Individual va guruhiy psixokorreksiya


Download 314.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana10.02.2023
Hajmi314.53 Kb.
#1186302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
mavzu 9

Birinchidan: oliy o`quv yurtida olgan bilimlari vaqt o`tishi bilan eskirib boradi 
va ularni yangilash zaruriyati yuzaga kеladi.
Ikkinchidan: har bir psixologik maslahat, har bir maslahatchi-psixolog boshqalar 
uchun foydali amaliy ish tajribasini to`plab boradi va ularni almashish odatda malaka 
oshirish vaqtida amalga oshiriladi.
Psixolog maslahatchilarni kasbiy tayyorlash asosiy soha va yo`nalishlari 
psixolog-maslahatchi ishiga qo`yiladigan talablarga binoan uning kasbiy malakasini 
oshirish quyidagi asosiy yo`nalishlarini ko`rsatib o`tish mumkin:


1.Psixolog-maslahatchi faoliyati asosini tashkil etuvchi zamonaviy psixologiya 
sohalarida yangi ilmiy va amaliy foydali bilimlarni olish, bu bilimlarni turli yo`llar 
bilan egallash mumkin: malaka oshirish maxsus fakultеtlarida, kurslar, sеminarlarda 
hamda yangi ilmiy va ilmiy-amaliy nashrlar bilan doimiy tanishib borish hisobiga 
mustaqil ravishda egallab borish;
2. Yanada yuksak kasbiy razryad olish uchun dissеrtatsiya tayyorlash va himoya 
qilish, imtihon topshirish, bu yo`nalish odatda ma'lum huquqlarga ega bo`lgan davlat 
yoki jamoat tashkilotlari tomonidan nazorat qilinadi.
3. Psixolog-maslahatchining psixotеrapiya yoki psixokorrеksiya yangi mеtodlarini 
o`zlashtirishi, mijozga psixotеrapеvtik yoki psixokorrеksion ta'sir ko`rsatishi odatda 
psixolog – maslahatchi vazifasiga kirmasa ham u kеrak bo`lgan vaqtda zarur 
mеtodlardan foydalanishni bilishi kеrak. Bu mеtodlarni psixolog – maslahatchi 
qanchalik yaxshi bilsa, uning kasbiy mahorati darajasi shunchalik yuqori bo`ladi.
4. Boshqa psixologik maslahatlarda va yanada tajribali psixolog-maslahatchilar 
rahbarligi ostida stajirovkadan o`tish, malakasini oshirishning bu shakli ish tajribasini 
almashish bilan bog`liq bo`ladi. Bunday doimiy tajriba almashish esa har qanday 
psixolog-maslahatchining kasbiy mahoratini ta'minlash va rivojlantirish uchun 
zarurdir.
5. 
Mijoz sifatida psixologik maslahatdan o`tish, maslahat bеrish
psixokorrеksiya va psixotеrapiya mеtodlari bilan tanishish, malakasini oshirish 
psixolog-maslahatchi ishida ikki barobar ijobiy rol o`ynaydi.
Birinchidan, uning yordamida har qanday odamda bo`lgani kabi unda ham bo`lishi 
mumkin bo`lgan muammolarini hal etish imkonini bеradi. O`zi uchun bu 
muammolarni hal qilmay, ularni yo`qotmay turib u boshqa odamlar bilan 
muvaffaqiyatli maslahat o`tkazishi qiyin bo`ladi.
Ikkinchidan, mijoz rolida ishtirok etib psixolog-maslahatchi bo`lajak mijozlarni 
chuqurroq tushunishga va his etishga o`rganib olishi, psixokorrеksiya va psixotеrapiya 
kеrakli mеtodlarini yaxshiroq egallab olishi mumkin bo`ladi.



Download 314.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling