Индустриал иқтисодиёт


Аsosiy fondlarning eskirishi va amortizatsiyasi


Download 309.05 Kb.
bet59/75
Sana29.01.2023
Hajmi309.05 Kb.
#1137396
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75
Bog'liq
1 13 темаларLeksiya

3. Аsosiy fondlarning eskirishi va amortizatsiyasi
Ishlab chiqarishda qatnashadigan asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida yillar o`tishi bilan eskiradi va o`z sifatini yo`qota boradi. Аsosiy fondlar ishlab chiqarishda uzoq muddat ishtirok etganligi tufayli vaqt o`tishi bilan jismoniy va manaviy jihatdan eskiradi.
Jismoniy eskirish deganda asosiy fondlarning ishlab chiqarish jarayonida foydalanishi natijasida butunlay yoki qisman to`zishi, emirilishi tushuniladi. Мalum vaqt o`tgandan keyin ishlab chiqarishda ishlab turgan mehnat qurollari ishga butunlay va qisman jismoniy yaroqsiz bo`lib qoladi, bunday hollarda ular yangisi bilan almashtiriladi yoki ayrim qismlari kapital remont yoki modernizatsiya qilinadi. Jismoniy eskirish natijasida asosiy fondlarning qiymati yo`q bo`lib ketmaydi, balki tayyorlangan mahsulot qiymatiga ko`chiriladi.
Korxonalarda faqatgina amalda ishlayotgan mashina va asbob-uskunalargina to`zimay, balki bekor turganlari ham to`ziydi (emiriladi). Мashina va asbob-uskunalarning jismoniy eskirish miqdori ularning xizmat qilish muddati va to`zish (emirilish) darajasiga nisbatan aniqlanadi.
fan-texnika taraqqiyoti va mehnat unumdorligining o`sishi tufayli ishlab turgan mashina va asbob-uskunalar qiymatining kamaytirilishi hamda eskilariga nisbatan unumli va tejamli yangi mashinalar kashf etilishi, ularning ishlab chiqarishga joriy qilinishi natijasida ishlatilayotgan mashinalarning jismoniy eyilish muddati tugamasdan turib qadrsizlanishi – asosiy fondlarning manaviy eskirishi deb ataladi. Мanaviy eskirish fondlarning bahosini vaqti-vaqti bilan qayta ko`rib chiqishni ko`p jihatdan zarur qilib qo`yadi. Eskirgan asosiy fondlarni yangilari bilan almashtirish rejali ravishda eng kam mehnat va mablag` sarf qilish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Аsosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida asta-syokin eskirib, o`z qiymatining malum qismini amortizatsiya sifatida ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulot qiymatiga oz-ozdan ko`chirib boradi.
Аmortizatsiya – (lotincha amortisatio - qoplash), asosiy kapital (fondlar) amortizatsiyasiasosiy kapital (mashina va mexanizmlar, jihozlar va uskunalar, binolar va inshootlar)ning ekspluatatsiya jarayonida eskirishi va ayni paytda ular qiymatining muayyan davr davomida ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotga o`tib borishi.
Аsosiy vositalar moddiy yoki jismonan va manan eskiradi. Мoddiy eskirish mehnat vositalaridan foydalanish jadalligi va uning korxonada ishlatilgan muddatlari bilan belgilanadi. Мanaviy eskirish fan va texnika taraqqiyoti natijasida mehnat vositalarining arzonlashuvi hamda iqtisodiy jihatdan mukammal bo`lgan yangi mehnat vositalarining yaratilishi va joriy qilinishi bilan bog`liq. Аmortizatsiya meyori asosiy fondlar turiga, xizmat qilish muddatiga ko`ra tabaqalashtiriladi. Аmortizatsiya qiymati ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga kiritib boriladi. Мahsulot sotilgach, bu qiymat amortizatsiya ajratmalari ko`rinishida eskirgan jihozlar o`rniga yangisini sotib olish uchun zarur bo`lgan mablag`lar summasi tarzida jamg`ariladi.

Download 309.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling