Individual o'qitish Individuallashtirilean o'qitish texnolozivasi


Download 0.64 Mb.
bet4/6
Sana20.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1633874
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Individual ta’lim texnalogiyasi ta’lim har bir oquvchining qobilyatlari bilan bogliqlikda olib boriladi

Masofaviy o'qitish texnologiyasi.
Masofaviy o'qitish texnologiyasi tushunchasi standartlashtirilmagan. Eng ko'p tarqalgan ta'rif quyidagicha: masofaviy o'qitish texnologiyasi bu ta'limni belgilangan mazmunini nusxalab amalga oshirishga yo'naltirilgan usullar tizimi, maxsus vositalarning, o'qitish shakllarining majmuasidir.
Masofaviy o'qitish texnologiyasi pedagogik texnologiyalarning bir ko'rinishi sifatida qabul qilinishi mumkin. «Pedagogik texnologiya» tushunchasi standartlashtirilmaganligini hisobga olgan holda, ko'pincha YUNESKO qabul qilgan tushuncha ishlatiladi.
Pedagogik texnologiya tushunchasiga berilgan YUNESKO ta'rifiga ko'ra masofaviy o'qitishga quyidagi ta'rifni shakllantirish mumkin: masofaviy o'qitish texnologiyasi - bu inson va texnik resurslarini, ularning o'zaro aloqasini, hisobga olgan holda, ta'lim xizmatining butun jarayonini yaratish, qo'Uash va ommaboplashtirish tizimli yondashuvi boiib, bilvosita individuallashgan ta'lim tizimida o'qitish shakllarini maqbullashtirishni o'ziga vazifa qilib qo'yadi.
Masofaviy o'qitish texnologiyasi quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • ta'lim axborotlarini taqdim etish texnologiyasi;

  • ta'lim axborotlarini uzatish texnologiyasi;

  • ta'lim axborotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi.

Ta'lim axboroti: muayyan faoliyat turi, ixtisosini amalga oshirishda qo'llashi uchun, ta'lim oluvchiga berish kerak bo'lgan bilimlardir. Masofaviy o'qitish tizimida yangi elektron kitoblarga alohida talablar qo'yiladi. Elektron kitoblardagi ta'limiy axborot tinglovchining psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tayyorlanishi kerak, chunki u bu axborotni kompyuter ekrani orqali qabul qiladi.
Elektron darslik quyidagi maxsus talablarga javob berishi kerak:

  • tushunchalar beriladigan matn qismining rivojlangan, gipertekst tuzilishi (tushunchalar, ta'riflar, teoremalar), va bayonning mantiqiy tuzilishi (qismlarning ketma ketligi, bog’liqligi);

  • ta'lim olishda qulay yangilik tizimiga ega bo'lishi, tinglovchi kursning bir qismidan ikkinchi qismiga o'tishi, o'qituvchiga elektron xabarlar yuborishi, diskussiyalar bo'limiga o'tishi;

  • glossariy mavjudligi (avtonom qo'shimcha ma'lumotlar) va ularga tayanish. Glossariylar kurslar uchun alohida, bir necha kurs uchun alohida modullar uchun ishlab chiqariladi;

  • darsliklarda tasviriy manbalar, elektron kutubxonalar va Internetdagi manbalarning ko'rsatilishi;

  • qulayligi- tizimga tez kirish;

  • o'qituvchi bilan samarali aloqada bo'lish (elektron pochta,...) aniq vaqt birligida Internet orqali gapira olish;

Ta'lim axborotlari ta'lim texnologiyalari orqali uzatiladi.
Ta'lim texnolosivasi - bu ta'lim axborotlarini manbadan iste'moIchiga uzatishda qoilaniladigan didaktik uslublar majmuasidir. Masofaviy o'qitish tizimida tasviriy fikrlashni faollashtirishga alohida e'tibor berilishi kerak, ya'ni o'qituvchi fikrini tasviriy obrazlar ko'rinishida taqdim etishi kerak. Masofaviy o'qitish ti2imi ta'lim texnologiyalarida fikr, axborot, bilimni vizuallashtirish, katta ahamiyatga ega.
Masofaviy o'qitish tizimida quyidagi ta'lim texnologiyalarini ishlatish mumkin:
- video-ma'ruzalar; multimedia-ma'ruzalar va laboratoriya amaliyotlari; elektron va multimedia-darsliklari; kompyuter test tizimlar; imitatsiya modellari va kompyuter trenajyorlar; telekommunikatsiya vositalaridan foydalanuvchi konsultatsiya va testlar; videokonferensiyalar.
Axborotlarni saqlash, qayta ishlatish, tinglovchiga yetkazish, o'qituvchi va tinglovchi o'rtasidagi interfaol muloqot, hisoblash texnikani qo'llashga tayangan apparat-dasturlar vositasida amalga oshiriladi. Bular - axborot texnologiyalaridir.
Masofaviy o'qitish tizim texnologiyalari pedagogik texnologiyalar asosida ishlangan bo'lib, kuyidagi qo'shimcha talablarga javob berishi kerak:

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling