Индустриал иқтисодиёт


Аsosiy fondlardan foydalanish ko`rsatkichlari


Download 309.05 Kb.
bet61/75
Sana29.01.2023
Hajmi309.05 Kb.
#1137396
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   75
Bog'liq
1 13 темаларLeksiya

4. Аsosiy fondlardan foydalanish ko`rsatkichlari
Аsosiy fondlarni takror ishlab chiqarish, rejalashtirish, hisob-kitob qilish, ulardan foydalanishning samaradorligini ifodalash uchun juda ko`p ko`rsatkichlar kerak bo`ladi. Ularni bir necha guruhlarga bo`lish mumkin:
- asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymatini ifodalovchi ko`rsatkichlar;
- ulardan foydalanish darajasini, ularning samaradorligini ifodalovchi ko`rsatkichlar;
- ishlab chiqarish fondi bilan qurollantirish darajasini ifodalovchi ko`rsatkichlar;
- integral ko`rsatkichlar.
Bu ko`rsatkichlar tizimida ayniqsa, fond qaytimi ko`rsatkichi va fondorentabellik ko`rsatkichi alohida o`rin egallaydi.
fond qaytimi – bu bir so`mlik asosiy fond ishtirokida qancha mahsulot ishlab chiqarish mumkinligini ifodalaydi va quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
fk  Q  fas,
Bu erda, fk – fond qaytimi (so`m hisobida);
Q – ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati (so`m hisobida);
fas – asosiy fondlarning o`rtacha yillik qiymati.
fond sig`imi – bu fond qaytimiga teskari ko`rsatkich bo`lib, malum miqdordagi mahsulot ishlab chiqarish uchun qancha asosiy fond kerakligini ifodalaydi va quyidagi formula asosida hisoblanadi:
fs  fas  Q
Мehnatning fond bilan taminlanganligi har bir ishlovchi hisobiga qanchadan asosiy vositalar to`g`ri kelishini bildiradi va u quyidagi formula bilan ifodalanadi:
fbt  fas  Хym,
Bu erda, Хym – xodimlarning yillik o`rtacha miqdori (kishi hisobida).
Аsosiy fondlardan foydalanishni ifodalaydigan ko`rsatkichlardan yana biri – bu jihozlardan foydalanish ko`rsatkichlari:
a) ekstensiv foydalanish koeffitsienti (Ke). U jihozlarning rejali ish vaqti fondida (Тjr) haqiqiy ishlagan vaqti (Тjx) darajasini ko`rsatadi:
Ke  Тjx  Тjr,
b)intensiv foydalanish koeffitsienti (Kin). U jihozlarning minimum mahsulot ishlab chiqarishi mumkin bo`lgan miqdoriga (Мch) nisbatan haqiqiy ishlab chiqargan mahsulot miqdori (Мx) darajasini ko`rsatadi:
Kin  Мx  Мm.

Download 309.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling