Imzo A. X. Qarshiyev 2023 yil
-rasm. Gorizontal quduqni katta (R>190 m), o‘rta (R=60-90 m) va kichik (R=10-30 m) burilish radiuslari bilan burg‘ilash sxemasi
Download 255.19 Kb.
|
Gorizontal quduqlarni ishlatishni loyihalashtirish kursh ishi 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Quduq tubining konstruksiyasi va jihozlari
2-rasm. Gorizontal quduqni katta (R>190 m), o‘rta (R=60-90 m) va kichik (R=10-30 m) burilish radiuslari bilan burg‘ilash sxemasi.
Gorizontal quduqning katta radiusli burilishi 180–900 m. ni tashkil etadi, odatdagi burg‘ilash asboblari yordamida amalga oshiriladi. Quduqni gorizontal uchastkasi burg‘ilash burg‘isi bilan egri yuritma va gidravlik turbinli tub dvigatel birgalikda qо‘llaniladi va gorizontal qismining uzunligi 1200 m dan ortiq bо‘lishi mumkin. Yuqoridagi ma’lumotlardan kо‘rinib turibdiki, uzunligi 300 metr bо‘lgan gorizontal quduq mahsuldor qatlamning markazida joylashgan bо‘lsa, xuddi shu qatlamda joylashgan vertikal quduqqa nisbatan bir kunda 10 marta kо‘p neft beradi. Gorizontal quduqlarni burg‘ilash va tugallash ishlariga sarflangan qо‘shimcha sarf xarajatlar tezda va amaldagi kо‘rsatkichlar bilan qoplanadi. Uncha qalin bо‘lmagan mahsuldor qatlamlar, tabiiy yoriqli qatlamlar va kam о‘tkazuvchan qatlamlar, gaz dо‘ppili yoki qatlam tub suvli, kо‘p qatlamchali va kо‘pincha sо‘ngan qatlamlar gorizontal quduqlar bilan yoki о‘qidan og‘diriladigan quduqlar yordamida yaxshi burg‘ilanadi. Bunda boshqariladigan gidravlik yorish usullaridan foydalaniladi. Gorizontal quduqlarda yoki о‘qidan og‘dirishga bog‘liq bо‘lgan quduqlarni burg‘ilash ishlari tasnifiy murakkabliklarga ega. Burg‘ilash eritmalari bilan mahsuldor qatlamning katta uchastkasini tutashuvida bо‘lganligi uchun qatlamni shikastlanishiga olib kelishi mumkin. 4.Quduq tubining konstruksiyasi va jihozlari Quduq konstruksiyasini loyihaviy belgisigacha tushiriladigan mustahkamlash tizmasiga ishlatish tizmasi deyiladi. Juda ko‘p hollarda ishlatish tizmasi mustahkamlash quvurlari tashqi diametri 146 va 168 mm, devori qalinligi 6 mm dan 12 mm gacha bo‘ladi. Neft va gaz quduqlarida quduq tubi konstruksiyasi mahsuldor qatlamning litologik va fizik xossalaridan kelib chiqqan holda uyumda quduqning joylashuviga qarab tanlanadi. Masalan, antiklinal burmada (8.7-rasm) dagi №2 –quduqda qatlam tubigacha ochilmasligi kerak. Chunki quduq tubida uyumning suvlanganlik qismi mavjud. №1 – quduqni burg‘ilash va o‘zlashtirishda qatlam butun balandligi bo‘yicha ochilishi kerak, chunki shu holdagina eng katta sig‘imdorlikka (qabul qiluvchanlikka) erishiladi. Agar qatlamda suv bo‘lmasa, butun neft uyumi qalinligini ochish kerak. №3 quduqda mahsuldor qatlamning (20-30 m) pastrok qismi burg‘ilanadi. Bu qismi zumpf bo‘lib, kirish, manometrdan singan, nuragan jinslarni to‘planishi uchun xizmat qiladi. №4 – quduqni gaz do‘ppisi qismi ochiladi, tubi shunday jihozlanadiki, neft orqali gaz do‘ppisidan gaz kirib kelmasligi kerak. 3-rasm. Antiklinal burmada quduq joylashuvi holati. Mahsuldor qatlamda quduq tubi jixozlanishi quyidagi turlarda amalga oshiriladi: 1. Mahsuldor qatlam bir jinsli yaxlit mustahkam tog‘ jinslaridan (qumoqtosh, ohaktosh va shu kabilar) tashkil topgan bo‘lsa, u holda quduq ochiq holda jihozlanadi (4rasm, a). 2. Mahsuldor qatlamda noyaxlit har xil jins qatlamchalar kum, loylar, kuchsiz sementlangan qumoqtoshlar mavjud bo‘lsa, u holda quduq tubi yopiq holda jihozlanadi. (4-rasm, b) Bunda ochiq quduq tubida quduq mahsuldor qatlamni tepasigacha burg‘ilanadi, ishlatish tizmasi tushiriladi va quduq tepasigacha sementlanadi. Sement eritmasi kotib bo‘lgandan keyin quduq tubi kichikroq diametrdagi burg‘i bilan burg‘ilanib ochiladi. Quduq tubi yopiq bo‘lganda loyihaviy chuqurlikkacha burg‘ilanib, ishlatish tizmasi tushiriladi, quduq ustigacha sementlanadi, sement aralashmasi qotgandan keyin neftli yoki gazga to‘yingan qismi teshiladi. 3. Ba’zi hollarda mahsuldor qatlam kuchsiz sementlangan qumoqtosh va alevrolitlar yotkiziqlaridan iborat bo‘ladi, bunday holatlarda mahsuldor qatlam ochiq quduq tubida maxsus karnaysimon filtr xvastovik (dum) tushirilib ochiladi. Filtr 0,8÷3 mm o‘lchamli yoriq teshiklardan iborat bo‘ladi (4-rasm, v). 4. Ba’zan quduqqa oldindan teshilgan manjet qo‘yma filtrlar tushiriladi. Bunda quduq loyihaviy belgigacha burg‘ilanadi, oldindan teshilgan quvur manjet bilan ishlatish tizmasiga tushiriladi. Undan maxsus teshik orqali manjetni yuqori qismi sement aralashmasi bilan to‘ldiriladi. Quvurni teshilgan qismi (filtrni) sementlashdan oldin kum yoki chuyanli teskari klapan bilan bekitiladi. Sement aralashmasi kotib bo‘lgandan keyin chuyan klapan burg‘ilanib olinadi yoki qum bo‘lsa yuvib tozalanadi. Quduq tubi yuqori gidrodinamik tugallanganlik koeffitsiyenti bilan ta’minlanishi kerak. Quduq tubi konstruksiyasi o‘tkazuvchanlikni ta’minlash uchun oraliqqa gidroyorish, kislotali ishlov teshiklarni ochish uchun imkoniyat berishi kerak bo‘ladi. (4-rasm, g) 4-rasm. Quduq tubi konstruksiyasi. a -quduq tubi ochiq; b –quduq tubi mustahkamlash quvurli; v –yoriq filtrli; g –quduq tubiga manjetli filtr o‘rnatilgan va oldindan teshilgan konstruksiY. 1 -mustahkamlash quvurlari; 2 -sement toshi; 3 -gazlilik qatlami; 4 -mahsuldor qatlam; 5 -teshilgan teshiklar. 6 –zichlama; 7 -dumli filtrni yoriqli teshiklari; 8 -qo‘yish teshigi; 9 –manjet; 10 -teskari klapanni o‘rnatish joyi; 11 -filtr teshiklari. Download 255.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling