Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Embrion rivojlanishning dastlabki davrida uning qismlarining bir biriga bog’liqligi


Download 2.45 Mb.
bet70/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Embrion rivojlanishning dastlabki davrida uning qismlarining bir biriga bog’liqligi

Tuxum hujayra har bir tur hayvonda o’ziga hos tuzilishga ega bo’ladi va morfolagik, biokimyoviy va fiziologik jixatdan murakkab tuzilgan. Har xil tuxumlar taraqqiyotining dastlabki davrilaridan boshlab determinasiyalashgan bo’ladi. Spral maydalangan tuxumlarda blastomerlar t taqdiri oldindan aniqlagan bo’ladi. Bunday tuxumlar determinasiyalangan tuxumlar deyiladi. Pluteeus taraqqiyoti davrida 16ta blastomer hosil bo’lganda 8ta yuqorida joylashgan blastomerlardan ektoderma, oldingi to’ttasidan birlamchi ichak mikro merlardan mezenxima hosil bo’ladi. Bunday tuxumlar regulyasion tuxum deyiladi.


Maydalanish natijasida 2 ta blastomer hosil bo’lgandan keyin ularning har biri yangi biologik sistemaning ajralmas qismi hisoblanadi. Organizimning har bir bosqichi uning bir butunligi va inegrasiyasining yangi ko’rinishi hisoblanadi.
V.Fogt baqa ebrioning blastula davrida prezumptiv xaritasini tajribalar orqali aniqlashga muvaffaq bo’ldsi. Har bir organ dastlab embrionning qaysi blastomerdan, qaysi qavatdan hosil bo’lishi ham tajriblar yo’li bilan anilangan. Anashu hujayralarningb rivojlanish yo’lini o’zgartirish munkinmi?
G.Shpeman triton embrion rivojlanishining blastula davrida bitta embriondan bir bo’lak medulyar plastinkani, ikkinchi embriondan teri ektodermasining o’rnini bir biriga almashtirib qo’ydi. Ko’chirib o’tkazilgan hujayralar o’zining yo’nalishi bo’yicha emas, balki atrofidagi hujayralar ta’sirida ektodermasidan nerv sistemasi, nerv plastinkasidan taraqqiy etadi. Xuddi shunday tajribalar ekdoderma va mezoderma hujayralarida ham o’tkazilib , shunga o’xshash natijalar olindi (78-rasm).
G.Shpeman blastula bosqichida embrionning ko’chirib o’tkazilgan qismi yangi organ hosil qilishini labil determinasiya deb ataldi.
G.Shpeman va uning shogirdlarining aniqlashicha, determinasiya manbai alohida hujayra, uning va sitoplazmasi emas. Har bir hujayraning taqdiri organizimni tashkil etadigan hamma hujayralar bilan bog’liq.
Ko’chirib o’tkazilgan hujayraning yangi joyga moslashib, ma’lum organ yoki uning qismini hosil qilishini shpemen stabil determinasiya deb atadi. Bu gasturulyasiyaning oxirida sodir bo’lishi munkin. Ko’chirib o’tkazilgan bu hujayralar differensiyalashibva determinasiyalashib doimiy organ hosil qildi, deb aytish munkinmi?
Gastrulaning oxiri va neyrula davrida determinasiya oxiriga yetdi, deb bo’lmaydi . Neyrula davrida qayta deter minasiya sodir bo’lganligi aniqlangan. Bunday tajribalar amfibiyalar ko’zi va eshitish organlari rivojlanish misolida o’rganilgan. G.Shpemen (1901) qizdirilgan igna bilan baqa embrionnnning ko’zi bokalini neyrula bosqichida, gavhar hosil bo’lishdan oldin buzadi. Natijada gavhar paydo bo’lmaydi. Demak, gavhar epidermisidan hosil bo’lsa epidermis hosil bo’lsa, epidermis bilan ko’z bokali aloqada bo’lishi zarur. Agar ektoderma ko’chirib o’tkazilsa, undan gavhar hosil bo’ladi. Demak , determinasiya deyilganda organizimning ontogenez davrida hujayralarning o’zaro aloqada bo’lib, ma’lum rivojlanish yo’lini bosib o’tishi tushiniladi. Bu yo’lda hujayra o’zgaradi, ma’lum vazifalarni bajarishga ixtisoslashadi.



Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling