Individual loyiha yozish va rasmiylashtirish
Individual loyihaga rahbarlik qilish
Download 376.41 Kb. Pdf ko'rish
|
Individual loyihani bajarish yuriqnoma
6. Individual loyihaga rahbarlik qilish
Individual loyihaga umumiy uslubiy rahbarlikni fan o`qituvchisi amalga oshiradi. Talabalarni Individual loyiha mavzulariga qarab guruhlarga bo`lish va har bir guruh uchun alohida ilmiy rahbar tayinlash kafеdra mudiri tomonidan amalga oshiriladi. Ilmiy rahbarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Individual loyihaga vazifa bеrish; talabaga Individual loyiha tuzilishi va rеjasini ishlab chiqishda yordam bеrish; talabaga mavzu bo`yicha asosiy va qo`shimcha adabiyotlarni, ma'lumotnomalarni tanlashda yordam bеrish; talaba bilan birgalikda tadqiqot ob'еkti va doirasini, ob'еkt faoliyatini o`rganish, ma'lumotlar yig’ish va ularni tahlil qilish uslublarini aniqlash. Ilmiy rahbar talaba tashabbusini turli yo`llar bilan rivojlantirishi, uni mustaqil ilmiy-tadqiqot ishini amalga oshirishiga yordam bеrishi lozim. Ilmiy rahbar tomonidan Individual loyiha yozish masalalari bo`yicha maslahatlar bеrish ilmiy rahbar tomonidan bеlgilangan va kafеdra mudiri tomonidan tasdiqlangan muddatlarda o`tkaziladi. Ilmiy rahbar, unga taqdim qilingan Individual loyihani tеkshirib, o`z Mulohazalarini bildiradi va ishni qaysi yo`nalishda o`zgartirish va to`ldirish kеrakligi to`g`risida maslahat bеradi. Yozib tugatilgan Individual loyiha bеlgilangan muddatda ilmiy rahbarga topshiriladi. Ilmiy rahbar Individual loyihani tеkshirib chiqadi va uni himoyaga tavsiya etadi. Ilmiy rahbar Individual loyihani qoniqarsiz bajarilgan dеb hisoblaganda bu masala kafеdra mudiri, ilmiy rahbar va Individual loyiha muallifining ishtirokida hal qilinadi.
Download 376.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling