Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi
Download 2.45 Mb.
|
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baliqlarning
- Sudralib yuruvchilaraing
Ninatanlilardan dengiz tipratikanlari alohida jinsli bo’lib, yosh individlarining organchani atrofida,ko’p jinsiy halqalar bo’ladi. Keyinchalik bu halqalar differensiallashib, 5 ta xalqasimon tuxumdon, yoki urug’donga aylanadi, Ulardan chiqaruv kanallari boshlanib, 5 ta jinsiy plastinkaga keladi. Undan jinsiy hujayralar suvga chiqib urug’anadi.
Baliqlarning samkasida bir juft tuxumdon bo’lib, ulardan uzun tuxum yo’li boshlanadi va bachadonga keladi. Sameslarida jinsiy organlar bir juft-urug’don, urug’don ortig’i, urug’ yo’li, urug’ xaltasi va kloakadan iborat. Amfibiyalarning samesida bir juft yumaloq oqish urug’don bo’lib, uning ustida yog’ tanachasi bo’ladi. Yog’ tanachasi urug’don va unda yetiladigan spermatozoid uchun ozuqa hisoblanadi. Shuning uchun kuzda urug’don kichik, yog’ tanachasi esa yirik bo’ladi. Erta bahorda yog’ tanachasining deyarli hammasi urug’ qo’yish uchun sarflanadi. Urug’dondan boshlangan ko’plab urug’ olib chiquvchi kanallar, volfkanaliga o’ladi va urug’ xaltasida yig’adi. Amfibiyalarda kopulyativ organ bo’lmaydi. Samkasida bir juft tuxumdon, uning ustida yog’ tanachasi bo’ladi. Tuxumdoning hajmi fasllarga qarab o’zgarib turadi. Yoz, kuz oylari kichik, bahor oylari yirik, qoramtir tuxumlar bilan to’la boladi. Tuxum yollari mustaqil ravishda kloakaga ochiladi, voronkasimon uchi esa, yurak oldi bolshlig’iga ocliladi Yurak qisqargan paytda tuxum yo’lari tana bo’shligidan tuxumni so’rib oladi. Ko’payish oldidan tuxum yo’linig devori qalinlashadi. Sudralib yuruvchilaraing erkagida bir juft urug’don, urug’don ortig’i, urug’ yo’li, kopulyativ organlar mayjud. Urg’ochilarida bir juft ovalsimon tuxumdon, tuxum yo’li bor. Qushlarning erkagida bir juft dukkaksimon urug’don bo’lib, ko’payish oldidan kattalashadi. Urug’dondan urug’ yo’li boshlanib, kloakaga yaqin joyda urug’ xaltasini hosil qiladi. Urg’ochilarning chap tuxumdoni yaxshi taraqqiy etgan bo’lib, chap tuxum yo’li ham yo’g’on va yaxshi taraqqiy etgan. Tuxum yo’lining uetiki qismi, fallopiev nayi deyiladi va unnig uchki qismida ko’plab oqsil bezlar bo’ladi. Tuxum yo’lining kengaygan joyi bachadon, undan keyin qin va kloaka joylashgan. Erkaklik jinsiy organlari sistemasi bir juft urug’don, urug’ olib ketuvchi naylar, prostata bezi, urug’ saqlovchi xalta va tashqi jinsiy organdan iborat. Urug’don. Urug’don yoki moyak ovalsimon tanachadan iborat bo’lib, ikkita xususiy parda bilan qoplangan: 1. Seroz parda mezote] iy hujayralaridan tuzilgan bo’lib, urug’donning asosiy qismini qoplab turadi. 2. Zieh biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lgan oqsil pardada qon tomklar ko’p bo’lib, u tomirli parda ham deb ataladi. Oqsil parda urug’donning birtomonida qalinlashadi va urug’don oraligli deb nomlanadi. Uning ichida kapillyar qon tomirlar va urug’don tolri joylashgan. Shu oraliqdan tomirli pardaga qarab biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lgan radial tolsiqlar tarqaladi. Bu tolsiqlar urug’donni bolraklarga ajraladi. Bolraklar soni odamda 100-250 tagacha bo’ladi. Tolsiqlar elastik tolalardan iborat bo’lib, ulardan urug’donni oziqlantiruvchi yirik qon tomirlar o’tadi (25-rasm). Har bir bollakda 1-2 ladan egri-bugri urug’ kaiialchalari joylasbgan. Bu kanalchalarning har birining uzunligi 70-80 sm gacha yetadi. Har bir urug’donda 300-450 tagacha egri-bugri kanalchalar bor. Eholehqalarda bu kanalchalaming umumiy uzuriligi 3200 m ga yetadi. Urug’donning har bir bollagining uchki qismnida egri-bngri kanalchalar to’g’ri kanalga birlashib, urug’don tolrini hosil qiladi va urug’ olib ketuvchi naylarga aylanadi. Download 2.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling