Individual o'qitish Individuallashtirilean o'qitish texnolozivasi
Download 0.64 Mb.
|
Individual ta’lim texnalogiyasi ta’lim har bir oquvchining qobilyatlari bilan bogliqlikda olib boriladi
Masofaviy ta'lim texnologiyasi.
Ilmiy texnik taraqqiyotning xususiyatlari mustaqil ishlash kunikma va malakalarini shakllantirish va uzluksiz, ijodiy bilimlarni egallashni talab qiladi. Bunday ta'lim xizmatlarini ko'rsatish istiqbolli, zamonaviy o'quv tizimlariga quyiladigan talablardan biridir. YUNESKO «Ta'limni axborotlash instituti» mutaxassislarining fikricha, ta'lim jarayonini rivojlantirishning asosiy yunalishlaridan biri dunyo aholisiga axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda, masofaviy o'qitish va mustaqil o'qish imkoniyatlaridan keng foydalanish ta'minotini yaratishdir. Masofaviy o'qitish — bu masofadan turib o'qitish, qaysiki o'quv mashg'ulotlarining barchasi yoki ko'p qismi telekommunikatsion va zamonaviy axborotlashtirish texnologiyalar asosida olib boriladi Masofaviy o'qitish, ayniqsa: o'qitishning an'anaviy usullaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lmagan, bu jarayon imkoniyatlarining chegaralanganligi tufayli o'qish va ishlashni birgalikda amalga oshira olmaydiganlar uchun; turg'un sharoitda o'qish imkoniyatlariga ega bulmagan, imkoniyatlari tibbiy shart-sharoitlar tufayli chegaralanganlar uchun; o'qituvchilar va boshqa soha mutaxassislarining qayta tayyorlash va malakasini oshirishda; chet el o'quv muassasalarida ta'lim olishni istaydiganlar uchun; ikkinchi mutaxassislikni egallashni istaydiganlar uchun juda dolzarb bo'lishi mumkin. Istiqbolli zamonaviy o'qitish tizimlari har bir shaxsning o'zi istagan ta'lim olish huqiqidan foydalana olish imkoniyatini berishi kerak. Masofaviy o'qitish aynan shunday o'qitish shakli bo'la oladi. O'qitishning bu tizimi boshlang'ich rivojlanish bosqichidadir. AQSH da 1 mlnga yaqin odam masofaviy o'qitish tizimida o'qimokda. Bu tizimda televideniye imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda. Ispaniyada masofaviy o'qitish Milliy universiteti faoliyat ko'rsatmokda. Bu yerda sirtki oliy ta'lim olish xamda uqituvchilaming malakasini oshirish mumkin. Fransiyadagi masofaviy o'qitish Milliy Markazi 120 davlatdagi 35 000 iste'molchini qamrab olgan. Germaniyada ochiq universitet ochilgan bo'lib, bu yerda sirtqi ta'lim olish hamda malaka oshirish mumkin. Shvetsiyada Baltika Universiteti Baltika xududidagi 50 da ortiq universitetni o'z ichiga qamrab oladi. Masofaviy o'qitish texnologiyasi bo'yicha barcha topshiriqlar masofadan turib bajariladi, imtihonlar esa oliy o'quv yurtida topshiriladi. Masofaviy o'qitish Yaponiya, Turkiya, Xitoy, Hindiston, Iroq, Koreya, Finlyandiya, Avstraliya va Rossiyada rivojlanmoqda. Masofaviy o'qitish fakat milliy ta'lim tizimlardagina rivojlanib qolmay, balkim, alohida tijorat kompaniyalarida ham rivojlanmokda, masalan IBM, General Motors, Ford va boshqalar. Masofaviy o'qitish - ilmiy-texnikaviy taraqqiyot davrning mahsulidir va ayni vaqtda uning rivojlanish katalizatori hamdir. Masofaviy o'qitishning didaktik tizimi, quyidagilarni o'z ichiga oladi: O'qitish maqsadi davlat ta'lim standartlari asosida shakllanib, bilim, ko'nikma va malakalar tizimini o'z ichiga oladi. Bu iyerarxik tizimda bo'lib: o'qitish maqsadi, o'quv fani maqsadi, mavzuning o'quv maqsadi, mavzuning tayanch tushunchalari o'quv maqsadidan shakllanadi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling