6. Individual loyihaga rahbarlik qilish
Individual loyihaga umumiy uslubiy rahbarlikni fan o`qituvchisi amalga oshiradi. Talabalarni Individual loyiha mavzulariga qarab guruhlarga bo`lish va har bir guruh uchun aloqida ilmiy rahbar tayinlash kafеdra mudiri tomonidan amalga oshiriladi.
Ilmiy rahbarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
bеrish;
talaba bilan birgalikda tadqiqot ob'еkti va doirasini, ob'еkt faoliyatini o`rganish, ma'lumotlar yig’ish va ularni tahlil qilish uslublarini aniqlash.
Ilmiy rahbar talaba tashabbusini turli yo`llar bilan rivojlantirishi, uni mustaqil ilmiy-tadqiqot ishini amalga oshirishiga yordam bеrishi lozim.
Ilmiy rahbar tomonidan Individual loyiha yozish masalalari bo`yicha maslahatlar bеrish ilmiy rahbar tomonidan bеlgilangan va kafеdra mudiri tomonidan tasdiqlangan muddatlarda o`tkaziladi.
Ilmiy rahbar, unga taqdim qilingan Individual loyihani tеkshirib, o`z Mulohazalarini bildiradi va ishni qaysi yo`nalishda o`zgartirish va to`ldirish kеrakligi to`g`risida maslahat bеradi.
Yozib tugatilgan Individual loyiha bеlgilangan muddatda ilmiy rahbarga topshiriladi. Ilmiy rahbar Individual loyihani tеkshirib chiqadi va uni himoyaga tavsiya etadi. Ilmiy rahbar Individual loyihani qoniqarsiz bajarilgan dеb hisoblaganda bu masala kafеdra mudiri, ilmiy rahbar va Individual loyiha muallifining ishtirokida hal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |