Industrial iqtisodiyot
Download 1.74 Mb.
|
Farg’ona Politexnika instituti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Angren erkin iqtisodiy zonasi
Farg’ona Politexnika instituti Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti “Iqtisodiyot” kafedrasi INDUSTRIAL IQTISODIYOT fanidan TAQDIMOT LOYIHASI Topshirdi: 72B-20 guruh talabalari G’iyosiddinov S, Sobirjonov S, Ibroximov I, Mamatqulov X. Qabul qildi: Axunova MAngren erkin iqtisodiy zonasiBugun mamlakatimizda iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlarining asosiy qismi ishlab chiqarish va tadbirkorlik rivoji ulushiga to'g'ri kelmoqda. So'nggi yillarda ana shu ikki yo'nalishni birlashtirish asosida barcha hududlarda tashkil etilayotgan erkin iqtisodiy zonalar tarkibida zamonaviy korxonalarni ishga tushirish tajribasi kutilgan natijalarni bermoqda. Toshkent viloyatida 2012 yilning aprel oyida tamal toshi qo'yilgan “Angren” erkin iqtisodiy zonasi ham ana shunday yirik sanoat tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Jami 4 125 gektar maydondan iborat iqtisodiy zona Ohangaron va Angren shaharlari, Ohangaron tumanidagi A-373 magistral yo'li shimoliy qismida joylashgan hamda Bekobod shahrining 15 gektar hududlarini o'z ichiga oladi. Bir vaqtlar tashlandiq, foydalanilmay yotgan bu joylarda bugun eng zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari qad rostlagan. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan press-tur davomida jurnalistlar “Angren” EIZdagi bir qancha yirik korxonalar faoliyati bilan tanishdi. Hozirgi kunda zonada umumiy qiymati 1 milliard 452 million dollarga teng jami 117 ta loyiha joylashtirilgan bo'lib, 60 ta korxona negizida 70 ta loyiha ishga tushirildi. Bu orqali 8160 dan ortiq kishi doimiy ish va daromad manbaiga ega bo'ldi. Joriy yilning yanvar-oktyabr oyi davomida mazkur korxonalarda 3 trillion 279 milliard so'mlik mahsulot ishlab chiqarilib, shundan 62,1 million dollarlik mahsulotni eksport qilishga erishildi. — Sanoat zonasida loyihalarni 2013 yildan joylashtirish boshlangan bo'lsa, o'shanda 4 ta korxona ishga tushirilgan edi, — dedi “Angren” EIZ direktori Mutallibjon Xojimurodov. — Ilk davr, ya'ni 2013—2016 yillar mobaynida 16 ta loyiha amalga oshirildi. Keyinroq 2016 yil 26 oktyabrdagi “erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident farmoni bilan investorlar uchun keng ko'lamli soliq va bojxona imtiyozlarining berilishi xorijlik tadbirkorlarning qiziqishini yanada oshirdi. Natijada 2017—2020 yilda iqtisodiy zonaga 101 ta loyihani joylashtirishga erishildi. Loyihalarni amalga oshirish uchun 783,9 million dollarlik investitsiyalar, jumladan, 294,4 million dollar miqdorida to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar o'zlashtirildi. Tadbirkor tegishli hujjatlarni taqdim etib, loyihasi mavjud talablarga javob bergach, “Angren” EIZdan unga er ajratiladi. Shu kundan boshlab, u sanoat zonasining bir qismiga aylanadi va boshqalar qatori imtiyozlarga ega bo'ladi. Xususan, u ishga tushiradigan korxonaga elektr tarmoqlari, ichimlik suv va kanalizatsiya, yuqori bosimli gaz quvuri hamda avtomobil yo'llarini olib borishni iqtisodiy zona o'z zimmasiga oladi. Ishlab chiqaruvchiga bir qator soliq imtiyozlari ham beriladi. Korxona texnologik uskuna va ehtiyot qismlari olib kirganda bojxona to'lovlaridan ozod qilinadi. Soliq imtiyozlari investitsiya qiymatiga qarab 3 yildan 10 yilgacha, bojxona imtiyozlari erkin iqtisodiy zona faoliyati yakunigacha amal qiladi. “Angren” EIZ ana shunday imkoniyatlari bilan ko'plab investorlarni jalb qilmoqda. Bunga ayniqsa, xitoylik investorlarning qiziqishi yuqori. Xususan, ushbu mamlakatdan kirib kelgan 342 million dollarlik to'g'ridan to'g'ri investitsiya asosida zonada 28 ta loyiha joylashtirilgan. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling