Индустриал иқтисодиёт
Аsosiy fondlarni baholash
Download 309.05 Kb.
|
1 13 темаларLeksiya
2. Аsosiy fondlarni baholash
Аmaliyotda asosiy fondlarni baholashning quyidagi turlari qo`llaniladi: 1) dastlabki to`la qiymat orqali belgilangan baho; 2) qiymatini qaytadan tiklash orqali belgilangan baho; 3) qolgan qiymati orqali belgilangan baho; 4) ishlab chiqarishdan chiqarib tashlash bahosi. Dastlabki to`la qiymat orqali belgilangan baho (Оb) asosiy fondlarning sotib olingan bahosi (Sb), asosiy fondlarni olib kelish uchun qilingan transport xarajatlari (Хt) va montaj xarajatlari (Хm)ni o`z ichiga oladi. Оb Sb Хt Хm Bu baho korxona (firma)ning asosiy ishlab chiqarish fondalarini sotib olish va ishga tushirish uchun qilgan haqiqiy xarajatlarini ifodalaydi. Bu ko`rsatkich korxona (firma) balansida hisobga olinadi. Аmmo asosiy fondlarning dastlabki to`la qiymat orqali belgilangan bahosi ularning hajmini va turli yillarda qurib ishga tushirilgan korxona (firma)lar asosiy fondlarini taqqoslashda etarli emas, shuning uchun asosiy fondlarni baholashda qiymatini qaytadan tiklash orqali belgilangan bahodan foydalaniladi. Baholashning bu usuli asosiy fondlarning har xil davrda ishlab chiqarilgan va olingan baholarni hozirgi yangi sharoitdagi bahoda ifodalash imkoniyatini beradi. Bu baho bir xil istemol qiymatga ega bo`lgan asosiy fondlarni baholashda bir xil qiymatlarda ifodalash, korxonalar ko`rsatkichlarini taqqoslash va fondlar samaradorligini oshirish rezervlarini aniqlash uchun imkoniyat yaratadi. Qiymatni qaytadan tiklash orqali belgilangan baho amaldagi asosiy fondlarning jismoniy holati va manaviy eskirishini hisobga olgan holda qayta baho qo`yish orqali aniqlanadi. Аsosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida ishtirok eta borib asta-syokin ishdan chiqa boradi, shuning uchun ularga baho belgilashda ularning ishdan chiqish va yoyilish qismi hisobga olinadi. Shu tufayli asosiy fondlarni baholashda qolgan qiymati orqali belgilangan baho ham qo`llaniladi. U ikki xil baho bilan ifodalanadi: a) asosiy fondlarning ishdan chiqqan (tuzilgan) qismini ularning dastlabki to`la qiymatidan ayirib tashlash orqali aniqlangan qiymat; b) asosiy fondlarning ishdan chiqqan (tuzilgan) qismini ularning qaytadan tiklangan qiymatidan ayirib tashlash orqali aniqlangan qiymat. Аsosiy fondlar juda eskirib, yaroqsiz holga kelgan, qaytadan tiklash, kapital remont qilish yoki modernizatsiya qilish natija bermaydigan hollarda ularni ishlab chiqarishdan olib tashlash zarur bo`lib qoladi. Bunday hollarda asosiy fondlarni ishdan chiqarib tashlash bahosi aniqlanadi. Download 309.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling