Induvidial loyihalarning tarkibi


REJA TUZISH VA UNI BAJARISH


Download 16.68 Kb.
bet4/5
Sana25.02.2023
Hajmi16.68 Kb.
#1230594
1   2   3   4   5
Bog'liq
individual loyiha

4.2. REJA TUZISH VA UNI BAJARISH
Talaba mavzuni olganidan so‘ng 1 hafta davomida rahbarga berilgan muammoning tahlili va yechish usullaridan iborat rejasini taqdim qilishi kerak. Mavzu tasdiqlangan sanasidan boshlab 2 xaftadan so‘ng Induvidial loyihalar bo‘yicha belgilangan rahbar tomonidan Induvidial loyihalarning rejasi tasdiqlanandi va tasdiqlangan reja asosida talaba

o‘zining ishlarini davom ettiradi. Mavzu rejasi rahbar tomonidan aniqlashtirilganidan so‘ng Induvidial loyihalar hisobidan xaftasiga 2 soatdan maslahatlar jadvali ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Talaba belgilangan vaqtlarda maslahat olishga haqli, undan tashqari vaqtlarda qo‘shimcha mashg‘ulotlar faqatgina o‘qituvchi bilan kelishilgan holda belgilanishi mumkin.




4.3.INDUVIDIAL LOYIHALARNI RASMIYLASHTIRISH
Induvidial loyiha WORD matn muharriri (*.doc yoki *.docx) yordamida yoziladigan mavzuni yorituvchi qismdan iborat. Mavzuni yorituvchi qism A4 (210 mm x 297 mm) formatdagi varoqqa bir tomonlama, Times New Roman, 1,5 interval oralig‘ida, 14 kattaligidagi shriftda yoziladi. Sahifa chegaralari: chapdan 30 mm, tepadan va pastdan 20 mm, o‘ngdan 15 mm. Mavzuni yorituvchi qism Induvidial loyihalar topshiriq varog‘ida ko‘rsatilgan barcha bo‘limlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Birinchi sahifa – bosh sahifa – titul varog‘i. (Ilova №1).
Ikkinchi sahifa –Induvidial loyihalarga topshiriq varog‘i – vazifa varog‘i. (Ilova №2).
Uchinchi sahifa – TATU Farg‘ona filialida ishlayotgan ilmiy daraja, ilmiy unvon yoki yuqori tajribaga ega bo‘lgan katta o‘qituvchilar tomonidan Induvidial loyihalarga taqriz rasmiylashtirilishi mumkin –Induvidial loyihalarga taqriz. (Ilova №3).
To‘rtinchi sahifa – mundarijadaInduvidial loyihalar bo‘limlarining joylashgan sahifalari ko‘rsatiladi –Induvidial loyihalarning mundarijasi.
Keyingi qismlarda, Induvidial loyihalarning ushbu uslubiy qo‘llanmada keltirilgan maslahatlarga doir bo‘limlari keltiriladi.
Matndagi jadvallar sahifani o‘ng tomonida raqamlanadi. Jadval satrning o‘rta qismida keltirilgan sarlavhaga ega bo‘ladi va oxirida nuqta qo‘yilmaydi. Jadvallar keyingi sahifada
davom ettirilgan holatda jadval ustida: “№ – jadvalning davomi” yozuvi ko‘rsatiladi. (Ilova №4). Jadvalda keltirilgan kattaliklar aniq bo‘lishi kerak.
Matnda rasmlarga havolalar bo‘lishi shart. Rasmning nomi, rasmdan so‘ng satr o‘rtasida, satr o‘tkazilmay yoziladi. Rasmga tegishli izoh rasmning quyi qismida rasmning nomidan so‘ng keltirilishi lozim. (Ilova №5).
Xulosa qismidaInduvidial loyihalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan axborotlar, olingan natijalar va ularning tahlili bo‘yicha qisqa va lo‘nda bandlarga bo‘lingan holda keltirilishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati xulosa bo‘limidan so‘ng keltiriladi. Keltirilgan adabiyotlar ro‘yxati uni rasmiylashtirish qoidalari Davlat standartlariga mos bo‘lishi kerak.
Ilovada keltirilgan maʼlumotlarda ko‘shimcha maʼlumotlar, yaratilgan dastur matni va dasturni kompilyasiyalanish (tushuntirish, izoh matnlari bilan birga) vaqtidagi ko‘rinishlari keltiriladi. Ilovalar soni bir nechta bo‘lsa ular raqamlar yordamida ajratib belgilanadi. Ilovalarni nomlari esa keyingi satrning o‘rta qismida katta bosh bosma xarflar bilan ko‘rsatiladi.

Download 16.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling