Individ, shaxs, individuallik tushunchalari
Download 16.61 Kb.
|
27. Individ, shaxs, individuallik tushunchalari
Individ, shaxs, individuallik tushunchalari Avval takidlaganimizdek xar bir shaxs o’zga xos-xususiyatlar bilan takrorlanmaydigan bir dunyo, tashqi kurinishi bilan uxshash insonlarni uchratish mumkin, ammo fe’li, mijozi va shaxs sifatlari bilan bir-biriga uxshash shaxslarni topish xayotda juda mushqil. SHaxs-qayta rilmas, u o’z sifatlari va borligi bilan noyobdir. Bu borada biz «Individ» va «Individuallik» tushunchalarini kurib chiqamiz.«Individ»- bu «odam» degan tushunchani tuldiradi va uning ijtimoiy-biologik mavjudod sifatida mavjudligini tasdiklaydi. YA’ni Individ- insonga aloqadorlik faktini tasdiklovchi ilmiy katigoriyadir. «Individuallik»-bu torrok tushuncha bo’lib konkret odamni boshqa bir kankret odamdan faqlovchi barcha o’ziga xos-xususiyatlar majmuini o’z ichiga oladi.SHaxs individualligiga uning qobiliyatlari, temperamenti, xarakteri, irodaviy sifatlari, e’motsiyalari, xulkiga xos motivatsiya va ijtimoiy utsonovkalari kiradi. Ana shu katigoriyalar individualllikni ta’minlovchi katigoriyalaridir: Qobiliyatlar-shaxsdagi shunday individual, turgun sifatlarki, ular odamning turli xil faoliyatdagi ko’rsatkichlari, yutuqlari va qiyinchiliklari sabablarini tushuntirib beradi.Temperament- insonning turli vaziyatlarda narsa, xolatlar va insonlarning xatti-xarakatlariga nisbatan reaktsiyasini tushuntirib beruvchi xususiyatlari majmuidir.Xarakter-shaxsning aloxida insonlar va insonlar guruxi, o’z-o’ziga, vaziyatlarga, narsalar va xodisalarga nisbatan munosabatlardan ortiradigan sifatlarini o’z ichiga oladi. Irodaviy sifatlar-xar birimiz o’z oldimizga maqsad quyib,unga e’rishish yo’lidagi qiyinchiliklarni engishimizni ta’minlovchi ma’lum sifatlarimiz majmuini o’z ichiga oladi.E’motsiyalar va motivatsiya-bu atrofimizda sodir bo’layotgan xodisalar, bizni o’rab to’rgan odamlar va ularning xatti-xarakatlari ruxan qanday qabo’l qilib, ularga bildiradigan xissiy munosabatlarimiz xisoblanadi. Demak individuallik sifatlar bizning ongli xayotimizning ajralmas qismi, idrokimiz, xotiramiz va fikirlarimiz yunaltirilgan muxim predmet sanaladi. CHunki bo’lar buning faoliyatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarishdagi individual uslibimiz bevosita aloqador. Ms: kimdir ishni tez va chala qiladi, aksincha kimdir sekin, ammo sifatli qilab bajaradi. Insondagi individuallik uning hayoti, faoliyatining barcha sohalarida namoyon bo'ladigan o'ziga xos sifatlari hisoblanadi. Individuallik alohida holda olinganda insonning aniq xatti-harakati, malakasi, layoqati, odat va ko'nikmalarini ifoda etadi. Unda insonning ichki va tashqi betakror xususiyatlari shakllanganligi uchun boshqalardan farqlanadi. Uning tarkibiga xarakter, temperament, iroda, iqtidor, qobiliyat va shu kabilar kirib, ular takrorlanmasdir. Ya'ni bir odamga xos bo'lgan iqtidor, qobiliyat, emotsiya, mimika, xarakterlar boshqa bir odamda aynan uchramaydi. Shu sababdan ham ular individualdir. Bolalarning tarbiyasiga to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Zero, bola organizmining o’sishi, rivojlanishi hamda psixik taraqqiy etishi turli yosh davrlarida turlicha kechadi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, Konstantin Ushinskiy va Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o’tganlar. Bolaning o’ziga xos xususiyatini hisobga olish juda qiyin. CHunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, ko’rish va eshitish qobiliyati, faolligi, anglash tezligi, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg’ayrat yoki g’ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, tartibsiz ishlashi, yig’inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo’lib, o’qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur. Download 16.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling