Inflatsiya turlari hamda unga qarshi siyosat


Download 9.76 Kb.
bet1/2
Sana26.10.2023
Hajmi9.76 Kb.
#1725467
  1   2
Bog'liq
Mikro va makro iqtisodiyotdan. A.Aligavxarov 2S 21-155 guruh

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIMI IQTISODIYOT (TARMOQLAR VA SOHALAR) YO’NALISHI S21-155 GURUH TALABASI ALIGAVXAROV ANVARXONNING MIKROIQTISODIYOT VA MAKROIQTISODIYOT FANIDAN “INFLATSIYA TURLARI HAMDA UNGA QARSHI SIYOSAT” MAVZUSIDA MUSTAQIL ISHI

  • Farg’ona 2023 yil

Inflatsiya, uning turlari hamda unga qarshi siyosat.

  • Reja: 1. Inflatsiya tushunchasi va kelib chiqish sabablari. 2. Inflatsiya turlari. 3. Oshkora va yashirin inflatsiya.
  • Inflatsiyani jilovlamasdan turib, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish mumkin emas.
  • Shavkat Mirziyoyev
  • Ma’lumki, har bir davlat hududida ma’lum miqdordagi pul muomalada bo‘lib, oldi-sotdi jarayonlari uning vositasida amalga oshiriladi. Shu sabab, muomaladagi pullar qo‘ldan qo‘lga o‘tib, to‘xtovsiz aylanib turadi.
  • Pulning biror oldi-sotdi jarayonida qatnashib, qo‘ldan qo‘lga o‘tishi, uning bir marta aylanganligini bildiradi. Muomaladagi pul miqdorining bir yil davomida necha marta oldi-sotdi jarayonlarida qatnashganiga qarab, uning aylanish tezligi aniqlanadi.
  • Agar muomaladagi pul miqdori uning aylanish tezligiga ko‘paytirilsa, yil davomida mamlakatda ishlab chiqarilgan va aholi tomonidan sotib olingan tovar va xizmatlarning qiymati hosil qilinadi.
  • Ikkinchi tomondan, yil davomida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar qiymatini tovar va xizmatlar miqdorini birlik mahsulotning o‘rtacha narxiga ko‘paytirib ham aniqlash mumkin. Demak, yuqoridagi fikrlarga asosan, M⋅V=P ⋅Q ko ‘rinishdagi Fisher tenglamasi deb nomlangan tenglamani hosil qilamiz.
  • Bu yerda, M — muomaladagi pul massasi, V — pulning aylanish tezligi, P — birlik tovarning o‘rtacha narxi, Q — tovar va xizmatlar miqdori.
  • Fisher tenglamasi har qanday davlat iqtisodiyoti uchun o‘rinli bo‘lib, pul muomalasi qonuni deb ham ataladi.
  • Pul massasi– mamlaka tda muomalada bo ‘lgan ba rcha pul mablag‘larining yig‘indisi.
  • Pulning aylanish tezligi – pulning oldi-sotdi jarayonida qatnashib, bir yil davomida qo‘ldan qo‘lga o‘tish soni.
  • Irving Fisher o‘z ilmiy faoliyatining asosiy qismini iqtisodiyot fanining tovar-pul munosabatlariga oid masalalar bo‘yicha nazariy izlanishlar olib borishga bag‘ishladi.
  • Uning ilmiy izlanishlarini muvaffaqiyatli olib borishida matematika bo‘yicha chuqur ma’lumoti qo‘l keldi.
  • Irving Fisher
  • (1867-1947)
  • Agar mamlakat iqtisodiyotida muomaladagi pul miqdori ko‘payib ketsa, pul muomalasi qonuniga ko‘ra, Fisher tenglamasidagi muvozanatni tiklash uchun yoki tovar va xizmatlar hajmini ko‘paytirish yoki tovar va xizmatlarning o‘rtacha narxini oshirish kerak bo‘ladi.
  • Lekin tovar va xizmatlar hajmini bir zumda oshirishning imkoni yo‘q. Shuning uchun, muomaladagi pul miqdorining o‘sishi, odatda, narxlarning oshishiga olib keladi.
  • Iqtisodiyotda o‘rtacha narx-navoning muttasil oshib borish jarayoniga inflatsiya deb ataladi. Inflatsiya, o‘z navbatida, davlat pul birligining qadrsizlanishiga olib keladi. Pulning qadrsizlanishi deb, unga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar miqdorining kamayishiga aytiladi.
  • Pulning qadri tovarlar narxining arzon yoki qimmatlashishiga qarab o‘zgarib turadi. Agar narxlar qimmatlashsa, ma’lum miqdordagi pulga sotib olish mumkin bo ‘lgan tovarlar miqdori kamayadi.
  • Bu esa pulning qadrsizlanganligidan dalolat beradi. Aksincha, agar bozordagi narxlar arzonlashsa, ma’lum miqdordagi pulga ko‘proq tovar sotib olish mumkin bo‘ladi. Bu pul qadrining oshganligini ko‘rsatadi.
  • Iqtisodiyotda o‘rtacha narx-navoning muttasil pasayib borish jarayoniga deflatsiya deyiladi. Inflatsiya makroiqtisodiy jarayon bo‘lib, u mamlakat iqtisodiyotining hamma sohalarini qamrab oladi va deyarli barcha tovar va xizmatlar narxlarining oshishiga olib keladi.
  • Inflatsiya kelib chiqishining ikkita asosiy sababini keltirish mumkin:
  • 1. Muomalada mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlar qiymatidan ko‘proq miqdordagi pulning mavjudligi oqibatida. Bu holda tovar va xizmatlarga bo‘lgan yalpi talab miqdori taklif etilayotgan tovar va xizmatlar miqdoridan ko‘p bo‘ladi. Shu bois narxlar oshadi.
  • 2. Tovarni ishlab chiqarish uchun zarur resurslar (ishchi kuchi va xom ashyo) narxlarining oshishi natijasida.
  • Masalan, ishchi kuchi resurslarining narxi, ya’ni ish haqi oshirilsa, bir tomondan tovarning narxi oshadi (chunki, ish haqi tovarning tannarxiga kiradi), ikkinchi tomondan esa aholi qo‘lidagi pul massasi oshadi.
  • Inflatsiyani jilovlab turish juda mushkul ish. Bu ish davlatning eng asosiy iqtisodiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Inflatsiyani nazoratdan chiqarib yuborish, uning o‘sib giperinflatsiyaga aylanishiga olib kelishi mumkin.
  • Giperinflatsiya deb, narx-navoning haddan tashqari oshishiga aytiladi. Giperinflatsiya paytida narxlar yiliga 50 baravardan ham ko‘proq ko‘tarilishi kuzatiladi.
  • Inflatsiya – mamlakatdagi o‘rtacha narx-navoning muttasil oshib borishi.
  • Inflatsiya darajasi – ma’lum davrdagi narx-navo oshishining foizlardagi miqdori.
  • Giperinflatsiya – mamlakatda o‘rtacha narx-navoning haddan tashqari (yiliga 50 baravardan ham ko‘p) oshgandagi holat.
  • Inflatsiya haqida gapirilganda iste’mol bozoridagi narxlarning o‘zgarishini aniqlash uchun zarur bo‘lgan iste’mol narxlari indeksi tushunchasini kiritishimiz lozim bo‘ladi.
  • Bu indeksni hisoblash uchun o‘rtacha iste’molchi odatda doimo sotib oladigan tovarlarning muayyan, o‘zgarmas to‘plami olinadi.

Download 9.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling