Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Download 2.45 Mb.
bet127/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Reyting savollari
1.Biogenetik qonunning mohiyatini ayting.
2.Rekapitulyasiya nima?
3.A.N.Seversovning filembriogenez nazariyasining mazmunini aytib bering?
4.Biogenetik qonunning tanqid qilinishiga nimalar asos bo’ldi?
5.Biogenetik qonunning hozirgi holati qanday?
6.K.Ber qonunining mazmunini aytib bering.
7.K.Ber qonunining hozirgi holati qanday?
8.Gavdaning birlamchi va ikkilamchi metameriyasi nazariyasining mazmunini aytib bering.
9.Metameriya nazariyasining rivojlantirilishi deganda nimani tushunasiz?
10.Sodda hayvonlar ontogenezini aytib bering.
11.Ko’p hujayralilar kelib chiqishi va evolyusiyasiga oid nazariyalar va ularning hozirgi holatini aytib bering.
12. Ontogenez evolyusiyasi nazariyasining mazmuni va uning hozirgi holatini aytib bering.
XIV-BOB. O’SISH

Agar diametri 0,5 mm bo’lgan odam tuxum hujayrasining va jinsiy voyaga yetgan odamning og’irligi va gavdasining hajmi solishtirilsa, astronomik o’sish sodir bo’lganligini bilib olish mumkin. Agar kitning tuxumi va og’irligi bir necha tonna keladigan jinsiy voyaga yetgan formalari solishtirilsa, bunda qancha o’sish sodir bo’lganligini bilib olish qiyin emas. O’sish organizmlar massasining ortishi natijasida uning o’lchami va hajmining ortishidir. Agar organizm o’smaganda, hech qachon yangi urug’langan tuxum, yangi zigota paydo bo’lmasdi.


O’sish quyidagi mexanizmlar orqali amalga oshadi: 1) hujayra hajmining ortishi; 2) hujayralar soning ortishi; 3) hujayrasiz moddalarning ortishi.
Shuningdek, o’sishga sintez bilan bog’liq bo’lgan moddalar almashinuvi, hujayraga suv va unda erigan moddalar kirishi va hujayralar o’rtasida moddalarning to’planishi ham kiradi. O’sish hujayralarning bo’linish tezligi hujayralarning o’lishi va almashinish tezligidan yuqori bo’lganda sodir bo’ladi.


O’sish omillari
O’sish jarayoniga ta’sir etadigan omillar ko’p bo’lib, ularning eng muhimlari quyidagilardir.Organizmlarning o’sishiga gormonlar ta’sir etadi. O’sishni boshqaradigan asosiy gormon somatotropin gormoni bo’lib, gipofizning oldingi qismidan ishlab chiqariladi va hujayraning yuza qismi orqali ta’sir etadi. Bu gormonning ko’p ishlab chiqarilishi gigantizmga (bo’yning o’sib ketishiga), kam ishlab chiqarilishi pakana bo’yli bo’lib qolishiga olib keladi.
Bundan tashqari, o’sishga insulin, tiroksin, gidrokortizon, testosteron,estradiol, eritropoetin, trombopoetin gormonlari ham ta’sir etadi. Bu garmonlar moddalar almashinuvining ma’lum yo’nalishiga ta’sir etadi, u esa o’sish jarayoniga ta’sir etadi.
Nerv omili ham o’sish jarayoniga ta’sir etadi. Nerv sistemasining muvozanatlashganligi o’sishni boshqaruvchi asosiy omil hisoblanadi.
Har bir tur individlarining o’sishni boshqaradigan genetik axboroti xromosomalarda joylashgan. Boshqa omillar optimal bo’lsa ham, genetik chegaradan chiqib keta olmaydi. Masalan, kit kichik bo’lib qolmaydi, sichqon katta bo’lib keta olmaydi. Embroblastlarning o’sishi ham muhim omil ekanligi keyingi yillarda aniqlandi.
Ovqat tarkibi va miqdori ham o’sishga ta’sir etadi.
Bundan tashqari, yil fasli, hayvonnnig psixik holati, yoshi, taraqqiyot bosqichi ham o’sishga ta’sir etadi. Har xil yoshdagi va bosqichdagi hayvondan olingan to’qima sun’iy sharoitda turlicha o’sganligi aniqlangan. Qari organizmdan olingan to’qima yosh organism to’qimasiga nisbatan sekin o’sadi.
Keyingi yillarda to’qimani boshqaradigan maxsus ingibitor keylon (xeylon) moddasi topildi. Keylon dastlab epidermisda, keyin boshqa to’qimalarda ham uchrashi aniqlandi. Keylon glikoproteid modda bo’lib, keylon ko’p ishlab chiqarilsa,hujayra bo’linishini sekinlashtiradi. Shuuning uchun yosh organizmda hujayralar soni kam bo’lib, keylon kamroq miqdorda ishlab chiqariladi va organizm tez o’sadi. Qari organizmlarda hujayralar soni ko’p bo’lib, keylon ko’p ishlab chiqariladi va organizm sekin o’sadi. Keylonning xarakterli xususiyatlari: 1) har bir to’qimaning ishlab chiqargan keyloni o’ziga ta’sir etadi; 2) har bir to’qimaning ixtisoslashgan keyloni bo’ladi, masalan, epidermis keyloni faqat epidermisga ta’sir etadi; 3) tur yoki sinf bo’yicha keylon ixtisoslashmagan bo’ladi, masalan, treskaning epidermis keyloni sut emizuvchilar epidermisiga ta’sir etadi.
Kelajakda har bir to’qima va hujayra o’sishining stimulyatori va ingibitorini aniqlash lozim. Biologiyaning bu sohasi bo’yicha ma’lumotlar hozircha juda kam. Ammo keyingi tadqiqotlar turli yoshdagi organizmlar o’sishini boshqaradigan stimulyatorlarning ko’plab guruhlarining aniqlashiga olib keladi.
Organizm rivojlanishi boshlanguncha bir necha bnoshlang’ich o’sish o’lchamklariga ega bo’lib, ular qisqa vaqtda o’zgarmaydi. Keyin asta-sekin, keyinchalik tezlik bilan massa ortishi boshlanadi. Ma’lum vaqt davomida o’sish tezligi bir xil bo’lib turadi, keyin o’sish sekinlashadi va massa ortishini taminlovchi moddalar miqdori tenglashadi.
O’sishning muhim xususiyati uning differensialligidir, ya’ni organizmni tashkil etadigan organlarni o’sish tezligi har xil bo’ladi. Chuunki, birinchidan, har xil organlar turli tezlikda o’sadi va turlicha kattalikda bo’ladi. Ikkinchidan, organism rivojlanishining turli bosqichlarida o’sish tezligi turlicha bo’ladi. Masalan, yosh organism tez o’sadi, qari organism aksincha, sekin o’sadi yoki o’sishdan to’xtagan bo’ladi.
O’sishning muhim xususiyatlaridan yana biri uning ekvifinalligi, ya’ni har bir individ o’zining turini o’sish o’lchamigacha o’sa oladi.
Shunday qilib, o’sihsning differensialligi va ekvifinalligi rivojlanayotgan organism bir butunligini ta’minlaydi.



Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling