi. Shuning uchun 

Mesopotamiya aholisi savdo-sotiq bilan ham shug‘ullanardi.  

2.Sherdor madrasasi.  

Buxoro xonligi tasarrufidagi hududlarda me’morchilik ishlari ham ancha rivoj topdi. " Ko‘plab 

masjidlar, madrasalar, bozorlar, xonaqohlar, karvonsaroylar, hammomlar, sardohalar barpo etildi. 

Samarqand hokimi Yalangto‘sh Bahodir 1619-1635- yillarda vayrona holatga tushib qolgan 

Registon maydonida Ulug‘bek madrasasi qarshisida Sherdor madrasasini, uning yonida 1646-1659- 

yillarda Tillakori madrasa-masjidini o‘z mablag‘lari hisobidan bunyod ettirgan. 



3.

 

Alisher Navoiy hayoti va faoliyati.   

 Alisher Navoiy (1441—1501) — o‘zbek xalqining buyuk mutafakkir shoiri, davlat arbobi, ilm-fan 

va madaniyat homiysi. U adabiyot, tarix, falsafa va boshqa fanlarining chuqur bilimdoni edi. Alisher 

Navoiy davlat yumushlari bilan band bo‘lishiga qaramay, juda ko‘p qimmatli adabiy va tarixiy 

asarlar yozib qoldirgan. Shoir o‘z ona tili — o‘zbek (turkiy) tilining rivoji uchun juda katta xizmat 

qilgan. O‘zbek tilidagi she’rlarini to‘plab,to‘rt qismdan iborat 

≪Ma’nolar xazinasi≫ devonini 

tuzgan. Turkiy tilda birinchi beshta katta doston — shoh asari 

≪Xamsa≫ni yaratgan. Alisher 

Navoiy o‘zbek adabiy tilining asoschisidir. Uning asarlari ko‘plab boshqa tillarga tarjima qilingan. 

Uning o‘zbek tilidagi mukammal asarlar to‘plami 20 jildni tashkil etadi. U fors tilida ham ijod 


   http://fayl.zn.uz/                                                                  http://azamat.moy.su/ 

 

  



 

 



qilgan. Temuriyzoda Sulton Husayn Boyqaro davrida Xurosondagi lqtisodiy, siyosiy va madaniy 

taraqqiyot shu ulug‘ zotning — Alisher Navoiyning sa’y-harakati bilan bog‘liqdir.  



4.“Respublika” atamasiga izoh bering. 

Respublika — (lot. Jamiyat ishi) saylov asosida bir necha kishi yoki ma’lum organ tomonidan 

boshqariladi. 



4-bilet  

1.Galliya davlati.  

Galliya — hozirgi Fransiya, Belgiya, Lyuksemburg, Gollandiya va Shveytsariya hududlarining 

qadimgi nomi. II asr o‘rtalarida - G‘arbiy Ispaniya, Galliya va Britaniyani o‘z ichiga olgan mustaqil 

Galliya davlati tashkil topdi. III asr o‘rtalari - Galliyadagi «bagaudlar» - oddiy dehqonlar, kolonlar va 

qullar o‘z sardorlari Amand bilan Yelianni imperator deb e'lon qildilar.  

 

2.



 

Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi.  

Mirzo Ulug‘bekning buyuk xizmatlaridan biri shu bo‘ldiki, u Samarqandda katta rasadxona qurdirdi 

va atrofiga yirik olimlarni to‘plab, sayyoralar va yulduzlarning holati hamda harakatini o‘rgandi. 

Ko‘p yillik kuzatishlardan so‘ng 1438- yili 

≪Ziji jadidi Ko‘ragoniy≫ (≪Ko‘ragoniy yangi 

jadvali


≫) nomli yirik asar yozdi. Mirzo Ulug‘bek tarix va adabiyotni ham yaxshi bilar edi. U 

Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixini o‘z ichiga olgan 

≪To‘rt ulus tarixi≫ degan 

yirik tarixiy asar yozib qoldirgan. Bu asarning inglizcha va o‘zbekcha nashrlari bor. Rasadxona — 

osmon jismlarini kuzatadigan va o‘rganadigan ilmiy muassasa; astronomiya rasadxonasi. 

3.

 

Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyati.   

Zahiriddin Muhammad Bobur (1483—1530). Bobur  temuriylar avlodining iste’dodli vakili, 

o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi, buyuk shoir, tarixchi, geograf, ulkan davlat 

arbobi, iste’dodli sarkarda. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan ≪Bobur≫ (≪Sher≫) 

laqabini oladi, Bobur Andijonda tug‘ilgan. Otasi Umarshayx Mirzo Farg‘ona hukmdori edi. 

1494- yilda Umarshayx vafot etgach, Bobur otasi o‘rniga taxtga o‘tirdi. Bu davrda temuriylar davlati 

parchalanib toj-u taxt uchun kurash avj olgan edi. Dashti Qipchoq hukmdori Muhammad 

Shayboniyxon esa Movarounnahmi bosib olish ishtiyoqida edi. Bobur Movarounnahrni 

birlashtirishni istar edi. Oxir-oqibat Bobur va Shayboniyxon qo‘shinlari to‘qnashdilar. Bu 

to‘qnashuvda Shayboniyxon g‘alaba qozondi. Mag‘lubiyatga uchragan Bobur Vatanni tark etishga 

majbur bo‘ldi. 1504- yilda Bobur Afg‘onistonning hozirgi poytaxti Kobul shahrini egalladi. 

Bobur Afg‘oniston bilan cheklanib  qolmadi. U ham barcha jahongirlar kabi buyuk saltanat tuzishni 

orzu qilar va o‘z maqsadiga erishishiga ishonar edi. Bobur 1526-yilda Hindistonni egalladi. Shu 

tariqa Hindistonda boburiylar saltanatiga asos solindi. Bobur odil podsho sifatida nom qozongan. 

U o‘z hokimiyatiga bo‘ysunganlarga ko‘p muruvvat ko‘rsatgan. Bobur va boburiy hukmdorlar o‘zga 

dinlarga xolis munosabatda bo‘lganlar. Shuning uchun ham ular mamlakat aholisining ko‘pchiligini 

tashkil etuvchi hindlarning o‘z dinlariga e’tiqod qilishlariga monelik qilmaganlar. Bobur o‘zi 

asos solgan saltanatning poytaxti Agrada 1530- yili 47 yoshida vafot etdi. 

4.

 

“Demokratya” atamasiga izoh bering.  

Demokratiya — har bir fuqaro o‘z mamlakatini boshqarish masalasi bo‘yicha o‘z fikrini bayon 

etadigan, shuningdek, davlat boshqaruvida ishtirok etadigan ijtimoiy tuzum. 



  

5-bilet  

1.

 



Qo‘qon shahri.  

Qo‘qon xonligining bosh shahri Qo‘qon edi. Tarixiy manbalarda Qo‘qonga oid ma’lumotlar X - 

asrdan boshlab uchraydi. Qo‘qonning Yoshi 2000 yildan ortiqdir. Ma’lumotlarda ,,Havoqand“, 

„Ho‘qand“ degan nomlar bilan qayd etilgan. ,,Havoqand“ so‘zi — ,,go‘zal“, ,,yoqimli“, 

,,xushmanzara“, „shamol shahri“ degan ma’noni anglatadi, degan fikrlar ham mavjud. Mahalliy 

aholi o‘z shahrini Ho‘qandilatif yoki Qo‘qon deb aytganlar. Qo‘qon shahri XVIII —XIX asr birinchi 

yarmida nafaqat xonlikning, ayni paytda o‘rta Osiyoning yirik shaharlaridan biri edi. Qo‘qon 


   http://fayl.zn.uz/                                                                  http://azamat.moy.su/ 

 

  



 

 



mustahkam devor bilan o‘ralgan. Shaharga 12 darvozadan kirilgan. Shaharning 12 darvozali 

bo‘lishiga sabab —uning ma’muriy jihatdan 12 dahaga bo‘linganligi edi. Bu davrda shaharda 30000 

aholi yashagan. XIX asr o‘rtalarida Qo‘qondagi madrasalar ichida Madalixon, Norbo‘tabek, Jome, 

Hojimoyim, Xoja dodxoh, Mingoyim madrasalari alohida ajralib turadi. Ularning har birida 38 dan 

100 tagacha hujrasi bo‘lgan. Qo‘qon shahri xonlikning siyosiy, madaniy, iqtisodiy va diniy markazi 

edi. 

2.

 

Mir Arab madrasasi.  



Shayboniy Ubaydullaxon davrida Buxoro shahri davlat poytaxtiga aylantirildi. Davlat esa Buxoro 

xonligi deb atala boshlandi. Ubaydullaxon Buxoro shahrining obodonchiligi yo‘lida ulkan qurilish 

ishlarini amalga oshirdi. Uning davrida bunyod etilgan imoratlardan mashhur Mir Arab madrasasi 

1535-1536- yillarda qurilgan bo‘lib, hamon o‘z salobatini yo‘qotgan emas.  

3.

 

Mirzo Ulug‘bek hayoti va faoliyati.   



Mirzo Ulug‘bek (1394—1449) — XV asrda mamlakatda ilm-fan, ayniqsa, astronomiya fani 

taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan olimlardan biri. Mirzo Ulug‘bek — Amir Temurning nabirasi. 

Temurning harbiy yurishlari paytida Sultoniya (Janubiy Ozarbayjon)da 1394- yilning 22- 

martida tug‘ilgan. Mirzo Ulug‘bekni Amir Temurning o‘zi tarbiyalab voyaga yetkazgan.Ulug‘beK 

1409- yildan boshlab 40 yil mobaynida Movarounnahrni mustaqil idora qildi va uni iqtisodi, fani, 

madaniyati rivojlangan obod mamlakatga aylantirdi. Mirzo Ulug‘bekning buyuk xizmatlaridan 

biri shu boMdiki, u Samarqandda k a t t a Rasadxona qurdirdi va atrofiga yirik olinilami to‘plab, 

sayyoralar va yulduzlarmng holati hamda harakatini o‘rgandi. Ko‘p yillik kuzatishlardan so‘ng 

1438- yili 

≪Ziji jadidi Ko‘ragoniy≫ (≪Ko‘ragoniy yangi jadvali≫) nomli yirik asar yozdi. Mirzo 

Ulug‘bek tarix va adabiyotni ham yaxshi bilar edi. U Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo mamlakatlari 

tarixini o‘z ichiga olgan 

≪To‘rt ulus tarixi≫ degan y ir ik ta rix iy asar yozib qoldirgan. Bu asarning 

inghzcha va o‘zbekcha nashrlari bor. 

4.

 

“Fath” atamasiga izoh bering.  



“Fath” arabcha – egallash, zabt etish, o‘ziga bo‘sundirish va  bosib olish ma’nolarini bildiradi.  

  

6-bilet  

1.

 



Marg`ilon shahri. Marg‘ilon (Marg‘inon) shahriga bundan 2000 yil avval asos solingan. 

Marg‘ilondagi Sulton Murodbek saroyi Toshkent yoki Samarqandning badavlat xonadonidan uncha 

farq qilmasdi. Shahar devor bilan o‘ralgan edi. Marg‘ilon Qo‘qon xonligidagi pilla sotiladigan 

asosiy bozor markazi edi. Shaharda ko‘plab pillakashlik va shoyi to‘qish ustaxonalari bor edi. 

Umuman, Qo‘qon xonligidagi shaharlar bir xilda bo‘lib, ular bir-biridan aholisi, madrasa va 

masjidlarining soni, mahsulotining sifati bilangina farq qilardi. U yoki bu shaharning ahamiyati 

uning strategik mavqeyi bilan belgilanardi. Katta shaharlarga xonning o‘g‘illari yoki yaqin 

qarindoshlari hokim etib tayinlanardi. Qolgan shaharlarni o‘zbek, tojik, qirg‘iz, qipchoq va qozoq 

zodagonlarining vakillari boshqargan. 

2.

 



Sulton Murodbek madrasasi.  

Qo‘qon  xonligi  davrida  1872  –yilda   Qo‘qonda  Sulton  Murodbek madrasasi  qurildi.  U  o‘zining 

bezaklari, naqshlari rang-barangligi, yorqin jilosi bilan ajralib turadi.

 

  



3.

 

Imom al-Buxoriy hayoti va faoliyati.  

Imom al-Buxoriy (Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy - 810- 870-yilIarda yashab ijod qilgan islom 

ta’limotining buyuk muhaddislaridan biridir. Imom al-Buxoriy islom ta’limotiga oid 20 dan  ortiq, 

asar yozdi. Imom al-Buxoriyning “Al-Jomi as-sahih” nomli shoh asari musulmon Sharqida qariyb 

o‘n ikki asr davomida islom ta'limotida Qur'oni Karimdan keyingi asosiy manba sifatida yuqori 

baholanib kelinmoqda. Bu bebaho asarga 7275 hadis kiritilgan. 1998-yil oktabrda buyuk mutafakkir 

Imom al-Buxoriy tavalludining 1225-yilligi nishonlandi. Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘ida 

“Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui barpo etildi. 4 jildlik “Al-Jomi' as-sahih” kitobi ilk bor o‘zbek 

tilida nashr etilib, kitobxonlarga taqdim etildi.

 

4.

 



“Parlament”  atamasiga izoh bering.  

   http://fayl.zn.uz/                                                                  http://azamat.moy.su/ 

 

  



 

 



Parlament 

— (ingl.-fr.) saylov asosida tuziladigan qonun chiqaruvchi oliy davlat organi.



 

 

 

7-bilet  

1.

 



Italiya davlati.  

Apennin yarimorolida iqlim iliq bo‘lib, yil bo‘yi yomg‘ir kam  yog‘ar edi. Yarimorolni to‘liq 

egallagan Italiya mamlakatida qurg‘oqchilik ham, qattiq sovuq ham bo‘lmasdi. Yegulik mahsulotlar 

mo‘lko‘lligi va tuproq unumdorligi tufayli ko‘p asrlar davomida Qadimgi Italiya aholisining asosiy 

mashg‘uloti dehqonchilik va chorvachilik bo‘lgan. Tog‘lar mamlakat o‘lkalarini bir-biridan 

ajratmas, shuning uchun ham Italiyada joylashgan turli-tuman qabilalar birga yashashar edi. 

“Italiya” so‘zining o‘zi esa yunonchadan “buzoqchalar o‘lkasi” tarzida tarjima qilinadi. Birinchi 

yunon koloniyachilari bu mamlakatda sigirlarni o‘tlatish uchun ajoyib o‘tloqlarni topgan edilar. 

Apennin yarimorolidagi eng katta daryo Po daryosidir. Yarimorolning barcha qabilalari italiklar deb 

nomlangan. Ular orasida lotinlar, samniylar va sabiniylar ko‘pchilikni tashkil etgan. Kelib chiqishi 

borasida ular yunonlarga yaqin bo‘lishgan. Italiyaning g‘arbiy qismida Kichik Osiyodan bu 

mamlakatga ko‘chib kelgan etrusklar yashagan. Ularning asosiy mashg‘uloti dehqonchilik bo‘lgan. 

Mil. avv. VIII asrga kelib etrusk- lar Italiyada 12 ta shahar-davlat tuzishadi. Mil. avv. VII asrda ular 

Sharq mamlakatlari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun yunon koloniyalari bilan kurash boshladilar. 



Karfagen mamlakati ham ularga qo‘shildi. Avvaliga karfagenlar va etrusklar g‘alaba qozonishdi, 

ammo ko‘p o‘tmay yunon qo‘shini ularni quruqlik va dengizda tor-mor qildi. Shunday qilib, Italiya 

hududida mavjud bo‘lgan etrusk sivilizatsiyasi zavolga yuz tutdi, ammo uning ko‘plab yutuqlariga 

Rim aholisi munosib voris bo‘ldi. 

2.

 

Aleksandr mayog‘i.   



Miloddan avvalgi 283- yilda Misr sohillaridan uzoq bo‘lmagan Foros orolida o‘sha zamonning 

ajoyib mo‘jizasi — Aleksandr mayog‘i bunyod etilgan. Mayoq kemalarning Aleksandriya 

(Iskandariya) bandargohiga kirish xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilgan. Mayoqning balandligi 

120 metr bo‘lgan. Uning eng yuqori qismi gumbaz bilan qoplangan. Gumbazning ustiga «dengiz 

xudosi» Poseydonning 7 metrlik haykali o‘matilgan. Gumbazni sayqallangan granit (tog‘ jinsi) 

ustunlar ushlab turgan. Uning ustki qismida mayoq olovi yonib turgan va kechalari dengizchilarga 

uzoqdan ko‘rinib turgan. Mayoq atrofni kuzatish nuqtasi vazifasini ham bajargan. Mayoq 1500 

yildan ortiq vaqt xizmat qilgan. 

3.

 

Ahmad al-Farg‘oniy hayoti va faoliyati.  



Ahmad al-Farg‘oniy (taxm. 798—865). Olimning to‘liq ismi Abulabbos Ahmad ibn Muhammad 

Kasir al-Farg‘oniydir. U astronomiya, geografiya fanlari rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. Al-Farg‘oniy 

asarlaridan faqat sakkiztasi ma’lum. Ulardan 

≪Samoviy jismlarning harakati va yulduzlar ilmi≫ 

asari juda mashhur. Asar o‘z zamonasidayoq jahon olimlarining diqqat-e’tiborini o‘ziga tortgan. Bu 

asar lotin va boshqa Yevropa xalqlari tillariga tarjima qilindi. Bu ilmiy asardan asrlar davomida 

Yevropa universitetlarida astronomiyadan asosiy qo‘llanma sifatida foydalanilgan. Al-Farg‘oniy 

asarlarining qo‘lyozma nusxalari Germaniya, Angliya, Fransiya, Eron, Hindiston va Misr 

kutubxonalarida saqlanmoqda. 

4.“Bug‘ro” atamasiga izoh bering.  

“Bug‘ro” yag‘molarning totemi bo‘lib, og‘ir yuk ko‘taradigan ikki o‘rkachli tuya ma’nosini 

anglatadi. 



  

8-bilet  

1.

 



Le de Frans viloyati.  

Franklar tuzgan davlat dastlab sulolalar nomi bilan atalgan. X asrdan Parij atrofidagi viloyat Le de 

Frans davlat nomiga asos bo‘ladi va u Fransiya deb atala boshlandi.  

2.

 





Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling