Inflatsion riskning iqtisodiy mohiyati va uni yuzaga kelish sabablari
Download 13.5 Kb.
|
olma 6
Inflatsion riskning iqtisodiy mohiyati va uni yuzaga kelish sabablari . Risk mohiyati va mazmunini ko‘rib chiqar ekanmiz, tadbirkor, ishbilarmon va menejerning muvaffaqiyati riskka munosabatni tushunishiga sezilarli darajada bog‘liqligini isbotlashga endilikda hojat qolmagan. Bu muammo alohida qiziqish uyg‘otadi va har tomonlama o‘rganishga arziydi. Tadbirkorlik faoliyati va biznesda risk boshqaruv nazariyasi hamda amaliyotining muhim tarkibiy qismi sifatida, ayniqsa, ushbu eng jiddiy muammoning kam o‘rganilganligini hisobga olsak, tamomila mustaqil nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Risk vaziyatlarida boshqaruv masalalari bo‘yicha manbalar ro‘yxati va mahalliy adabiyotda uni baholash darajalari anchayin qashshoq, fundamental tadqiqotlar deyarli yo‘q. Uzoq vaqt mobaynida mamlakat xalq xo‘jaligini asosan ekstensiv rivojlantirishga mo‘ljal olish, boshqaruvning haddan tashqari yuqori markazlashuvi, boshqaruvning ma’muriy usullari hukmronligi noaniqlik va riskni hisobga olish masalasini qo‘yishga imkon bermagan. Bundan tashqari, “taqchillik iqtisodiyoti”da tadbirkorda risk qilish, mavjud ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zgartirishga xohish va qiziqish bo‘lmagan. Bundan xo‘jalik va ijtimoiy risk muammosiga barqaror qiziqish yo‘qligining sabablari tushunarli. Risklar muammosiga bag‘ishlangan iqtisodiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, tadqiqotchilar o‘rtasida tadbirkorlik riski ta’rifiga nisbatan yagona fikr mavjud emasBugungi kunda risk mohiyati bo‘yicha bir ma’noli izoh yo‘q. Bu, xususan, ushbu atamaning ko‘p qirrali ekanligi, xo‘jalik qonunchiligimiz tomonidan real iqtisodiy amaliyotda va boshqaruv faoliyatida deyarli to‘liq inkor etilishi bilan izohlanadi. Bunga qo‘shimcha ravishda, risk – ko‘plab ustma-ust tushmaydigan, ba’zan esa qarama-qarshi real asoslarga ega bo‘lgan murakkab hodisadir. Bu turli xil nuqtayi nazardan riskning bir nechta ta’rifi mavjud bo‘lishi ehtimolini yuzaga keltiradi. Riskning ko‘plab ta’riflarini tahlil qilish bizga quyidagi kabi riskli vaziyatlarga xos bo‘lgan asosiy masalalarni aniqlash imkonini beradi: - ehtimoliy natijalardan qaysi biri amaliyotda qo‘llanilishini belgilab beruvchi voqea-hodisaning tasodifiylik xarakteri (noaniqlik mavjudligi . Download 13.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling