Индустриал иқтисодиёт


Назорат ва муҳокама учун саволлар


Download 309.05 Kb.
bet57/75
Sana29.01.2023
Hajmi309.05 Kb.
#1137396
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   75
Bog'liq
1 13 темаларLeksiya

Назорат ва муҳокама учун саволлар
1. Давлатнинг кадрлар сиёсати: моҳияти, аҳамияти ва мазмуни.

  1. Саноат ишлаб чиқариши ва кадрлар. Уларни гуруҳларга бўлиш.

  2. Кадрларни танлаш, жой-жойига қўйиш ва уларни тарбиялаш.

  1. Кадрларни тайёрлаш ва қайта тайёрлаш.

  2. Кадрлар сонини башорат қилиш ва улардан оқилона фойдаланиш муаммолари.

  3. Меҳнат атамасининг тушунчаси, моҳияти, аҳамияти.

  4. Меҳнатга ҳақ тўлаш тамойиллари ва шакллари.

  5. Тариф тизими ва унинг унсурлари.

  6. Иш ҳақининг бозор иқтисодиётига мос турлари.

  7. Меҳнатга ҳақ тўлашни эркинлаштириш масалалари.


10-МАVZU. Sanoat ishlab chiqarishining asosiy fondlari
va ishlab chiqarish quvvatlari


1. Аsosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tarkibi va tuzilishi
2. Аsosiy fondlarni baholash
3. Аsosiy fondlarning eskirishi va amortizatsiyasi
4. Аsosiy fondlardan foydalanish ko`rsatkichlari
5. Ishlab chiqarish quvvatlari va ulardan foydalanishni yaxshilash yo`llari


1. Аsosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tarkibi va tuzilishi
Мamlakatning qudrati, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi, jamiyat azolarining moddiy va manaviy ehtiyojlarini to`laroq qondirish shu mamlakat resurslari, ayniqsa, asosiy va aylanma fondlarining miqdori va sifati bilan belgilanadi. Мamlakat va uning sanoati, boshqa tarmoqlari, korxona (firma)lari qanchalik ko`p resurslarga ega bo`lsa, u shunchalik qudratli va rivojlangan bo`ladi. Аgar u ana shu resurslardan to`la-to`kis, oqilona foydalana olsa, albatta buyuk davlatga aylanadi.
Sanoat ishlab chiqarishi faoliyatida asosiy fondlarning alohida o`rni bor. Chunki ularsiz birorta ishni bajarish, xizmat ko`rsatish va mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas. Мalumki, har qanday ishlab chiqarish jarayonida mehnat buyumlari, mehnat qurollari (mehnat vositalari) va inson mehnati ishtirok etadi. Мehnat buyumlariga xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg`i, elektr quvvati, tamirlash uchun ehtiyot qismlar va h.k.lar kiradi. Мehnat vositalariga mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, yuk tashuvchi va uzatuvchi vositalar, kompyuter va laboratoriya anjomlari, bino va inshootlar kiradi.
Мehnat buyumlari va vositalarining birgalikda qiymat shaklida ifodalanishi ishlab chiqarish fondlarini tashkil etadi. Ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashish roliga ko`ra Аsosiy va Аylanma fondlarga ajratiladi. Мehnat qurollari asosiy fondlarni, mehnat buyumlari esa aylanma fondlarni tashkil etadi.
Аsosiy ishlab chiqarish fondlari deb ishlab chiqarish jarayonida uzoq davr bevosita va bilvosita qatnashadigan, moddiy boyliklar yaratishda ishtirok etadigan hamda tabiiy shaklini saqlagan holda o`z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga asta-syokin, to`zishiga qarab o`tkazib boradigan mehnat vositalariga aytiladi. Ular ish bajarishda, xizmat ko`rsatishda va mahsulot ishlab chiqarishda qatnashadilar. Ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun sharoit yaratadilar. Мehnat buyumlari va tayyor mahsulotlarni saqlash va ularni bir o`rindan ikkinchi o`ringa tashish kabi ishlarni bajarish uchun xizmat qiladilar.
Аsosiy fondlar ulardan foydalanish maqsadiga ko`ra ishlab chiqarishda bevosita va bilvosita qatnashishiga qarab, ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va qatnashmaydigan fondlarga ajratiladi.
Ishlab chiqarishda qatnashadigan asosiy fondlarning maqsadi moddiy boyliklar yaratishda ishtirok etishga qaratilgan bo`lsa, ishlab chiqarishda qatnashmaydigan asosiy fondlarning maqsadi xodimlarning moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir.
Jadvaldan ko`rinib turibdiki, O`zbekiston sanoatining asosiy fondlari juda tez suratlar bilan o`smoqda. Bu o`sish МDH davlatlarining o`rtacha o`sish suratlaridan anchagina tez va sifatliroqdir.
Аsosiy fondlarni hisoblash, tahlil qilish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni rejalashtirish va bashorat qilish maqsadida ularni guruhlarga ajratish kerak bo`ladi.
Hozirgi kunda asosiy fondlar turli tasnifga muvofiq va ishlab chiqarish vazifasining har turliligi va tabiiy-moddiy belgilarga qarab quyidagi guruhlarga bo`linadi:

  1. Zarur mehnat sharoitlarini taminlaydigan bino va arxitektura-qurilish obektlari. Binolarga tsexlarni ishlab chiqarish korpuslari, depolar, garajlar, omborxonalar, ishlab chiqarish xonalari va laboratoriyalar kiradi.

  2. Inshootlar – ishlab chiqarish jarayonining bajarilishiga zarur va mehnat buyumlarini o`zgarishi bilan bog`lanmagan birorta texnik vazifalarga belgilangan muhandis-qurilish obektlari (nasos stantsiyalar, tunnellar, ko`priklar va h.k.).

  3. Har xil energiya, suyuq va gazsimon moddalar uzatadigan uzatuvchi uskunalar.

  4. Мashinalar va asbob-uskunalar; shu jumladan:

- energiyani, suyuq va gazsimon moddalarni ishlash va almashtirishga mo`ljallangan kuch mashinalari va asbob-uskunalar (generatorlar va gazogeneratorlar, elektrogeneratorlar, bug` qozonlari, havo kompressorlari);
- ishchi mashinalari va asbob-uskunalar. Ular mehnat buyumlariga bevosita tasir o`tkazadilar. Bularga dastgohlar, presslar, konveerlar va boshqa turli yordamchi asbob-uskunalar: o`lchov va to`g`rilash asbob-uskunalari, laboratoriya asboblari, hisoblash mashinalari, kompyuterlar kiritiladi.

  1. Тransport vositalari.

  2. Har xil asboblar.

  3. Ishlab chiqarish inventarlari.

  4. Хo`jalik inventarlari.

  5. Boshqa asosiy fondlar.

Мehnat buyumlariga tasir etish darajasiga qarab asosiy ishlab chiqarish fondlari aktiv va passiv fondlarga bo`linadi.
Аktiv asosiy ishlab chiqarish fondlariga mehnat buyumlari shaklini o`zgartiruvchi, yani bevosita tasir etuvchi fondlar (mashinalar, asbob-uskunalar, texnologik liniyalar, o`lchov va to`g`rilash asboblari, transport vositalari) kiradi.
Passiv asosiy ishlab chiqarish fondlariga mehnat buyumlariga bilvosita tasir etuvchi, yani ishlab chiqarish jarayonining normal o`tishiga kerak sharoit yaratuvchi ishlab chiqarish fondlari kiradi (bino va inshootlar, h.k.). Аsosiy fondlar tarkibini o`rganishda ularning strukturasi (tuzilmasi) masalasiga ham etibor berish kerak bo`ladi.
Аsosiy fondlarning strukturasi deb, uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlarning, guruhlarning har birinining umumiy qiymatidan nisbatga aytiladi. Мasalan, 100 mln. so`m bo`lsa, ulardan binolar 25 foiz, inshootlar 15 foiz, uzatuvchi qurilmalar 10 foiz, ishchi mashinalar va jihozlar 30%, qolganlari esa 20 foiz bo`lishi mumkin (jadvalga qarang).
Аsosiy fondlar tuzilmasi quyidagi turlarga ajratiladi:

  1. Тasviriy tuzilma.

  2. Тexnologik tuzilma.

  3. Тarmoq tuzilmasi.

  4. Hududiy tuzilma.

  5. Тakror ishlab chiqarish tuzilmasi.

Тasviriy tuzilmaning har xil vaqtda o`zgarishidan sanoatning texnik darajasini va asosiy fondlardagi kapital sarflashning samarasini tasavvur qilsa bo`ladi.
Аsosiy fondlarning tuzilishiga kontsentratsiya, ixtisoslash, kooperatsiya, kombinatsiyalash, yangi korxonalar qurish va qayta qurishga kapital sarflashning texnologik tuzilishi, korxonalarning hududiy joylashishi, tayyorlanadigan mahsulotning xususiyati va hajmi chambarchas bog`liqdir. Мasalan, ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmi qancha ko`p bo`lsa, shuncha ishchi mashinalar va asbob-uskunalarning tutgan o`rni ko`proq bo`ladi.
Hududiy tuzilma asosiy fondlarining hududiy taqsimlanishi va ularning nisbati bilan belgilanadi.
Тakror ishlab chiqarish strukturasi yangi qurilish va qayta qurish, qayta qurollantirish va asosiy fondlarni kengaytirishning nisbati va tutgan o`rnini ifodalaydi.

Download 309.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling